Innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti



Yüklə 427,45 Kb.
səhifə1/4
tarix20.06.2023
ölçüsü427,45 Kb.
#118117
növüReferat
  1   2   3   4
Asadova 1



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA
INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI


BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI


IQTISODIYOT VA TURIZM FAKULTETI


KAFEDRASI


«TURIZMDA MEHMONXONA XIZMATLARI » fanidan
Referat
Mavzu: Zamonaviy mehmonxonalarning turlari
Bajardi: ____ 9-1TURS-21 guruh talabasi Asadova Z.M
(imzo)


Qabul qildi: Sayfullayeva.M.S


BUXORO – 2023

Reja
1. Joylashtirish vositalari va tizimi.
2. Mehmonxonalarni tavsiflovchi belgilar.
3. Mehmonxonalarning funksional vazifasi.

Bunda joylashtirish vositalariga kiruvchi mehmonxonalar, turistik bazalar va majmualar, dam olish uylari va zonalari, pansionatlar, kempinglar, motellar, mehmon uylari, oʻtovli va chodirli oromgohlar, sanatoriylar hamda mehmonxona xizmatlari (joylashtirish boʻyicha xizmatlar) koʻrsatiladigan obyektlarga qoʻyiladigan talablar xalqaro meʼyorlar bilan uygʻunlashtirish darajasini oshirish maqsad qilib qoʻyilgan.


Farg‘ona va Namangan viloyati turizm va madaniy meros bosh boshqarmalari tomonidan soxa mutaxassislari va joylashtirish vositalari tadbirkorlari bilan birgalikda mazkur standartlarga bildirilayotgan taklif va mulohazalar muhokamasi bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi. Hozirgi vaqtda boshqa barcha hududiy boshqarmalarda ham mazkur jarayonlar jadal suratda davom etmoqda.
4.1. Joylashtirish vositalari har xil turlari va xillari bo‘yicha farqlanadi. Joylashtirish vositalarining turlari va xillari 1-jadvalda keltirilgan.

4.2. Joylashtirish vositalari quyidagi belgilar bo‘yicha turlar va toifalarga bo‘linadi:



  • belgilangan vazifasi bo‘yicha;

  • turgan joyi/joylashishi bo‘yicha;

  • ishlash vaqti bo‘yicha;

  • texnik jihatdan jihozlanish darajasi bo‘yicha;

  • moddiy baza va nomyer fondining holati bo‘yicha;

  • sig‘imi bo‘yicha;

  • servis va ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati darajasi bo‘yicha;

  • tashrif buyuruvchilar kontingenti bo‘yicha;

joylashtirish vositalari xizmatlarini ko‘rsatish uchun ahamiyatga ega bo‘lgan boshqa parametrlar va/yoki joylashtirish vositalari xizmatlari iste’molchilarining axborotga egaligi bo‘yicha.
Joylashtirish vositalarining toifalari “yulduzcha” belgisi (toifaga muvofiqlik belgisi) bilan belgilanadi. Joylashtirish vositalariga — bir, ikki, uch, to‘rt va besh yulduz toifalari berilishi mumkin
4.3. Belgilangan vazifasiga ko‘ra joylashtirish vositalari tranzit va maqsadliga bo‘linadi. Tranzit joylashtirish vositalari qisqa muddatli to‘xtash sharoitlarida tashrif buyuruvchilarga xizmat ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan. Maqsadli joylashtirish vositalariga ixtisoslashtirilgan joylashtirish vositalari va ishga aloqador bo‘lgan joylashtirish vositalari kiradi.
4.4. Turgan joyi/joylashishi bo‘yicha joylashtirish vositalari shahar, shahardan tashqari, qishloq, tog‘, o‘rmon, daryodagi va boshqalarga bo‘linadi.
4.5. Ishlash vaqti bo‘yicha joylashtirish vositalari quyidagilarga bo‘linadi:

  • yil bo‘yi ishlaydigan;

  • mavsumiy ishlaydigan;

  • dam olish kunlaridagi;

  • turish kunining vaqti bo‘yicha tun-u-kun, kunduz kuni yoki cheklangan tarzda ishlaydigan.

4.6. Nomyer fondiga bog‘liq holda joylashtirish vositalari quyidagilarga bo‘linadi:

  • katta (200 ta nomerdan ko‘p);

  • o‘rta (51 tadan 200 tagacha nomer);

  • kichik (16 tadan 50 tagacha nomer);

  • mini (15 tagacha nomer).

4.7. Tashrif buyuruvchilar kontingenti va ixtisoslik bo‘yicha joylashtirish vositalari: turistik, sport, jismoniy-sog‘lomlashtirish, bolalar, yoshlar, talabalar, oilaviy, yoshi katta insonlar uchun, jismoniy imkoniyati cheklangan tashrif buyuruvchilar uchun, bolalar uchun, xizmat safari uchun va boshqalarga bo‘linadi.
4.8. Foydalaniladigan binolar (imoratlar) turi bo‘yicha joylashtirish vositalari:

  • alohida turgan binolarda (individual yashash uylaridan tashqari) joylashganga;

  • individual yashash uylarida joylashganga;

  • ko‘p kvartirali yashash uylaridagi kvartiralarda joylashganga;

  • boshqa binolar, bino va imoratlarning qismlarida joylashganga bo‘linadi.

4.9. Joylashtirish vositasining ishi/faoliyatini tashkillashtirish usuli va shakliga binoan quyidagilarga bo‘linadi:

  • mustaqil;

  • tarmoqli (mehmonxonalar, birlashmalar tarmog‘i) va boshqalar.

Ma’lum joy hududida joylashishiga qarab mehmonxonalar:



  • shaharda (shahar markazida, shahar chekkasida) joylashgan mehmonxonalarga;

  • qishloqda (shu jumladan baland tog‘ hududidagi qishloqda) joylashgan mehmonxonalarga bo‘linadi.



Yüklə 427,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə