O‘zbekiston respublikasi oliy va oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat pedagogika universiteti huzuridagi pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi



Yüklə 5,11 Mb.
səhifə15/33
tarix20.04.2023
ölçüsü5,11 Mb.
#106426
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33
ulbo\'sin opaniki

Ma`ruza matni.
Yuzlik konsentrida arifmetik amallarni o‘rgatishning umumiy metodikasi masalalari.


100 konsentrida qo‘shish va ayirish. Programma talablariga binoan 100 konsentrida sonlarni qo‘shish va ayirishni o‘rganishda o‘quvchilar qo‘shish va ayirishiing hamma hollari uchun hisoblash usullarinigina o‘rganib qolmay, balki nazariy bilimlarning ma’lum kompleksini ham o‘rganishlari kerak. (I sinfda sonni yig‘indiga qo‘shish va yig‘indini songa qo‘shish, sonni yig‘indidan ayirish va yig‘indini sondan ayirish xossalari, II sinfda yig‘indini yig‘indiga qo‘shish va yig‘indidan yig‘indini ayirish xossalari qaraladi.).
Birinchi sinf o‘quvchilari birinchi bosqich arifmetik amallarning xossalarini to‘la tushungan holda o‘zlashtirishlarini va bu xossalarning hisoblash usullari asosida mustaqillik bilan ochib berishlarini tajriba ko‘rsatdi. Shu sababli I sinfda aytilgan to‘rtta xossa va ular asosida 100 konsentrida qo‘shish va ayirishning barcha hollari uchun hisoblash usullari kiritiladi.
Xossalar va tegishli hisoblash usullari ustida ishlash metodikasini to‘laroq qarab chiqamiz.
Xossalarni va tegishli hisoblash usullarini ochib berishdan avval tayyorgarlik ishini bajarish kerak, bu tayyorgarlik ishi natijasida o‘quvchilar sonlar yig‘indisi va sonlar ayirmasi kabi matematik ifodalarni o‘zlashtirishadi, qo‘sh tengliklar bilan tanishishadi, bir va ikki amalli ifodalarni qavslar yordamida yozishni o‘rganishadi, shuningdek, ikki xonali sonlarni ularning xona qo‘shiluvchilari yig‘indisiga almashtirish bilan tanishishadi.
«yig‘indi» matematik ifodasi bilan o‘quvchilar birinchi o‘nlikni o‘rganayotganlaridayoq tanishadilar, bir muncha keyinroq esa «ayirma» matematik ifodasi bilan tanishadilar. Chunonchi, 4 + 3 = 7 misolini еchgandan keyin o‘qituvchi yig‘indini aytishni taklif qiladi. O‘quvchilar 7 sonina aytishadi. O‘qituvchi faqat natijanigina emas, balki 4 + 3 ifodani (ya’ni 4 va 3 sonlari yig‘indisini) ham yig‘indi deb atalishini aytadi. O‘quvchilarni ayirma ifodasi bilan tanishtirish ham shunga o‘xshash olib boriladi.
10 konsentrida qo‘shish va ayirishni o‘rganishdayoq hisoblash usullarini yozma tushuntirish maqsadida ikkita tenglik ishoralari bilan yozishdan foydalanish maqsadga muvofiq.
Masalan: 5 + 4 = 5 + 2 + 2 = 9, 8 — 3 = 8 — 2 — 1 = 5 Bunday yozish o‘quvchining sonni «bo‘laklari bo‘yicha» qo‘shish yoki ayirish usulini tushunib olishinigina emas, balki ularni keyinchalik xossalarning yozilishlarini tushunib olishlariga, shuningdek, hisoblash usullarini asoslashning yozilishlarini tushunishlariga tayerlaydi: 6 + (3 + 1) = 6 + 4 = 10 yoki 34 + 5 = = (30 + 4) + 5 = 30 + (4 + 5) = 39.
Nomerlashni o‘rganish davrida «qavs» belgisi kiritiladi. «Qavs» belgisi bilan tanishtirishda o‘qituvchi, masalan, bunday mashqni taklif qiladi. «5 va 3 sonlari yig‘indisiga 2 ii qo‘shing». Mashqni og‘zaki еchgandan keyin o‘qituvchi bunday misollarni qanday yozishni tushuntiradi: sonni aytilgan yig‘indiga qo‘shish kerakligini ko‘rsatish uchun yig‘indi qavslar ichiga yozish kerak: (5 + 3) + 2.
Xossalarni kiritgunga qadar o‘quvchilarni qavsli ifodalarni to‘g‘ri o‘qish va ularni diktovka osgida yozib olishga o‘rgatish lozim. Masalan, 10— (3 + 4) ifodani o‘quvchilar bunday o‘qishadi: 10 sonidan 3 va 4 sonlar yig‘indisini ayirish kerak.
Shu paytning o‘zida o‘quvchilarni xona sonlaridan iborat bo‘lmagan ikki xonali sonlarni ularning xona qo‘shiluvchilari yig‘indisiga almashtirish bilan tanishtirish kerak, bunda tegishli terminlarni kiritish kerak (47 = 40 + 7).
Qarab chiqilgan materiallarni o‘zlashtirib olish xisoblash usullarini ochib berishga asos bo‘ladigan qoidalarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirishga zaruriy sharoit yaratadi.



Yüklə 5,11 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   33




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə