O’zbekiston respublikasi oilaviy va



Yüklə 342 Kb.
səhifə3/16
tarix23.05.2023
ölçüsü342 Kb.
#112379
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Юқори синф ўқувчилари учун Машқ ва ўйинлар

«Qayerga-qayerga»
Guruh a’zolarinig har raqam bilan nomlanadi. Ishtirokchilar o’z raqamlarini eslab qolishlari kerak. Shundan so’ng ular aralashib ketishadi. Boshlovchi o’rtada turib ikkita sonni aytadi. Shu raqamlar bilan nomlangan ishtirokchilar «qayerga, qayerga» deb bir-birlarining o’rinlariga o’tib olishlari zarur. Boshlovchi ham bu orada ochiq qolgan joyni egallashga urinadi. Joysiz qolgan ishtirokchi o’yinni davom ettiradi.
«Qayta tuzilish»
Ishtirokchilar 2 guruhga bo’linadilar va boshlovchi ishorasi bilan turli belgilarga ko’ra tezroq safga tuzilishiga harakat qiladilar ( masalan, oyoq kiyimining o’lchami, tug’ilgan kuni va h.k.lar hisobiga olinishi mumkin).

«Ishonch parаvozi»


Barcha ishtirokchilar bir qatorga tuzilishadi. Birinchi ishtirokchidan tashqari guruh a’zolarining hammasi kо’zlarini yumishadi va bir-birlarining belidan ushlab olishadi. Birinchi ishtirokchining vazifasi – «paravoz»ni xona bo’ylab to’siqlar (yo’llar) orasidan olib yurish, qolganlar esa oldindagi ishtirokchining harakatlariga mos ravishda to’siqlar orasidan urinmay-surinmay o’tishlari darkor.

«Yomg’ir»



Ishtirokchilar aylana ko’rinishida turib olishadi. Bunda jimlik hukm surishi kerak. Boshlovchi «Hozir siz yomg’ir tovushini eshitasiz, lekin buning uchun Mening harakatlarimni takrorlashingiz kerak» deydi. Boshlovchi o’rtaga turib har ishtirokchining oldiga keladi va uning ko’ziga qarab, muayyan harakatlarni bajarib ko’rsatadi. Har bir ishtirokchi toki boshlovchi butun davrani aylanib kelib boshqa harakatni ko’rsatmagunicha shu harakatni bajarib turishi zarur.
Harakatlar:

  1. kaftlarni bir-biriga yuklash;

  2. barmoqlarni qirsillatish;

  3. tizzalarni shapatilash;

  4. tizalarni shapatilab, oyoqlarni dupillatish;

  5. tizalarni shapatilash;

  6. barmoqlarni qirsillatish;

«Ko’rinmas sovg’a»

Ishtirokchilar davra qurib olishadi. Boshlovchi qo’lida hamma narsani yasash mumkin bo’lgan ko’rinmas loy borligini va ishtirokchilar undan sovg’a yasab, o’ng tomondagi ishtirokchiga uzatishlari lozimligini aytadi. Sovg’a yasatiladi va qabul qilib olingach, yana boshqattan sovg’a yasalib, navbatdagi ishtirokchiga taqdim etiladi . Shu tariqa barcha «sovg’a» olmagunicha bu harakatlar takrorlanadi. O’yin oxirida kimning nima sovg’a qilingani va sababi so’raladi.

«Yashirinli lider»



Guruh a’zolaridan biri xonadan chiqib turadi. Qolganidan biri «liderni» tanlashadi. Qolgan ishtirokchilarning vazifasi: lider muayyan harakatlarni bajarganda ular ham bu harkatlarni takrorlashi kerak. Xonadan chiqarib yuborilgan ishtirokchini xonaga taklif qiladilar uning vazifasi: «lider»
kimligini aniqlashi kerak. Agar to’g’ri topsa lider bilan o’rin almashadi.



Yüklə 342 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə