O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti


Ijtimoiy bilish tarkibi, darajalari



Yüklə 6 Mb.
səhifə57/80
tarix22.05.2018
ölçüsü6 Mb.
#45438
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   80

Ijtimoiy bilish tarkibi, darajalari. Ijtimoiy bilishning tarkibi juda ko‘p elementlardan tashkil topgan. Bu elementlarning eng muhimlari — uning sub’ekti va ob’ektidir. Ijtimoiy bilish jarayoni ayni shu sub’ekt va ob’ektning o‘zarota’siri va munosabatlari asosida yuzaga keladi.

Ijtimoiy bilishning sub’ekti keng ma’noda kishilar, shaxslar, inson va insoniyat, ya’ni bir butunjamiyat a’zolaridir. Tor ma’noda esa jamiyatningma’lum bir konkret bosqichidagi yashovchi aniq shaxs,kishilar, sotsial guruhlar, sinflar, ijtimoiy qatlamlar, partiyalar, xalqlar va millatlar, ma’lum jamoa va shu kabilardir.

Ijtimoiy bilishning ob’ekti, keng ma’noda, birbutun jamiyat, ijtimoiy borliq va ijtimoiy ong,uning moddiy va ma’naviy hayoti, umumiy taraqqiyotqonunlari va asosiy harakatlantiruvchi kuchlaridir.Tor ma’noda esa jamiyatning ma’lum bir konkret bosqichdagi ijtimoiy tizim, bazis va ustqurma, unga xosishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari, ularning tarkibi, rivojlanish va o‘zgarishqonunlari, ijtimoiy, iqtisodiy, mafkuraviy vama’naviy munosabatlar, sodir bo‘ladigan konkret voqea va hodisalar ijtimoiy bilishning ob’ektinitashkil qiladi.

Jamiyat bir vaqtning o‘zida ijtimoiy bilishningham sub’ekti, ham ob’ekti sifatida namoyon bo‘lishimumkin. Bunda jamiyatning o‘z-o‘zini bilishi sodirbo‘ladi. Ijtimoiy bilishning rivojlanishi, avvalo,bilish ob’ekti va sub’ekti bo‘lgan jamiyatning rivojlanish darajasiga bog‘liq bo‘ladi. CHunki ijtimoiy bilish tekshirilayotgan ijtimoiy ob’ektning, real jarayonning ijtimoiy ongdagi in’ikosidan iboratdir.

SHuni aytish kerakki, jamiyat hodisalari va voqealari o‘z-o‘zidan ijtimoiy bilishning ob’ekti bo‘lavermaydi, balki ular kishilarning bilish faoliyati doirasiga kirgan chog‘da ijtimoiy bilishning ob’ektigaaylanadilar. Buni sub’ekt to‘g‘risida ham aytish mumkin. SHaxs, ijtimoiy guruxlar, etnik birliklar,sinflar, ijtimoiy qatlamlar, xullas, jamiyat o‘z-o‘zicha ijtimoiy bilishning sub’ekti bo‘la olmaydi. Binobarin ma’lum shaxslar, guruhlar, sinf yoki millat o‘zbilishini biror ijtimoiy voqea yoki hodisaga qaratgan paytdagina, ular ijtimoiy bilishning sub’ektinitashkil qiladi. Bundan shu narsa ma’lum bo‘ladiki,ular o‘rtasidagi aloqadorlik har doim konkret tarixiyshart-sharoitlar bilan bog‘liq bo‘ladi.

Ijtimoiy bilishda sub’ekt va ob’ekt birlikda,bir narsaning ikki tomoni sifatida namoyon bo‘ladi.Sub’ekt o‘z faoliyatini o‘zi tug‘dirmaydi, balki ob’ektsub’ekt faoliyatini tug‘diradi. Bundagi sub’ekt sifatidagi kishilar guruhi o‘z faoliyatlarini o‘zlaridanoldin o‘tgan avlodlar faoliyatlarining davomi sifatida yaratadilar, o‘tmish avlodlar faoliyatlari buo‘rinda keyingi avlodlar faoliyatlari uchun yo‘naltiruvchi omil bo‘lib xizmat qiladi.

Ijtimoiy bilishning sub’ekti garchi bir butunjamiyat, katta yoki kichik ijtimoiy guruhlar va jamoalardan iborat bo‘lsa ham, bunda odatdagi bilish jarayoni bevosita faqat real faoliyat ko‘rsatuvchi ijtimoiyshaxslar, individlar tomonidan amalga oshiriladi.Lekin bundan, alohida individ ham ijtimoiy bilishning sub’ekti bo‘lar ekan, degan xulosaga kelmaslikkerak. Sababi, individ hamma vaqt faqat ma’lumob’ektiv va sub’ektiv ijtimoiy shart-sharoitlardashakllanib borib, oqibatda, ma’lum ijtimoiy shaxssifatida o‘z manfaati bilan bir qatorda, doimo o‘zimansub bo‘lgan ijtimoiy guruh, sinf yoki ma’lum millat, xalq manfaatlarini ifodalaydi.

Ijtimoiy bilish jarayonining o‘ziga xos xususiyatlaridan yana biri — uning sub’ekti va ob’ekti dialektikasidir. Ijtimoiy bilishning sub’ekti vaob’ektining o‘zaro munosabatlarida ularning har ikkalasi ham faoldir: sub’ekt ob’ektga ega bo‘lishi bilanoq o‘z-o‘zini yaratadi; ob’ekt esa tarixiy jihatdanma’lum darajada sub’ektning konkret faoliyat shaklini oldindan belgilaydi. SHuni aytish kerakki, ijtimoiy bilishning sub’ekti va ob’ekti aloqadorligi,ularning bir-biriga bog‘liqligi va o‘zaro ta’siri tabiatni bilishga nisbatan ancha murakkabdir. Buningsababi shuki, ijtimoiy bilishning sub’ekti vaob’ekti bo‘lgan jamiyatda doimo ma’lum maqsadga egabo‘lgan, muayyan darajada bilimli, ongli kishilarfaoliyat ko‘rsatadi, ularning faoliyatisiz bunda hechnarsa bo‘lmaydi. Jamiyatda sodir bo‘lgan har bir ijtimoiy hodisa yoki voqea ma’lum ijtimoiy guruh yokiijtimoiy jamoaning, ularni tashkil etgan kishilarongli faoliyatlarining natijalari sifatida maydonga chiqadi. Bunda o‘z tarixini yaratuvchi sub’ektningfaoliyati bizda hech bir shubha tug‘dirmaydi. Lekinob’ektga kelganda, bir qarashda, u har qanday faollikdan mahrumga o‘xshab tuyuladi. Bu narsa faqat yuzaki qarashda shundaydir. Aslida, ob’ekt ham sub’ektkabi faoldir. Umuman olganda, ijtimoiy bilish ja rayonida sub’ekt va ob’ekt bir-biriga “begona” emas,bunda ob’ekt sub’ektga predmet faoliyati sifatidaberilgan bo‘ladi va ayni vaqtda ob’ekt o‘zida sub’ektning nimasinidir ifodalaydi.

Ijtimoiy bilishda sub’ekt ob’ektni o‘z manfaatlari, maqsadlari nuqtai nazaridan kelib chiqib, o‘zigaxos holatda in’ikos ettiradi. Bunda sub’ektning maqsadlari va manfaatlari, birinchi navbatda, ijtimoiyborliqning moddiy, ob’ektiv shart-sharoitlarisub’ektning ijtimoiy pozitsiyasi bilan mos holdauning ongida nazariy jihatdan qayta hosil qilinganbo‘ladi. Bunda hamma narsa shu ijtimoiy bilishniamalga oshiradigan sub’ektga va uning e’tibori qaratilgan ob’ektga bog‘liq bo‘ladi. Ijtimoiy bilishdabilishning sub’ektini tashkil qilgan ijtimoiy kuchlar, guruhlar, o‘zlarining sub’ektiv manfaatlaridankelib chiqib, ob’ektni buzib aks ettirishi ham mumkin. Bunday holat, odatda, ob’ektning mohiyati va qonunlarini to‘g‘ri in’ikos ettirish bu guruxlarningtub manfaatiga zid keladigan paytlarda ro‘y beradi.

Ijtimoiy bilishda sub’ektivlik bilan ob’ektivlik bir-biriga mos kelishi lozim, zid kelishi esaba’zan jamiyatda jiddiy xatolarga va buzilishlargaolib kelishi mumkin. Ijtimoiy bilishdagi sub’ektivlik ayrim rahbar shaxslarning tafakkuridagishaxsiy cheklanganliklar bilan bog‘liq bo‘lishi hammumkin. Bunday hollarda sub’ektga xos sub’ektivlikfaqat sub’ektning shaxsiy sub’ektiv tomonlaridangina kelib chiqmasdan, balki sub’ekt hayoti faoliyatining ob’ektiv shart-sharoitlaridan ham kelibchiqishi mumkin. CHunki, sub’ekt bu o‘rinda ob’ektning aynan o‘zi emas, balki uning boshqacha nisbatdagi olinishidir. Ijtimoiy bilishning sub’ekti vaob’ekti dialektikasi shundayki, bunda ularning o‘zaro ta’siri jarayonida ob’ektning o‘zgarishi va rivojlanishi sub’ektning ham o‘zgarishi va rivojlanishiga olib keladi.

Ijtimoiy bilishda sub’ekt va ob’ekt kategoriyalarining metodologik roli shundaki, ular yordamidabizning tafakkurimiz ijtimoiy hodisalarni bir biridan ajratadi. Bu jihatlarning biri faol faoliyat ko‘rsatuvchi sub’ekt bo‘lsa, ikkinchisi — sub’ekttomonidan bilinishi zarur bo‘lgan jamiyat, uningmoddiy yoki ma’naviy hayotiga oid hodisa yoki voqeadaniborat ob’ektdir.

Ijtimoiy bilishni, uning ob’ektidan kelib chiqqan holda siyosiy, iqtisodiy bilishlarga bo‘lish,uning sub’ektidan kelib chiqqan holda esa ma’lum ijtimoiy guruh, sinf, ijtimoiy-etnik birliklarningsiyosiy, iqtisodiy, badiiy, falsafiy tafakkurigaajratish mumkin.

Ijtimoiy bilish strukturasida empirik va nazariy bilimlar darajasi ham mavud. Nazariy darajada ijtimoiy hodisalarni mohiyati, qonuniyatlari o‘rganiladi. Empirik darajada ijtimoiy tizim va hodisalarni tashqi tomonlari tasvirlanadi, xususiyatlari qayd qilinadi. Bu darajada zarur faktologik bilimlar (ma’lumotlar) olinadi. Olingan ma’lumotlar va bilimlarni umumlashtirish nazariy darajada sodir bo‘ladi. Inson o‘rganayotgan ob’ektni doimiy va u bo‘ysunadigan qonuniyatlarni ochib olgach, ularning xususiyatlarini tushuntirishga, bilimlarni mantiq nuqtai nazarda asoslashga kirishadi, bilimlarni bir butun, yaxlit tizimga aylantiradi. Bunda predmet haqida hosil qilingan chuqur bilim, uni tizimi nazariyaga aylanadi.

Empirik bilish darajasida inson, tadqiqotchi bilish ob’ekti bilan bevosita aloqada bo‘ladi, shu bois, birlamchi faktlarni, faktlar tafsiloti bo‘lgan ma’lumotlar yig‘adi. Masalan, tarixiy bilishda hujjatlar va arxivlarni tahlil qilish, ularni qayd qilish jarayonida empirik (konkret - hissiy) tafsilot, birlamchi axborot paydo bo‘ladi.

Nazariy bilimlarning yuqori ko‘rsatkichlari, mavhumlashtirishning yuqori bosqichlarga ko‘tarishi empirik bilimlarning muhim va zarurligini alohida ta’kidlaydi. SHu holat jamiyatni o‘rganishga ham taalluqlidir.

Ijtimoiy bilishda empirik va nazariy metodlarning birligi. Kuzatish ijtimoiy bilishning empirik bosqichidagi birinchi va zaruriy jarayon hisoblanadi. Bu aslida har qanday ilmiy bilishning muhim shartidir. Har bir ilmiy kuzatish noilmiy kuzatishdan quyilgan, muammo va vazifalarni hal etish bilan farqlanadi.

Ijtimoiy falsafa kuzatishning o‘ziga xos tomonlaridan biri chetdan kuzatish usulidir. Bu usul tabiiy fanlarda ham qo‘llaniladi.

SHuni alohida ta’kidlash joizki, jamiyatshunoslikda – jonli ob’ektlarni bilish, o‘rganish haqida so‘z boradi. Masalan, yulduzlarni kuzatishni olib qarasak, ular kuzatuvchilarning maqsadlariga erishmog‘i uchun halal bermaydi, chunki yulduzlar asrlar mobaynida o‘zgarmas bo‘lib kelgan. Biroq jamiyatda bunday emas: u muttasal o‘zgarib turadi. Odatda, o‘rganilayotgan ob’ekt tadqiqotchiga qarshilik ko‘rsatadi, bu esa kuzatishning boshidanoq biror natija olishga xalaqit beradi yoki kuzatishning o‘rtalariga kelganda tadqiqot buzilishi yoki kutilmaganligi tufayli olingan natijalarning tahlili o‘zgarib ketishi mumkin.

SHuning uchun ham sotsiologiyada, tarixda, ijtimoiy psixologiyada «birgalikda kuzatish» (ichki kuzatish) usulining afzalliklari alohida qayd etiladi. Aktiv va passiv kuzatish usullari mavjud. Birinchi usulda kuzatuvchi mehnat jamoasi diniy jamoaga, ishchilar brigadasiga va hokazolarga aslo sezdirmagan holda qo‘shilib oladi. Bunday qo‘shilish yaxshi natijalar beradi, chunki o‘rganilayotgan ob’ekt o‘zini tadqiqotchidan olib qochmaydi, kuzatuvchiga qarshilik ko‘rsatmaydi. Passiv birgalikdagi kuzatishda sub’ekt va ob’ekt o‘rtasida bir-birini yaxshi tushunish talab etiladi. Buning uchun tadqiqotchi tomonidan hech qanday zarar etmasligini tushuntirish talab etiladi.

Tadqiqotchi o‘zini qiziqtirayotgan ijtimoiy hayotning parametrlari va indikatorlarini o‘lchashga qurbi etmaganligi uchun statistik malumotlarga murojaat qilishga majbur bo‘ladi. Bu tadqiqotchidan juda katta ehtiyotkorlikni talab etadi.

Bilish kuzatishdan, faktlarni qayd qilishdan boshlanadi. Faktlar bilishni tagko‘rsisidir, “ilmni nafas olish havosidir”. SHu bilan birga, inson “toza”, “mutlaq”, “sof”, fakt bilan ish ko‘rmaydi. Faktni izlash, qayd qilish, baho berish, xulosa chiqarish g‘oya, nazariy tasavvurlar, umumiy xulosalar asosida yo‘naltirilgan bo‘ladi. Demak, bilish fakti nazariy g‘oya bilan sug‘orilgan bo‘ladi.

Ijtimoiy bilishni salohiyati faktlarni haqiqiy ma’nosiga kirib borish, yakka va ayrim hodisani orqasidagi umumiylikni anglashi bilan belgilanadi. Inson faktlarni ma’lum tasavvur, g‘oya yoki ta’limot nuqtai nazarda turib tafsilotini beradi. SHunday bo‘lsada faktlar ijtimoiy bilish, umuman ilmiy bilishni fundamentini tashkil qiladi.

Faktlarni izohlash va tushuntirish jarayonida gipoteza yoki dastlabki g‘oya tasdiqlanadi, nazariya tug‘iladi. Boshqacha bo‘lishi ham mumkin. YAngi faktlarni mavjud nazariya asosida tushuntirib berish imkoniyati bo‘lmasligi mumkin. Bunda mavjud nazariya o‘z o‘rnini yangi nazariyaga bo‘shatib beradi.

Ijtimoiy bilishni ilmiy shakli nazariy bilish esa ilmiy uslublarga tayanadi. Demak, bilishni yana bir strukturaviy darajasi yoki unsurini usul tashkil qiladi. Usul bilish, baholash, xulosa chiqarish uchun zarur asos va vosita rolini o‘ynaydi. Ijtimoiy bilishda fakt, usul va nazariyani bog‘laydigan mexanizm ijodiyot, ijodiy tafakkurdir.

Ijtimoiy bilishni falsafiy masalalaridan biri shunday bir savolda ifodalanadi: ijtimoiy hodisalarni bilishda hammani ishonchini qozonadigan yoki, boshqacha qilib aytganda, ob’ektiv haqiqatni bo‘lishi mumkin-mi? Ijtimoiy bilishda ob’ektni in’ikos qilish va unga baho berish birlashadi? Ijtimoiy bilish sohibi faktlarni, kuzatish jarayonida olgan ma’lumotlarni shundaygina qayd qilmaydi, balki ularni ma’lum g‘oya yoki tasavvur nuqtai nazarda turib tahlil qiladi, umumlashtiradi, faktga yoki hodisaga baho beradi.

Masalani boshqa tomoni ham bor. Biror narsa haqidagi bilimni haqiqat (ya’ni bilimda haqiqat bor) deb belgilash uchun bilimga ega bo‘lish kerak. Bilimni haqiqatliligini tekshirish uning ob’ektga muvofiqligini aniqlash demakdir. SHu aniqlash uchun bilim kerak-mi, yo‘q-mi? Demak, haqiqatni aniqlash uchun haqiqat mezoni bo‘lish zarur. Haqiqat mezoni biron – bir g‘oya, ta’limot, qarashning chinligi yoki yolg‘onligini aniqlash, tekshirish vositasidir. Haqiqat mezonlari qatoriga faylasuflar mantiqiy isbotlanganlik, ob’ektivlik va amaliyotni (praktikani) kiritdilar.

Ijtimoiy bilish jarayonida haqiqat va uning mezonlarini aniqlashda ijtimoiy eksperiment ham alohida ahamiyat kasb etadi. SHu ma’noda ijtimoiy eksperimentning quyidagi xususiyatlari alohida qayd etiladi:

1. Ijtimoiy eksperiment o‘zining aniq natijalariga ega. Fizika, ximiya, biologiya fanlaridagi eksperimentlar turli davrlarda turli mamlakatlarda takrorlanishi mumkin, chunki tabiatning rivojlanishi qonuniyatlari, ishlab chiqarish munosabatlari shakliga ham, tipiga ham, milliy va tarixiy o‘ziga xoslikka ham bog‘liq emas.

Ijtimoiy eksperimentlar iqtisodni qayta qurishga, milliy davlat tizimi, ta’lim va tarbiya tizimiga qaratilgan bo‘lib, ular turli tarixiy davrlarda turlicha bo‘lib qolmay, balki butunlay qarama-qarshi natijalarni berishi mumkin.

2. Ijtimoiy eksperiment ob’ekti barcha sotsiumlar ta’siridan va eksperimentdan tashqaridagi ob’ektlardan ozroq miqdorda himoyalanadi. Bu erda ishonchli himoyalovchi asboblar bo‘lgan vakuum nasoslari, himoya ekranlarini qo‘llash yaxshi natijalar bermasligi mumkin. Bular jismoniy eksperimentlarda qo‘llaniladi. Bundan kelib chiqadiki, ijtimoiy eksperiment, fan tili bilan aytganda, sof sharoitsizlikka uchrashi shunday holatlarga bog‘liqdir. Misol uchun SH. Fure va uning tarafdorlari tomonidan olib borgan tadqiqotlarni ko‘rsak, bu o‘ziga xos ideal va garmonik jamiyatni barpo etish edi: R. Ouen tadqiqotidagi kooperativlar barpo etish, Angliya va Amerika kommunalarini tashkil etish va hokazo tadqiqot natijalari umuman o‘ylab ko‘rilmagan.

Ijtimoiy eksperimentda texnika xavfsizligini ta’minlashga juda -katta talablar qo‘yiladi. Hozirgi vaqtda ijtimoiy eksperimentlar va ilmiy eksperimentlar o‘rtasidagi chegara kamaya boshladi, lekin u hali saqlanmoqda. Hozir gap har kuni har soatda odamlarga ta’sir qiladigan, ularning jismoniy va psixologik sog‘liklariga ta’sir qiladigan eksperimentlar haqida ketmoqda. Eksperiment vaqtida ozgina narsalarning ham to‘g‘ri tashkil qilinmasligi odamlarga yomon ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bunday eksperiment tashkilotchilarining faoliyatini oqlab bo‘lmaydi. Eksperiment boshlanmasdan oldin insonparvarlik g‘oyasi uning dasturiga kiritilishi shart.

Z.Ijtimoiy eksperiment loyihaviy bilimlar olish uchun o‘tkaziladi. Bu eksperiment ikki vazifani o‘z ichiga oladi: o‘rganuvchi va amaliy. Aytaylik, akademik I. P. Pavlov va uning shogirdlari itlar va maymunlarda o‘tkazgan tajribalarida oliy nerv faoliyatidagi fiziologik o‘zgarishlarni bilish orqali ilmiy nazariyani yaratishgan edi. SHunga qaramay eksperimentlar amaliy maqsadda ham ishlatilishi mumkin edi.

Insonlar ustida tajriba o‘tkazish qanchalik yaxshi istiqbolga ega bo‘lishiga qaramay g‘ayriinsoniydir. Ijtimoiy eksperimentning asosiy vazifasi bu jamoa faoliyatini jonlashtirishdir. U holda eksperimentning nazariy ahamiyati nimada? Birinchidan, ijtimoiy eksperiment katta nazariy dalilga ega bo‘lishi kerak. Agar dalil bo‘lmasa, ijtimoiy eksperiment ilmiy bo‘lmaydi. Ikkinchidan, uning natijalari, albatta boshqa fanlar va unga yaqin bo‘lgan fanlar (meditsina va arxitektura) bilan hisobga olinishi kerak, lekin bunda nazariyani tasdiqlash, undan o‘zib ketish eksperimentning maqsadiga aylanmaydi.



IJTIMOIY BILISH. JAMIYATNI ILMIY BILISH VA BOSHQARISH
2-mashg‘ulot
Reja

1. Jamiyatni ilmiy bilish zaruriyati va imkoniyati

2. Jamiyatni ilmiy boshqarishning yo‘llari va usullari

3. Jamiyatni ilmiy bilish va boshqarishda ijtimoiy fnlarning o‘rni va ahamiyati


Jamiyatni ilmiy bilish zaruriyati va imkoniyati. Jamiyatni ilmiy bilish va boshqarishda unda sodir bo‘layotgan jarayonlar taraqqiyotining oqibatini oldindan ko‘ra bilish katta ahamiyat kasb etadi. Bashorat qilish nima? Inson hayotida ro‘y bermagan, fan uchun hozircha no’malum hisoblangan, imkoniyat tariqasidagina mavjud bo‘lgan biron-bir ijtimoiy-siyosiy voqea yoki hodisaning kelajakda qanday ro‘y berishini, uning‘ holati, rivojlanish qonunlari va oqibatlarini muayyan ilmiy dalillar, nazariy xulosalar va ma’lumotlarga asoslangan holda oldindan aytib berish — bashorat qilishdir.

Inson faqat orqaga, o‘tmishga qarab yashay olmaydi, balki o‘tmish avlodlar tomonidan yaratilgan barcha ilmiy bilimlarni chuqur o‘rganish va o‘zlashtirish, ularga ijodiy va tanqidiy yondashish asosida kelajakni oldindan ko‘rishga, to‘xtovsiz ilgarilab borishga harakat qiladi. O‘tmishni, tarixni bilmasdan turib kelajakni bilish, olg‘a rivojlanish mumkin emas. Kelajakka umidvorlik bilan qarash, bugun bilmagan narsa va hodisani ertaga mukammal bilishga intilish, orqaga emas, oldinga, kelajakka tomon harakat qilish — insonning eng muhim fazilatlaridan bo‘lib hisoblanadi. Inson o‘zining kelajagini taxmin va gumonlarga asoslanib emas, balki fan va amaliyotning chuqur ilmiy xulosalariga asoslanib bilib oladi. Fan va amaliyot — kelajakni oldindan ko‘rishning eng ishonchli qurolidir. Inson fan yordamida dunyoni ilmiy asosda biladi, undan maqsadga muvofiq tarzda foydalanadi. Biron-bir narsadan foydalanish uchun avvalo o‘sha narsa va hodisani bilish, atroflicha o‘rganish kerak bo‘ladi.

Ijtimoiy hayot xodisalarini oldindan bilish, rejalashtirish, programmalashtirish, loyihalashtirish, boshqarish nazariyalari bilan o‘zaro aloqadorlikda amalga oshiriladi. Murakkab jarayonlarni oldindan bilishga ayrim fanlar, mutaxassislarning kuchi etmasligi sababli ilmning barcha tarmoqlaridagi etuk omillarning o‘zaro hamkorligi talab qilinadi. Kelajakni, mavjud tarixiy jarayonlarni bashorat qilishning eng qulay usuli ekspert baholashdir. U tarixiy jarayon haqidagi chuqur va aniq ilmiy tasavvurlarga, ilmiy tadqiqot usullarining natijalariga asoslanib ish ko‘radi va xulosa chiqaradi.

Jamiyat taraqqiyoti qonunlarini oldindan ko‘ra bilishning ekstrapolyasiya (muayyan bir sharoitda ro‘y beradigan qonuniyatlarni hozirgi davr va kelajakka moslash), tarixiy analogiya (o‘tmish hodisalariga qarab xulosa chiqarish), ijtimoiy hodisalarni kompyuter orqali namunalashtirish, kelajak hodisalarini tasvirlash, eksperemental baholash (tarixiy ilmiy tajribaga asoslangan ishlarga) baho berish singari asosiy usullari mavjud. Bularning hammasi birgalikda jamiyat taraqqiyotini oldindan qurishga imkon beradi.

Amaliyot shuni ko‘rsatadiki, mavjud voqealarning hal qiluvchi yo‘nalishlarini faqat ravshan tushina olgan taqdirdagina to‘g‘ri, ilmiy jihatdan asoslangan siyosat yuritish mumkin. Sodir bo‘layotgan voqealarni uning ob’ektiv mantiqni chuqur tushunib olish, davr harakatini ifodalovchi to‘g‘ri xulosalar chiqara bilish oson emas, lekin bu g‘oyat zarur ishdir.

Mavjud voqelik, mamlakatimizda, jahon miqyosida muntazam ravishda sodir bo‘lib turgan hodisa va jarayonlar, jahon fani va texnikasining, inson aql idroki va tafakkurining hayratomuz darajada to‘xtovsiz rivojlanib borayotganligi, hozirgi zamon ilmiy-texnika yutuqlari insoniyatning kelajagi haqida mukammal ilmiy xulosalar chiqarish uchun boy material bermoqda.

Mamlakatimizning kelajagi haqida aniq rejalar ishlab chiqarish, ularni amalga oshirishning eng oqilona va maqsadga muvofiq yo‘llarini belgilab olish uchun xalq bilan maslahatlashish, uning fikriga quloq solish, madadiga suyanish, uning talab-istaklarini bajarish zarurligini hayotning o‘zi ko‘rsatib turibdi.

Hozirgi paytda jahon taraqqiyoti o‘ziga xos yangi davrga qadam qo‘ydi. Bu davrning o‘ziga xos, oldingi paytlardan farq qiladigan alomatlari, harakterli belgilari bor. Bular quyidagilardan iboratdir.

Er yuzidagi davlatlar va xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik va hamkorlikning yuksalib borishi jahon taraqqiyoti hozirgi bosqichining o‘ziga xos xususiyatidir. Boshqacha aytganda, keng qamrovli integratsiya — (lotincha so‘z bo‘lib, kirib borish, to‘ldirish, o‘zaro yaqinlashish ma’nosida ishlatiladi) — butun hozirgi olamshumul jarayon bo‘lib, har bir xalq va davlatning porloq istiqboli umuminsoniy sivilizatsiya yo‘lidagi barcha kuch-harakatlarini birlashtirishga ko‘maklashadi.

Ma’lumki, asrimizning bir necha o‘n yilliklari mobaynida Yevropa bilan Osiyodagi mamlakatlar, G‘arb bilan SHarq, bir-biriga dushmanlik nuqgai nazaridan qarab keldi.

Hozirgi paytda jahonda shunday bir vaziyat vujudga keldiki, dunyodagi ko‘pchilik mamlakatlar va o‘zlarining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, madaniy taraqqiyot darajalarining har xilligi, rivojlanishning turlicha bosqichlarida ekanliklari, hatto mafkuraviy qarashlardagi farqlarga qaramasdan o‘zaro yaqinlashmoqdalar.

Hozirgi paytda o‘tmishdagi o‘zaro dushmanlik va ixtiloflar siyosatidan hamkorlikka o‘tish amalga oshirilmokda. Bu siyosiy xalqaro munosabatlarda keng qo‘llanilmoqda. Dunyodagi bir qancha eng yirik va qudratli boshliqlari (prezidentlar), turli siyosiy partiyalar, ijtimoiy tashkilotlar, korxonalar, konsernlar, ommaviy harakatlar rahbarlari, diniy arboblar, mutaxassislar o‘zaro uchrashib bir-birlariga yon berilib xalqaro munosabatlarda yuzaga kelgan eng dolzarb masalalar, muxim hayotiy muammolarni tinch yo‘l bilan hal qilishni bahamjihat kelishib olmoqdalar. Davlatlar va xalqlar o‘rtasida yaqinlashuv jarayonlari va hamkorlikni kuchaytirish to‘g‘risida ikki tomonlama va ko‘p tomonlama o‘zaro bitimlar va majburiyatlar qabul qilinib turibdi.

"Jahon miqyosidagi umumiy taraqqiyot, odamlar dunyoqarashining o‘zgarishi, kommunikatsiyalar yuksalishi, xalqaro munosabatlarning rivojlanishi va uning odamzod hayotiga ta’siri davlatlar va xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro birlashishga intilishni kuchaytirmoqda. Ayni vaqtda milliy xususiyatalr va an’analarni, siyosiy va ma’naviy merosni saqlab qolish tamoyillari ham yaqqol sezilmoqda"391.

Insoniyatni qiziqtirib kelayotgan umumbashariy, milliy, mintaqaviy va boshqa muammolarni ilgarigidek ixtiloflar yo‘li bilan hal qilib bo‘lmaydi. SHu jihatdan qaraganda, ixtiloflar emas, sog‘lom kuchlarni birlashtirish, qarama-qarshiliklarning birligi yuzaga kelgan muammolarni hal qilishning muhim omili ekanligini jahon taraqqiyotining hozirgi bosqichi ko‘rsatib va amalda isbotlab turibdi.

SHuning bilan bir qatorda jahonda mulkiy tengsizlik — sanoati rivojlangan mamlakatlar bilan rivojlanayotgan mamlakatlar o‘rtasidagi tafovut va ziddiyatlar kuchaymoqda.

Bu holat jahon resurslarini taqsimlashda yaqqol ko‘rinadi. YA’ni, tabiat resurslari aslida rivojlanayotgan mamlakatlarning asosiy boyligi xisoblansa ham, sanoat yuksak rivojlangan mamlakatlar bu boyliklarni nazorat qilishni o‘z qo‘liga olishga intilmoqdalar.

Qolaversa, ilmiy va texnikaviy bilimlar, shuningdek, ilg‘or texnalogiyalar sohasida, erkim sarmoyani to‘plash va joylashtirish sohasida ham juda katta tafovutlar muvjud.

Hozirgi zamon tarixiy jarayonlarining asosiy belgilaridan yana biri — dunyodagi aksariyat mamlakatlarning, xususan, yaqinda mustaqillikka erishgan davlatlarning eng kuchli, eng katta halqaro banklar, nufuzli xalqaro tashkilotlarga teng huquqli a’zo bo‘lib kirib kuch-g‘ayratlari va iqtisodiy imkoniyatlarini umumiy maqsadlari yo‘lida birlashtirayotganliklaridadir. Buni O‘rta Osiyo mamlakatlari, jumladan, O‘zbekiston Respublikasi misolida ko‘rish mumkin.

Qisqa vaqt ichida respublikamiz ko‘pgina nufuzli xalqaro tashkilotlarga, xususan BMT ga, Ko‘shilmaslik harakatiga, xalqaro valyuta fondi, Jahon banki, Yevropa qayta tiklash va taraqqiyot banki, Iqtisodiy hamkorlik Tashkiloti va boshqa shu kabi mashhur xalqaro iqtisodiy va moliyaviy tashkilotlarga qabul qilindi. Xozirgi davr uchun xos bo‘lgan yana bir xususiyat shundan iboratki, fan va texnikaning eng yangi yutuqlariga asoslangan zamonaviy texnologiya — sanoat va qishloq ho‘jaligining barcha sohalariga joriy etilmoqda. Bu esa o‘z navbatida jamiyatning ildam odimlar bilan olg‘a taraqqiy etishida zamin yaratmoqda.


Yüklə 6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə