O’zbekiston respublikasi oilaviy va


Oiladagi erkаk va ayollarning majburiyatlari



Yüklə 342 Kb.
səhifə10/16
tarix23.05.2023
ölçüsü342 Kb.
#112379
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Юқори синф ўқувчилари учун Машқ ва ўйинлар

Oiladagi erkаk va ayollarning majburiyatlari
Maqsad: Oilaviy hayotda erkek va ayollarning vazifalarini aniqlashtirish va amaliyotda ayrim vazifalarni erkаklarga yuklatish.
Materiallar: genderli roller tahlili; «erkak», «ayol», «erkak va ayollar birga turgan» 3 ta alohida tasvirdagi rasmlar; majburiyatlar tasvirlangan 12 va undan ziyod rasmlar; ruchka va qog’ozlar.
Boshlovchi uchun ko’rsatma:

*** Agar bu mashg’ulot bilan bundan oldingi mashg’ulotlar orasida uzilish ro’y bersa, guruh bundan oldingi uchrashuvdan nimalarni o’rganganligini va qanday qarorga kelganini muhokama qiling.


***Ishtirokchilarni 5-8 odamdan iborat guruhlarga bo’lib tashlang.
***Guruhdan quyidagi topshiriqni bajarishni so’rang: «Har bir guruhga erkak, ayol, erkak va ayol birga (juft holda) tasvirlangan rasmlar beriladi. Shunindek, turli majburiyatlar tasvirlangan suratlar taxlami ham taqdim etiladi. Guruh a’zolari bu majburiyatlarni kimlar bajarishini muhokama qilishadi. Siz ulardan bir fikrga kelishgach majburiyatlar tasvirlangan suratlarni ayol, erkak yoki juftlik tasvirlangan rasm ostida qo’yishlarini so’rang. Erkak va ayol birga tasvirlangan (juft) rasm ikkala jins ham bu majburiyatlarni birgalikda bajarishini anglatadi.
***Guruhlarning mustaqil ishlashi va olingan natijalarni muhoka qilishga imkon bering. Buning uchun, siz ularni toza qog’oz varag’i bilan ta’minlashingiz zarur.
***Guruhlar topshiriqni bajarib bo’lgach, har bir guruhdan bittadan vakil chiqib, o’z guruhini qarorini qolgan ishtirokchilarga taqdim etib tushuntirib berishi va savollarga javob berishi lozim.
***Guruh bilan, quyidagilarni muhokama qiling:

  • Kim nima bilan shug’ullanadi?

  • Erkak va ayollarning ish bilan bandligi.

  • Ularning bandligidagi farq.

  • Erkak va ayol bajariladigan majburiyatlar doirasining o’zgarishi yutuq va kamchiliklar

*** Guruh bilan u nimalarni o’rganishi, unga nimalar yoqdi-yu nimalar ushbu mashg’ulotda yoqmaganligini muhokama qiling.


Oila shajarasi
Boshlovchi ishtirokchilarga milliy qadriyatlarning oilaviy ham mustahkamligiga ta’siri haqida tushuncha beradi. So’ng o’yinni quyidagi tarzda olib borish mumkin.
Boshlovchi: Ishonchim komilki, sizlarning har biringiz o’z ota-onangizning nafaqat ismi, balki familyasi, shunindek tu’ilgan kunlarini ham bilasiz. Oilangizdan boshqa a’zolarini-chi? Iltimos ota-onangiz ismi, familyasini, ularning qachon tug’ilganliklarini ayting. Ota-onangizning tug’ilgan yili, oy, kunini aniq eslay olgan bo’lsangiz, juda soz. Mabodo eslay olmasangiz hechqisi yo’q, sira tashvishlanmang hali oldinda imkoniyatingiz bor. Endi oila shajarasini tuzsak. Aristokratlar 10 pushtgacha bo’lgan avlod-ajdodlarining aniq ismi-familyasi, tug’ilgan yili, tarjimai holiga xos faktlarni esga saqlab qolganlar yozib berganlar hamda bu ma’lumotlarni o’z farzandlariga qoldirganlar. Bugunki kunda xuddi shunday shajarani tuzish biroz mushkul, ammo shunday berolsada kech berolmaganda 3 pushtgacha berolgan avlodlar shajarasini tuzing. Buning uchun ilovadagi sxemadan foydalaning.
«Oila shajarasi»da ko’rsatilgan barcha qarindoshlarning ismi, familyasi, tug’ilgan joyi va vaqtini ko’rsatishingiz shart.
Boshlovchi murakkabligiga qaramasdan ota-onalar va oila mavzusini muhokama qilishi maqsadga muvifiqdir. Ushbu etyutni muhokama qilishda unga to’liq javob olishning imkoniyati yo’q. Jadvalni oxirigacha to’ldirishni talab etish shart emas. Sinaluvchilar oila shajarasi ustida ozgina fikr yuritsinlar. Ularni rag’batlantirish maqsadida 10 balli sistemada baholash kerak.
Bu o’yin oilaviy muamolar bilan bog’liq bo’lgan barcha o’yinlar kabi o’ta ehtiyotkorlik va nazokatlilikni talab qiladi. Ish jarayoniga ishtirokchilarning emotsional holatini diqqat bilan kuzаtish, kerak bo’lganda qo’llab-quvvatlash lozim.

Yüklə 342 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə