O‘zbekiston respublikasi ichki ishlar vazirligi


§. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining huquqiy maqomi



Yüklə 1,19 Mb.
səhifə29/209
tarix29.11.2023
ölçüsü1,19 Mb.
#142266
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   209
4-Mamuriy-xuquq-D.Babaev-Тошкент-2010

§. Mahalliy davlat hokimiyati organlarining huquqiy maqomi


O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishganidan so‘ng, milliy, tarixiy an’analarimiz, qadriyatlarimizga asoslanib, mahalliy davlat hokimiyatini o‘ziga xos modeli yaratildi.
«O‘zbekiston Respublikasining mahalliy hokimiyat idoralarini qayta tashkil etish to‘g‘risida»gi qonunga muvofiq 1992-yil yanvar- dan boshlab viloyat, tuman va shaharlarda joylardagi vakillik hamda ijroiya-boshqaruv hokimiyatiga rahbarlik qiluvchi hokimlik lavozimi joriy etildi1. Hokimliklar mahalliy ahamiyatga molik hamma masalalarni umumdavlat nuqtai nazaridan va hududda yashayotgan fuqarolarning manfaatlariga asoslangan holda hal qilishlari belgilab qo‘yildi.
Mahalliy davlat hokimiyatiga oid vazifalarni bajarish uchun hokimlar huzurida ijroiya apparati tuzildi. Bu apparat ilgari xalq deputatlari mahalliy Kengashlari va ijroiya qo‘mitalari bajarib kelgan vazifalarni o‘z zimmasiga oldi. Shu bilan birga respublika va mahalliy darajada boshqaruv organlarining vazifalari aniq chegaralab qo‘yildi. 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mahalliy davlat hokimiyatining asoslarini belgilab berdi. Konstitutsiyaning XXI bobida viloyatlar, tumanlar va shaharlarda hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari Kengashlari hokimiyatning vakillik organlari bo‘lib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab o‘z vakolatlariga taalluqli masa- lalarni hal etishi, mahalliy hokimiyat organlari ixtiyoriga kiradigan masalalar, ularning vakolat muddati, hisobdorligi, mansabdor shaxslarning lavozimga qo‘yilishi, javobgarligiga oid normalar o‘z
ifodasini topgan.
Mahalliy davlat hokimiyati bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soluvchi qonun hujjatiga ehtiyoj tug‘ilganligi bois, 1993- yil 2- sentabrda O‘zbekiston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilindi.
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarini ma’lum bir hududda faoliyat yuritadigan, hokimiyat vakolatlariga, huquqiy, moddiy, moliyaviy, axborot va boshqa resurslarga ega bo‘lgan, ijro
etuvchi hokimiyat vazifalarini amalga oshiradigan davlat mexa- nizmining mustaqil tarkibiy elementi sifatida belgilash mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyat to‘g‘risida»gi qonuniga asosan viloyat, tuman va shahar hokimlari quyidagi vakolatlarga ega:

  • qonunlarning hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahka- masi hujjatlarining, yuqori turuvchi organlar va tegishli xalq depu- tatlari Kengashi qarorlarining ijrosini tashkil etadi;

  • jamoat tartibiga rioya etilishi va jinoyatchilikka qarshi kurash, fuqarolarning xavfsizligini ta’minlash, ularning huquqlarini himoya qilish va salomatligini muhofaza etish bilan bog‘liq chora-tadbirlar ko‘radi, tabiiy ofatlar, epidemiyalar va boshqa favqulodda hollarda tegishli ishlarni tashkil etadi;

  • viloyat, tuman va shaharni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlan- tirishning asosiy yo‘nalishlarini, viloyat, tuman, shahar budjeti- ning asosiy ko‘rsatkichlarini va ularning ijrosiga doir hisobotlarni xalq deputatlari Kengashining tasdig‘iga taqdim etadi;

  • o‘z o‘rinbosarlari va ijroiya hokimiyati tarkibiy bo‘lin- malarining rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish to‘g‘risidagi qarorlarni xalq deputatlari Kengashi tasdig‘iga taqdim etadi;

  • hokimlik devoni bo‘linmalari rahbarlarini lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;

  • quyi turuvchi hokimlarning qarorlarini, basharti ular O‘zbekiston Respublikasining qonunlariga va O‘zbekiston Respub- likasi Oliy Majlisi palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Vazirlar Mahkamasi hujjatlariga, shuningdek yuqori turuvchi xalq deputatlari Kengashi va hokimning qarorlariga zid bo‘lsa, bekor qiladi va xalq deputatlari Kengashiga quyi turuvchi xalq deputatlari Kengashlarining hujjatlarini bekor qilish to‘g‘risida taqdimnoma kiritadi;

  • rahbarlari tegishli xalq deputatlari Kengashlari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan ijroiya hokimiyati tarkibiy bo‘linmalarining ishini nazorat qiladi;

  • xalq deputatlari Kengashi va hokim qabul qilgan va chiqargan hujjatlarni bajarmaganliklari uchun mansabdor shaxslarni intizo-

miy javobgarlikka tortish to‘g‘risida qonunda belgilangan tartibda taqdimnoma kiritadi;

  • davlat mukofotlari bilan taqdirlashga doir iltimosnomalarni qarab chiqadi va takliflar kiritadi;

  • respublika va xorijda viloyat, tuman hamda shaharning rasmiy vakili sifatida ish ko‘radi;

  • aholini qabul qilishni tashkil etadi, fuqarolarning shi- koyatlari, arizalari va takliflarini qarab chiqadi.

Hokim rejalashtirish, budjet, moliya, hisob-kitob, viloyat, tuman, shahar mulkini boshqarish, mulkchilikning turli shakliga mansub korxonalar, muassasalar va tashkilotlar bilan hamjihatlik qilish, qishloq xo‘jaligi, yer va boshqa tabiiy resurslardan foyda- lanish, tabiatni muhofaza qilish, qurilish, transport, yo‘l xo‘jaligi va aloqa, aholiga kommunal, savdo va ijtimoiy-madaniy xizmat ko‘rsatish, aholini ijtimoiy muhofaza qilish, qonuniylik, huquq- tartibot va xavfsizlikni ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini muhofaza qilish sohasida qonun hujjatlarida o‘z vakolatiga berilgan boshqa masalalarni ham hal etadi.
Hokimlarning O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining far- monlari, qarorlari va farmoyishlariga, Hukumat hujjatlariga, shuningdek O‘zbekiston Respublikasining davlat manfaatlariga zid keladigan hujjatlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomo- nidan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan to‘xtatiladi va bekor qilinadi.
Bundan tashqari, mahalliy hokimiyat organlari faoliyatiga oid bo‘lgan normalar 50 dan ziyod qonunlar va boshqa normativ hujjatlarda o‘z aksini topgan.
Ijro etuvchi hokimiyat tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida respublika davlat boshqaruvi organlarining ba’zi vakolatlarini markazdan mahalliy davlat hokimiyati organlariga bosqichma-bosqich o‘tkazish, joylarda davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish hamda hokimiyat vakillik organlari, hokimlar vakolatlarini kengaytirish va aniqlashtirish, ular zimmalariga yuklatilgan vazifalarning bajarilishi uchun mas’uliyatni oshirishni nazarda tutuvchi qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish vazifasi belgilab berildi.
Shu asoslarda mahalliy bo‘g‘inda davlat boshqaruvi sohasidagi islohotlarning qo‘yidagi asosiy yo‘nalishlarini qayd etish mumkin: birinchidan, yuqorida qayd etilgan davlat qurilishi va boshqaruvi, qonun chiqaruvchi hokimiyatning roli va ta’sirini kuchaytirish sohasida islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish Konsepsiyasi talablari asosida mahalliy davlat boshqaruvida mahalliy davlat hokimiyati ixtiyoriga berilgan masalalarning
huquqiy mexanizmlarini ochib berish;
ikkinchidan viloyat, tuman, shahar hokimlari vakolatlarini aniqlashtirish asosida ularning ayrim masalalar bo‘yicha mustaqil- ligini ta’minlash;
uchinchidan, rivojlangan davlatlar tajribasini qiyosiy tahlil asosida o‘rganish;
to‘rtinchidan, hokimiyatni markazlashtirmaslik masalasini tadrijiy asosda bosqichma-bosqich amalga oshirilishini ta’minlash; beshinchidan, mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini tashkiliy jihatdan samarali ta’minlashni nazarda tutuvchi ijtimoiy sherikchilik asosida fuqarolik institutlari bilan o‘zaro muno-
sabatlarini tartibga soluvchi huquqiy choralarni ishlab chiqish.


Nazorat uchun savol va topshiriqlar




  1. Ijro etuvchi organlar deganda nimani tushunasiz?

  2. Ijro etuvchi organlarning o‘ziga xos xususiyatlari nimalardan iborat?

  3. Ijro etuvchi organlarni tasniflash asosida tushuntirib bering.

  4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining huquqiy maqomi qanday?

  5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilinadigan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning huquqiy tabiati haqida so‘zlab bering.

  6. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining huquqiy holati haqida so‘zlab bering.

  7. O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod qilish tartibi qanday?

  8. Markaziy davlat boshqaruvi organlarining asosiy vazifalari va funksiyalari nimalardan iborat?

  9. Mahalliy davlat hokimiyati organlari va ularning huquqiy holati haqida tushuntirib bering.

  10. Hokimlarning vakolatlari haqida so‘zlab bering.






V bob
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA DAVLAT XIZMATI



    1. Yüklə 1,19 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   209




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə