O’zbеkistоn rеspublikasi хalq ta’limi vazirligi jizzaх davlat pеdagоgika instituti


Jamiyat taraqqiyotining qonun va qonuniyatlari



Yüklə 6 Mb.
səhifə52/80
tarix22.05.2018
ölçüsü6 Mb.
#45438
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   80

Jamiyat taraqqiyotining qonun va qonuniyatlari. Ijtimoiy hayotning murakkabligi va undagi jarayonlarning xilma-xilligi jamiyat qonunlarini tasniflashning bir qancha ob’ektiv mezonlari borligini isbotlab bermoqda.

Ijtimoiy-tarixiy jarayonlarning vujudga kelishi, amal qilishi va rivojlanishida bir vaqtning o‘zida turli darajadagi va har xil ahamiyatga molik qonunlar namon bo‘ladi. Ularning ba’zilari butun bir jamiyatga xos jarayonlarni aks ettisa, boshqalari uning aloxida bir tizimi elementlari o‘rtasidagi aloqadorlik va bog‘lanishlarni ifodalaydi, uchinchi xil qonunlar esa ijtimoiy munosabatlarning faqat ma’lum turlarini qamrab oladi. Jamiyat qonunlaridan ba’zilari ijtimoiy munosabatlarning vujudga kelishi, mavjudligini ifodalasa, boshqalari esa ularning rivojlanishini belgilab beradi.

Jamiyat qonunlari to‘g‘risida gap ketganda, avvalo, shuni ta’kidlash joizki, tabiat va jamiyatning o‘zaro aloqadorligi va bir-biriga ta’sir qilishi ham qator qonun va qoidalarga bo‘ysunadi. Biz kundalik xayotimizda ayni bir vaqtning o‘zida tabiat qonunlarining ham, jamiyat qonunlarining ham yoki shu ikki tizim o‘rtasidagi aloqadorliklardan kelib chiqadigan qonunlarning ham ta’sirini his qilamiz. Bunday qonunlarga misol qilib noosferaning kengayib borishi qonuni, tabiat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar tabiatining bir-biriga mos kelish qonuni yoki jamiyatning tabiatga ta’sirining ortib borishi qonuni va kabilarni keltirishimiz mumkin.

YUqoridagi fikrlardan tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi munosablarni tartibga soluvchi qonunlarni tabiat qonunlariga kiritish kerakmi yoki jamiyat qonunlariga? Iqtisodiy qonunlarni jamiyat qonunlari qatoriga kiritish mumkinmi? degan savollar tug‘iladi. Bu to‘g‘rida falsafiy adabiyotda turlicha, ba’zan esa bir-biriga umuman zid fikrlar mavjud.

Ijtimoiy munosabatlar orasidagi iqtisodiy jarayonlar, ya’ni moddiy ishlab chiqarish munosabatlari aloxida o‘rin tutadi, chunki iqtisodiy munosabatlar barcha ijtimoiy munosabatlar tizimiga nisbatan belgilovchi o‘rin tutadi. Ma’lumki, ishlab chiqarish jarayonida kishilar faqat tabiiy muhit bilan emas, balki bir-biri bilan ham o‘zaro faol va maqsadga muvofiq munosabatlarda bo‘ladilar. Demak, kishilarning o‘z extiyoj va manfaatlaridan kelib chiqib bir-birlari bilan kirishadigan munosabatlari ham qator qonunlar asosida amalga oshadi. Bunday qonunlarga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: birinchidan, ishlab chiqarish munosabatlarining vujudga kelishi va rivojlanishi qonunlari; ikkinchidan, ishlab chiqarish munosabatlarining turli tarkibiy qismlari o‘rtasidagi munosabatlarnibelgilovchi qonunlar. Misol qilib aytadigan bo‘lsak mulk shakllari bilan kishilarning ishlab chiqarishdagi mavqei o‘rtasidagi, mulk shakllari bilan taqsimot o‘rtasidagi munosabatlarnitartibga soluvchi kattagina guruh qonunlar mavjud. Bu turkum qonunlarga talab va taklif qonuni, mehnat unumdorligi va qiymat qonuni, tannarx va narx-navo qonunlarini kiritishimiz mumkin.

Jamiyat qonunlari tipologiyasida jamiyat moddiy hayoti bilan uning ma’naviy-siyosiy hayoti o‘rtasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlarni o‘rganish alohida diqqatga sazovordir. Bu turkum qonunlarga ma’naviyatning iqtisodiy taraqqiyotga nisbatan belgilovchilik qonuni, iqtisodiyotning siyosatga nisbatan ustunligi kabi qonunlarni kiritish mumkin.

Jamiyat qonunlarining yana bir o‘ziga xos turkumiga ijtimoiy ong, tafakkur, fanning rivojlanish qonunlarini kiritishimiz mumkin. YArim asrdan ortiq davr mobaynida jamiyat mafkurasi bo‘lgan marksistik falsafada ijtimoiy borliq birlamchi, ong va tafakkur esa ikkilamchi deb hisoblanib, ma’naviyatning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyatiga etarli baho berilmadi. Hozirgi zamon fan va texnika taraqqiyoti shuni ko‘rsatmoqdaki, inson ongi va tafakkurining rivoji ham o‘zining juz’iy qonunlariga ega bo‘lib, jamiyat taraqqiyotida belgilovchi ahamiyat kasb etadi. Bugungi kun nuqtai nazaridan juda katta amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan jamiyatqonunlari qotoriga jamiyatning ijtimoiy (tabaqaviy) tuzilishi, tabaqalar o‘rtasidagi munosabatlar, ularning shakllanishi va rivojlanishini belgilovchi qonunlarni kiritish mumkin. Bu turkum qonunlarining o‘ziga xosligi shundan iboratki, ular, birinchidan, muayyan damiyatdagi barcha insonlar o‘rtasida yuzaga keladigan munosabatlarni, ularning qanday toifalarga mansubligidan qat’i nazar, qamrab oladi; ikkinchidan, bu qonunlar jamiyat hayotining barcha tizimlariga, jumladan, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy hayotda yuz berayotgan jarayonlarga ta’sir o‘tkazadi. Bu turkum qonunlarga: jamiyat ijtimoiy tabaqalanishining mulkiy munosabatlari bilan bog‘liqligi, turli ijtimoiy tabaqalar manfaatlarining bir-biriga mos kelishi asosida ularning murosaga kelishi kabi qonunlarni kiritishimiz mumkin.

Jamiyat qonunlarini tasniflaganda ijtimoiy birliklar-oila, elat, millatning kelib chiqishi va ular o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanishini belgilab beradigan qonunlarni, albatta, alohida turkumga ajratmoq zarur. Har qanday ijtimoiy birlik jamiyat taraqqiyotining ma’lum bosqichlarida shakllanib, o‘zining juz’iy qonunlari asosida rivojlanib boradi. Ushbu turkum qonunlarini aniqlash va amalda qo‘llash etnik va milliy munosabatlarni tartibga solishga, jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta’minlashga xizmat qiladi.

Jamiyat qonunlari tipologiyasiga oid falsafiy adabiyotimizda shu kungacha ko‘proq markscha, ya’ni formatsiyaviy yondoshuv ustun bo‘lib keldi. SHu nuqtai nazardan, jamiyat qonunlariga ularning umumlashtiruvchilik darajasidan kelib chiqib yondoshilgan, va ular uch guruhga, ya’ni:

1) eng umumiy jamiyat qonunlari;

2) umumiy formatsion jamiyat qonunlari;

3) xususiy ijtimoiy qonunlarga ajratilgan.

Bunga D.P.Zerkin, A.K.Uledov, A.SHaff keltirilgan jamiyat qonunlari tipologiyasini misol qilib ko‘rsatishimiz mumkin. Boshqa bir guruh faylasuflar, ya’ni G.E.Gleyzerman, S.I.Goncharuk, E.M.Jukov, V.P.Ilyushechkinlar esa jamiyat qonunlarini ikki guruxga, ya’ni jamiyatning mavjudlik qonunlari (buni ular statik qonunlar deb ataydilar) hamda jamiyatning rivojlanishi qonunlari (buni ular dinamik qonunlar deb ataydilar) ajratganlar.

Jamiyatdagi barcha qonunlar mazmun-moxiyatiga ko‘ra iqtisodiy-ijtimoiy jarayonlarning vujadga kelishini hamda rivojlanishini ifodalaydi, chunki har qanday qonun muayyan shart-sharoitda voqea va hodisalar rivojining xususiyati va yo‘nalishini belgilaydigan aloqadorlik va bog‘lanishlarni aks ettiradi.

Jamiyat qonunlarini quyidagi mezonlar asosida tasniflash maqsadga muvofiq. Ushbu mezonlarga jamiyatni bir butun tizim sifatida qarash, uning turli tizimlari o‘rtasidagi munosabatlarni aks ettirish qonunlarni umumlashtirish kabilar kiradi va ular asosida jamiyat qonunlarini to‘rt guruhga ajratishimiz mumkin.

Birinchi guruhga tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarning rivojalnish qonunlarini kiritamiz. Bu qonunlarni umumplanetar qonunlar deb ataymiz.

Ikkinchi guruhga insoniyat va davlatchilik paydo bo‘lganidan boshlab hozirgacha amal qilib kelayotgan qonunlarni kiritamiz. Bu qonunlarni, umuminsoniy qonunlar deb atash maqsadga muvofiq. Qonunlarning ushbu guruhiga: ijtimoiy ehtiyojlar bilan ijtimoiy manfaatlarning o‘zaro uyg‘unligi qonuni, jamiyat moddiy hayoti bilan ma’naviy hayotining muvofiqligi va ma’naviyatning faolligi, moddiy boyliklarni yaratish va ularni iste’mol qilishning bir-biriga mutanosibligi va is’temolning faolligi kabi qonunlarni kiritishimiz mumkin.

Uchinchi guruhga insoniyatning tarixiy tajribasi davomida ko‘pgina xalqlar, millatlar hayotida o‘xshash shart-sharoitda aynan bir xil amal qilgan va qilayotgan qonunlarni kiritamiz. Bu turkum qonunlarni o‘rganish asosida muayyan mamlakatlar tajribasi boshqa bir davlatlar xayotiga, amaliyotiga tatbiq qilinadi. Bu qonunlarni umumiy qonunlar deb atash to‘g‘ri bo‘ladi deb o‘ylaymiz. Ularga misol qilib bozor iqtisodiyoti qonunlarini kelitirish mumkin. YA’ni biror-bir mamlakat o‘z iqtisodiyotini bozor munosabatlariga o‘tkazmoqchi bo‘lsa, albatta bozor iqtisodiyoti umumiy qonunlarining ob’ektiv talablariga bo‘ysunmoqlari kerak bo‘ladi, chunki bozor munosabatlari dastlab alohida bir mamlakat iqtisodiyoti sharoitida shakllanib, keyinchalik esa umumiqtisodiy qonuniyatga aylangan. Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko‘rsatmoqdaki, bugungi kunda insoniyat yaratgan eng maqbul iqtisodiy munosabatlar majmuasi bozor qonunlari miqyosida amalga oshmoqda. Bu qonunlarga biz talab va taklif, raqobat, inflyasiya qonuni va kabilarni kiritish mumkin. Bu qonunlarning asosiy xususiyat va amaliy ahamiyati shunday iboratki ular bir qancha jarayonlarga xos bo‘lgan umumiy jixatlarni aks ettirish orqali ular o‘rtasidagi aloqadorlik, birlik va vorislikni ochib beradi.

Jamiyat rivojlanishiga xos umumiy qonunlarning yana bir jixati shundan iboratki, ular barcha mamlakatlar, xalqlar rivojlanishining umumiy tomonlarini ochish, kashf qilish orqali ular o‘rtasidagi aloqadorlikni, muayyan jamiyatning bir bosqichdan ikkinchi bosqichga o‘tishidagi qonuniyatlarni ko‘rsatib beradi.

Jamiyatning to‘rtinchi gurux qonunlariga juz’iy qonunlarni kiritamiz. Muayyan jamiyat rivojlanishining aniq bir bosqichlari, xolati to‘g‘risida to‘liq tasavvur xosil qilish uchun umumiy ijtimoiy va umumiy qonunlarni bilishning o‘zi sirli emas, chunki muayyan bir jamiyatni, undagi xodisa va jarayonlarning mazmun moxiyatini bilish avvalo, juz’iy qonunlarni bilishni taqozo etadi. Juz’iy qonunlarning o‘ziga xosligi, birinchidan, ularning amal qilish doirasi maqom va zamonda nisbatan cheklanganlikda; ikkinchidan, jamiyat rivojining faqat ayrim bosqichlariga yoki aloxida bir ijtimoiy-tarixiy jarayonlarga xos bo‘lgan jixatlarni aks ettirishida namoyon bo‘ladi. Ijtimoiy tarixiy jarayonlarning rivojlanishi, ularni bilish hamda davlat va jamiyat manfaatidan kelib chiqib ma’lum maqsadini ko‘zlab boshqarish jarayonida aynan juz’iy qonunlar amaliy jixatdan aloxida axamiyat kasb etadi. Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan va bugungi kunda O‘zbekiston iqtisodiyotini bozir munosabatlariga o‘tkazishda dasturilamal bo‘layotgan besh prinsin aynan bizning jamiyatimiz iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga xos juz’iy qonunlarning talabalarini chuqur o‘rganish va ularning ro‘yobga chiqishi uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadini ko‘zlab yaratilgan.

Juz’iy qonnlar deb umumiy qonunlarning har bir jamiyatda o‘ziga xos shart-sharoitda takrorlanmas holda namoyon bo‘lish gakllariga ham aytiladi. Masalan, talab va taklif, raqobat, qiymat, extiyoj va manfaatlar qonunlari O‘zbekiston sharoitida faqat o‘ziga xos takrorlanmas holda namoyon bo‘ladi, amal qiladi.

Umuman olganda, umumijtimoiy, umumiy va juz’iy qonunlar bir-biri bilan chambarchas bog‘liqdir. Ular yakkalik, xususiylik va umumiylik nuqtai nazardan o‘zaro dialektik aloqador bo‘lib, faqat birgalikdagina amalga oshadi, namoyon bo‘ladi. Umumijtimoiy, umumiy va juz’iy qonunlarning aloqadorligi tufayli jamiyatda qonunlarning o‘ziga xos tizimi vujudga kelan. Bu tizim butun insoniyat sivilizatsiyasi taraqqiyotini ham, aloxida bir mamlakat, xalq, millat rivojlanishini ham belgilab keladi. Qonunlar tizimi tufayli ham belgilab keladi. Qonunlar tizimi tufayli xam insoniyat jamoyasi, uning taraqqiyoti bizning tasavvurimizda bir vaqtning o‘zida ham uzluksiz, ham uzlukli tarixiy jarayon sifatida gavdalanadi.

Jamiyat qonunlarini tasniflashda falsafiy adabiyotimizda shu vaqtgacha jamiyat ma’naviy xayotining o‘ziga xosligi, mazmun va moxiyatiga etarli e’tibor berilmagan. XXI asrda insoniyat sivilizatsiyasining taqdiri bevosita inson tafakkuri, aqli va ma’naviyati rivojiga ko‘p jihatdan bog‘liq bo‘ladi. SHu tufayli ham jamiyat qonunlarining yana bir o‘ziga xos tasnifini keltirishimiz mumkin. Bunda, birinchidan, muayyan jamiyatdagi siyosiy ong, siyosiy mafkura, shuningdek, siyosiy tashkilotlarning, ya’ni davlat, siyosiy partiyalaring vujudga kelishi va rivojlanishi qonunlarini aloxida bir turkumga ajratish, uchinchidan, axloqning paydo bo‘lishi va rivojlanish qoidalarini uchinchi bir guruxga; to‘rtinchidan, jamiyat rivojlanishida ma’naviyatning, ma’naviy hayot rivojida esa dinning tutgan joyini ochib beradigan qonunlarni aloxida bir guruxga ajratish va o‘rganish bizningcha jamiyatimizning bugungi extiyoj va manfaatidan kelib chiqadigan bo‘lsak, juda amaliy ahamiyatga molik masaladir. Albatta, bu qonunlarning o‘ziga mosligini o‘rganuvchi aloxida fanlar mavjud bo‘lsada, bu qonunlar, avvalo, jamiyat qonuni xisoblanadi, so‘ngra bu qonunlarning bir guruhi ikkinchi turkum qonunlarning vujudga kelishi va amal qilishi uchun shart-sharoit bo‘lib xizmat qiladi. SHu tufayli ham bu qonunlarning mazmun va mohiyatini ochib berish, ularning amal qilish mexanizmini aniqlash sotsiologiya fanining vazifasidir.

YUqoridagi fikrlarga asoslanib aytish mumkinki, jamiyat qonunlari tipologiyasining ob’ektiv mezonlari ko‘p va xilma-xil bo‘lib, ular turli xil tasniflarni keltirib chiqaradi. Ammo bu taklif etgan tasnif hozirgi ko‘p voqeliklarni ko‘proq va to‘g‘riroq aks ettiradi.



IJTIMOIY – TARIXIY TARAQQIYOT
2-mashg‘ulot

Reja:

1. Ijtimoiy taraqqiyotning shakl va ko‘rinishlari

2. Mustqil O‘zbekistonning tadrijiy-reformistik taraqqiyoti

3. Ijtimoiy taraqqiyotning subektlari va xarakatlantiruvchi kuchlari


Tayanch tushunchalar
Ijtimoiy taraqqiyot shakli, ijtimoiy evolyusiya, ijtimoiy revolyusiya, modernizatsiya, islohot, “O‘zbek modeli”, ijtimoiy taraqqiyot sub’ekti, ijtimoiy taraqqiyotni harakatga keltiruvchi kuchlar, xalq, omma, sinf, buyuk shaxslar, ehtiyoj, manfaat.
Ijtimoiy taraqqiyotning shakl va ko‘rinishlari. Ijtimoiy taraqqiyotning kechishi bir necha shakllarda namoyon bo‘ladi: evolyusion (tadrijiy), revolyusion (inqilobiy), reformistik (islohot yo‘li). Insoniyat tarixi taraqqiyotning mana shu shakllarining dialektik birligida kechgan. Ijtimoiy taraqqiyotning shakllarini to‘g‘ri tushunish uchun ularga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

Evolyusiya (lot. evolutio–avj olish, ochilish, yozilish, takomillashish)–tadrijiy rivojlanish. Evolyusiya tushunchasi keng ma’noda, rivojlanish tushunchasining sinonimi sifatida ishlatiladi. Ushbu tushuncha falsafaga nemis faylasufi G.V. Leybnitsning tabiat asta–sekin evolyusion ravishda rivoj topishi haqidagi ta’limoti tufayli kirib kelgan. Keyinchalik nemis faylasufi I.Kant bu tushunchani jamiyatga nisbatan ham qo‘lladi.

Fransuz faylasufi va sotsiologi O.Kont o‘zi kashf etgan “sotsiologiya” fanini fundamental fanlar qatoriga kiritish maqsadida ijtimoiy rivojlanishning evolyusion nazariyasini yaratdi. Inqilobiy nazariyalardan voz kechib ular o‘rniga evolyusion tamoyillardan foydalanishni qo‘lladi. Jamiyatda mavjud bo‘lgan tartibni inqilobiy yo‘l bilan emas, balki islohot bilan o‘zgartirish kerak. Evolyusion o‘zgartirishlar ijtimoiy rivojlanishni ta’minlaydi.

Keng ma’nodagi evolyusiya tushunchasi tirik va notirik tabiatda, shuningdek, ijtimoiy sistemalarda ham sodir bo‘ladigan (asosan ortga qaytmas) o‘zgarishlar jarayonini ifodalaydi.

Evolyusiya atamasi ko‘pincha tanlanish munosabatlari vositasida tartibga solinadigan, bir vaqtda ko‘p jihatlarni o‘z ichiga oladigan biologik ob’ektlar rivojlanishini ifodalash uchun qo‘llanadi. Ijtimoiy sistemalarga nisbatan esa, evolyusiya tushunchasi, odatda, jamiyatning u yoki bu ijtimoiy birliklari––muassasalari, madaniyati, mafkurasi va boshqajihatlarining umumjamiyat qismi sifatida rivoj topishiga nisbatan qo‘llaniladi. Tor ma’noda, evolyusiya revolyusiyaga nisbatan qarama–qarshi tushuncha sifatida ishlatiladi. Bunday tushunishda tub sifat o‘zgarishini ifodalaydigan revolyusiya tushunchasining aksi o‘laroq, evolyusion, miqdoriy o‘zgarishlarining asta-sekin to‘planib borishining ifodasi sifatida qaraladi.

Evolyusiyada rivojlanishning sifatiy asosi keskin o‘zgarmaydi, uning boshlanish va yakunlanish bosqichlari orasida muayyan fursat o‘tadi. Evolyusion rivojlanishda portlash hodisasi ro‘y bermaydi. Jamiyatda, organik dunyoda va jonsiz tabiatda ro‘y beruvchi o‘zgarishlarning yo‘nalishini, tartibini, qonuniyatlarini ifodalab, muayyan sistemadagi o‘zgarishlarning doimo o‘zidan ilgarigi holatidan farq qilishini ko‘rsatib turadi va fanda tarix, tarixiylik, taraqqiyot, rivojlanish, o‘sish, ravnaq topish singari tushunchalarning mazmunini ifodalaydi.

Real hayotiy jarayonlarda evolyusiya ham, revolyusiya ham, birgalikda bir–birini taqozo etgan va to‘ldirgan holda qatnashadi.



Revolyusiya (lotin. “revolutio” – to‘ntarish, burilish) – tabiat, jamiyat yoki bilish jarayonida biron–bir narsa, hodisada sodir bo‘ladigan chuqur sifat o‘zgarishi va rivojlanishni ifodalaydigan tushuncha. Revolyusiya tabiatda, masalan, geologik tuzilmalarda, bilish jarayonida, ilm va texnika sohasida sodir bo‘ladigan, sifat o‘zgarishlari tarzida namoyon bo‘ladi.

Insoniyat tarixiy taraqqiyotida bir qancha: ilmiy–sanoat, texnik, madaniy, ilmiy–texnik revolyusiyalar sodir bo‘lgan. Revolyusiya atamasidan ko‘proq ijtimoiy hodisalarda sodir bo‘ladigan, tub sifat o‘zgarishlarni ifodalash uchun foydalanildi. Bunda revolyusiya tushunchasi jamiyat hayotida sodir bo‘ladigan, “sakrashni”, bir sifat holatidan boshqa sifat holatiga o‘tishni ifodalaydi.

Inqiloblarning jamiyatning turli sohalarida, tarmoqlarida kechishini bir qator olimlar ta’kidlaydilar. Parsonsning fikricha,iqtisodiy va siyosiy sistemalar differensiatsiyasini bildiruvchi “sanoat inqilobidan” so‘ng “demokratik inqilob” keladi. Bu inqilob “ijtimoiy hamjamiyatni” siyosiy sistemadan ajratib oladi. So‘ngra "ma’rifiy inqilob"keladi va u ijtimoiy hamjamiyatdan tuzilmaning qayta tiklovchi sistemachasini ajratib olmog‘i kerak.

Dj.Bernxeym o‘zining “Menedjerlar inqilobi” asarida menedjerlar (boshqaruvchilar) bir qancha mamlakatlarda “texnologik inqilob” natijasida haqiqiy kuchga aylanib, endilikda kapitalizm o‘rniga sotsializm emas, balki “boshqaruvchilar jamiyati” kelayotganligini alohida uqtirib o‘tadi.

Revolyusiyaga jo‘shqinlik hos. Insoniyat tarixida revolyusiyalar katta ahamiyatga ega bo‘lgan. Masalan olovning kashf etilishi ham inqilobiy hodisa bo‘lib insoniyat taraqqiyotining eng asosiy harakatlantiruvchi kuchi sifatida namoyon bo‘ldi. Ilm-fan, sanoat va ishlab chiqarish, texnika soxasidagi inqilobiy hodisalar jamiyat hayotini keskin o‘zgartirib yuborish hususiyati bilan taraqqiyotni bemisl tezlashuviga sabab bo‘lgan. XVIII asrda Amerika va G‘arbiy Yevropada sodir bo‘lgan ijtimoiy-siyosiy revolyusiyalar demokratik qadriyatlarning shakllanishiga, jamiyat boshqaruvning liberalashuviga olib keldi. Insoniyat tarixan necha asrlar davomida erishish mumkin bo‘lgan shart-sharoitlarga revolyusiyalar oqibatida qisqa fursatlarda erishishi mumkin. Ammo har dom ham taraqqiyotga inqilobiy yo‘l bilan erishishga bo‘lgan harakatlar ijobiy natija bilan yakunlanavermaydi. Ayniqsa bu ijtimoiy-siyosiy tusdagi inqiloblarga hosdir. Mavjud ijtimoiy-siyosiy tartiblarni, ijtimoiy tuzumni inqilobiy o‘zgartirish havfli oqibatlarga olib kelganligi tarixdan ma’lum. 1917 yilda Rossiyada sodir bo‘lgan “oktyabr” inqilobi radikal o‘zgarishlarga asoslanganligi uchun ham g‘ayriinsoniy ahamiyat kasb etdi. Uning tashkilotchilari jamiyat va inson extiyojlarini inqilobiy tarzda kapitalizm o‘rnida ma’lum bir sinf manfaatini ifodalovchi kommunistik formatsiyani qurish orqali qondirish mumkin, deb xisobladilar. Ammo bunday taraqqiyot yo‘li ko‘proq vayronkor bo‘lib chiqdi.

Revolyusion taraqqiyotning salbiy jihatlarini nazarda tutib, Prezidentimiz: “Takror-takror aytmoqchiman jamiyatni yangilashning inqilobiy usullariga biz mutlaqo qarshimiz va bunga qat’iy amal qilamiz. Mamlakatimizning tarixiy va milliy hususiyatlarini, xalqimiz tabiatini – mentalitetini onobatga olsak, rivojlanishining mazkur (tadrijiy taraqqiyot) yo‘li biz uchun nihoyatda maqbuldir”331, degan edi. SHuningdek, E. Giddens “Sotsiologiya” kitobida ijtimoiy-siyosiy revolyusiyaga shunday ta’rif beradi: “...ommaviy harakat etakchilari tomonidan davlat hokimiyatini zo‘rlik yo‘li bilan qo‘lga olish va bu hokimiyatdan keyinchalik radikal ijtimoiy islohotlar o‘tkazish maqsadida foydalanishdir”332. Bu fikrlar revolyusiyaga radikallik, eskini butunlay vayron etish, terror kabi hususiyatlar xos ekanligini bildiradi. Hususan fikrimizni isboti sifatida XXI asrda Ukraina, Gruziya, Qirg‘izistonda ro‘y bergan “rangli inqiloblar”ning amalda hech qanday ijtimoiy taraqqiyotning jadallashuviga ta’sir etmaganligi va aksincha jamiyatda turli beqarorliklarni keltirib chiqarganligini misol qilishimiz mumkin.

Bunday salbiy jihatlarni sanoat va texnika inqiloblarida ham kuzatishimiz mumkin. Ko‘pincha bunday inqiloblar oqibati o‘ylanmagan bo‘lib chiqadi. Tabiatga ko‘rsatilayotgan salbiy ta’sirning ham inqilobiy darajada o‘sishiga, insoniyatni qisqa muddatda qirib yuborishi mumkin bo‘lgan qurollarning yaratilishida, insonning tabiiy genetik asoslarini tubdan salbiy tomonga o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan genetik kashfiyotlarda va yangi turdagi havfli viruslar va bakteriyalarning yaratilishida ham ko‘rish mumkin.

Demak, yuqoridagi taraqqiyotning evolyusion va revolyusion shakllarini ko‘rib chiqqan holda shunday xulosaga kelish mumkin. Evolyusion taraqqiyotda o‘zgarishlar tabiiy holatga tashlab qo‘yiladi, inson faoliyati qandaydir fatalistik tus oladi. Ob’ektiv qonuniyatlar qarshisida insonlar irodasi passiv namoyon bo‘ladi. Insonlar har qancha harakat qilmasinlar, ular faqat taraqqiyotning ob’ektiv zaruriy natijalarigagina erishadilar xolos. Inson bunda ijtimoiy o‘zgarishlar sub’ekti sifatida emas, balki ko‘proq ob’ekti sifatida namoyon bo‘ladi. Revolyusion taraqqiyotda esa, ob’ektiv voqeliklar zanjiri uziladi. Inson irodasi birinchi planda namoyon bo‘ladi. Ob’ektiv qonunlar qarshisida insonning g‘alayoni yuzaga kelib, ijtimoiy o‘zgarishlarning sub’ekti sifatida o‘zini qurshab turgan olamni o‘z idealiga mos tarzda o‘zgartirishga bel bog‘laydi. Natijasi qanday bo‘lishidan qat’iy nazar u barcha narsani tubdan o‘zgartiradi. To‘g‘ri, bu jarayonda birdaniga butun insoniyat qatnashmaydi, balki alohida insonlar yoki guruhlar ishtirokida sodir bo‘ladi.

Demak ijtimoiy taraqqiyotga hos bo‘lgan evolyusion va revolyusion shakllarining aloqadorligini ob’ektiv qonuniyatlar va inson irodasi dialektikasi sifatida ham tushunish mumkin.

Hozirda har ikki taraqqiyot shakliga muqobil bo‘lgan modernizatsiyali taraqqiyot konsepsiyasi yuzaga kelgan. Taraqqiyotning modernizatsiyali shakli ob’ektiv qonunlar va inson irodasini uyg‘unlashtirishga harakat qiluvchi, taraqqiyotni ob’ektiv qonunlarga qarshi chiqmagan holda ratsional tarzda maqsadli, islohotlar orqali jadallashtirishni maqsad qilgan modernizatsiya konsepsiyasida ilgari suriladi. Modernizatsiya (fran. moderisatio, moderne - yangi, zamonaviy) -jamiyatni zamonaviy talablarga muvofiq takomillashtirish maqsadida xilma – xil o‘zgartirishlarni amalga oshirishdan iborat ijtimoiy – tarixiy jarayonni ifodolovchi tushuncha. Bu o‘zgartirishlar revolyusion ko‘rinishda amalga oshirilmaydi, balki puxta o‘ylangan islohotlar orqali amalga bosqichma-bosqich amalga oshirilib boriladi.

Modernizatsiya tushunchasi jamiyatni nazariy - metodologik tadqiq etishda ishlatiladi va bu g‘oya evolyusionizm va funksonalizm ta’sirida vujudga kelgan. Dastlabki modernizatsiya dasturlari XX asr o‘rtalarida Yevropa kolonial imperiyasining inqirozi natijasida Osiyo, Afrika, Lotin Amerikasidagi mamlakatlarga AQSH va Yevropa olim va siyosatchilari tomonidan kommunistik rivojlanish yo‘liga qarama – qarshi jamiyatning rivojlanish yo‘li sifatida taqdim etilgan.

Unda modernizatsiya bozor qonuniyatlariga asoslangan iqtisodiyot va fuqarolik jamiyatini shakllantirishga qaratilgan jarayon sifatida ifodalangan edi. Modernizatsiya nazariyasining paydo bo‘lishida U.Rostouning “Iqtisodiy o‘sish bosqichlari” asari va T.Parons, E. SHilza kabi olimlarning izlanishlari nazariy asos bo‘lib xizmat qildi.

Modernizatsiya nazariyasining rivojlanishida bir qancha maktablar farqlanadi va mazkur maktablarning rivojlanishida quyidagi davrlarni ajratish mumkin: 1) 1950–yillarning ikkinchi yarmi va 1960-yillarning birinchi yarmini o‘z ichiga olgan modernistik ta’limotning vujudga kelishi va klassik modernizatsiya nazariyasining rivojlanishi; 2) 1960-yillarning oxiri va 1970-yillarni o‘z ichiga oladi. Bu davrda modernizatsiya neomarksizm va boshqa nazariyalar tomonidan keskin tanqid ostiga olindi; 3) 1980–yillar modernizatsiyaning postkritik, ya’ni tanqiddan keyingi davri bo‘lib, bu davrda modernizatsiyaga oid tadqiqotlar yanada keng yoyildi, turli modernizatsiya maktablarining konvergensiyasi sodir bo‘ladi; 4) 1980-yillarning oxiri va 1990-yillarni o‘z ichiga olgan postmodernizm davri. Bu davrga Markaziy, SHarqiy Yevropadagi shuningdek Ovrosiyo davlatlaridagi ulkan transformatsiya jarayonlari katta ta’sir etdi.

Modernizatsiya nazariyasi jahon ijtimoiy taraqqiyoti bilan birga doimiy evolyusion rivojlanishdagi ta’limot hisoblanadi. SHu sababli modernizatsiya paradigmasi doirasida ko‘plab nazariy–metodologik yondoshuv va ijtimoiy taraqqiyotni turli tomonlarini ifodolovchi modellar vujudga kelgan. Bunday modellarning asosiylari sifatida mutaxassislar linear (U. Rostou, A. Organskiy, M. Levi, D. Lerner, N. Smelzer, S. Blek, SH. Eyzenshtadt) alohida (parsialnoe) (M. Levi; 1966), ko‘pchiziqli (E. Tiriakyana, P. SHtompki, R. Robertson, U. Bek, K. Myuller, V. Sapfa, A. Turen, S. Xantington), aktor (T. Piraynen, T. Parsons, N. Lukman), strukturaviy (G. Terborn) modernizatsiya modellarini e’tirof etadilar. Mazkur maktablarning mushtarak tomoni, ularning barchasida jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, madaniy sohalarini takommillashtirish uchun xilma-xil o‘zgarishlar qilish asosida taraqqiyotga erishish g‘oyasining mavjudligidir. Klassik va zamonaviy modernizatsiya nazariyalarini farqlash mumkin. Agar klassik modernizatsiya jarayonlarning maqsadi ham rivojlangan, ham rivojlanmagan davlatlarda kapitalistik munosabatlarga asoslangan iqtisodiyot va fuqarolik jamiyatini shakllantirish bo‘lsa, zamonaviy modernizatsiya nazariyalarining asosida har bir jamiyat rivojlanishida an’analarning muhim ahamiyatga ekanligi etirof etiladi, kapitalistik munosabatlar sistemasini miqdoriy rivojlantirishdan, sifatiy rivojlantirishga o‘tish yotadi. Bunda modernizatsiya jarayonlari jamiyatning barcha sohalarini qamrab oladi va Xantington ta’kidlaganidek,modernizatsiya o‘z ichiga industrializatsiya, urbanizatsiya, savodxonlikning o‘sishi, jamiyatdagi farovonlik va ijtimoiy ta’minot, shuningdek murakkab va ko‘p tomonlama kasbiy tuzilmalarni oladi.

Demak ijtimoiy taraqqiyotning modernizatsiya shakli ratsional vositalar orqali, puxta va aniq rejalarga asoslangan islohotlar orqali taraqqiyotga erishishni ifodalaydi. Hozirda taraqqiyotning bu shakli eng maqbul yo‘l sifatida tan olingan bo‘lib, xususan bizning mamlakatimiz ham mustaqillik yillarida “O‘zbek modeli” nomini olgan taraqqiyotning modernistik-reformistik yo‘lidan jadal odimlamoqda. Biz tanlagan mazkur yo‘l aksariyat adabiyotlarda evolyusion taraqqiyot yo‘li sifatida e’tirof etiladi. Vaholanki, bu modelga modernizatsiyali islohot yo‘li sifatida qaralsa ko‘proq maqsadga muvofiq bo‘lar edi.


Yüklə 6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə