O’zbekiston respublikasi oily va o’rta maxsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universiteti



Yüklə 3,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/16
tarix14.06.2022
ölçüsü3,04 Mb.
#89457
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
xuzhajra tuzilishi

Mitoxondriyalar.
Mitoxondriyalar ham xuddi xloroplastlarga o'xshash 
yadro membranalaridan uzilib chiqqan pufakcha-initsial tanalardan hosil 
bo'ladi. Mitoxondriyalar ham qo'sh membranali organoiddir (8-rasm). 
8-rasm. 
Mitoxondriyalarning tuzilishi (Palad,1953)
 
1- tashqi membrana, 2- ichki membrana, 3- matriks, 4-kristlar, 5- 
kristlarning ichki membranasi ATFsomalari. 
Ularda aerob nafas olish, oksidlanishli fosforirlanish sistemasi 
mavjudligi sababli hujayradagi asosiy energetik jarayonlar va ATF sintezi 
shu organoidda boradi. O'simlik hujayrasi mitoxondriyalarining uzunligi 1-5 
mkm, diametri 0,4-0,5 mkm bo'lib shakli dumaloq, gantelsimon 
ko'rinishdadir. Bitta hujayrada 50-2000 atrofida mitoxondriyalar bo'lishi 
mumkin. Bu hujayraning ontogenezda bajaradigan ishiga bog'liq. 
Mitoxondriyalar ham tashqi va ichki membrana bilan o'ralgandir. Ichki 
membrana kristlar deb ataluvchi har xil qatlamlarni hosil qiladi. 
Mitoxondriyaning ichki muhiti matriks deyiladi. Matriksda ribosomalar, 
RNK va xalqa shaklida joylashgan mitoxondrial DNK bo'lganligi uchun 
mitoxondriyadagi oqsilning bir qismining sintezi uchun javob beradi. 
Ammo,hamma o`simliklarda ham mitoxondriyaning tuzilishi, ko`rinishi bir 


xilda emas. Biz bunga misol sifatida Ismaloq barglari xloroplastlari 
mitoxondriyalarini keltirishimiz mumkin (9-rasm). 
 
9-rasm. 
Ismaloq 
(
Spinacia 
oleracea

barglari 
hujayralari 
mitoxondriyalari (P.Reyvn, R.Evert, S.Ayxorn, 1990). 
1-DNK zanjir-
ipchalari, 2-kristlar, 3-matriks. 
Mitoxondriyalarning o'z genetik sistemasi va replikasiyalanuvchi DNK 
molekulasi mavjudligi ularga mustaqil bo'linish xususiyatini beradi. O'simlik 
hujayrasida mitoxondriyalar har 5-10 kunda yangilanib turadi. Ammo 
mitoxondriyalarning tashqi membranasi ichkisiga nisbatan tez yangilanadi. 
Mitoxondriyalarning ichki membranasida ATF sintezi bilan boradigan 
elektronlar va protonlar tashiluvini amalga oshiruvchi ATF sintetaza va 
elektron tashuvchi zanjir komponentlari joylashgandir. Shuningdek matriksda 
ikki- va uchkarbon kislotalar oksidlanishni, lipidlar, aminokislotalar va 
boshqa organik moddalar sintezi sistemalarining fermentlari joylashgandir. 
Shuni aytib o`tish kerakki, o`simlik mitoxondriyalari membranalarida 
ionlar va moddalarning tashiluvi o`zuga xos tarzda kechadi. Buni biz 
quyidagi 10-rasmda keltirilgan ma`lumotlardan ham ko`rishimiz mumkin. 

Yüklə 3,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə