O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti


Mustqil O‘zbekistonning tadrijiy-reformistik taraqqiyoti



Yüklə 6 Mb.
səhifə53/80
tarix22.05.2018
ölçüsü6 Mb.
#45438
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   80

Mustqil O‘zbekistonning tadrijiy-reformistik taraqqiyoti. O‘zbekiston XX asrning so‘nggi o‘n yilligida mustaqillikka erishdi va o‘ziga xos taraqqiyot yo‘lini tanlab oldi. Mustaqil suveren davlat, deb e’lon qilingan O‘zbekiston Respublikasi mustaqil ichki va tashqi siyosat olib borishni, barcha fuqarolarining manfaatlarini himoya qilishni, ularga huquq va erkinlik kafolatini berishni, shuningdek, xalq farovonligini oshirib borishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ydi. O‘zbekiston tanlagan taraqqiyot yo‘lining asl mohiyati bozor munosabatlariga asoslangan erkin fuqarolar jamiyatini qurishdan iboratdir.

Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy sohalarda keng qamrovli islohotlar amalga oshirila boshlandi. Islohotlardan ko‘zlangan asosiy maqsad – demokratik, erkin fuqarolik jamiyatini barpo etish edi.

Fuqarolik jamiyatining asoslarini barpo etish zarurligi to‘g‘risida fikr yuritib, I.A.Karimov shunday dedi: “Biz uchun fuqarolik jamiyati – ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘z-o‘zini kamol toptirishiga monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. SHaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to‘la darajada ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashadi. Ayni vaqtda boshqa odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo‘l qo‘ymaydi. YA’ni erkinlik va qonunga bo‘ysunish bir vaqtning o‘zida amal qiladi, bir-birini to‘ldiradi va bir-biini taqozo qiladi”333.

Demokratik fuqarolik jamiyatini barpo qilish eski davlat tuzumini, birinchi navbatda, siyosiy tuzumni isloh qilishni taqozo etdi. Islohotlarni amalga oshirishga kirishishda, avvalo, ikki muhim omilni hisobga olish kerak bo‘ldi: birinchisi – huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurishda jahon tajribasidan foydalanish; ikkinchisi – milliy davlatchilik va boshqa sohalarda xalqimizning asl merosiga tayanish.



Ayni paytda O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurishda xalqaro miqyosda e’tirof etilgan prinsiplarga amal qilinmoqda. Bular quyidagilardan iborat:

  • insonning o‘z xohish-irodasini erkin bildirishi va amalga oshirishi;

  • davlat va jamiyat boshqaruvida qonunning ustunligi;

  • davlat asosiy organlarining saylab qo‘yilishi va ularning saylovchilar oldida hisob berishi;

  • hokimiyatning taqsimlanishi;

  • ko‘ppartiyaviylik;

  • inson huqularining ustuvorligi;

  • inson va davlat manfaatlarining uyg‘unlashuvi va hokozo.

SHuningdek, demokratik fuqarolik jamiyati qurishda xalqimizning asl merosi, respublika aholisining o‘ziga xos mentaliteti, ya’ni xususiyatlari hisobga olinmoqda. Bular quyidagilardan iborat:

  • aholining ijtimoiy hayotida kollektivizmga intilish, sabr-toqatlilik, andishalilik, hamjihatlik g‘oyasi va jamoatchilik fikrining ustunligiga tayanuvchi “sharqona” demokratiya qadriyatlarining mavjudligi;

  • aholi asosiy qismining islom diniga e’tiqod qilishi va ko‘plab diniy konfessiyalarning mavjudligi;

  • respublika aholisining ko‘pmillatliligi;

  • respublika aholisining yakka partiya, yakka mafkura hukmronlik qilgan jamiyatda yashaganligi;

  • deyarli 130 yillik mustamlakachilik davrida aholi siyosiy faolligining pasayib ketganligi.

Mamlkatimizda demokratik fuqarolik jamiyati qurish borasida yuqorida qayd qilingan jahon tajribasi va milliy xususiyatlarimizning hammasi to‘liq hisobga olindi. O‘zbekistonda qurilayotgan huquqiy demokratik davlat bir qator prinsiplar va huquqiy normalar talablariga javob berishi kerak. Bular quyidagilardan iborat:

  • shaxs manfaatlari va huquqlarining ta’minlanishi;

  • Konstitutsiya va qonun ustunligining ta’minlanishi;

  • Qonun oldida barchaning tengligi;

  • Davlatning o‘zini o‘zi muvofiqlashtirib turuvchi mexanizmga ega bo‘lishi;

  • ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy raqobat asosida tashkil qilinishi, hech bir sohada monopol hukmronlikka yo‘l fo‘yilmasligi;

  • e’tiqod erkinligi va hurfikrlilikning hukmronligi.

Bu talablarni amalga oshirish borasida O‘zbekistonda juda katta ishlar amalga oshirildi. Lekin, demokratik davlatni barpo qilish – to‘xtovsiz jarayon. O‘zbekistonda demokratik fuqarolik jamiyati qurishning xususiyatlaridan biri unda shunchaki demokratik jamiyat emas, balki demokratik odil jamiyat qurish yo‘li tanlandi. Adolat va haqiqat g‘oyasi davlatimiz va qonunchilik faoliyatimizning bosh yo‘nalishi bo‘lmish demokratik jamiyat qurilishining asosi qilib olindi. Prezident I.A.Karimov demokratik odil jamiyat qurish to‘g‘risida shunday deydi: “Biz shunchaki demokratik jamiyat emas, demokratik odil jamiyat qurmoqchimiz. Adolat va haqiqatga intilish esa xalqimiz tabiatining eng muhim fazilatlaridan biridir. O‘tmishda oliy adolat g‘oyasi mansabdor shaxslarga qo‘yiladigan talab va bahoning asosi bo‘lgan. U davlatchilik negizlarini belgilash, islomiy qoidalar va shariat mezonlarining poydevorini tashkil etgan. Biz tariximizdagi ana shu jihatlarni hisobga olmasak, qudratli, erkin, demokratik davlat qura olmaymiz”334.

O‘zbekistonning huquqiy demokratik davlatni shakllantirish yo‘lidagi faoliyatida, avvalo, siyosiy islohotlar amalga oshirildi. Birinchi navbatda, davlat hokimiyatini tashkil qiluvchi idoralar isloh qilindi. Demokratik jamiyat qurish, fuqarolarning erkin ravnaqi va qonun ustuvorligini ta’minlash maqsadida davlat boshqaruvi hokimiyatlar taqsimlanishi prinsipi asosida asosida isloh qilindi. Bu prinsipning qo‘llanilishi hokimiyatning suiste’mol qilinishiga jiddiy to‘siq qo‘ydi, fuqarolarni mansabdor shaxslarning g‘ayriqonuniy xatti- harakatlaridan va tazyiqidan himoya qilishga, davlat idoralari faoliyatining samarali bo‘lishi uchun shart-sharoit yaratdi.

Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan islohotlar, shuningdek, siyosiy islohotlar hokimiyat va boshqaruv organlarida ma’muriy buyruqbozlikning barham topishiga imkon yaratdi. Davlat hokimiyatining milliy, huquqiy, demokratik asoslari barpo etila boshlandi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi davlat hokimiyatini tashkil etishning asosiy prinsiplarini belgilab berdi. Bular quyidagilar:


  • Xalq hokimiyatchiligi;

  • Davlat suvereniteti;

  • Qonuniylik;

  • Hokimiyatning taqsimlanishi.

SHuningdek islohotlar iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy va ma’naviy sohalarda ham izchil olib borildi va borilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi taraqqiyotning o‘ziga hos yo‘lini, ya’ni ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan jamiyat qurish yo‘lini tanlab ldi. Mamlakatimizning xususiyatlari, xalq an’analari va milliy urf-odatlari, kishilarning turmush tarzini inobatga olgan holda bozor munosabatlariga o‘tishning “o‘zbek modeli” ishlab chiqildi. Prezident Islom Karimov ta’kidlaganidek, “bizning bozor munosabatlariga o‘tish modelimiz respublikaning o‘ziga xos sharoitlari va xususiyatlarini, an’analar, urf-odatlar, turmush tarzini har tomonlama hisobga olishga, o‘tmishdagi iqtisodiyotni biryoqlama, beso‘naqay rivojlantirishning mudhish merosiga barham berishga asoslanadi”335.

O‘zbekiston o‘z taraqqiyot yo‘liga kirgan ko‘pgina ilg‘or mamlakatlarning tajribasiga tayanib, respublika bo‘yicha keng miqyosda tub islohotlarni amalga oshirish va bozor iqtisodini shakllantirishga kirishdi.

Jahon tajribasida bozor munosabatlarini shakllantirishning ikkita yo‘nalishi mavjud: birinchisi – stixiyali, tartibsiz, rivojlanuvchi bozor iqtisodiyoti, ikkinchisi – boshqariladigan va tartibga solinadigan bozor iqtisodiyoti.

O‘zbekiston ikkinchi, ya’ni boshqariladigan iqtisodiyot yo‘lini tanladi. O‘zbekiston tanlagan yo‘lning xususiyati shundan iboratki, uning maqsadi ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirishdir. “Ijtimoiy jihatdan yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti markazlashtirilgan rejali bozordangina emas, balki erkin bozordan ham farq qiladi. U mustaqil iqtisodiy andozadan iborat bo‘ladi. Uning erkin bozordan muhim farqi shundan iboratki, u iqtisodiy va ijtimoiy asoslarning sintezi hisoblanadi. Bu shuni bildiradiki, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodi, to‘la-to‘kis ham bozor iqtisodiyoti, ham ijtimoiy iqtisodiyot hisoblanadi, iqtisodiy rivojlanish samaradorligini ijtimoiy kafolatlar va ijtimoiy adolat bilan bog‘lash maqsadini ko‘zlaydi”336.

YUqorida ta’kidlaganimizdek, bozor iqtisodiga o‘tishning o‘ziga hos milliy yo‘li keyinchalik “o‘zbek modeli” deb atala boshlandi. Mustaqillikka erishilgandan so‘ng O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlar konsepsiyasi ishlab chiqildi. Bu Prezident I.A. Karimov ilmiy asoslab bergan va olg‘a surgan islohotlarning besh prinsipidir. Ular:


  • Iqtisodning siyosatga nisbatan ustunligini ta’minlash;

  • Bozor munosabatlariga o‘tish davrida davlatning bosh islohotchi bo‘lishi;

  • Qonunlarning va ularga rioya etishning ustunligi;

  • Kuchli ijtimoiy siyosat yuritish;

  • Bozor iqtisodiyotiga boqichma-bosqich, evolyusion yo‘l bilan o‘tish.

Bu prinsiplar bozor iqtisodiyotiga o‘tishda “o‘zbek modeli”ning ajralmas qismi hisoblanadi. Ular o‘zida bozor iqtisodiyotiga o‘tishning umumiy qonuniyatlarini, respublikaning milliy xususiyatlari va sharoitlarini aks ettirgan.

Birinchi prinsip – iqtisodiyotning siyosatga nisbatan ustunligi. Bu prinsip iqtisodiy faoliyat ijtimoiy hayotning boshqa sohalari uchun poydevor vazifasini o‘tashini va ijtimoiy taraqqiyotning asosi bo‘lishini anglatadi. Unda iqtisodiyotning o‘ziga xos ob’ektiv qonunlarining mavjudligi, bu qonunlarsiz iqtisodiy faoliyat yuritish mumkin emasligi hisobga olingan. Iqtisodiyot siyosiy kurashlar va mafkuraviy tazyiqlardan xoli, o‘ziga xos ichki qonunlarga asosan rivojlanishi lozim. Lekin siyosat taraqqiyotning zaruratidan kelib chiqqan holda iqtisodiyotga ta’sir etishi mumkin.

Ikkinchi prinsip – bozor munosabatlariga o‘tish davrida davlatning bosh islohotchi bo‘lishi. Bu prinsipda davlat islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishi, ularni amalga oshirish yo‘lini ishlab chiqishi va unga izchillik bilan rioya etilishini bildiradi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tilayotgan davrda davlat boshqaruv mexanizmini qo‘ldan chiqamasligi kerak. Bunda faqat davlat asosiy islohotchi bo‘lishi lozim. Ma’lumki, taraqqiy etgan ko‘pgina mamlakatlarning tajribasi davlat hamisha tub o‘zgarishlarda peshqadam bo‘lib kelganligidan dalolat beradi.

O‘zbekistonda totalitar, rejali, ma’muriy buyruqbozlik iqtisodiyotidan erkin, ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tilmoqda. SHu sababli G‘arb mamlakatlari boshidan kechirgan stixiyali, tartibsiz bozor iqtisodiyoti bizda ham bo‘lishi shart emas. Jahon tajribasi demokratik jamiyatda davlatdan o‘zga umummilliy manfaatni ifodalovchi siyosiy institut bo‘lmasligini ko‘rsatadi. O‘zbekistonda evolyusion-reformistik yo‘l bilan bosqichma-bosqich bozor iqtisodiyotiga o‘tish iqtisodiyotda davlat monopoliyasini tugatishni anglatadi va bu davlat ishtirokida amalga oshiriladi. Keng qamrovli islohotlarning dasturlari davlat keng jamoatchilik ishtirokida ishlab chiqadi va hayotga tadbiq etadi.

Uchinchi prinsip – Konstitutsiya va boshqa qonunlarga rioya etishning ustunligi. Bu huquqiy davlat qurishning zarur shartidir. Unga ko‘ra barcha fuqarolar Konstitutsiya va qonunlarga og‘ishmay rioya etishga majburdirlar. Qonuniylikni qaror toptirish muammosi respublikada o‘tkazilayotgan iqtisodiy islohotlar uchun barqaror huquqiy zamin yaratish bilan bog‘liqdir. Faqat shundagina iqtisodiy o‘zgarishlar sezilarli natija berishi mumkin. Iqtisodiy hayotga xos bo‘lgan o‘zgaruvchanlik xususiyati yuridik qonunlarni ham ularga mos ravishda o‘zgartirib borishni talab qiladi.

To‘rtinchi prinsip – kuchli ijtimoiy siyosat yuritish. Bu prinsip hayotga bozor iqtisodi to‘la joriy qilinayotgan davrda aholining demografik tarkibini hisobga olib, uni ijtimoiy himoyalashning choralarini ko‘rishni taqozo etadi. Ushbu prinsip kuchli ijtimoiy siyosat yuritish zaruratidan kelib chiqadi. O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tish modeli bozor iqtisodi hamda ijtimoiy yo‘naltirilgan, xalq farovonligini ta’minlashga qaratilgan bozor xo‘jaligini yaratishni anglatadi. Kuchli ijtimoiy siyosat yuritishning mohiyati ijtimoiy adolatni ta’minlash, kishilarda boqimandalik kayfiyatini bartaraf etish, ularning faolligini oshirish, ijtimoiy guruhlar o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash, aholining muhtoj qatlamlarini ishonchli himoya qilishdan iborat. Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodi O‘zbekiston davlat suverenitetining iqtisodiy asosi bo‘lib qoldi.

Beshinchi prinsip – bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich, evolyusion (reformistik) yo‘l bilan o‘tish. Bu prinsip – O‘zbekiston bozor iqtisodiga o‘tish yo‘lining xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Bu prinsipning asosiy mazmuni va maqsadi – soxta revolyusion sakrashlar, fojiali oqibatlar va kuchli ijtimoiy larzalarsiz, madaniy yo‘l bilan normal taraqqiyotga o‘tish. U totalitar rejali iqtisoddan sekin-asta bozor tuzumiga o‘tishni shoshma-shosharliksiz, tinch amalga oshirishni nazarda tutadi. Bu maqsadni amalga oshirish uchun ma’lum bir vaqt va tayyorgarlik zarur bo‘ladi.

Ma’lumki, G‘arb mamlakatlarining ham rivojlangan madaniy bozor iqtisodiga erishishi uchun bir necha yuz yillab vaqt kerak bo‘lgan. SHuning uchun ham bozor aloqalari buzib yuborishning oqibati iqtisodni izdan chiqarishi, aholining turmush darajasini keskin pasaytirib yuborishi va turli ijtimoiy larzalarga sabab bo‘lishi mumkin edi. Bozor iqtisodiga bosqichma-bosqich o‘tish prinsipi mash’um “falaj qilib davolash” yo‘lini inkor etdi.

I.A.Karimov o‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tish yo‘lining xususiyatlariga to‘xtalib, shunday degan edi: “Xalqimizda “yangi uy qurmay turib, eskisini buzmang”, degan naql bor. Unda respublika aholisining ruhiyati to‘la aks etgan. SHuni hisobga olib, O‘zbekistonning bozor iqtisodiyotiga o‘tish andozasiga bosqichma-bosqich, evolyusion yo‘l bilan o‘tish asos qilib olingan. Bozor iqtisodiyoti tomon sakrashlarsiz, inqilobiy o‘zgarishlar yo‘li bilan emas, balki izchillik bilan bosqichma-bosqich borish kerak”337.

Ijtimoiy taraqqiyotning sub’ektlari va harakatlantiruvchi kuchlari. Ijtimoiy taraqqiyot har bir tarixiy davrda muayyan sub’ektlar tomonidan amalga oshirilgan. Muayyan omillar esa harakatlantiruvchi kuch vazifasini bajargan. Ijtimoiy taraqqiyot sub’ektiv va ob’ektiv jarayonlar aloqadorligida kechadi. Bu masala borasida ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarixida bir qancha qarashlar ilgari surilgan. Bunda quyidagi savollarga javob topishga harakat qilingan: “ijtimoiy taraqqiyotning asosiy sub’eti kim?” va “ijtimoiy taraqqiyotni harakatlantiruvchi kuchlar nimalar?”.

Taniqli nemis faylasuflari V.F.Gegel ijtimoiy taraqqiyotning sub’ektlari sifatida halq ommasini e’tirof etsa, K.Marks esa ishchilar sinfini ko‘rsatadi. Taniqli sotsiolog O.Kont manerasi bo‘yicha ijtimoiy taraqqiyotning asosiy sub’ekti insoniyatdir. YAna bir sotsiolog E.Giddens O.Kontning fikrini inkor etib, insoniyat abstrakt tushuncha, alohida individ konkretdir, “jamiyat iroda kuchiga ega emas, o‘z oldiga maqsadlar qo‘ymaydi, ular faqat individlargagina hos”338, degan fikrni ilgari suradi.

Mashxur ispan faylasufi Ortega-i-Gasset ijtimoiy taraqqiyotning asosiy sub’ekti sifatida alohida buyuk shaxslarni e’tirof etsa-da, hozirda ommaning bu jarayondagi o‘rni ortib borayotganligini ta’kidlab, shunday fikrni ilgari suradi: “Ommaning ijodiy ozchilik funksiyasini egallashi biz yashayotgan davrning asosiy hususiyati bo‘lib bormoqda... YAqinda paydo bo‘lgan siyosiy rejimlar, mening fikrimcha, ommaning siyosiy diktaturasidan o‘zga narsa emas... Bugungi kunda biz omma o‘zining hohish va istaklarini hech qanday qonunsiz qo‘pol tazyiq ostida o‘tkazayotgan giperdemokratiya tantanasini ko‘rmoqdamiz”339. SHunday qilib, “alohida buyuk shaxslar emas, balki oddiy o‘rtamiyona omma har qanday ijodiy ozchilik va alohida shaxslarni engib, jamiyatdagi o‘zgarishlarni belgilamoqda hamda bu bilan ular jamiyatning siyosiy, iqtisodiy va boshqa sohalarida stagnir (lotin. stagnum – turib qolgan suv, ko‘lmak) holatni yuzaga keltirmoqda. Demak, “g‘oyalar” ko‘rinishidagi johil ommaning “irodasi” ijtimoiy hayotning “harakatga keltiruvchi kuchi” hamda “ko‘lmaklashi”ni yuzaga keltiradi. SHuningdek, davlat “ommaning shafqatsiz hukmronligi” ostida yashamoqda”340.

A.I.Rakitov jamiyatni harakatga keltiruvchi ayrim kuchlarni shunday ko‘rsatib o‘tadi: “Jamiyat taraqqiyoti hamma davrlarda va har qanday shart-sharoitlarda ohir oqibat insonning hayot kechirishi, moddiy ishlab chiqarish yutuqlari, madaniyat tiplari, ongi va o‘z-o‘zini anglash holati, insonning tarixiy qarori va nihoyat ijtimoiy munosabatlar va o‘zaro aloqalar turlari hamda jamiyatning guruhiy strukturasini belgilab beruvchi usullari bilan ifodalanadi”341.

“Tarix, - deb ta’kidlaydi V.S.Barulin, - qonuniyatdir, zero u ijtimoiy o‘zgarishlarning ob’ektiv mantig‘iga bo‘ysunadi va shu bilan birga, bu qonuniyat, faqatgina insonlar faoliyati orqali amalga oshadi. Bu faoliyat bo‘lmasa, jamiyat ham, uning tarixi xam bo‘lmaydi. O‘z-o‘zidan bu fakt – inson faoliyatining jamiyatdagi fundamental ahamiyatini isbotlaydi”342. “Bizning fikrimizcha, jamiyatni harakatga keltiruvchi kuch – bu, insonlar faoliyatidir...”343.

YAna bir rus faylasufi K. X. Momdjyan fikricha: “Ijtimoiy faylasuf nimani o‘rganmasin: jamiyat strukturasidagi tashkilotlar yoki ularning ijtimoiy hayotdagi funksional jihatlarinimi, tarix dinamikasi yoki uning tamoyillari bo‘ladimi, u o‘sha inson faoliyatining turli hil ko‘rinishlari va o‘ziga hosliklarini o‘rganadi”344. Demak uning fikricha ijtimoiy taraqqiyotning sub’ekti insonlar, harakatlantiruvchi kuch esa ularning hilma-xil faoliyatlaridir.

Jamiyat taraqqiyotining asosiy omillari masalasini boshqa faylasuflar: Kondorse, I. G. Gerder, O. Kont, L. Uord, A. Toynbi, P. A. Sorokin, N. A.Berdyaevlar ham (turli shakllarda bo‘lsada) ijtimoiy taraqqiyotning ma’naviy asoslarini e’tirof etganlar. SHu kabi qarashlar qatorida ekzistensialist K.YAspers (1883-1969) konsepsiyasi ham bor. Uning fikricha, tarix tarix harakatga keladigan eng muhim chegara insonlar uchun zarur bo‘lgan g‘oyalar bilan to‘lib-toshgan “vaqt o‘qi”dan boshlanadi va bu vaqt er. avv. 800 va er. 200 yillari oralig‘ini o‘z ichiga oladi.345 Bu davrda bir vaqtning o‘zida birinchi yunon faylasuflari, yahudiy payg‘ambarlar, Erondagi zardushtiylik asoschilari, Hindistondagi buddaviylik va jaynizm, Xitoydagi konfutsiychilik va doasizm asoschilari faoliyat yuritganlar. “O‘sha vaqtda tarixdagi eng katta burilish yasalgan. Hozirgi kundagi inson tipi hosil bo‘lgan”346. K.YAspers fikricha, “inson o‘zligini va o‘z imkoniyatlari chegarasini shu davrda idrok qilgan. Inson qarshisida dunyoning dahshatli manzarasi va buning oldida o‘zining ojizligi namoyon bo‘lgan. Jar yoqasida turib u, o‘z oldiga o‘zini qutqarish va ozod qilish uchun keskin masalalarni qo‘ygan. O‘zligini, o‘z imkoniyati chegarasini anglab, o‘z oldiga buyuk maqsadlarni qo‘ygan. Bu davrda biz hozirgi kungacha fikr yuritayotgan va hozirgacha insonlar turmushini belgilab beruvchi olamshumul dinlar asoslarining fundamental diniy kategoriyalari ishlab chiqilgan”347. Dunyo dinlarining asoschilari o‘z ijodiy faoliyatlarida diniy hayotning asosiy oqimlarini belgilab bergan. SHarqda Konfutsiy va Budda, G‘arbda esa Iso Masix biz yashayotgan dunyoning qandayligi emas, balki bu dunyoda qanday yashash va bu dunyoga qanday loyiq bo‘lish lozimligini aytib o‘tganlar. Ular insoniyat taraqqiyotining asosiy yo‘nalishini ko‘rsatib berganlar. ““Vaqt o‘qi” tomonidan kuchli turtki hosil bo‘lgandan so‘ng, unda shakllangan ruh bu g‘oyalarni eshitish va tushunish qobiliyatiga ega halqlar uchun cheksiz imkoniyatlarni tuxfa etdi hamda bunday imkoniyatlardan foydalana olgan keyingi xalqlar o‘z faoliyati va yutuqlari natijasida o‘ziga hos tarixga ega bo‘ldi”348. Insoniylik mohiyatini saqlab qolish uchun, deydi K.YAspers, biz “vaqt o‘qi” bilan doimo aloqani tiklashimiz va uning boshlang‘ich nuqtasiga qaytishimiz darkor. K. YAspers bo‘yicha, insoniyat tarixi, birinchi navbatda, insoniyat ruhi tarixidir. Uning moddiy timsollari, shu jumladan texnika mana shu insoniyat ruhi tarixining hosilasidir. YAspers qarashlari madaniyatshunoslik fanlari jihatdan judda katta ahamiyatga ega bo‘lgan tarixiy kuzatishlardir. Ammo, ijtimoiy-falsafiy kontekstda insoniyat taraqqiyotining ma’naviy-ruhiy omillari murakkab kompleksining faqatgina “Vaqt o‘qi” g‘oyasiga taqash shubha uyg‘otadi.

Ko‘rib chiqilayotgan (“personalistik”) yo‘nalishning jamiyat taraqqiyotida ruhiy omilni ustun qo‘yish pozitsiyasida turgan namoyondalari tarixda faqatgina diniy payg‘ambarlarni emas, balki buyuk shaxslarning ham rolini mutlaqlashtirgan. T.Karleyl (1795-1881) shunday yozadi: “Insonning bu dunyoda faoliyat yuritganligi haqida butunjahon tarixi, mening fikrimcha, bu dunyoda mehnat qilgan buyuk insonlar tarixidir. Bu buyuk insonlar insoniyat dohiylari, murabbiylari va shu bilan birga butun insoniyat ommasi intilgan narsalarni yaratgan ijodkorlar bo‘lganlar. Barcha yaratilgan, olg‘a surilgan g‘oyalar, ularning amalga oshirilishi va moddiy yutuqlar bizning dunyomizga yuborilgan buyuk shaxslarga tegishlidir va bu insonlar tarixi butunjahon tarixining negizini tashkil etadi”349. T.Karleyl qarashlaricha, halq ommasi faoliyatining eng asosiy o‘zagini buyuk insonlarning tarixdagi roli tashkil etadi. SHunday qarash G. Tard (1843-1904)ga ham tegishlidir. U o‘zining “Taqlidlar qonuni” kitobida yozishicha, halq – bu, olomon. Va, bu olomon geniylar tomonidan “gipnoz” qilinib, bu geniylarga taqlid qiladi. Bunday taqlidlar natijasida, ommaviy va ijtimoiy qadriyatlar hamda normalar kelib chiqadi. Uning nuqtai nazaricha, taqlid – ijtimoiy taraqqiyotning asosiy manbaidir.

Ayrim olimlar halqqa negativ tavsif berib, uning faoliyatini dohiylarning kuchli ta’siri bilan bog‘laydi. Taniqli psixiatr, psixoanaliz asoschisi Z.Freyd (1856-1939) ta’kidlashicha, halq irratsional ibtido bilan zararlangan va ongosti harakatlariga moyil. “Omma dangasa va ongsiz, - deb yozadi u, - omma instinktlarni inkor qilishni yoqtirmaydi va buni unga uqtirib ham bo‘lmaydi, shu bilan birga, uning individlari bir birini shaxsiyatparastlik yordamida qo‘llab-quvvatlaydi. Faqatgina, ularning dohiylari sifatida tan olingan alohida individlar ta’siri tufayli ulardan madaniyatning mustahkamligini ta’minlaydigan mehnat va faoliyatlarni kutish mumkin. Bu dohiylar shaxsiy instinktlarni o‘ziga bo‘ysundirib, hayot uchun muhim tushunchalarga egalik qilsa yaxshi, ammo ular uchun shunday havf mavjudki, o‘zlarining ta’sir kuchini yo‘qotmaslik uchun ularning ko‘proq ommaga bo‘ysunib, omma ularga kamroq bo‘ysunish havfi bor. SHuning uchun ular ommadan mustaqil ravishda hokimiyat vositalariga egalik qilishlari lozim”.350

Jamiyat taraqqiyotining tub sabablariga kelsak, bunda u individlarning ongsiz faoliyatini ko‘rsatib o‘tgan. Z.Freyd ta’kidlashicha, instinktlarning ushbu sublimatsiyasi madaniyat taraqqiyotining eng ko‘zga ko‘ringan chegarasidir. Aynan shuning hisobiga ilmiy, badiiy, muhandislik va mafkuraviy faoliyat yuritish imkoni tug‘ilgan. Z. Freyd jamiyat taraqqiyotining bosh sababi sifatida ruhiy omillarni (bu o‘rinda individlarning “Edip kompleksi” orqali) qabul qilishga chaqiradi.

Ispan faylasufi Ortega-i-Gasset (1883-1955) nuqtai nazaricha, jamiyat harakati omma va kamchilik nisbati bilan belgilanadi. Bir unisi, bir bunisi jamiyat harakterini belgilaydi. Bir necha bor shunday bo‘lganki, omma ijtimoiy hokimiyatni egallab, siyosiy, intellektual, ma’naviy va iqtisodiy jarayonlarni belgilab bergan. Bunday holatni Ortega-i-Gasset “ommaning qo‘zg‘oloni” deb nomlagan. “Omma” va “sinf”, “buyuk shaxslar” va “kamchilik” tushunchalari bir biriga to‘g‘ri kelmaydi. Omma va alohida kamchilik bir vaqtning o‘zida har hil sinflarga mansub bo‘lishi mumkin. Omma kamchilikka o‘zining hayot tarzini singdirib, undan ustunlik qiladi. Hozirgi vaqtda ommaning roli o‘zgardi. “Omma ilgari ayrimlargagina mumkin bo‘lgan farovonlik va qulayliklarga ega bo‘lish darajasiga ko‘tarildi... Ommaning kamchilik funksiyasini o‘zining zimmasiga olish borasidagi qarori bizning davrimizning o‘zagiga aylanmoqda. YAqinda yuzaga kelgan siyosiy rejimlar, meningcha, ommaning siyosiy diktaturasidan boshqa narsa emas... Bugun biz, o‘z xohish va istaklarini hech qanday qonunlarsiz, kuch bilan amalga oshirmoqchi bo‘lgan giperdemokratiya tantanasini ko‘rib turibmiz”351.

Taniqli rus tarixchisi va etnografi L.N.Gumilev o‘z asarlarida Erga tashqaridan keladigan “impuls”ni anglatadigan “passionarlik” tushunchasini qo‘llaydi: Er kosmosdan biosferadagi muvozanatni saqlab turish uchun zarur bo‘ladigan ko‘proq energiyani oladi. Natijada sayyoramizda “passionar turtki” hosil bo‘ladi. “Passionar turtki”larning paydo bo‘lish vaqti har doim Quyosh faolligining oshish va pasayish davrlariga to‘g‘ri keladi. Bu esa ionosferaning himoya qobiliyatini pasaytiradi. Natijada ba’zi bir dag‘al nurlar Er sirtigacha etib kelib, mutatsiyalar hosil qiladi. Passionarlik insonni faollashtiradi, natijada unda daholik va hattoki jinoyatchilik kabi turli-tuman xususiyatlarni hosil qiladi. Passionarlar o‘zlarini bir umrlik katta maqsadlarga bag‘ishlaydilar. “Dahoning maqsad yo‘lida o‘zini qurbon qilishi” haqidagi g‘oyaga N.A.Berdyaev ham murojaat qilgan: “Daholik – fojiali qismat. U bizning dunyomizga sig‘maydi va qaysidir ma’noda unga doim omadsizlik yo‘ldosh. Jamiyat uni keraksiz bir narsaday qabul qiladi. Uning ijodi ko‘p hollarda tan olinmaydi... SHuning uchun ham daholik faqatgina fidoyilikdan iborat”352. Demak L.N.Gumilev va N.A.Berdyaevlar ijtimoiy taraqqiyotning asosiy subekti sifatida “maqsad yo‘lida o‘zini qurbon qiluvchi” alohida daholarni e’tirof etadilar.

O‘zbek faylasufi CH.Nasriddinovning ta’kidlashicha, qadimgi rimliklar dahoni Oliy Mavjudod, deb bilishgan. Rimliklar nazdida oddiy insonlarning hayoti ularga bog‘liq bo‘lgan. SHarq falsafasida, xususan budda ta’limotida insonda ong paydo bo‘lishi bilan jamoa evolyusiyasi yakka individ evolyusiyasiga aylangan deyiladi. Boshqacha qilib aytganda, har bir inson o‘zidan daho yaratishga qodir353.

Tarixni harakatga keltiruvchi kuchlar to‘g‘risida bir qancha: diniy providensializm (A. Avgustin), ob’ektiv idealizm (Gegel) va ekzistensializm (K.YAspers) kabi talqinlar mavjud. Ularning barchasi ijtimoiy o‘zgarishlarning tub sababini ruhiy omilda ko‘rishadi. Gap bu omilni o‘z-o‘zidan olg‘a surishida emas, balki uning moddiy omillarga bog‘liq bo‘lmagan holda mutlaqlashtirilishidadir. Ayrim olim yoki faylasuflarning diqqat markaziga omma, halq tushsa, ularning tarixdagi rolini salbiy baholab, ularni taraqqiyotning ob’ektiv omillari safiga qo‘shmaydilar (Z.Freyd va Ortegi-i-Gasset). Hatto, ayrim qarashlar bo‘yicha ob’ektiv omil bo‘lgan “halq” ijtimoiy-falsafiy kategoriyasi ham bu erda individlarning sub’ektiv sifatlari sifatida tavsiflanadi, hamda, bu olim va faylasuflar sub’ektiv determinant ijtimoiy o‘zgarishlarni ta’kidlashdan nariga o‘tmaydi.

Ijtimoiy-falsafiy fikrlar tarixida ijtimoiy taraqqiyotning materialistik konsepsiyalari ham kuzatiladi. Biroq, har doimgidek inson shaxsigacha etib bormay, uni oldingi planga surilgan sotsium taraqqiyotining moddiy omillari ortida qoldirib ketadi. Bunday konsepsiyalarga geografik, iqtisodiy, demografik va texnologik determinizmlar kiradi.

Geografik determinizm jamiyat taraqqiyoti omillari ichida geografik muhitni ijobiy baholaydi (SH. Monteske, G. T. Bokl, F. Ratsel, XX asrning 20-40-yillarida P. N. Savitskiy, Ikkinchi jahon urushidan so‘ng - G. Grimm, A. Xettner va boshq.). Bunday yo‘nalish doirasida “geopolitika” deb nomlangan maktab mavjud. Birinchi jahon urushi oldidan “geopolitika” maktabi tomonidan o‘zida hududiy taqchillikni ro‘kach qilib, boshqa mamlakatlarning hududini bosib olish to‘g‘risida imperialistik qarashlar ilgari surildi. Go‘yoki bunday tartiblar iqtisodiy va siyosiy geografiya ko‘rsatmalari asosida tasdiqlanganday. XX asrning 20-40-yillarida Germaniyada “Geopolitika” nomli to‘garak hamda jurnal tashkil qilindi va unda geopolitikani eng yangi fan sifatida ko‘rsatadigan maqolalar chop etildi. Bu harakatning rahbarlari K. Xausgofer va E. Obst edilar. Geopolitika natsistlar tajovuzkor mavkurasining muhim tarkibiy qismi bo‘lib qoldi.

Demografik determinizmni odatda XVIII asr oxiri va XIX asr boshida ijod qilgan ingliz iqtisodchisi T. Maltus bilan bog‘laydilar. Uning asosiy ijod mahsullaridan biri “Nufus qonuni borasidagi tajribalar” asari chop etildi va bu ko‘pchilik e’tiborini tortdi. Maltus shunday fikrni olg‘a surdi: “Agar aholining ko‘payishi hech qanday to‘siqqa uchramasa, u har 25 yilda ikki barobarga ko‘payadi va geometrik progressiya bo‘yicha o‘sadi... Mehnat qilish uchun qulay sharoitlar ostidagi mavjud vositalar hech qachon arifmetik progressiyadan ortiq o‘smaydi”354. T.Maltus to‘liq materialist emas edi, u jamiyat taraqqiyotining tub omili sifatida ilohiy kuchga ham ishora qiladi. U o‘z qarashlarida odatlar, tafakkur va shunga o‘xshash ruhiy omillar haqida ham fikr yuritadi, shu bilan birga ijtimoiy taraqqiyotning asosiy omili sifatida aholi sonining ko‘payishini ham e’tirof etadi. Lekin, aholi sonining ko‘payishi taraqqiyotning doimiy omili bo‘lib qolmaydi. Aholi soni o‘sishining ma’lum darajasiga etish jamiyat taraqqiyoti uchun tormoz, keyinchalik esa havf-hatar tug‘diradi. Moddiy omil va uning har hil sharoitlarda salbiy va ijobiy masalalariga bag‘ishlangan kitobning yaratilishi, uni materialistik qarashlar to‘g‘risida ko‘pgina fikrlar bildirganligiga ishora qiladi.

T.Maltus ko‘p mamlakatlardagi qashshoqlikning o‘sishidan tashvishga tushib, bu muammoga nisbatan biror chora ko‘rilmasa, jamiyatda salbiy o‘zgarishlarga, epidemiyalar va shunga o‘xshash oqibatlar yuzaga kelishi mumkinligini ta’kidlaydi. U bunday vaziyatdan chiqish yo‘li sifatida tug‘ilishni nazorat qilish va erga ishlov berish vositalarini mukammallashtirish (hosildorlikni oshirish uchun) kabi choralar ko‘rish lozimligini aytib o‘tadi. Biroq, muhim ijtimoiy muammolarni ilgari surgan Maltus nomidan ilm-fandan yiroq bo‘lgan maqsadlardan foydalandilar. XIX asr oxiridan XX asrning birinchi yarmiga qadar hayotimizning barcha salbiy tomonlarini nufus bilan bog‘lab tushuntiruvchi neomaltuschilik qarashlari tarqaldi. Neomaltuschilik geosiyosat bilan birga 30 - yillar oxiri va 40 – yillar boshlarida natsistlar va YAponiya imperialistik doiralarining ajralmas mafkurasiga aylandi.

Oxirgi o‘n yilliklarda neomaltuschilik yuzaga kelayotgan ekologik inqirozlarning bosh sababi sifatida aholining tez sur’atlarda ko‘payishi va “aholining ortiqchaligi”ni ko‘rsatmoqda, hamda ortiqcha aholini har qanday yo‘l bilan bo‘lsada, yo‘q qilmoq darkor, deb hisoblaydi. 1996 yil X. SHmutser shunday bayonot beradiki, bunga ko‘ra, aholining chidab bo‘lmas darajada o‘sishini nazorat qilishning boshqa yo‘li bo‘lmasa, buning yagona vositasi neytron bombadir.

G‘ayriinsoniy neomaltuschilik bilan bir qatorda, shuni ta’kidlash lozimki, unga qarama-qarshi falsafiy qarashlar ham bo‘lgan. Ular er yuzida aholi sonining ko‘payishining insoniyatga havf hatar tug‘dirishini anglab etgan holda, shu bilan birga insonlar hayotini saqlab qolishning gumanistik yo‘llarini taklif qilishgan (hatto o‘lganlarni tiriltirish) va Er aholisining bir qismini koinotning boshqa sayyoralariga ko‘chirib o‘tkazish konsepsiyasi bilan chiqishgan (N. F. Fedorov, K. E. Siolkovskiy).

Demografik determinizmning Rossiyalik namoyondalaridan biri sotsiolog M. M. Kovalevskiy (1851-1916) dir. U aholining o‘sishi bilan bir qatorda taraqqiyotning boshqa omillarini (siyosiy, sotsial, umummadaniy) ham e’tirof etgan, shuning uchun uni sotsiologiyadagi omillar nazariyasi mualliflaridan biri sifatida tilga olishadi.

Iqtisodiy determinizm ijtimoiy falsafaning eng katta yo‘nalishlaridan biridir. Uni ko‘pchilik K.Marks nomi bilan bog‘lashadi, ammo u Marksdan ham oldinroq yuzaga kelgan. Iqtisodiy determinizmning eng yirik namoyondalaridan biri ingliz iqtisodchisi R.Djons edi. Uning nuqtai nazaricha, har qanday jamiyatning asosi ijtimoiy boyliklarni ishlab chiqarish va taqsimlash usuli bilan belgilanadi. Uning fikricha, mana shu ishlab chiqarish usulining o‘zgarishi, jamiyatda u yoki bu tomonga o‘zgarishlar bo‘lishini ta’minlaydi. U yozadiki: “Jamiyatning iqtisodiy shakllanish jarayonidagi o‘zgarishlar yirik siyosiy, ma’naviy va intellektual o‘zgarishlar bilan birga kuzatilib, xo‘jalik masalalarini hal qiladigan mo‘l-ko‘l yoki nochor vositalarga ta’sir qiladi. Bu o‘zgarishlar ayrim halqlarning turli hil siyosiy va sotsial asoslariga kuchli ta’sir qilib, bu ta’sir ularning intellektual harakteri, odatlari, fikrlash tarzi, ahloqi va farovonligini belgilaydi”355. Ko‘rinib turibdiki, R.Djons bo‘yicha, iqtisodiy omil, jamiyat taraqqiyotining bosh omillaridan biridir.

K.Marks iqtisodiy determinizmi jamiyat qurilishining barcha shakllari almashinuvining asosida yotadigan ishlab chiqarish munosabatlarini qabul qilishga tayanadi. Marks fikricha, ishlab chiqaruvchi kuchlar o‘zgargandan so‘ng, ertami, kechmi ishlab chiqarish munosabatlari ham o‘zgaradi. Ishlab chiqarish munosabatlari barcha qarashlar tizimi va nazariyalar (siyosiy, huquqiy va h.k.) tuzilishini determinlaydi. Klassik kapitalizmdagi antagonistik ziddiyatlar ishlab chiqarish usullari va ular o‘rtasidagi munosabatlarga, hamda jamiyat ustqurmasiga kuchli ta’sir ko‘rsatadi. Bu ziddiyatlarni hal qiladigan yoki bartaraf qiluvchi harakatga keluvchi kuch – ishchilar sinfining burjuaziyaga qarshi sinfiy kurashi va mazlumlarning ezuvchilarga qarshi inqilobidir. K.Marks sinfiy kurashni “tarix lokomotivi” deb ataydi. Halq ommasi va shaxs kabi tarixni harakatga keltiruvchi omillar munosabatining muammolarini K.Marks eziluvchi (ishchilar) va ezuvchi (kapitalistlar)sinfining ishlab chiqarish tizimidagi o‘rnidan kelib chiqadi, deb hisoblaydi. Birinchi planda, jamiyatni harakatga keltiruvchi kuch sifatida “ishchilar ommasi” qabul qilinadi. SHu bilan birga, mafkura “moddiy harakatga keltiruvchi kuch” sifatida qaralgan. K.Marks olg‘a surgan maqsadlar, ayniqsa uning ilmiy faoliyatining birinchi davrida insonparvar bo‘lgan. Biroq ajratish muammolarining nazariy tahlili natijasida, u hususiy mulkchilik borasida izlanishlar qilishga va uni siyosiy iqtisod bo‘yicha o‘rganish, ekspropriatorlarni ekspropriatsiya qilish kerakligi haqidagi fikrga kelgan. Siyosiy iqtisod siyosat bilan birlashtirildi. Demak, K.Marksda jamiyat taraqqiyotining bir necha kuch yoki omillari bor. Biroq, uning nazariy qarashlarining asosiy diqqat markazida ishlab chiqarish, iqtisodiy va siyosiy munosabatlar o‘rin egallaydi.

Hozirgi vaqtda iqtisodiy determinizm asosan, foyda va pulni fetishizatsiya qilish ko‘rinishida namoyon bo‘lib, ular miqdorining o‘sishi barcha jamiyat va madaniyatlar taraqqiyotining harakatga keltiruvchi kuchi sifatida qaralmoqda.

Ohirgi o‘n yilliklarda ishlab chiqilayotgan texnologik determinizm g‘oyalari D. Bell, R. Aron, O. Toffler va boshqalarning asarlarida o‘z aksini topgan. Ular jamiyat harakteri va strukturasidagi o‘zgarishlarga ta’sir qiladigan mashina va mashina tizimlarini tadqiq etganlar va bu jamiyat industrial jamiyat deb ataladi (agrar soha ustuvor bo‘lgan “industrialgacha” jamiyatga qarama qarshi ravishda). Bu jamiyat mashinaviy ishlab chiqarish va mehnatni fabrikacha tashkil qilishga tayanadi. Ishlab chiqarishni avtomatlashtirishga o‘tish industrial jamiyat shaklini transformatsiya qilmay, uning ko‘rinishini o‘zgartiradi holos. Industrial jamiyat bag‘rida kompyuterlar paydo bo‘lib, u ahborot ustunligini hamda jamiyatning informatsion (postindustrial) jamiyat bosqichiga o‘tishini ta’minlaydi. Ishlab chiqarish vositalariga egalik qilish o‘zining ijtimoiy ahamiyatini yo‘qotadi. Sinfiy kurash ikkinchi planga ko‘chadi. Postindustrial jamiyatda asosiy kurash bilimlar va hizmatlar o‘rtasida kechadi. Bu jamiyatda hizmat ko‘rsatish, tibbiy hizmat (sog‘likni saqlash) va ta’lim sohalari alohida o‘rin egallaydi. Aholining farovonligi o‘sib boradi. Bunday jamiyatning barcha tashkiliy tizimlari negizida axborot asosidagi boshqaruv yotadi.

D.Bell 1976 yilda yozishicha, postindustrial jamiyatning asosiy xususiyatlariga “nazariy bilimlarning markaziy roli” kiradi. U o‘z qarashlarini shunday ifodalaydi: “Har bir jamiyat doim tajriba va bilimga tayangan. ...Bizning davrimizda, nazariy izlanishlar va moddiyatshunoslikning natijalarini tizimlashtirish texnologik innovatsiyalarning asosi bo‘lib qolmoqda. Bu ayniqsa, oxirgi yuz yillikning nimchoragida - sanoatning bilim talab qiladigan yangi sohalari – kompyuterlar, elektron, optik texnikalar, polimerlar ishlab chiqarishda yanada yaqqolroq namoyon bo‘ldi”356. Demak D.Bell fikricha ijtimoiy taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchi, bu – tajriba va bilimlardir.

D.Bell ta’kidlaydiki, ayni vaqtda sanoati rivojlangan davlatlarda industrial kapitalizm borasidagi marksistik iqtisodiy-siyosiy qarashlar o‘z kuchini yo‘qotmoqda. U shunday yozgan edi: “Tarixiy taraqqiyotga proletariatning partiya ta’limoti asosida mutlaq g‘alabasi sifatida qaraladi (partiya tomonidan amalga oshirilgan qatag‘onlar “proletariat diktaturasi” nomi bilan oqlanadi), bu dogmani proletariat postindustrial jamiyatning asosiy sinfi bo‘lib qolmaguncha mahkam ushlab turadi. Proletariat bu jamiyatda asosiy sinf bo‘lib qolarmikan?”357SHunday qilib D.Bell K.Marksning ishchilar sinfi ijtimoiy taraqqiyotning asosiy sub’ekti, degan qarashlarini inkor etib, intelligensiya (ziyolilar)ni asosiy sub’ekt sifatida ko‘rsatadi.

Taniqli o‘zbek faylasufi A.Jalolov fikricha “jamiyat hayotiy faoliyatining tizim yaratuvchi negizini mulk, mulkiy munosabatlar, inson hayotiy faoliyatining tanho pirovard harakatlantiruvchi manbaini manfaat tashkil qiladi”358.

A. I. Rakitov jamiyatni harakatga keltiruvchi kuchlarni haqli ravishda shunday ko‘rsatadi: “Jamiyat taraqqiyoti har bir davr va har qanday sharoitlarda ohir-oqibat insonning tarixiy qarori, ongi va o‘z-o‘zini anglash holati, madaniyat tiplari, moddiy boyliklar ishlab chiqarish, jamiyat tarkibidagi turli guruhlar va nihoyat, ijtimoiy munosabatlar tiplarini ifodalaydi”359. Sivilizatsiya taraqqiyotining, ayniqsa, industrial bosqichida ishchilar sinfini asosiy harakatga keltiruvchi kuch sifatida baholash mumkin. Ijtimoiy islohotlar va inqiloblarni keltirib chiqaruvchi sinfiy kurashlar, bu sharoitda ijtimoiy taraqqiyotni harakatga keltiruvchi kuchlaridan biridir. Professional guruhlar, shu jumladan badiiy intelligensiya ham jamiyatdagi o‘zgarishlarni haraktga keltiruvchi kuchlaridir. Millatlarning harakterli an’analari ham tarixiy jarayonga o‘z hissasini qo‘shib, unda o‘zining izini qoldiradi. Boshqacha aytganda, har qanday jamiyatda sotsial birliklar sotsiumni harakatga keltiruvchi kuch sifatida namoyon bo‘ladi.

Ijtimoiy taraqqiyotni harakatga keltiruvchi kuchlar (yoki manbalar) to‘g‘risidagi bir qator konsepsiyalarni ko‘rib chiqib, biz shunday hulosaga kelishimiz mumkin: jamiyat taraqqiyotining harakatga keltiruvchi kuchlari masalasining eng maqbul yo‘li, agar uni fenomenologik va fragmentar mohiyati nuqtai nazaridan qaraydigan bo‘lsak, omillar nazariyasi (ko‘pgina konsepsiyalarni umumlashtirgan) sifatida, total-mohiyat va fundamental darajada qaralsa, antropotsentrik konsepsiyani qabul qilish maqsadga muvofiq.


Yüklə 6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə