O`zbеkistоn respublikasi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi nаmаngаn dаvlаt univеrsitеti



Yüklə 2 Mb.
səhifə60/69
tarix28.03.2023
ölçüsü2 Mb.
#103404
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   69
O`zbеkistоn respublikasi оliy vа o`rtа mахsus tа`lim vаzirligi n-fayllar.org

Yosh psixologiyasi – turli yoshdagi odamlarning psixologik xususiyatlarini
va rivojlanish qonuniyatlarini o’rganadi.


Yosh davri nizolari – o’ziga xos, uncha uzoqqa cho’zilmaydigan ontogenez
davrlari bo’lib, bu vaqtda keskin psixik o’zgarishlar yuz beradi.


Jamoa – maqsadlari jamiyat maqsadiga ms keladigan umumiy faoliyat bilan
birlashgan odamlar guruhi.


Jamoaning negizi – umuiy fikr, maqsad va ishlab chiqarishag taalluqli
qarorlarni shakllantiruvchi jamoa a'zolari.


Yo’nalish – shaxsning xatti-harakati va faoliyatini aniq sharoitlardan qat'i
nazar ma'lum yo’lga yo’naltiruvchi barqaror motivlar yig’indisi.


Individuallik – individning boshqalardan farqlanadigan ijtimoiy xususiyatlari
va psixikasining o’ziga xosligi, qaytarilmasligi.


Idrokning konstantligi – idrok sharoiti o’zgarsa-da, idrok qilishdan hosil
bo’lgan narsa obrazlarning nisbatan o’zgarmasligi.


Idrokning predmetliligi – jamiki olamdan olingan ma'lumotlarni ichki olam
ob'ektiga kiritish xususiyati.


Idrokning butunliligi – sezgi a'zlariga bevosita ta'sir etib turgan ob'ektlarni,
ularning belgi va xususiyatlari bilan birgalikda qo’shib idrok etish.


Istedod – shaxsning ma'lum faoliyatda ifodalanadigan qobiliyatining yuqori
darajasi.


Ijtimoiy psixologiya – psixologiya fanining o’ziga xos maxsus tarmog’i
bo’lib, unda psixik va jamiyat taraqqiyoti qonunlari o’rganiladi.


Ijtimoiylashuv - inson tomonidan ijtimoiy tajribani egallash va hayot -
faoliyat jarayonida uni faol tarzda o’zlashtirish jarayoni.


Ijtimoiy tasavvurlar – shaxsga jamiyat orqali ta'sir etgan narsa va
xodisalarning yaqqol obrazi.


Ilmiy taxmin – tekshirish va tadqiqot olib borish maqsadida ilgaridan
kutilishi mumkin bo’lgan xolatning bashorat qilinishi.


Ijtimoiy psixologik eksperiment – asosiy metodlardan biri bo’lib,
o’zgaruvchan mustaqil turli xolat va jarayonlarning boshqa nomustaqil xolat va
jarayonlarga ta'sir etishdagi aniq ma'lumotlariga tayanadi.

Interaktiv – shaxslararo munosabatlarda bir-biriga xulq-atvor ta'sir ko’rsatish
jarayoni.


Introvert shaxs - shaxsning xar qanday sharoit va xolatlarida o’z ichida
kechayotgan fikrlarini bayon etish ehtiyojining nihoyatda pastligi.


Kasb – faoliyat shakllari birlashmasi bo’lib, mazmun, vositalar, tashkilotlar,
mehnat natijalari hamda mehnat sub'ektini tayyorlashga qo’yiladigan talablar
majmui.

Kontent-analiz – tekshirilayotgan matnda so’z, ibora, abzatslarni ma'nomohiyatini
takrorlanish darajasiga qarab tahlil etish usuli.


Kuzatish sinaluvchini aniq maqsad, faoliyat, vaqt, guruh bilan bog’liq
ravishda tekshirish, o’rganish, ma'lumotlar to’plash metodi.


Kommunikativ – shaxslararo munosabatlarda ma'lumot, axborot, g’oyalar
almashinuvi jarayoni.


Kichik guruh – a'zolari birgalikdagi faoliyat bilan shug’ullanuvchi va
bevosita shaxslararo munosabatda bo’luvchi kishilar guruhi.


Ko’nikma – odamning ma'lum ishni bajarishga tayyorligida ko’rinadigan
qobiliyati. Ko’nikma mahoratning asosini tashkil etadi.


Longityud tadqiqot – sinaluvchini uzoq muddat va doimiy ravishda
o’rgansh.


Metod – bilishning nazariy va amaliy o’zlashtirish usullari yig’indisi.

Metodologiya – tadqiqot, tekshirish usuli bo’lib, bilishning nazariy va
amaliy o’zlashtirish usullari yig’indisidir.



Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   69




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə