Mavzu: davlat mulkini xususiylashtirish va boshqarish iqtisodiyotni tartibga solish vositasi



Yüklə 51,5 Kb.
səhifə8/9
tarix10.06.2023
ölçüsü51,5 Kb.
#116462
1   2   3   4   5   6   7   8   9
DAVLAT MULKINI XUSUSIYLASHTIRISH VA BOSHQARISH IQTISODIYOTNI TARTIBGA SOLISH VOSITASI

Davlat tasarrufidan chiqarish – davlat korxonalarini va tashkilotlarini jamoa, ijara korxonalariga, aksiyali jamiyatlarga, masyo‘liyati cheklangan jamiyatlarga, davlatga qarashli mulk bo‘lmaydigan boshqa korxonalar va tashkilotlarga aylantirishdir. Xususiylashtirish – fuqarolarning va davlatga taalluqli bo‘lmagan yuridik shaxslarning davlat mulki ob’ektlarini yoki davlat aksiyali jamiyatlarining aksiyalarini davlatdan sotib olishidir.Bundan ko‘rinadiki, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishga qaraganda ancha keng tushuncha.
Xususiylashtirish - davlat mulkiga egalik huquqining davlatdan xususiy shaxslarga o‘tishidir. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish xususiylashtirishdan tashqari, bu mulk hisobidan boshqa nodavlat mulk shakllarining vujudga keltirishni ham ko‘zda tutadi. U bir qator yo‘llar bilan amalga oshiriladi: davlat korxonalarini hissadorlik jamiyatiga aylantirish, davlat korxonasini sotib, uni jamoa mulkiga aylantirish; mulkni qiymatga qarab chiqarilgan cheklar (vaucher) bo‘yicha fuqarolarga beyo‘l berish; mulkni ayrim tadbirkor va ish boshqaruvchilarga sotish; ayrim davlat korxonalarini chet el firma va fuqarolariga sotish yoki qarz hisobiga berish; davlat mol-mulkini auksionlarda kim oshdi savdosi orqali sotish va h.k .
Xususiylashtirishning usullari ham turli-tuman bo‘lib, ularni 3 guruhga ajratish mumkin: 1) davlat mulkini beyo‘l bo‘lib berish orqali xususiylashtirish; 2) davlat mulkini sotish orqali xususiylashtirish; 3) davlat mulkini beyo‘l bo‘lib berish hamda sotishni uyg‘unlashtirish orqali xususiylashtirish .
Bu sanab o‘tilgan usullarni amalga oshirishning aniq shakllarini 3-chizma orqali ifodalash mumkin .
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning ko‘rsatib o‘tilgan yo‘llari va usullaridan qaysi birini tanlash undan kutilgan maqsadga bog‘liq. Masalan, Rossiyada davlat mulkini vaucher orqali beyo‘l taqsimlash usuli qo‘llanildi. Bundan ommaviy xususiylashtirishdan ko‘zlangan maqsad qisqa muddat ichida cheklar bozorini joriy etish hisobiga mulkdorlarning g‘oyat keng qatlamini vujudga keltirishdan iborat edi. Agar tadbirkorlikni rag‘batlantirish ko‘zda tutilsa, xususiylashtirish tanlab olingan ozchilik o‘rtasida o‘tkaziladi. Agar xususiylashtirish chetdan ka’italning kirib kelishiga, yo‘l ochishi zarur bo‘lsa, davlat mulkini xorijiy tadbirkorlarga berish shaklida amalga oshiriladi. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarishda ayrim usullarga usuvorlik berish boshqa usullarni qo‘llashni rad etmaydi, aksincha, ularni ham qo‘llash zarurligini bildiradi.
Masalan, korxona jamoasiga usunlik berilib, davlat mulkini aksiyalashtirish, bu aksiyalarni sotib olishda shu jamoadan tashqari kishilar va chet el ka’italining ishtirok etishi ham bo‘lishi mumkin. Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish sharoitga qarab yo‘lli, yo‘lsiz yoki imtiyozli tarzda o‘tkaziladi. O‘z shakli va usulidan qat’iy nazar bu tadbir xilma-xil mulkchilikni vujudga keltirishni ta’minlaydi, chunki davlat mulki hisobidan nodavlat mulkining barcha shakllari va turlari rivojlanadi .
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish mulkchilikning rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan davlatning mono‘ol hukmronligiga chek qo‘yib, jamiyatda faollik ko‘rsatayotgan erkin tadbirkorlik tashabbussiga keng yo‘l va imkoniyatlar ochib berishdan iborat. Aslida xususiylashtirish iqtisodiyotning davlatlashtirishdan qaytish yo‘llaridandir. Xususiylashtirish davlat mulkini ma’lum darajada haqiqiy egalari -fuqarolarga berish demakdir. Ko‘pincha xususiylashtirish - bu davlat mulkini ishlovchilarga berish, deb talqin qilinadi. Aslida mamlakatning barcha aholisiga davlat mulkini bo‘lib berib bo‘lmaydi, bunda aholining hammasi mulkka ega bo‘lib, ishlab chiqarishni tashkil etish, uni boshqarish ishlab chiqarish hamda mahsulotni ayirboshlash kabi mashaqqatli ishlarni o‘z zimmasiga olavermaydi .
Davlat mulkini uning tasarrufidan chiqarish jarayonida, avvalom bor, xususiylashtirish yo‘li bilan yaxshi iqtisodiy natijalarga erishgan mamlakatlar tajribasidan to‘laroq foydalanish va ular yo‘l qo‘ygan xatolar takrorlanmasligi kerakki, bu bilan bozor iqtisodiyotining rivojlanishini ta’minlashi mumkin. Xususiylashtirishni amalga oshirish uchun davlat mulkini xususiylashtirishning keng ko‘lami dasurini ishlab chiqarish zarur .


Yüklə 51,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə