Mavzu: davlat mulkini xususiylashtirish va boshqarish iqtisodiyotni tartibga solish vositasi



Yüklə 51,5 Kb.
səhifə6/9
tarix10.06.2023
ölçüsü51,5 Kb.
#116462
1   2   3   4   5   6   7   8   9
DAVLAT MULKINI XUSUSIYLASHTIRISH VA BOSHQARISH IQTISODIYOTNI TARTIBGA SOLISH VOSITASI

Davlat mulki - mulk davlatga tegishli bo‘lganda mulkka egalik qilish, foydalanish va uni tasarruf qilish davlat ixtiyorida bo‘ladi. Davlat mulki asosan ikki yo‘l bilan hosil bo‘ladi:
1) xususiy mol-mulkni milliylashtirib, davlat qo‘liga olish;
2) davlat mablag‘lari hisobidan korxonalar qurish, davlatga qarashli korxona va tashkilotlarda invesitsiyalarni amalga oshirish .
Davlat mulki haqiqatda ham xalqqa qarashli bo‘lgan, bo‘linmaydigan yoki umumiy resurslardan foydalanish uchun juda mosdir. Bunga misol qilib takror ishlab chiqarib bo‘lmaydigan tabiiy resurslarni, yirik inshootlar va transport vositalari, yo‘llar kabi iqtisodiy tuzilmaning kattagina qismini ko‘rsatish mumkin .
O‘zbekisonda Fuqarolik Kodeksiga muvofiq davlat mulki Resyo‘blika mulkidan va ma’muriy-xududiy (munitsi’al) tuzilmalar mulkidan iborat bo‘ladi. Er, er osti boyliklari, suv, havo bo‘shlig‘i, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy resurslar, respublika xokimiyati va boshqaruvi tuzilmalari mol-mulki, davlatga qarashli madaniy va tarixiy boyliklar, budjet mablag‘lari, oltin zaxirasi, valyuta fondi va boshqa davlat fondlari resyo‘blika mulki hisoblanadi .
Ma’muriy-hududiy (munitsi’al) tuzilmalar mulkida davlat hokimiyati mahalliy organlari mol-mulki, mahalliy budjet mablag‘lari, munitsi’al uy-joy fondi va kommunal xo‘jaligi korxonalari va boshqa mulkiy majmualar, xalq ta’limi, madaniyat, sog‘liqni saqlash muassasalari kabilar mol-mulki bo‘ladi .
Bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda iqtisodiyotni erkinlashtirish vazifasi davlat mulki mono‘oliyasini qisqartirishni taqozo qiladi. Chunki sog‘lom bozor iqtisodiyoti davlat mono‘oliyasi bilan chiqishmaydi, mono‘oliya raqobatga to‘sqinlik qiladi .
Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish oqibatida iqtisodiyotda davlat mulkining ulushi kamayib u asosan jamoa mulkiga, ayrim hollarda fuqaro mulkiga va xususiy mulkka aylanadi .
Davlat korxonalarining asosiy fondlar, ishlovchilar soni, yal’i milliy mahsulot va milliy daromad yaratishdagi hissasi qisqarib, ayni vaqtda boshqa mulkka mansub korxonalar hissasi ortib boradi.Jamoa mulki - muayyan maqsad yo‘lida jamoaga birlashgan kishilar tomonidan moddiy va ma’naviy boyliklarni hamjihatlik bilan o‘zlashtirishni bildiradi. Jamoa mulki davlat mulkini korxona jamoasi sotib olishi, badal to‘lab korxona qurishi, aksiya chiqarib, ularni sotish kabi yo‘llar orqali ‘aydo bo‘ldi. Jamoa mulkining muhim xususiyati shundaki, ishlab chiqarish vositalari va mehnat mahsuliga ayrim shaxslar emas, balki ma’lum guruh, kishilar egalik qiladi .
Jamoa mulkiga - koperativlarning, ijara va jamoa korxonalarining, aksionerlar jamiyatlari, xo‘jalik jamiyatlari va shirkatlarining, jamoa tashkilotlari va diniy tashkilotlarning mulki kiradi .
Koperativlar mulkining asosiy belgisi ishlab chiqarish vositalari va uning natijalarini o‘zlashtirishning jamoa-guruh xususiyatidir. Mulkchilikning bu turida ishlab chiqaruvchilarning ishlab chiqarish vositalari bilan qo‘shilishi muayyan mehnat jamoasi doirasida ro‘y beradi. Ishlab chiqarish vositalaridan foydalanish va ularni o‘zlashtirish mulk egasi bo‘lmish mehnat jamoasi doirasida amalga oshiriladi, hamda jamoa va shaxsiy iqtisodiy manfaatlarning mushtarakligi vujudga keladi .
Koperativlar qishloq xo‘jaligida, sanoat, qurilish, trans’ortda, savdo va umumiy ovqatlanish, yo‘lli xizmatlar sohasida hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-madaniy hayotning boshqa tarmoqlarida, ilmiy va ilmiy-texnikaviy xizmat ko‘rsatish sohalarida bar’o etilishi va faoliyat ko‘rsatishi mumkin.
Qishloq xo‘jalik ishlab chiqarish Koperativlarining asosiy shakli jamoa va shirkat xo‘jaliklaridir .Masalan, jamoa xo‘jaliklari va boshqa qishloq xo‘jalik korxonalari doirasida kollektiv va oilaviy yo‘drat hamda er uchaskalari va asosiy fondlarni ijaraga olish sharoitida daromadlari ‘irovard natijaga bog‘liq ravishda shakllanadigan xo‘jalik hisobidagi
Mulkchilikning davlat shakli bilan bir qatorda sohani rivojlantirishning bir qator masalalarini echishda (uy-joy, ijtimoiy infrasrukturaning boshqa ob’ektlari – sanatoriyalar, dam olish uylari, bolalar bog‘chalari va shu kabilarni qurishda) Shaharlarda aholining tovarlar va xizmatlarga bo‘lgan talabini yaxshiroq qondirish maqsadida davlat korxonalari va tashkilotlari uning tasarrufidan chiqarilib turli xil matlubot operatsiyalari vujudga kelmoqda. Matlubot koo‘eratsiyasining mulki mulkchilikning davlat va boshqa shakllaridan kelib chiqadi. Mulkchilikning bu shakli faoliyatida uning a’zolari o‘z mehnati bilan ishtirok etishi shart emas.

Yüklə 51,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə