Mavzu: davlat mulkini xususiylashtirish va boshqarish iqtisodiyotni tartibga solish vositasi


Davlat iqtisodiyotni bevosita tartibga solishda ma’muriy vositalardan foydalanadi



Yüklə 51,5 Kb.
səhifə4/9
tarix10.06.2023
ölçüsü51,5 Kb.
#116462
1   2   3   4   5   6   7   8   9
DAVLAT MULKINI XUSUSIYLASHTIRISH VA BOSHQARISH IQTISODIYOTNI TARTIBGA SOLISH VOSITASI

Davlat iqtisodiyotni bevosita tartibga solishda ma’muriy vositalardan foydalanadi.
Ma’muriy vositalar davlat hokimiyati kuchiga tayanadi va taqiqlash, ruxsat berish va majbur qilish xususiyatidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi. Ayniqsa ishlab chiqarish tanazzulga uchragan davrda iqtisodiyotga bilvosita ta’sir qilish tadbirlari kam samarali bo‘lib, ma’muriy vositalardan foydalanishga usunlik beriladi.
Bu usullardan quyidagilarni alohida ko‘rsatish mumkin:

  1. iqtisodiyotning ayrim bo‘g‘inlari – transport, aloqa, atom va elektr energetikasi, kommunal xizmat va boshqa sohalarni bevosita boshqarish. Bunda davlat mulk sohibi va tadbirkor sifatida o‘ziga qarashli korxona va tashkilotlar iqtisodiy hayotida faol qatnashadi;

  2. narxlar va ish haqini «muzlatib» qo‘yish siyosati. Bu iqtisodiyotga aralashishning antiinflyatsion tadbirlari hisoblanib, inflyatsiyani yumshatishga qaratiladi;

  3. ish bilan bandlik xizmati (mehnat birjalari) faoliyatini tashkil qilish. Davlat bu faoliyatni tashkil qilish bilan ishsizlikni qisqartirish choralarini ko‘radi. Ularni zarur kasblarga qayta tayyorlaydi, ish bilan ta’minlanmaganlarga nafaqa beradi, muhtojlarga yordam ko‘rsatadi;

  4. iqtisodiy sohani tartibga solishni ko‘zda tutuvchi qonunlarni ishlab chiqish va qabul qilish (monopoliyaga qarshi qonunchilik, tadbirkorlik to‘g‘risidagi, bank sohalari, qimmatli qog‘ozlar bozorining faoliyatini tartibga solishni ko‘zda tutuvchi qonunlar).

Shu orqali bozor munosabatlarining rivojlanishi qonun yo‘li bilan kafolatlanadi, turli mulk shakllarining daxlsizligi ta’minlanadi, monopoliyalarga yo‘l berilmaydi va erkin raqobatga sharoit yaratiladi .
Iqtisodiyotning erkinlashuvi, bozor mexanizmini real holatda harakatlanishi ko‘p jihatdan shu davlatda budjet-soliq siyosatining qay daraja ekanligiga bog‘liq. Bu esa o‘z navbatida budjet-soliq mexanizmini takomillashtirishga qaratilgan davlat siyosatini dolzarb muammolaridan biri hisoblanadi. Davlatning budjet siyosatini asosiy belgisi budjet mablag‘laridan samarali foydalanish orqali mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga erishish bo‘lsa, soliq siyosatining asosiy belgisi bo‘lib soliq yukining iste’molchilar bilan ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida optimal nisbatini belgilashdir.

Yüklə 51,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə