Mavzu: davlat mulkini xususiylashtirish va boshqarish iqtisodiyotni tartibga solish vositasi



Yüklə 51,5 Kb.
səhifə2/9
tarix10.06.2023
ölçüsü51,5 Kb.
#116462
1   2   3   4   5   6   7   8   9
DAVLAT MULKINI XUSUSIYLASHTIRISH VA BOSHQARISH IQTISODIYOTNI TARTIBGA SOLISH VOSITASI

O‘zbekisonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini amalga oshirish bosqichlari
Natijada, 1997 yilda savdo-sotik hajmi va umumiy ovqatlanish yalpi mahsulotining 95 foizdan ortiqrog‘i davlatga qarashli bo‘lmagan sektorga to‘g‘ri keldi. Uy-joylarni xususiylashtirish jarayonida ilgari davlat ixtiyorida bo‘lgan bir milliondan ortiq kvartira yoki davlat uy-joy fondining 95 foizdan ortiqrog‘i fuqarolarning xususiy mulki bo‘lib qoldi. Davlat ijtimoiy dasurida belgilab berilgan ikkinchi bosqich 1994-1995 yillarga to‘g‘ri keldi. Bu bosqichda ko‘plab o‘rta va yirik korxonalar hissadorlik jamiyatlariga aylantirildi, hamda ularning aksiyalari respublika qimmatbaho qog‘ozlar bozorining asosini tashkil etdi. Davlat mulki hissadorlikka aylantirilishi bilan bir qatorda kichik xususiy biznes korxonalari qizg‘in tashkil qilindi.Mulkni davlat tasarrufidan chiqarishning va xususiylashtirishning bu bosqichda ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlarini vujudga keltirish, davlat mulkini tanlov asosida, hamda kim oshdi savdosida sotish amaliyotga joriy qilindi. Ko‘chmas mulk va qimmatli qog‘ozlar bozorining yangi muassasalari barpo etildi.
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan keladigan samara ikki yoqlama tavsifga ega. Bir tomondan, u aholining bo‘sh turgan mablag‘larini o‘ziga jalb qilib, ularning bozorga tazyiqini pasaytiradi. Ikkinchi tomondan, yangi mablag‘larni ishlab chiqarishga jalb etish va tovar ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida raqobatni yuzaga keltirish uchun sharoit yaratadi. Bu yerda shuni ta’kidlash lozimki xususiylashtirish iqtisodiyotning davlatga qarashli bo‘lmagan sektorini shakllantirishning yagona yo‘li emas. Tashabbuskorlik asosida yakka tartibdagi xususiy mulkchilikka asoslangan, shuningdek, turli xil kooperativlar, shirkatlar, masyo‘liyati cheklangan jamiyatlar ko‘rinishidagi kichik va o‘rta korxonalarni tashkil qilish -ikkinchi qudratli jarayon hisoblanadi.
Respublika iqtisodiyoti 1996 yildan boshlab mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning uchinchi bosqichiga o‘tdi. Bu bosqich davrida (1996-1998 yillar) xususiylashtirilmaydigan ob’ektlar ro‘yxatiga kirmagan barcha ob’ekt va korxonalar (jami 3146 ta) davlat tasarrufidan chiqarildi.Xususiylashtirish jarayonlarining to‘rtinchi bosqichi (1998-2002 yillar) ning asosiy vazifalari sifatida davlat budjetiga xususiylashtirishdan tushgan mablag‘larni yo‘naltirish, xususiylashtirilgan korxonalarga xorijiy investitsiyalarni jalb etish, boshqaruv samaradorligini oshirish va mulkchilik yangi munosabatlarini to‘laqonli amal qilishi uchun sharoitlar yaratish tadbirlarini amalga oshirish belgilandi.

Yüklə 51,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə