Mavzu: davlat mulkini xususiylashtirish va boshqarish iqtisodiyotni tartibga solish vositasi



Yüklə 51,5 Kb.
səhifə1/9
tarix10.06.2023
ölçüsü51,5 Kb.
#116462
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
DAVLAT MULKINI XUSUSIYLASHTIRISH VA BOSHQARISH IQTISODIYOTNI TARTIBGA SOLISH VOSITASI



MAVZU: DAVLAT MULKINI XUSUSIYLASHTIRISH VA BOSHQARISH IQTISODIYOTNI TARTIBGA SOLISH VOSITASI


Reja:

  1. Iqtisodiy siyosatda davlat mulkining o‘rni va ahamiyati.

  2. Iqtisodiyotda davlat va xususiy sektorlarning o‘zaro aloqadorligi hamda ta’siri.

  3. Davlatning mulkchilik munosabatlarini tartibga solish siyosati


Iqtisodiy siyosatda davlat mulkining o‘rni va ahamiyati.
Ma’lumki,iqtisodiy islohotlar jamiyat taraqqiyotining muxim omili hisoblanadi. Harakatlar srategiyasida ushbu masalaga alohida e’tibor berilib, iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirish uchinchi usuvor yo‘nalish etib belgilandi. Jumladan,makroiqtisodiy barqarorlikni yanada musahkamlash va yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish dolzarb masala hisoblanadi.
Tarkibiy o‘zgarishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga ishlab chiqarilayot-gan milliy mahsulotlarning raqobatbardoshliligini oshirish, jahon bozorida mavqei va salmog‘ini oshirish choralarini ko‘rishni ilgarisuradi.
Jumladan, qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish va uni yaqqolroq tushunish mumkin.
Mulkchilik munosabatlari -bu mulk ob’ektini o‘zlashtirish bo‘yicha mulk sub’ektlari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatdir.
Mulkchilik munosabatlari o‘zaro bog‘liqligi
Mulkchilik huquqlari esa mulk sub’ektining mulk ob’ektiga nisbatan munosabatidir, ya’ni undan foydalanish va nazorat qilish yuzasidan kelib chiquvchi huquqlar majmuidir:

Mulkchilik turli shakllarining mavjud bo‘lishi va ularning iqtisodiy mezoni, avvalo, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi va ishlab chiqarishning umumlashuvi darajasi bilan bog‘liq. Shu bilan birga, mulkchilik shakllari ishlab chiqaruvchi kuchlarning holati, ijtimoiy mehnat taqsimoti va tashkiliy-iqtisodiy munosabatlarining yetuklik darajasi bilan mos kelishi zarur.Davlat mulki - egalik qilish, foydalanish va tasarruf qilish davlat ixtiyorida bo‘lgan mulk ob’ektlaridan iborat. Davlat mulki asosan ikki yo‘l bilan hosil bo‘ladi:1) xususiy mol-mulkni milliylashtirib, davlat qo‘liga olish; 2) davlat mablag‘lari hisobidan korxonalar kurish, davlatga qarashli korxona va tashkilotlarda invesitsiyalarni amalga oshirish.


Davlat mulki haqiqatda ham xalqqa tegishli bo‘lgan, bo‘linmaydigan yoki umumiy resurslardan foydalanish uchun juda mosdir. Bunga misol qilib takror ishlab chiqarib bo‘lmaydigan tabiiy resurslarni, yirik inshootlar va transport vositalari, yo‘llar kabi iqtisodiy tuzilmaning kattagina qismini ko‘rsatish mumkin.O‘zbekisonda Fuqarolik Kodeksiga muvofiq davlat mulki Respublika mulkidan va ma’muriy-xududiy (munitsipal) tuzilmalar mulkidan iborat bo‘ladi. Yer, yer osti boyliklari, suv, havo bo‘shlig‘i, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar, respublika hokimiyati va boshqaruvi tuzilmalari mol-mulki, davlatga qarashli madaniy va tarixiy boyliklar, budjet mablag‘lari, oltin zaxirasi, valyuta fondi va boshqa davlat fondlari respublika mulki hisoblanadi.
Ma’muriy-hududiy (munitsipal) tuzilmalar mulkida davlat hokimiyati mahalliy organlari mol-mulki, mahalliy budjet mablag‘lari, munitsipal uy-joy fondi va kommunal xo‘jaligi korxonalari va boshqa mulkiy majmualar, xalq ta’limi, madaniyat, sog‘liqni saqlash muassasalari kabilarning mol-mulki bo‘ladi. Jamoa mulki -muayyan maqsad yo‘lida jamoaga birlashgan kishilar tomonidan moddiy va ma’naviy boyliklarni hamjihatlik bilan o‘zlashtirishni bildiradi. Jamoa mulki davlat mulkini korxona jamoasi sotib olishi, badal to‘lab korxona qurishi, aksiya chiqarib, ularni sotish kabi yo‘llar orqali paydo bo‘ldi. Jamoa mulkining muhim xususiyati shundaki, ishlab chiqarish vositalari va mehnat mahsuliga ayrim shaxslar emas, balki ma’lum guruh, kishilar egalik qiladi.Jamoa mulkiga kooperativlarning, ijara va jamoa korxonalarining, aksionerlar jamiyatlari, xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarining, jamoa tashkilotlari va diniy tashkilotlarning mulki kiradi. Shaxsiy mulk - bu fuqarolar mulki bo‘lib, ularning shaxsiy yoki oilaviy ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Bu mulk shakli asosan shaxsning yoki uning oila a’zolarining mehnati asosida ko‘payadi va rivoj topadi. Fuqaroning shaxsiy mulki asosan ularning ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirokidan, o‘z xo‘jaligini yuritishdan tushgan mehnat daromadlari hisobiga vujudga keladi va ko‘payadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida shaxsiy mulk aksiyadan keladigan dividend, bank foizlari, xususiy sohibkorlik daromadi kabi yangi manbalarga asoslanadi.Shaxsiy mulk ob’ektlari - bu turar joylar, bog‘-hovli va uylar, transport vositalari, pul jamg‘armalari, uy-ro‘zg‘or va shaxsiy iste’mol buyumlari, yakka tartibda va boshqa xo‘jalik faoliyati uchun kerakli ishlab chiqarish vositalari, ularda hosil qilingan mahsulot va boshqalar bo‘lishi mumkin.
«O‘zbekison Respublikasida mulkchilik to‘g‘risida»gi qonunda ko‘rsatilganidek, savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmat sohasidagi, xalq xo‘jalik faoliyatining boshqa tarmoqlaridagi maydaroq korxonalar fuqaro va ularning oila a’zolarining mulki bo‘lishi mumkin. Shaxsiy mulk ob’ektlari ehtiyojlarini qondirish doirasidan chiqib, daromad topish yo‘lida ishlatilishi mumkin. Xususiy mulk - ayrim sohibkorlarga qarashli yollanma mehnatga asoslangan va o‘z egasiga foyda keltiruvchi mulkdir.O‘zbekison Respublikasining mulkchilik to‘g‘risidagi qonunida (7-modda), xususiy mulk o‘z mol-mulkiga xususiy egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqidan iboratdir deb ko‘rsatilgan. Shu bilan birga xususiy mulk bo‘lgan mol-mulkning miqdori va qiymati cheklanmasligi ta’kidlanadi.
Xususiy mulk ham, boshqa har qanday mulk shakllari kabi, o‘zining ijobiy va salbiy tomonlariga ega. U, so‘zsiz, tashabbuskorlik va tadbirkorlikni, mehnatga ma’suliyatlilik munosabatlarini rag‘batlantiradi. Shu bilan birga, tovar ishlab chiqarish sharoitida u xufyona daromad orttirishga intilish hissini tug‘diradi. Mulkchilikning bu shaklini tan olish xalq xo‘jaligida uni qo‘llash foydali bo‘lgan bo‘g‘inlarni aniqlash, uni tartibga solishning Moliyaviy va huquqiy mexanizm-larini shakllantirishni taqozo qiladi. Lekin, xususiy mulkchilikni bunday tan olish uni mutlaqlashtirish bilan umuman bog‘liq emas. Bu mulk sotib olingan ishlab chiqarish vositalari asosida musaqil xo‘jalik yuritish yoki davlat korxonalari, kooperativ firmalar, magazin, oshxona va shu kabilarni sotib olish orqali vujudga kelishi mumkin.Turli shakldagi mulklarning birikib ketishi natijasida aralash mulk paydo bo‘ladi. Bu mulk alohida olingan ob’ektning turli mulkdorlar ishtirokida o‘zlashtirilishini bildiradi .
Bozor munosabatlariga o‘tishning asosiy sharti ko‘p ukladli iqtisodiyotni va raqobatlashuvchi muhitni shakllantirish uchun shart-sharoitini vujudga keltirishdan iborat. Bunda asosiysi mulkchilik masalasini hal qilishdir. Shu sababli respublikamiz1-Prezidenti I.A. Karimov mulkchilik masalasini hal qilishni «...bozorni vujudga keltirishga qaratilgan butun tadbirlar tizimining tamal toshi bo‘lib xizmat qiladi» deb alohida ta’kidlab ko‘rsatadi. Uzoq yillar mobaynida respublikamiz iqtisodiyotida umumxalq mulki deb atalgan, aslida esa davlatlashtirilgan mulk to‘liq hukmronlik qilib keldi. Nazariya va amaliyotda umumxalq mulki, deb hisoblangan mulk sub’ekti sifatida davlatning chiqishi jamiyat a’zolari o‘rtasida bu mulkga «hech kimniki», «davlatniki», «birovning mulki» deb qarashlarning shakllanishiga olib keldi. Bozor iqtisodiyotini vujudga keltirish vazifasi o‘tish davrida mulkchilikda davlat sektorining salmog‘i ancha yuqori bo‘lgan mamlakatlarda bu mulkning ma’lum qismini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishni taqozo qiladi.
Shunga ko‘ra, O‘zbekisonda ham mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirishga muhim ahamiyat kasb etuvchi jarayon sifatida haralib, «Davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida»gi Qonunida (1991 yil 19 noyabr) quyidagicha ta’rif beriladi:
Davlat tasarrufidan chiqarish – davlat korxonalarini va tashkilotlarini jamoa, ijara korxonalariga, aksiyadorlik jamiyatlarga, masyo‘liyati cheklangan jamiyatlarga, davlatga qarashli mulk bo‘lmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir.
Xususiylashtirish - fuqarolarning va davlatga taalluqli bo‘lmagan yuridik shaxslarning davlat mulki ob’ektlarini yoki davlat aksiyadorlik jamiyatlarining aksiyalarini davlatdan sotib olishidir.Bundan ko‘rinadiki, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishga qaraganda ancha keng tushuncha. Xususiylashtirish - davlat mulkiga egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga o‘tishidir. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishdan tashqari, bu mulk hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarining vujudga keltirishni ham ko‘zda tutadi. U bir qator yo‘llar bilan amalga oshiriladi: davlat korxonalarini hissadorlik jamiyatiga aylantirish, davlat korxonasini sotib, uni jamoa mulkiga aylantirish; mulkni qiymatga qarab chiqarilgan cheklar (vaucher) bo‘yicha fuqarolarga bepul berish; mulkni ayrim tadbirkor va ish boshqaruvchilarga sotish;
ayrim davlat korxonalarini chet el firma va fuqarolariga sotish yoki qarz hisobiga berish; davlat mol-mulkini auksionlarda kim oshdi savdosi orqali sotish va h.k.
Xususiylashtirish aloqa va axborotlashtirish sohasida ham muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda va hozirgi kunda yirik sarmoyaga ega bo‘lgan - O‘zbektelekom AK bilan birga - O‘zbekiston pochtasi OAJ, -Matbuot tarqatuvchi hissadorlik jamiyatlari‖ hamda ko‘plab tadbirkorlar bu sohada faoliyat yuritmoqda.O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidayoq mulkchilikning xamma shakllari teng huquqli ekanligi qonuniy tarzda e’tirof etildi va davlat mulki monopolizmini tugatish hamda bu mulkni xususiylashtirish hisobiga ko‘p ukladli iqtisodiyotni real shakllantirish vazifasi qo‘yildi. Avvalo mulkchilikning turli xil shakllari qaror topishi uchun teng huquqiy me’yorlar va amal kilish mexanizmlari yaratildi. Iqtisodiyotning ko‘p ukladliligi raqobatni taraqqiy topishiga olib keladi va iste’mol narxlariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu borada davlatimiz tomonidan olib borilayotgan iqtisodiy siyosat va islohotlar bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida ro‘y bergan yetishmovchiliklarni ijobiy bartaraf etmoqda va iqtisodiyotni sog‘lomlashtirishga xizmat qilmoqda.

Yüklə 51,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə