Mavzu: davlat mulkini xususiylashtirish va boshqarish iqtisodiyotni tartibga solish vositasi


O‘zbekisonda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarining hozirgi



Yüklə 51,5 Kb.
səhifə3/9
tarix10.06.2023
ölçüsü51,5 Kb.
#116462
1   2   3   4   5   6   7   8   9
DAVLAT MULKINI XUSUSIYLASHTIRISH VA BOSHQARISH IQTISODIYOTNI TARTIBGA SOLISH VOSITASI

O‘zbekisonda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarining hozirgi - beshinchi bosqichi
O‘zbekison Respublikasi birinchi Prezidentining 2003 yil 24 yanvardagi «O‘zbekison iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni bilan bog‘liq. Mazkur Farmon yaqin istiqbolga yo‘naltirilgan. Iqtisodiy nochor davlat korxonalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashgirish jarayonini jadallashtirish, shuningdek, mazkur korxonalarni modernizatsiyalash va barqaror rivojlantirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri invesitsiyalarni jalb etish maqsadida xususiylashtirilgan ob’ektlarga narx belgilashning samarali mexanizmi joriy etildi. Xususan, xususiylashtirilgan korxonalar davlat aktivlarining boshlang‘ich narxlarini sekin-asa pasaytirib borishi, hamda davlat, iqtisodiy nochor korxonalarni va pas likvidli ob’ektlarni nol darajadagi xarid qiymati bo‘yicha tanlov asosida invesitsiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan invesorlarga sotish tartiblari tasdiqlandi .
Iqtisodiyotda davlat va xususiy sektorlarning o‘zaro aloqadorligi hamda ta’siri.
Davlat milliy iqtisodiyotni tartibga solishda bir qator usullardan foydalanadi. Bu usullarni umumlashtirib quyidagicha guruhlash mumkin:
-bevosita ta’sir qilish usullari;
-bilvosita ta’sir qilish usullari;
-tashqi iqtisodiy usullar .
Markazdan boshqarish tartibi usun bo‘lgan mamlakatlarda davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvida bevosita ta’sir qilish usullari usun bo‘lsa, bozor iqtisodiyoti esa birinchi navbatda iqtisodiy jarayonlarni bilvosita tartibga solish bilan bog‘langan. Shu bilan birga barcha mamlakatlarda iqtisodiyotning davlat sektori mavjud.
Davlat sektorini boshqarish mulkchilikning davlat shakliga asoslanib, u asosan quyidagi uchta yo‘l orqali shakllanadi:

  1. ishlab chiqarish vositalari egalariga pul yoki qimmatli qog‘ozlar bilan tovon to‘lash orqali mulkni milliylashtirish;

  2. davlat budjeti mablag‘lari hisobiga yangi korxonalar, ba’zi hollarda yaxlit tarmoqlarni barpo etish;

3) davlat tomonidan xususiy korporatsiyalarning aksiyalarini sotib olish va aralash davlat-xususiy korxonalarini tashkil etish .

Yüklə 51,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə