O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti



Yüklə 6 Mb.
səhifə49/80
tarix22.05.2018
ölçüsü6 Mb.
#45438
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   80

Uchinchi bosqich, «sovet» mustamlakachiligi davri (1917-1985 yy.). Mazkur bosqich sovet hokimiyati tomonidan “kommunizm qurish ishida xalqning siyosiy faolligini” butun dunyoga ko‘rsatish maqsadida foydalanildi. Bular:

  • ixtirochilar va ratsionalizatorlarning ilmiy-texnik jamiyati, radiohavaskorlar ilmiy-texnik jamiyati, «Bilim» ilmiy-texnik jamiyati va boshqalar;

  • jismoniy tarbiya va sport sohasida – «Dinamo» jamiyati, «Spartak» jamiyati va boshqalar;

  • nogironlarning - O‘zbekiston ko‘zi ojizlar jamiyati, O‘zbekiston karlar jamiyati va boshqalar;

  • qiziqish bo‘yicha – shaxmatsevarlar jamiyati, ovchilar va baliqchilar ittifoqi va boshqalar;

  • professional sohada - O‘zbekiston bastakorlar ittifoqi, O‘zbekiston arxitektorlar ittifoqi, O‘zbekiston yozuvchilar ittifoqi va boshq.;

  • tashqi-siyosiy targ‘ibot sohasida – tinchlikni saqlash qo‘mitasi, Osiyo va Afrika xalqlari bilan birdamlik qo‘mitasi va boshq.;

  • madaniy-tarixiy sohada – tarixiy va madaniy yodgorliklarni himoya qilish O‘zbekiston jamiyati va boshq.;

  • gumanitar sohada - O‘zbekiston Qizil Xoch va Qizil YArimoy Jamiyati, suv (havzalari)da qutqarish Jamiyati va boshqalar.

Ushbu tashkilotlarning hammasi rasmiy xarakterga ega bo‘lgan – tabiiyki, buni aholidan sir tutish qiyin edi, zero aholi orasida ularga nisbatan ikki tomonlama yondashuv shakllandi: bir tomondan, hamma ularning zarurligini tushunardi, boshqa tomondan esa, ularning foydasiz ekanligini ko‘rishdi (yoki shunga guvoh bo‘lishdi). Sovet hukumati bu birlashmalarning har qanday siyosiylashuviga nihoyatda ehtiyotkorona munosabatda bo‘lgan. Ayniqsa ushbu jamoatchilik birlashmalariga ularning deyarli befoyda ekanligini namoyon qilgan a’zolikning «ixtiyoriy-majburiy» xarakteri odamlarning g‘ashiga tegar edi.

To‘rtinchi bosqich 1985 yilda boshlanib, 1991 yilgacha davom etdi. Bu davrda “qayta qurish” orqali “sotsializmni yangilash” g‘oyasi ostida fuqarolik ittifoqlarining rivojlangan modelini qurishga harakat qilingan. Lekin, vaziyat kommunistik rejim nazoratidan chiqib ketdi. Bu, birinchidan “jarayonning borishi”ga umumiy Kreml kayfiyatini va mamlakatda umumiy boshqaruvsizlikni aks ettirdi, ikkinchidan, jamoatchilik birlashmalari faoliyatining huquqiy mexanizmlari yo‘qligi va uchinchidan, bunday birlashmalarni moliyaviy ta’minlash imkoniyatining yo‘qligi edi.

Ammo shu davrda O‘zbekistonda mamlakatning oliy rahbariyati boshchiligidagi sog‘lom kuchlar davlat mustaqilligiga erishishda tom ma’nodagi jamoatchilik birlashmalarining rolini inobatga olgan holda, ularning rivojlanishiga zamin hozirladi. SHunday qilib, Prezident I.Karimov tashabbusiga ko‘ra, hali 1991 yilning yozidanoq, jamiyatda ayollar roli va ayniqsa mamlakatda demografik vaziyatning xususiyatlarini inobatga olgan holda, O‘zbekiston xotin-qizlar Qo‘mitasi qayta tiklandi. 1995 yilning martidan jamoatchilik-davlat maqomini olgan bu yagona tashkilot o‘z strukturasida vertikal ierarxiya tizimiga ega bo‘ldi. O‘zbekistondagi NNTlari taraqqiyotining beshinchi bosqichi 1991 yilning sentyabridan boshlanib, 1996 yilgacha, ya’ni ijtimoiy-siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotning hamma jabhalarida liberalizatsiya jarayoni boshlangunga qadar davom etdi. Uning asosiy xususiyatlari: birinchidan – jamoatchilik birlashmalarining mazmun va funksiyalarining o‘zgarishi; ikkinchidan – sovet strukturalarining demokratik strukturalarga oddiy transformatsiyasini tugatilishi (KPni XDPga, YOshlar Ittifoqini «Kamolot» jamg‘armasiga va hokazo); uchinchidan – ba’zi bir sobiq sovet strukturalarini shunchaki yo‘qolib ketishi.

1996 yildan boshlangan oltinchi bosqich bilan amaldagi jamoatchilik birlashmalari mustahkamlandi va mustaqillik, demokratiya, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati ruhiga mos yangi tashabbuskor ittifoqlar yaratila boshlandi.

O‘zbekistonda vazifa va funksiyalariga ko‘ra bir-biridan farqlanuvchi, ishtirokchilar ommaviyligiga va moddiy-texnika imkoniyatlariga qarab quyidagi tashkilotlarni NNT toifasiga kiritish mumkin:



  • jamoat birlashmalari;

  • ijtimoiy fondlar;

  • assotsiatsiyalar;

  • o‘z-o‘zini boshqarish organlari.

1995 yilda kiritilgan O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga muvofiq, iste’molchi kooperativlar shaklidagi yuridik shaxslar ham notijorat tashkilotlariga kiradi.

Umume’tirof etilgan tasnifga ko‘ra, O‘zbekistondagi nodavlat notijorat tashkilotlari quyidagi guruhlarni o‘z ichiga oladi:



Birinchi guruh - aholining muayyan yirik toifalarining ijtimoiy manfaatlariga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan umummilliy strukturalar (“Mahalla” Fondi, xotin-qizlar qo‘mitasi, nogironlar Assotsiatsiyasi, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati, “Nuroniy” foxriylar Fondi va boshqalar).

Ikkinchi guruh - ekologiya, madaniyat va salomatlikka ixtisoslashgan milliy-xalqaro fondlar (“EKOSAN” Fondi, “Oltin meros” Fondi, “Sog‘lom avlod uchun” Fondi, Amir Temur madaniy-tarixiy Fondi, Ommaviy axborot vositalarini demokratlashtirish Fondi, Orolni qutqarish Fondi, Markaziy Osiyo mamlakatlarining fan va madaniyat xodimlari Fondi va boshqalar).

Uchinchi guruh - professional manfaatlarga oid ijtimoiy muassasalar, ulardan eng ko‘zga ko‘ringanlari quyidagilar: “Ijtimoiy fikr” Markazi, “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi, jurnalistlarni qayta tayyorlash Xalqaro markazi va boshqalar.

To‘rtinchi guruh - umummilliy xayriya jamiyatlari, fondlar (Bolalar fondi, «Ulug‘bek» iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash Fondi, O‘zbekiston milliy raqs Fondi, “Ustoz” Respublika Fondi, mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini ijtimoiy himoyalash Fondi, Respublika studentlar fondi va boshqalar).

Beshinchi guruh - huquqni himoya qiluvchi nohukumat tashkilotlar (O‘zbekiston sudyalar Assotsiatsiyasi, O‘zbekiston advokatlar Assotsiatsiyasi, O‘zbekiston ayol yuristlarining Jamoat birlashmasi, shaxs huquqini himoya qilish Qo‘mitasi, inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston mustaqil tashkiloti va boshqalar).

Oltinchi guruh – ijodiy intelligensiyaning milliy jamoat tashkilotlari (YOzuvchilar uyushmasi, O‘zbek ximiya jamiyati, jurnalistlar Ittifoqi, Rakka qarshi jamiyat, bastakorlar uyushmasi, me’morlar (arxitektorlar) Ittifoqi, kinematografchilar Ittifoqi va boshqalar).

Ettinchi guruh - O‘zbekistonda istiqomat qilayotgan mayda millat vakillarini birlashtiruvchi milliy madaniyat markazlari (yuzdan ortiq) – madaniyat, ma’naviyat, urf-odatlar va an’analar, shuningdek xorijiy mamlakatlar bilan tuzilgan do‘stlik jamiyatlari.

Sakkizinchi guruh – joylarda ijtimoiy ahamiyati va ijodiy qiziqishiga ko‘ra tashkil etilgan birlashmalar (Urush faxriylari Birlashmasi, avtomotohavaskorlarning Ko‘ngilli jamiyati, ixtirochilar va ratsionalizatorlar Jamiyati, sayyohlar va havaskorlik qo‘shiqlarining klublari, nogiron bolalar ota-onalarining uyushmasi va boshqalar).

Mamlakatimizda O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi tashkil topdi. U O‘zbekistondagi 300 dan ortiq nodavlat notijorat tashkilotlarni birlashtirgan. O‘zbekiston Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi ijtimoiy-iqtisodiy, ekologik, gumanitar, huquqiy, yoshlarga oid masalalarni hal etish borasida faoliyat olib boradi.

Bugungi kunda mamlakatimizda jamiyat hayotining turli sohalarida 7000 dan ziyod nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyat yuritmoqda. Nodavlat notijorat tashkilotlarining soni yildan-yilga oshib bormoqda.

Kasaba uyushmalari. Kasaba uyushmalarining faoliyati O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 2 iyulda qabul qilingan “Kasaba uyushmalari, ularning huquqlari va faoliyatining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonun asosida tashkil etiladi. Kasaba uyushmalari ko‘ngilli jamoat tashkiloti bo‘lib, faoliyat turiga qarab, o‘z saflariga mehnat va ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari hamda manfaatlarini himoya qilishda mushtarak manfaatlar bilan bog‘langan mehnatkashlarni birlashtiradi. O‘z a’zolarining mehnat qilish huquqini himoya etadi.

Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati ham nodavlat notijorattashkilotlari tarkibiga kiradi. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati 2001 yil 25 aprelda tashkil topgan. Uning dasturi va Nizomi qabul qilingan. Unga 14-28 yoshdagi O‘zbekiston fuqarolari a’zo bo‘lishi mumkin. “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatiningasosiy vazifalariga yoshlarni birlashtirish, sog‘lom turmush talablari asosida tarbiyalash va manfaatlarini himoya qilish kiradi.



Respublika baynalmilal milliy madaniyat markazi. 1992 yil yanvar oyida Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan tashkil etilgan. Dastlabki milliy markazlar 1989 yilda respublikaning viloyatlarida tuzilgan.

Milliy madaniy markazlarning asosiy maqsadi mamlakati-mizdagi turli millat va elat vakillarining ma’naviy-ma’rifiy ehtiyojlarini qondirish, milliy qadriyatlarni saqlash, ularning urf-odat va an’analari davomiyligini ta’minlashdan iboratdir.

Taniqli yozuvchi CH.Aytmatov O‘zbekistondagi milliy madaniy markazlar faoliyatiga yuksak baho berib, ularni “Kichik BMT” deb atagan.

Agar 1989 yilda milliy madaniy markazlarning soni bor-yo‘g‘i 12 ta, 1997 yilda 90 ta bo‘lsa, hozirgi kunda 150 ga yaqin milliy madaniy markazlar faoliyat yuritmoqda299. Davlatimiz rahbari Islom Karimov respublika Baynalmilal madaniyat markazining tashkil etilishi va ahamiyati haqida quyidagi fikrlarni bildirdi: “Hech mubolag‘asiz aytish mumkinki, mamlakatimizda istiqomat qilayotgan har bir xalq va millatning etnik o‘ziga xosligi, tili, urf-odati, an’analarini saqlashda muhim rol o‘ynaydigan milliy madaniy markazlarning faoliyatini rivojlantirish uchun bugun barcha shart-sharoit hamda imkoniyatlarni yaratar ekanmiz, bu bilan biz odamlarning tinch va osoyishta hayoti, ertangi kunga ishonchining mustahkam poydevorini bunyod etgan bo‘lamiz”300.



Xotin-qizlarning nodavlat notijorat tashkilotlari. Mamlakatimizda xotin-qizlarning manfaatlarini ifoda etadigan nodavlat notijorat tashkilotlarining soni ko‘paymoqda. Bunday tashkilotlarga O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Tadbirkor ayollar uyushmasi, “Ayol liderlar” markazi, “Ayol va jamiyat” instituti kabilar kiradi.

Xotin-qizlarning nodavlat notijorat tashkilotlari davlatning ishonchli hamkori sifatida ijtimoiy muammolarni hal etishda hamda gender tengligiga erishishga (ayollar bilan erkaklaro‘rtasidagi munosabat madaniyatini yuksaltirish orqali ayollar masalalarini echishga)301 qaratilgan siyosat olib borishda hukumatga yordam beradi.

Bugun respublikamizda xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ular orasida tadbirkorlikni rivojlantirish, sport va sog‘lom turmush tarzini yoyishga yo‘naltirilgan Xotin-qizlar nodavlat notijorat tashkilotlarining soni 100 dan ziyoddir302.

Dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida XX asrning 50-yillaridan so‘ng davlat boshqaruvining “nomarkazlashuvi” natijasida mahalliy (g‘arbda munitsipal deb yuritiladi) o‘zini o‘zi boshqarish organlari jamiyatning asosiy institutlaridan biriga aylandi.



Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish (yoki munitsipal “municipal”(ing.) – “o‘zini o‘zi boshqarish”) deb u yoki bu ma’muriy-hududiy birliklardagi aholi vakolatlarini ifodalovchi saylangan organlar va ularning ma’muriy apparati tomonidan amalga oshiriladigan mahalliy ahamiyatga ega ishlarni boshqarishga aytilad303. Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish demokratik prinsiplar asosidagi boshqaruvdir. Uning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:

- mazkur organlarning fuqarolar tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylanishi;

- mahalliy ahamiyatga ega bo‘lgan o‘zini o‘zi boshqaruvning nisbiy mustaqilligi.

Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari davlat boshqaruvining unsurlarini tashkil etadi. SHu bilan birga, ular joylardagi mahalliy davlat organlari tizimiga taalluqli bo‘lmaydi.

Mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mansabdor shaxslari fuqarolar tomonidan saylanadi va mahalliy aholining vakillari sifatida rasmiy faoliyat olib boradilar. Bu organlarning iqtisodiy va ijtimoiy sohadagi faoliyati aholi uchun beqiyos ahamiyatga ega. O‘zini o‘zi boshqarish organlarida davlat boshqaruvi bo‘g‘inlariga nisbatan ma’muriyatchilikka berilish kamroq bo‘ladi. SHu kabi barcha ijobiy xususiyatlar mahalliy o‘zini o‘zi boshqarishning demokratik qadriyatlardan biriga aylanishiga imkoniyatlar yaratadi.

YUqoridagi fikrlarning asosiy xulosasi shuki, O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirish va rivojlantirishning asosiy omillari qatoriga siyosiy partiyalar, nodavlat notijorat tashkilotlari va mahalla institutlari faoliyati kiradi. Ular aholining huquqiy va siyosiy madaniyatini oshirish, siyosiy qarorlar qabul qilish, fuqarolik jamiyatini qaror toptirish, davlat hokimiyati organlaridan to‘liq mustaqil bo‘lishini ta’minlaydigan huquqiy mexanizmlar yaratish, fuqarolarni qonunlar ishlab chiqish va qabul qilish jarayonlaridagi umumxalq muhokamalarida, eng muhimi, demokratiya tamoyillarni ta’minlashda yaqin istiqboldagi islohotlarning asosiy mezonidir.



O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini barpo etish konsepsiyasi.

XX asrning 80-yillari oxiri — 90-yillar boshida totalitar tuzumdan endigina xalos bo‘lgan, o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan O‘zbekistonda yangi jamiyat va davlatni bunyod etishga qaratilgan islohotlarning jahon tajribasining qanday yo‘lidan borishi hali aniq va ravshan emas edi. Lekin, mamlakat rivojining bosh yo‘li tanlandi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq Prezident I.A.Karimov quyidagi maqsadni ilgari surdi: “Respublikada sobitqadamlik bilan xalqchil adolatli jamiyatni bunyod etish — bosh vazifadir… YAngilangan jamiyatning siyosiy va davlat tuzilishi insonga uning siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy turmush tarzini erkin tanlab olishini kafolatlashi kerak”304.

Xalqimiz tarixi, dunyoqarashi, ma’naviyati, milliy manfaatlari va milliy an’analarini chuqur anglagan mamlakat Prezidenti I.A.Karimov Mustaqil O‘zbekiston xalqining manfaatlari va orzu istaklaridan kelib chiqib fuqarolik jamiyati va demokratik prinsiplarni o‘zida mujassam etgan siyosiy tizimni tashkil etishga qodir bo‘lgan Konstitutsiya qabul qilinish jarayoniga boshchilik qildi.

Respublikada fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat qurishning siyosiy va huquqiy kafolatlari qisqa muddatlarda yangi Konstitutsiya va boshqa qonunlarda o‘z ifodasini topdi. Natijada, fuqarolik jamiyatini shakllantirish uchun huquqiy asoslar yaratildi.

Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirishning asosiy kafolati, ya’ni ularning huquqiy asoslarini yaratish maqsadida 1991 yilning 15 fevralida O‘zbekiston Oliy Kengashi tomonidan “O‘zbekiston Respublikasida jamoat birlashmalari to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Mazkur Qonun respublikada faoliyat yuritayotgan jamoat birlashmalari faoliyatini tubdan isloh qilish, ularni sobiq yakkahokim mafkuradan poklanish, shuningdek, jamoat birlashmalari tizilmalarini davlat va hukumat tizimidan ajratishga huquqiy shart-sharoitlar yaratib berdi. Respublika ijtimoiy-siyosiy hayotida birinchi marta mazkur Qonunda jamoat birlashmalarining maqsadlari xalqaro va demokratik mezonlar asosida ta’riflab berildi: “Jamoat birlashmalari fuqarolik, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy, huquqiy hamda erkinliklarni ro‘yobga chiqarish va himoya qilish, fuqarolarning faolligi va tashabbuskorligini, davlat va jamoat ishlarini boshqarishda ularning ishtirok etishini rivojlantirish...”305 maqsadlarida tuziladi.

Mamlakat tarixida ilk bor fuqarolik jamiyati institutlari — jamoat birlashmalarining mustaqilligi, ularning davlat va hukumatdan alohida faoliyat yurituvchi huquqiy sub’ekt ekanligi tan olindi. Bu holat fuqarolik jamiyatiga xos belgilardan biri edi. Qonunda davlat idoralari va mansabdor shaxslarning jamoat birlashmalari faoliyatiga aralashishi, shuningdek, jamoat birlashmalarining davlat idoralari va mansabdor shaxslarning faoliyatiga aralashishiga yo‘l qo‘yilmasligi huquqiy jihatdan mustahkamlandi.

Bu davrdagi muhim voqeliklardan biri — Prezident I.A.Karimov tomonidan O‘zbekistonda o‘tish davri uchun mo‘ljallangan davlat qurilishi, bozor iqtisodiyotini shakllantirish, umuman, jamiyatning barcha sohalarini isloh qilish jarayonlarini besh asosiy qoida asosida amalga oshirish konsepsiyasining ishlab chiqilishi bo‘ldi. Bu beshta asosiy qoidaning mohiyati quyidagicha:

«birinchidan, iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, u biror mafkuraga bo‘ysundirilishi mumkin emas. Buning ma’nosi shuki, iqtisodiyot siyosatdan ustun turishi kerak. Ham ichki, ham tashqi iqtisodiy munosabatlarni mafkuradan xoli qilish zarur;

ikkinchidan, davlat bosh islohotchi bo‘lishi lozim. U islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishi, o‘zgartirishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan o‘tkazishi, jaholatparastlar (retrogradlar) va konservatorlar qarshiligini bartaraf etishi shart;

uchinchidan, qonun, qonunlarga rioya etish ustuvor bo‘lishi lozim. Buning ma’nosi shuki, demokratik yo‘l bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va qonunlarni hech istisnosiz hamma hurmat qilishi va ularga og‘ishmay rioya etishi lozim;

to‘rtinchidan, axolining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat o‘tkazish. Bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda axolini ijtimoiy himoyalash yuzasidan oldindan ta’sirchan choralar ko‘rilishi lozim. Bu bozor iqtisodiyoti yo‘lidagi eng dolzarb vazifa bo‘lib keldi va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi;

beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish ob’ektiv iqtisodiy qonunlarning talablarini hisobga olgan holda, o‘tmishdagi «inqilobiy sakrashlar»siz, ya’ni evolyusion yo‘l bilan, puxta o‘ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak.

Bu qoidalar o‘z istiqlol, rivojlanish va taraqqiyot yo‘limizga asos qilib olingan bo‘lib, o‘tish davri dasturining negizini tashkil etadi»306.

SHu bilan birga, O‘zbekistondagi fuqarolik jamiyati barpo etishga doir islohotlarni rivojlangan demokratik mamlakatlar va xalqaro hamjamiyatlar tajribasidagi demokratik qadriyatlar asosida amalga oshirishga muhim ahamiyat berildi.CHunki, demokratik qadriyatlar nafaqat xalqaro tajriba va sinovlardan o‘tganligi, balki o‘zbek xalqining milliy manfaatlariga mos kelganligi uchun ham islohotlar jarayoniga tatbiq etila boshlandi. Mamlakatda fuqarolik jamiyati uchun muhim bo‘lgan demokratik qadriyatlarni Prezident I.A.Karimov quyidagicha baholagan edi: “Ma’lumki, demokratik jamiyatning xalqaro miqyosda e’tirof etilgan tamoyillari bor. Insonning o‘z xohish-irodasini erkin bildirishi hamda uni amalga oshirishi, ozchilikning ko‘pchilikka bo‘ysunishi, barcha fuqarolarning teng huquqliligi, davlat va jamiyat boshqaruvida qonun ustuvorligi, davlatning asosiy organlari saylanishi, ularning saylovchilar oldida hisob berishi, tayinlash yo‘li bilan shakllanadigan davlat organlarining saylovchi tashkilotlar oldidagi javobgarligi va boshqalar shular jumlasiga kiradi”307.

SHu bilan birga, Prezident I.A.Karimovning qarashicha, fuqarolik jamiyati nazariyasi va amaliyoti har bir mamlakat milliy qadriyatlari, xalqning milliy mentaliteti va milliy an’analarini o‘zida ifodalashi zarur. Bu shuning uchun ham zarurki, fuqarolik jamiyati barpo etishda har bir xalq o‘z milliy manfaatlari ifoda etilishini ham anglashi lozim. Buning uchun milliylik yangi jamiyat mazmuni va shaklu shamoyili bilan uyg‘unlashishi lozim. O‘zbekiston esa boshqa mamlakatlarga nisbatan adolatli va xalqchil jamiyat barpo etishga doir milliy meros va qadriyatlarga boyligi bilan ajralib turadi.

SHuningdek, mamlakatda yangi jamiyat qurishga qaratilgan islohotlar inqilobiy yo‘lni ham qabul qilmaydi. CHunki, bu yo‘l vayronalik, millionlab axolining ijtimoiy ahvoli pasayishi, jamiyatni qutblashgan tomonlarga bo‘linib ketishi kabi salbiy holatlarni keltirib chiqaradi. SHuning uchun ham davlat tomonidan fuqarolik jamiyatining O‘zbekiston uchun o‘ziga xos quyidagi jihati ilgari surildi: “SHarqda demokratik jarayonlarning qadimdan shakllangan o‘ziga xos va o‘ziga mos xususiyatlari bor. Buni aslo nazardan qochirib bo‘lmaydi. YA’ni SHarqda demokratik jarayonlar uzviy ravishda va asta-sekin taraqqiy topadi. Bu sohada inqilobiy o‘zgarishlar yasashga urinishlar g‘oyat noxush, hatto fojiali natijalarga olib keladi. Inqilobni G‘arb olimlari ham “ijtimoiy taraqqiyotning ibtidoiy va yovvoyi shakli” deb ataganlar. Tabiiyki, bunday yo‘l bizga aslo to‘g‘ri kelmaydi…”308.

SHu bilan birga, YUrtboshimizning O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatini shakllantirishga doir nazariy qarashlari rivojlangan mamlakatlarda amalga oshirilgan demokratik tamoyillar asosidagi tajribalarga hamohang tarzda rivojlandi. Ushbu nazariy qarashlardafuqarolik jamiyatining asosi o‘zini o‘zi boshqarish organlarini o‘ziga munosib vakolatlar bilan ta’minlashda, deb ta’kidlandi.

SHuningdek, Prezident I.A.Karimov O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati barhayotligining asosiy shart-sharoitlardan biri, bu — davlat hokimiyati vakolatlarini chegaralash, fuqarolik jamiyati institutlariga jamiyatda o‘zini o‘zi boshqarish uchun qanchalik zarur bo‘lsa, shunchalik etarli vakolatlar berish ekanligi masalasini ilgari surdi. Prezident fuqarolik jamiyatining yashash qobiliyati fuqarolarning siyosiy jarayonlarda nechog‘likishtirok etishlari bilan uzviy bog‘liqekanligini ham chuqur anglab etgan edi.

Davlat vakolatlarini jamiyat institutlariga berish asosida huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati qurish maqsadida quyidagi vazifalar belgilandi: “Ammo haqiqiy milliy ravnaqqa biz faqat davlat hokimiyati vazifalarini qat’iy va mukammal belgilab va shu bilan birga cheklanib qo‘yilgan fuqarolik jamiyati sharoitidagina erishmog‘imiz mumkin. Bunday jamiyatda davlatning bosh vazifasi taraqqiyot strategiyasini aniqbelgilash va uni hayotga joriy etish uchun qattiqnazorat olib borishdan iborat bo‘ladi… Ana shunday davlat va jamiyatni qurish, haqiqiy demokratik qadriyatlarni vujudga keltirish — bizning bosh konsepsiyamiz va milliy ravnaqimiz asosidir”309.

YUrtboshimizning O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati barpo etishga doir nazariy qarashlari uning “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarida o‘z takomiliga etganini kuzatish mumkin. Bu asarda fuqarolik jamiyatining eng asosiy institutlari O‘zbekiston mamlakati shart-sharoitlari, milliy mentalitetini hisobga olgan holda talqin etiladi. SHuningdek, bu asarda yangi jamiyat qurish muammolari «shaxs-jamiyat-davlat» o‘zaro uyg‘unligi asosida tahlil etilgan. Muhimi, davlatning shaxs va jamiyat manfaatlari asosida faoliyat yurituvchi siyosiy institut ekanligi, bu institutning doimo jamiyatning rivojlanishi va uning ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan farovon bo‘lishi hamda barqarorligi uchun mas’ulligini oshirib borish zarurligi asoslanadi.

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyatining shakllanishi fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvida faol ishtirokini amalga oshirish bilan uzviy bog‘liq ravishda kecha boshladi. Ayniqsa, yangi jamiyat xalq tomonidan demokratik qadriyatlarni o‘z siyosiy madaniyatiga singdirib borishiga hamohang tarzda rivojlanib borishini e’tirof etgani holda quyidagi fikrlar bildirdi: “Jamiyatda demokratiya qay darajada ekanligini belgilovchi kamida uchta mezon bor. Bular — xalq qarorlar qabul qilish jarayonlaridan qanchalik xabardorligidir. Hukumat qarorlari xalq tomonidan qanchalik nazorat qilinishi,oddiyfuqarolar davlatni boshqarishda qanchalik ishtirok etishidir”310.

SHuningdek, fuqarolik jamiyatining rivojlanishida va uning barqarorligini ta’minlashda muxolifatning o‘rni masalasiga ham katta e’tibor berildi. Ma’lumki, demokratik mamlakatlarda muxolifat o‘z jamiyati va davlatlarining boshqaruv usullarini demokratlashtirishda, shuningdek, inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Prezident I.A.Karimov tomonidan ilgari surilgan“Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari”konsepsiyasi ilg‘or demokratik qadriyatlar bilan adolatli jamiyat qurishga doir milliy qadriyatlar va an’analarni uyg‘unlashtirish asosida rivojlanib bordi.

YUrtboshimiz tomonidan O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurish islohotlarini yanada chuqurlashtirish, unga mutanosib ravishda huquqiy davlat qurish maqsadlaridan kelib chiqib jamiyatning siyosiy sohasini erkinlashtirish(liberallashtirish) konsepsiyasi ishlab chiqildi va uning quyidagi yo‘nalishlari belgilab berildi:

- mamlakat siyosiy hayotining barcha sohalarini, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish;

- mamlakat siyosiy hayotida haqiqiy ma’nodagi ko‘ppartiyaviylik muhitini qaror toptirish;

- nodavlat notijorat tuzilmalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyatini yanada mustahkamlash va rivojlantirish;

- jamiyatda fikrlar xilma-xilligi va qarashlar rang-barangligi, ularni erkin ifoda etish sharoitini ta’minlash;

- inson huquqlari va erkinliklarini, odamlar ongida demokratik qadriyatlarni yanada mustahkamlash va rivojlantirish.

I.A.Karimov ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning VIII sessiyasidagi ma’ruzasida fuqarolik jamiyati qurishning yangi bosqichi va tamoyillarini ilgari surdi: “Bizning oldimizda turgan yana bir muhim va dolzarb vazifa u ham bo‘lsa, “Kuchli davlatdan — kuchli jamiyatga o‘tish” degan shiorni amalda ro‘yobga chiqarishdir. Bu maqsadga erishish uchun, birinchidan, davlatimizning markaziy va yuqori boshqaruv organlari vakolatlarini bosqichma-bosqich quyi tizimga, shu jumladan, o‘zini o‘zi boshqarish tuzilmalariga o‘tkazish talab qilinadi. Bular qatorida biz, birinchi navbatda, o‘zini har tomonlama oqlagan mahalla tuzilmasini ko‘zda tutamiz. Ikkinchidan — jamiyatimizda nodavlat, jamoat tashkilotlarining, avvalo fuqarolik institutlarining rivojlanishiga keng imkoniyatlar ochib berish va ularning faolligini oshirishga ko‘mak va yordam ko‘rsatish darkor”311.

Mamlakatda fuqarolik jamiyatiga xos bo‘lgan demokratik siyosiy tizimning o‘ziga xos xususiyatlari, uning demokratik tamoyillarini rivojlantirish masalalari, Prezident I.A.Karimovning birinchi va ikkinchi chaqiriq Oliy Majlis sessiyalaridagi (1995-2004 yillar), shuningdek, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi (2005, 28 yanvar) ma’ruzalari “Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari” konseptual siyosiy dasturning asosini tashkil etdi.

Prezident I.A.Karimovning asarlarida adolatli demokratik jamiyat qurishning konseptual nazariy asoslari yanada boyitildi. Prezidentning quyidagi fikri mamlakatda fuqarolik jamiyati barpo etishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab berdi: “Hammamizga ayonki, bu yo‘nalish ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar bilan bog‘liq ko‘p masalalarni hal qilishda davlat tuzilmalarining rolini kamaytirish va bu vazifalarni bosqichma-bosqich jamoat tashkilotlariga o‘tkaza borishni taqozo etadi. Buning uchun, avvalambor, davlatning iqtisodiy sohaga, xo‘jalik yurituvchi tuzilmalar, birinchi galda, xususiy sektor faoliyatiga aralashuvini cheklash lozim… Hayotimizni erkinlashtirish yo‘nalishlarining yana bir muhim yo‘li — markaziy va yuqori davlat boshqaruv idoralari vazifalarini davlat hokimiyatining quyi tuzilmalariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga bosqichma-bosqich o‘tkaza borishni ta’minlashdir”312.

Mamlakatda “Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari” tamoyilidan kelib chiqib, fuqarolik jamiyati qurish maqsadlarida davlat hokimiyatining aksariyat vakolatlarini mahalliy hokimiyat organlari va o‘zini o‘zi boshqarish organlariga berish jarayonlari boshlandi. Markaziy davlat hokimiyati tasarrufida esa asosan, faqat konstitutsion tuzumni, mamlakatning mustaqilligi va hududiy yaxlitligini himoya qilish, huquq-tartibot va mudofaa qobiliyatini ta’minlash, inson huquqlari va erkinliklari, mulk egalarining huquqlari, iqtisodiy faoliyat erkinligini himoya qilish, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, samarali tashqi siyosat olib borish kabi vakolatlarni qoldirish ko‘zda tutilmoqda.

SHuningdek, strategik ahamiyatga molik, muhim iqtisodiy va xo‘jalik masalalari, pul va valyuta muomalasi bo‘yicha qarorlar qabul qilish, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatining huquqiy shart-sharoitlarini yaratish, ekologiya masalalari, umumrespublika transport va muhandislik kommunikatsiyalarini rivojlantirish, yangi tarmoqlarni vujudga keltiradigan ishlab chiqarishni barpo etish masalalari markaziy davlat miqyosida hal etilishi, davlatning boshqa barcha vazifalari esa mahalliy davlat hokimiyati, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat va jamoat tashkilotlariga berish uchun huquqiy asoslar va siyosiy shart-sharoitlar yaratishga doir islohotlar chuqurlashib bormoqda. SHu bilan birga, davlat organlari faoliyatini nazorat qilish vakolatlarini ham, asosan, o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat va jamoat tashkilotlariga o‘tkazish vazifasi belgilandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi (2005 yil 28 yanvar) ma’ruzasida jamiyatni demokratlashtirish va yangilash konsepsiyasi, shuningdek, mamlakatimizni 2005 yil va kelgusi davrda modernizatsiya va isloh etish bo‘yicha asosiy vazifalarning dasturiy konseptual yo‘nalishlari belgilab berildi. Mazkur ma’ruzada mamlakatni modernizatsiya qilish borasida uzoqni ko‘zlaydigan “Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari”, degan tamoyilga asoslangan islohotlarni yanada chuqurlashtirishning barcha yo‘nalishlarida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan maqsad va vazifalar aniq — ravshan ifoda etildi. Mamlakatda markaziy davlat hokimiyati organlari vakolatlarini nomarkazlashtirish asosida kuchli jamiyatning shakllanishi uchun shart-sharoitlar yaratish maqsadida “hokimiyat vakolatlarining ma’lum bir qismini markazdan mahalliy hokimiyat organlariga o‘tkazishga qaratilgan mavjud qonun va huquqiy hujjatlarni bir tizimga keltirish va ularga qo‘shimcha tarzda yangilarini ishlab chiqish”313 vazifasi belgilandi. SHu bilan birga, “o‘zini o‘zi boshqarish organlari — mahalla, mahalla qo‘mitalari va qishloq fuqarolik yig‘inlarining roli hamda vakolatlarini amalda kuchaytirish”314 muhim vazifalar sirasiga kiritildi.



YUrtboshimiz o‘zining mazkur qo‘shma majlisdagi ma’ruzasida fuqarolik jamiyati institutlarini yanada rivojlantirish masalalarini ilgari surar ekan, bu bilan “axolining turli ijtimoiy va sotsial guruhlari manfaatlarini ifodalovchi, mamlakatimizda shakllanayotgan fuqarolik jamiyatining asosiy institutlari bo‘lgan nohukumat va jamoat tashkilotlarining nufuzi va ta’sirini oshirishga katta e’tibor” berishga da’vat etdi. SHu bilan birga, “odamlar ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlashda, ularning siyosiy va fuqarolik faolligini oshirishda, mamlakatda ro‘y berayotgan demokratik o‘zgarishlarning ko‘lamini kengaytirish va chuqurlashtirishda bu tashkilotlarning o‘rni va ahamiyati beqiyos”315ekanligini yana bir bor ta’kidlab o‘tdi.

XXI asrning boshida ilgari surilgan “Kuchli davlatdan — kuchli fuqarolik jamiyati sari” konseptual dasturini amalga oshirish yangi bosqichga kirdi. Bu bosqichda nazariy qarashlarni hayotga tatbiq etish davriga o‘tildi. Rivojlangan mamlakatlarda fuqarolarga erkinlik bag‘ishlagan, shaxsning erkin kamol topishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratgan, jamiyatning hamma jabhalarini demokratlashtirishga qobil bo‘lgan fuqarolik jamiyatini barpo etish yo‘lidagi islohotlarning yangi bosqichi boshlandi.

Fuqarolik jamiyatining shakllanishi har qanday davlatda ham ro‘y beravermaydi. Bu jamiyatning shakllanishi uchun faqat huquqiy davlatgina har tomonlama shart-sharoitlar yaratib berishi mumkin. Huquqiy davlat amal qilishining eng asosiy sharti esa davlat hokimiyatining uchga bo‘linish prinsipini hayotda amalga oshirishdir. SHuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasi mamlakat siyosiy tizimida uning amal qilishi maqsadlarida mazkur prinsipni quyidagi mazmunda ifodalab berdi: “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linish prinsipiga asoslanadi”316. Mazkur modda mamlakat parlamenti — qonun chiqaruvchi hokimiyatida fuqarolik jamiyatining huquqiy asoslarini mukammal tarzda ishlab chiqish imkoniyatlarini yaratib berdi.

Fuqarolik jamiyati institutlarining davlat hokimiyati institutlari bilan muvozanat saqlashi, jamiyat institutlarini davlat organlaridan mustaqil faoliyat ko‘rsatishida jamiyat va davlatni rivojlantirish omillaridan eng asosiysi, bu — siyosiy plyuralizmdir. Jamiyatda plyuralizmning etishmasligi oqibatida fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tizimi “yutib” yuborishini tarix o‘z vaqtida isbotlab bergan. SHuning uchun ham O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida siyosiy plyuralizmning davlat va jamiyatning yashash prinsipi sifatida e’tirof etilishi fuqarolik jamiyati institutlari rivojlanishiga har tomonlama shart-sharoitlar yaratib berdi. Xususan, Konstitutsiyaning 12-moddasi quyidagicha talqin qilinadi: “O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institutlar, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o‘rnatilishi mumkin emas”317.

SHuningdek, Konstitutsiyaning 13-moddasida fuqarolik jamiyatining yashashi uchun muhim bo‘lgan shart-sharoitlardan yana biri — inson erkinligi va huquqini ta’minlashga qobil bo‘lgan demokratik prinsiplar davlat hokimiyati va jamiyat hayotini tashkil etishning asosi va oliy qadriyat sifatida e’tirof etildi: “O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy prinsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi. Demokratik huquq va erkinliklar Konstitutsiya va qonunlar bilan himoya qilinadi”318.

O‘tgan yillar davomida mam­­lakatimizda fuqarolik jamiyati qurish va uni tako­mil­lashtirish borasida keng ko‘­lam­li ish­lar amal­­ga oshirildi.

Darhaqiqat, mamlakatimizda kechayotgan tub o‘zgarishlarda davlatning bosh is­­­lohotchilik vazifasi asosan fuqarolik jamiyatining huquqiy negizlarini shakl­lantirish jarayonida namoyon bo‘lmoqda.

YUrtboshimiz ilgari surgan “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqa­rolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi”dagi konseptual maqsadlar yurtimizda fuqarolik jamiyati qurishning yangi bir davrini boshlab berdi.

Konsepsiyada quyidagi yo‘nalishlar demokratik o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini shakllantirishning eng muhim ustuvor vazifalari sifatida belgilandi:


  • Davlat hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish;

  • Sud-huquq tizimini isloh etish;

  • Axborot sohasini isloh qilish, axborot va so‘z erkinligini ta’minlash;

  • O‘zbekistonda saylov huquqi erkinligini ta’minlash va saylov qonunchiligini rivojlantirish;

  • Fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirish;

  • Demokratik bozor islohotlarini va iqtisodiyotniliberallashtirishni yanada chuqurlashtirish.

Konsepsiyadagi asosiy va­zifa­lardan biri fuqarolik jamiyati institutlarining davlat va jamiyat bosh­qaruvidagi nufuzini oshirish hamda samarali jamo­atchilik nazo­ratini yo‘lga qo‘yishdan ibo­rat. SHuning­dek, fuqarolik jamiyati ins­titutlarini rivojlantirish jarayoni ja­mo­at­chilik va fuqarolik na­zo­rati institutlarining, ja­mi­yatning davlat bilan o‘za­ro samara­li aloqasini ta’­min­lash bilan uzviy bog‘liq holda kechishi ko‘zda tu­tilmoqda.

Ta’kidlash kerakki, o‘t­gan yillarda nodavlat noti­jorat tashkilotlarini fu­qa­rolik jamiyati insti­tut­lari sifatida tobora ri­voj­lantirish, ularning mus­taqil faoliyat yuritishi ham­­­­da fuqarolarning huquq va man­faatlarini himoya qi­lish­­­dagi rolini oshirish maq­­sadida “Nodavlat noti­jorat tashkilotlari faoli­yati­ning kafolatlari to‘g‘ri­sida”gi, “Jamoat fondlari to‘g‘risida”gi, “Homiylik to‘g‘­­­risida”gi qonunlar, O‘z­be­­kiston Prezidentining “O‘z­bekistonda fuqarolik ja­miyati institutlari ri­voj­lanishiga ko‘maklashish chora-tadbirlari to‘g‘ri­si­da”gi Qarori va boshqa huquqiy asoslar na­tijasida ushbu tashkilotlar o‘zlarida fuqarolik ja­miyati in­s­titutlariga xos bel­gilarni ifoda eta boshladilar.

SHu bilan birga, Prezidentimiz taklif etgan konsepsiyada fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish va demokratlashtirish, jahon hamjamiyatiga yanada chuqurroq integ­ra­siya­la­shish, davlat boshqaruvida xalq irodasini to‘liq ifo­dalash, aholining ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtirokini faollashtirish maqsadida qator qonunlar qabul qilishga zarurat sezilayotgani har to­monlama asoslab berildi. Jum­ladan, bu sohada amalga oshiri­la­yotgan islohot­lar­ning oshko­ra­ligi va samara­dor­­ligini, davlat organlari bilan fuqarolar munosabatida o‘zaro hamkorlikni ta’minlash maqsadida “Ij­­timoiy sheriklik to‘g‘­risida”gi Qonunni qabul qi­lish kun tartibiga qo‘yildi. Ayniqsa, bu qo­nunning “aholi tur­li qat­lam­lari­ning huquq va er­kin­lik­la­ri, manfaat­larini himoya qi­lishda no­dav­lat noti­jo­rat tashkilot­lari­ning dav­lat tuzilma­lari bi­lan o‘za­ro munosa­batlari­dagi aniq che­­gara­larni bel­gilash va tash­­­ki­liy-huquqiy mexa­nizm­larni takomil­lash­ti­rish kabi ma­salalar bo‘yi­cha huquqiy normalar”ni o‘z ichi­ga olishiga alohida e’tibor qaratildi.

Jahon tajribasidan ma’­­­­­­­lumki, ijtimoiy sheriklik ko‘p qirraliligi bilan ajralib turadi. Ijti­moiy sheriklik turli ij­ti­moiy birliklar, qatlamlar va guruhlarning o‘ziga xos ijtimoiy munosabati bo‘lib, u, bir tomondan, dav­lat organlari, xodimlar va ish beruvchilarning bozor iq­tisodiyotiga xos o‘zaro mu­nosabatini ta’minlovchi, ik­kinchi tomondan, ish beruvchi bilan ishlovchining teng huquqli hamkorlik qi­li­shi, ular manfaatining o‘za­­ro optimal muvozanatini ta’minlovchi mexanizm si­fatida namoyon bo‘ladi.

Ko‘rinib turibdiki, “Ij­­ti­­moiy sheriklik to‘g‘­ri­si­da”gi Qonun fuqarolik ja­miyati institutlari harakatini kuchaytirib, dav­lat organlari bozor iqtisodiyoti mezonida ish yuritishiga qulaylik tug‘diribgina qol­may, fuqarolarning ij­ti­moiy-iqtisodiy huquq va erkinliklarini ta’minlash mexanizmi sifatida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Boshqa­cha ayt­­ganda, ijtimoiy sherik­lik jamiyatdagi ij­timoiy qat­lamlar va guruhlar man­fa­­atlarini adolat tamoyil­lari asosida mu­vofiqlashtiruvchi omilga aylanadi.

SHuningdek, konsepsiyada fuqarolarning o‘zini o‘zi bosh­qarish organlarini fu­qa­rolik jamiyati instituti sifatida takomillashti­rish, aholi manfaatlarini kengroq ifodalash uchun ma­hal­­lalar faoliyatining tash­­­­­ki­liy asoslarini yanada mus­tahkamlash, ish ko‘lamini ken­gaytirish, davlat hoki­mi­­yati va mahalliy bosh­qa­ruv idoralari bilan o‘zaro mu­­no­sabatini izchillashtirish maqsadida “Fuqa­ro­lar­ning o‘zini o‘zi bosh­qa­rish or­ganlari to‘g‘ri­si­da”gi Qo­nunga o‘zgartish va qo‘shim­chalar kiritish maq­sad­ga mu­vofiq ekani ta’kid­landi. Bu mahallalarni “...aniq yo‘­naltirilgan asos­da aholi­ni ijtimoiy qo‘l­lab-quvvat­lash, xususiy tad­birkorlik va oilaviy biz­nesni rivoj­lantirish mar­kaziga aylan­tirish, shuning­dek, ularning davlat bosh­qaruv organlari fao­liyati ustidan jamoat­chi­lik nazo­rati olib borish tizimidagi vazifalarini yana­da ken­gay­tirishga jiddiy e’tibor qa­ra­tish” demakdir.

Albatta, mahallani fuqa­rolik jamiyati instituti si­fatida rivojlantirish, shu tarzda aholida o‘zi­ni o‘zi boshqarish malakasini ku­chaytirish, har bir fuqaroda voqelikka daxl­dor­lik, ogohlik va mas’­ullik his­sini shakllantirish, ij­ti­moiy-siyosiy jarayonda fa­ol ishtirok etishini ta’minlash uchun mustahkam hu­quqiy asos kerak. SHu ma’noda, mazkur qo­nun kuchli fu­qarolik ja­miyati kafolatlaridan biri bo‘ladi.

Konsepsiyada mahalla fu­qa­­rolar yig‘inlari mavqei­ni oshirishga ham alohida e’ti­bor berildi. “Fuqaro­lar yig‘ini raisi (oqso­qo­­li) va uning masla­hat­chi­­lari saylovi to‘g‘risi­da”gi Qonunga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqi­dagi taklif shu maqsadga xiz­­­mat qiladi. Unda yig‘in raislari va mas­lahat­chilarni saylashda yuksak talablar — “oqsoqollar va ularning mas­lahatchilari eng munosib fu­qarolar ichidan sayla­ni­­­shi­ni, fuqa­rolar ijti­mo­iy faolli­gini kuchayti­rish­da mahal­laning ahami­yati va roli oshirilishini ta’­min­lay­digan chora-tadbir­larni na­­zarda tutish” belgilab berildi.

Keyingi paytlarda fuqarolar yig‘ini raisi va uning maslahatchilari faoliyatini yanada kuchaytirish bilan birga, ularning fao­liyatini mahalla ahli to­monidan na­zorat qilinishiga zarurat se­zilayotgan edi. Umuman, fu­qarolar yig‘iniga saylangan shaxslar aholi manfaati va ehtiyojini qay dara­jada hisobga olib ish ko‘r­moqda? Tabiiyki, bunday nazoratni kuchaytiruvchi mexanizmni ta­komillashtirish lozim. Mazkur qonunga doir taklifda fuqarolar yig‘inining saylanadigan organlari mahalla ahli nazoratida talab darajasida ish yuritishi, uning fuqarolik jamiyatiga xos xususiyatlarini yanada rivojlantirishga urg‘u beriladi.

Ma’lumki, huquqiy davlat va odil jamiyat sharoitida fuqarolik jamiyati institutlarining davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazorati muhim ahamiyat kasb etadi. Bu jarayonda jamiyatdagi turli ijtimoiy qatlamlar va fuqarolar manfaatlari go‘yoki davlat manfaatlari si­fatida namoyon bo‘la boshlaydi. Qolaversa, jamo­at­chilik nazorati davlat ido­ra­lari faoliyati jamiyat manfaatlari asosida ke­chi­­shini ta’minlashga ta’sir etadi. Muhimi, bu ja­ra­yonda faol ishtirok etayotgan fuqarolar ham ijtimoiylashib bo­radi, bu esa si­yosiy madaniyatning asosiy shartlaridan biridir.

SHuning uchun ham konsepsiyaga binoan «davlat ho­kimiyati va boshqaruvi or­gan­lari tomonidan qonun huj­jatlarining ijro etilishi ustidan jamiyat, fu­qa­­rolik institutlari nazo­rati­ni amalga oshirishning ti­zimli va samarali huqu­qiy mexanizmini yaratishga qa­ratilgan “O‘zbekiston Res­­­publikasida jamo­at­chilik nazorati to‘g‘ri­si­da”gi Qonunni qabul qi­lish belgilandi. Mazkur “qo­nunda jamoatchilik nazo­ra­tining turlari, shakllari va sub’ektlarini, nazorat pred­metini, uni amalga oshi­­­­­rishning huquqiy mexa­nizm­­larini, shuningdek, maz­­­­kur sohada amaldagi qo­nun hujjatlarini ijro et­ma­­gani uchun mansabdor shaxs­­­larning javobgarligi shart­larini belgilab qo‘yish zarur”ligi ta’kidlandi.

Fuqarolik jamiyatining eng muhim jihati — inson­ga, uning erkinligi va hu­quq­larini ta’minlashga e’ti­­bor qaratilishi, bu ja­ra­yonda esa davlatning asosiy mas’ul siyosiy institut ekanligi muhim ahamiyat kasb etadi. SHuning uchun ham konsepsiyada “inson hu­quq­lari sohasida milliy ha­rakat dasturini ishlab chi­qish dolzarb ahamiyatga ega” ekanligi ko‘rsatib o‘tildi. Unga muvofiq ravishda mazkur “dastur eng avvalo huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari to­mo­ni­dan inson huquq va erkin­liklarining himoya qilinishini ta’minlash, jami­yat­da inson huquqlari bo‘yi­cha madaniyatni shakllan­ti­rish va shu kabi boshqa so­halarga oid qonunlarga ri­oya etilishi ustidan jamoat­chilik monitoringini olib borishga qaratilgan chora-tadbirlarni o‘zida mujassam etishi kerak”ligiga e’tibor qaratildi.

Konsepsiyada Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga jamiyat va davlat qu­rilishi, hududlarda ij­ti­moiy-iqtisodiy rivoj­la­nishning turli sohalarida nodavlat notijorat tashki­lot­lari huquqlarini belgi­lab bergan qonun hujjat­lari talablarini buzganlik uchun davlat organlari man­sab­dor shaxslarining ja­vob­garligini kuchaytirishni nazarda tutadigan o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishning taklif etilishi fuqarolik jamiyati institutlariga o‘z konstitutsiyaviy va qonuniy vakolatlarini mustaqil in­s­­­­titut sifatida amalga oshi­rishlari uchun keng im­ko­niyat yaratadi. Albatta, kodeksga kiritiladigan o‘z­gar­tish va qo‘shimchalar Kons­titutsiyaning 58-moddasini to‘liq amalga oshi­rish imkonini beradi. Eng muhimi, nodavlat notijorat tash­kilotlarning qo­nunlar doi­rasida erkin va mustaqil fao­liyat yuritishi uchun hu­qu­qiy asoslar yanada takomillashadi.

Hozirgi kunga kelib, du­nyo­­­­dagi global xavf-xatarlar qatoriga ekologik tah­didlar ham qo‘shildi. Qolaversa, ekologik vaziyat inson sog‘lig‘iga, tabiatning o‘z qonuniyatlari asosida yashashi­ga ham jiddiy xavf tug‘dirmoqda. SHu bois, ri­voj­­langan mamlakatlarda “yashil­lar” harakatlari va par­tiyalari bejiz tashkil top­magan. Mamlakatimizda ham ekologiyani himoyalashga doir tashkilotlar tuzil­di, parlament quyi palatasida bu harakatlar manfaat­larini ta’minlashga qo­dir de­putatlar guruhi shakl­­­­landi.

Konsepsiyada “atrof-mu­hitni himoya qilish­ni ta’­­minlash tizimida no­dav­lat notijorat tashki­­­­lot­lar­ning roli va o‘rnini bel­gilashga qa­ratilgan “Eko­logik na­­­zo­­rat to‘g‘risida”gi Qo­nun loyihasini ishlab chi­qish va boshqa qator qonun huj­jatlarini qabul qi­lish” taklifining ilgari surili­shi nafaqat ekologik jara­yonlarni yaxshilaydi, balki bu sohada aholi faolligini oshirishga, ekologik ma­da­­niyatni shakllantirishga kuch­li ta’sir etadi, desak mu­­bolag‘a bo‘lmaydi.

Ko‘rinib turibdiki, konsepsiyaning e’lon qilinishi, unda ilgari surilgan maq­­­­sad va vazifalarni amal­­­ga oshirish natijasida fuqarolik jamiyati ins­titutlari xalqaro me’yorlar darajasida rivojlanadi, bu jarayonga bog‘liq holda mamlakatda inson taraqqiyotini amalga oshirish uchun shart-sharoitlar yarati­ladi. Zero, hozirgi davrga ke­­lib inson manfaatlarini amalga oshirish in­son ta­­raqqiyotining asosiy kafolati ekan, bu jarayon fa­qat biz qurayotgan fu­qaro­lik jamiyati sharoitida to‘­la-to‘kis amalga oshishi mum­kin.


Yüklə 6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə