O’zbekiston respublikasi oilaviy va


III. ISHCHANLIK MUHITINI YARATUVCHI O’YINLAR



Yüklə 342 Kb.
səhifə6/16
tarix23.05.2023
ölçüsü342 Kb.
#112379
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Юқори синф ўқувчилари учун Машқ ва ўйинлар

III. ISHCHANLIK MUHITINI YARATUVCHI O’YINLAR


Joy almashish
Ishtirokchilar doira atrofida o’tiradilar, trener esa doira o’rtasida turadi.
Yo’riqnoma: «Hozir bizda tanishtirish davom ettirish imkoniyati bo’ladi. Buni shunday qilamiz: doiraning markazida turgan kishi (boshida bu men bo’laman ) biror umumiy belgiga ega bo’lgan narsani hammada taklif etadi va kimda shu belgi bo’lsa u joyini almashadi. Masalan, men shunday deyman: «Singlisi borlar joyingizni almashtiring» va hamma singlisi borlar joylarini almashtirishlari kerak. Bunda doiraning markazida turgan kishi bo’shagan joyni egalashga urunishi kerak. Markazda joysiz qolgan ishtirokchi esa o’yinni davom ettirishi kerak».
Mashq tugaganidan so’ng trener guruhga quyidagi savollar bilan murojat etishi mumkin: «Siz o’zingizni qanday his etayapsiz?», «Hozir sizning kayfiyatingiz qanday?». Qoidaga muvofiq mashqlar quyidagicha o’tadi. U qizishganlikni pasaytiradi, kayfiyatini ko’taradi, diqqat va fikrlarni faollashtiadi.


Mevali salat
O’yin ishtirokchilari doira shaklida o’tirib olishadi, ulardan bittasi (chiqaruvchi) o’rtada turadi. U uchta odamdan eng yaxshi ko’rgan mevasini nomini aytishini so’raydi va keyin doira bo’ylab yurib, o’zidan boshlab har bir ishtirokchiga aytilgan uch xil mevaning nomi bilan «ism» qo’yib chiqadi. Masalan, agar mevalar – olma, anor, uzum, bo’lsa o’ziga «olma» deb nom qo’yadi va qolganlarga ham shu tarzda nom qo’yib chiqishni davom ettiradi (ishtirokchilarning hammasiga ism qo’yilmaguncha). Shundan so’ng boshqalarga nom bergan o’rtadagi odam mevalardan birontasining (masalan, olma) nomini aytsa, barcha «olmalar» o’rinlarini almashishlari lozim bo’ladi, o’rtadagi odam esa ulardan birining o’rniga o’tirib olishga harakat qilishi kerak. Turib qolgan odam chiqaruvchi bo’ladi. Agar o’rtadagi odam «mevali salat» desa barcha ishtirokchilar o’rinlarini almashadilar.
Bu o’yin juda qiziqarli va jalb qilish xususiyatiga ega bo’lib ishtirokchilar o’rtasidagi barerni yo’qotishga va ularni tez o’ylab tez harakat qilshga undaydi.



Yüklə 342 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə