O’zbekiston respublikasi oilaviy va


Shaxslararo munosabatlar va nizoli vaziyatlarni hal etish usullari



Yüklə 342 Kb.
səhifə14/16
tarix23.05.2023
ölçüsü342 Kb.
#112379
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Юқори синф ўқувчилари учун Машқ ва ўйинлар

Shaxslararo munosabatlar va nizoli vaziyatlarni hal etish usullari
Maqsad: Rolli o’yin orqali hamkorlik munosabatlari haqidagi tasavvurlarni shakllantirish.
Boshlovchi 10 ta ishtrokchi xonaning o’rtasiga taklif etadi. Ular ikki qator bo’lib, bir-birlariga qarama-qarshi turishadi va ular oldiga yo’riqnomaga binoan vazifa qo’yiladi.
Yo’riqnoma: «Tasavvur qiling, siz ikkita maktabning vakillarisiz. Yaqinda fizika fanidan ikki kunlik olimpiada bo’lishi kerak, lekin olimpiadaning qayerda bo’lishi hali aniq emas. Birinchi qator –A tomon – birinchi maktab vakllari, ikinchi qator esa - B tomon – ikkinchi maktab vakllari. Olimpiada kimning maktabiga o’tishi hozirgi sizning harakatingizga bog’liq. Har bir tomondagi ishtirokchi iloji boricha qarshisidagi sherigini har xil va’dalar takliflar bilan o’z tomoniga og’dirib olishga harkat qilishi kerak. Qaysi tomonga o’tilsa, olimpiada shuning maktabiga o’tadi. Buning uchun sizga ikki minut vaqt beriladi».
Ishtirokchilarning muloqoti tugagandan so’ng bajarilgan vazifa tahlil etiladi. Ishtirokchiar joylariga o’tirganlaridan so’ng boshlovchi bo’lib o’tgan yechim variantlarini flipchartga yozadi. Ushbu muzokaradagi munosabatlar quyidagicha bo’lishi mumkin.
1 . A B. A tomon B tomonga o’tadi va B joyida qoladi.
Munosabatlarning bu turi B nuqtai nazardan qaraganda raqobat
deb ataladi.
2. A B. A tomon joyida qoladi, B tomon esa A tomonga o’tadi.
B nuqtai nazardan qaraganda bu xil munosabat yon berishi deb
ataladi.
3. A B. A ham B ham bir-birlarining tomoniga o’tishadi va o’z joylarida qolishadi, bu xil munosabat passivlik ya’ni masalani hal etishdan qochish deyiladi.
4. A B. To’rtinchi munosabat tipi kompramist deb ataladi. Bizning misolimizda olimpiada 3-bir maktabda o’tkazilishi taklif etiladi.
5. A B. Bu munosabat turi hamkorlik deb ataladi. Va bunda muamo ikkala tomonning manfaatlari hisobiga olingan holda hal etiladi: Ya’ni olimpiadaning bir kuni bir maktabga, ikkinchi kuni esa ikkinchi maktabda o’tadi. Bu holda ikkala tomonning qiziqishlari qondiriladi. Va hech qaysi tomon o’zini kamsitilgan deb his etmaydi.
Bu mashq xulosasiga ko’ra, muloqotning hamkorlik uslubi eng samarali va konstrutiv bo’lib hisoblanadi.
Mashg’ulotning ikkinchi yarmi nizoli vaziyatlarni hal etishga qaratilgan bo’lib, ishtirokchilardan biron-bir nizoli, muamoli vaziyatni aytish so’raladi. Ushbu nizoli vaziyatning turli yechimlari ishtirokchilardan so’raladi va har bir taklif etilayotgan variant biron munosabat turiga taaluqli deb topiladi. Odatda, muammoli vaziyat yechimlaridan hamkorlikka taaluqli bo’lgan variant nizoni hal etishdagi konstrutiv yo’l bo’lib hisoblanadi. Bir necha nizoli vaziyatlarni tahlil etish orqali ishtirokchilarda ushbu xulosa mustahkamlanadi.



Yüklə 342 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə