Innovatsiyalar vazirligi buxoro davlat universiteti iqtisodiyot va turizm fakulteti



Yüklə 427,45 Kb.
səhifə3/4
tarix20.06.2023
ölçüsü427,45 Kb.
#118117
növüReferat
1   2   3   4
Asadova 1

Mehmonxona – bu butun kun davomida murakkab texnologik jarayon sodir 
bo‘luvchi bino (yoki binolar majmui) bo‘lib, unda mijozlarga nomerlar (yoki 
nomerlardagi joylar) berilishi, shuningdek mehmonxona mahsulidan shinam, qulay va xavfsiz foydalanishga yo‘naltirilgan qo‘shimcha xizmatlar ko‘rsatilishi 
kafolatlanadi.
Zamonaviy mehmonxona faqat yashash joyi bo‘lib xizmat qilmaydi. Ko‘pincha 

nomerlar fondining bir qismidan firmalar va muassasalarning ofislari, vaqtinchalik vakolatxonalari sifatida ham foydalaniladi.


Mehmonxonalarda bugungi kunda har xil mijozlar: 
- turli anjumanlar, kongresslar, simpoziumlar, yarmarkalarning ishtirokchilari;
- musobaqalar, tanlovlarning ishtirokchilari; 
- xizmat bo‘yicha, davolanish, dam olish uchun tashrif buyurgan alohida 
fuqarolar; 
- davlat doirasida ma’lum marshrut bo‘yicha ketayotgan, chet eldan kelgan 
turistlar va h.k. joylashtiriladi.
Mijozlar ehtiyojidan kelib chiqib, mehmonxonalar har xil funksional vazifalarni 
bajaradi va ularga har xil talablar qo‘yiladi. Bunday mehmonxonalarda mijozlar bilan ishlash ular bo‘ysunuvchi idoralar rahbariyati tomonidan tasdiqlangan mehmonxona xizmatlari ko‘rsatish qoidalariga asosan amalga oshiriladi. Ammo mazkur mehmonxonalarda amal qiluvchi qoidalarning birorta ham bandi
O‘zbekiston Respublikasining mehmonxona biznesini tashkil etish bo‘yicha 
qonun hujjatlarigazid bo‘lmasligi kerak. Funsional vazifasigaqarab mehmonxonalar: 
- ishbilarmonlar uchun – umumiy tipda, idoraviy, yig‘ilishlar, kengashlar va h.k. 
uchun; 
- dam olish uchun mehmonxonalar – turistik, kurort mehmonxonalari, 
avtoturistlar uchun, motellar, kempinglar; 
- mehmonxonalarning maxsus turlari – tranzit yo‘lovchilar uchun, sportchilar 
uchun va boshqalar uchun quriladi.
Mamlakatimizda asosan ma’lum ish yuzasidan nisbatan qisqa muddatga 
keluvchi odamlarga, shuningdek har xil maqsadda sayohat qilayotgan fuqarolarga mo‘ljallangan umumiy tipdagi mehmonxonalar ayniqsa keng tarqalgan. Bunday mehmonxonalar shaharning markaziy qismida, jamoat, ma’muriy, savdo markazlari yaqinida joylashadi va shaharning turli tumanlari bilan yaxshi transport aloqasini nazarda tutadi. Mazkur mehmonxonalar odatda maxsus ko‘kalamzorlashtirilmagan nisbatan kichkina yer maydonlariga ega bhladi. Belgilangan normalarga ko‘ra, yer maydoni hajmi mehmonxona sig‘imiga qarab bir joyga 15-55 m ni tashkil etadi.
Umumiy tipdagi mehmonxonalarning nomerlar fondi asosan bir, ikki o‘rinli va 
khpincha uch hrinli nomerlardan tashkil topadi. Bu nomerlarda, qoida tariqasida, ishlash uchun joy mavjud bo‘ladi. Bir qancha mehmonxonalarda bir o‘rinli nomerlar miqdori nomerlar fondining 4050% ni tashkil etadi. Mehmonxonalarda aloqa bo‘limi, ayrim hollarda – bank bo‘limi ishlab turadi, muzokara va yig‘ilishlar o‘tkazish uchun alohida joylar nazarda tutiladi.
Zamonaviy mehmonxona murakkab injenerlik uskunalari bilan jihozlangan (lift, 

konditsionerlar, issiqlik manbai, suv taminoti, kanalizatsiya, elektr energiya, gaz uskunalari, kabel televideniye, kompyuterlar).Tabiiyki, mehmonxona barcha 


uskunalarni tamirlash va xizmat ko‘rsatish maqsadida to‘liq shtatda injener-texnik ishchilarni saqlab tura olmaydi.Odatda, ushbu xizmatlarni ko‘rsatuvchi maxsus firmalar bilan shartnoma tuzadi. Injenerlik xizmati unchalik katta bo‘lmagan shtatga ega (iloji boricha universal xodimlar ishlaydilar, yani unchalik qiyin bo‘lmagan santexnik ishlar, elektr uskunalarni sozlash). Injenerlik xizmati o‘z tarkibiga mebel, gilam tamirlovchilar, nomerlarga bo‘yash ishlarini olib boruvchi bo‘yoqchilarga ham ega bo‘lishlari mumkin. Bosh injenerlik xizmati suv, gaz, elektr energiya sarfini ham nazorat qiladilar.Ular bajargan barcha ishlar maxsus ro‘yxatga olish jurnaliga yuritiladi. Injenerlik xizmatining muhim vazifasi- yong‘in xavfsizligini taminlashdir.Yong‘in mehmonxona biznesida ko‘p tarqalgan hodisadir. Yong‘inning asosiy sabablari- chekuvchi mehmonlar, nosoz oshxona va elektr uskunalari, kaminlar, omborxonadagi ximikatlar, chiqindilarni yoqish va boshqalar bo‘lishi mumkin. Yong‘in xavfsizligi tizimi mehmonxonadagi barcha inshootlar yong‘in signalizatsiyasi tizimini, yong‘in o‘chirish vositalarini, evakuatsiya vositalarini (yong‘in zinalari) va xodimlarni doimiy o‘qitish tadbirlarini o‘z ichiga oladi. Barcha nomerlarni, yong‘in ro‘y berganda evakuatsiya qilish sxemasi bilan taminlash zarur. 
Mehmonxonaning barcha xodimlari yong‘in paytida o‘zlarini qanday tu-tishlarini bilishlari kerak. Yong‘in ro‘y berganda xodimning birinchi vazifasi yong‘in signalizatsiyasi tugmasini bosishdir.Keyinchalik quyidagicha harakatlanadi: biri yong‘inni o‘chiradi, boshqalari mehmonlarni evakuatsiya qilishadi. Nima bo‘lganda ham sarosimaga tushmasdan tinchlikni saqlash zarur. Yugurib borish, liftdan foydalanish mumkin emas.Zinalardan harakatlanish kerak.Evakuatsiya yo‘li yopiq bo‘lsa (yong‘in bilan ),eshikni yopib, unga nam odeyalni osib, derazadan yong‘in o‘chirish xodimlariga signal berishi zarur. 
Yüklə 427,45 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə