O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim V azirligi



Yüklə 2,1 Mb.
səhifə156/165
tarix18.05.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#110953
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   165
9ac1019e71f9854120b6450c7dbb5687 KONFLIKTOLOGIYA FANINING O’QUV USLUBIY MAJMUA

1. Umumiy koidalar.
Muammoning ko’yilishi. Konfliktlarning jamiyat xayotida doimiy va umumiy xodisa sifatida tan olinishi xar kanday konfliktning u ro’y berishi mumkin bo’lgan ko’lamda, shaklda va tanglik darajasida mukarrar tarzda namoyon bo’lishini keltirib chikarmaydi. Ijtimoiy konfliktlarni tartibga solish muammosi konfliktli vaziyat sabablariga ta’sir etish, konfliktning salbiy okibatlarini tugatish yoki konflikt natijalaridan foydalanish maqsadida konfliktning borishini muayyan yo’nalishga solish imkoniyatiga asoslanadi.
Konfliktni tartibga solish xakida masala nazariy va amaliy jixatdan uni o’rganishga loyik mustakil muammodir. Bu muammoni o’rganuvchilar konfliktni tartibga solishni unga bo’lgan eng okilona yondashuv deb xisoblaydilar. Xar doim xam ochik to’knashuvdan kutulish mumkin emas, birok, doimo konfliktli xodisalarning rivojlanishi uchun xaddan tashkari katta mablag’ sarflash va talafotlar ko’rishdan xalos bo’lish mumkin.
Ba’zi amaliyotchi mutaxassislarning fikricha, kator «... atamalar konflikt bilan ishlashga bo’lgan turli yondoshuvlarni ifoda etadilar, ularni jarayonda bo’n deb xisoblash mumkin. Xar kaysi keyin bo’n avvalsini o’z ichiga oladi (masalan, konfliktni tinchitish konfliktni oldini olish bo’yicha teshli choralarni nazarda tutadi). «Konflikt transformasiyasi» atamasi keng ma’noda faoliyat soxasini umumiy ko’lamda ko’rsatish uchun foydalaniladi.
Konfliktning oldini olish - majburiy konfliktning boshlanishini yo’kotish, barxam toptirishni maqsad kilib ko’yadi.
Konfliktni tinchitish kelishish bitimiga erishish orkali majburiy xarakatlarni to’xtatishni maqsad kilib ko’yadi.
Konfliktni tartibga solish zo’rlikni cheklash va tomonlar xulk-atvorida ijobiy o’zgarishlar yordamida kelgusida unga yo’l ko’ymaslikni maqsad kilib ko’yadi.
Konfliktni xal qilish konfliktlar sabablariga karatilgan bo’ladi va konfliktlashuvchi tomonlar o’rtasida yan mustaxkam munosabatlarni kurishga intilishdan iborat.
Konflikt transformasiyasi konfliktning yanada keng ijtimoiy va siyosiy manbalariga karatilgan bo’ladi hamda kurashning negativ eneryasini ijobiy ijtimoiy va siyosiy o’zgarishlarga aylantirishga karatilgan bo’ladi»1.
Konfliktlarni tartibga solish muammosi ma’lum darajada ijtimoiy jarayonlarni boshkarish muammosining bir kismini tashkil etadi. Fan tomonidan uni boshkarish xakida ishlab chikilgan asosiy goyalar konfliktli vaziyatlarni boshkarishning anik usul va yo’llarini topishda katta axamiyatga ega. Konfliktli menejment soxasida mutaxassislar umumiy xarakterda kator asosiy koidalar xar bir muayyan xolatda konfliktni boshkarish muammosini xal qilishni ta’minlashga olib keladi deb xisoblaydilar. Bu asosiy koidalar kuyidalar bo’lishi mumkin:
1.Konfliktli vaziyatning rivojlanishini boshkarish o’z moxiyatiga ko’ra odamlarni boshkarishdir. Bu yerda insonning obyektiv va subyektiv, moddiy va ma’naviy, goyaviy jixatlarini o’zida mujassamlashtirgan xulk-atvor omillari va motivlari o’z axamiyati bilan namoyon bo’ladi.
2.Konfliktni boshkarish - tenglarni boshkarishdir. Konflikt ishtirokchilari orasida, koidaga ko’ra, mutlak noxak taraf bo’lmaydi. Xech bo’lmaganda konfliktga ishtirokchilarning biriga nisbatan avvaldan rejalashtirilgan fikr bilan yakinlashish mumkin emas. Konfliktlarni demokratik tartibga solish nuktai nazaridan kaysidir bir tomonni to’xtatib ko’yish, konfliktli vaziyat ayrim subyektlarining xususiy pozisiyalarini to’la inkor etish katta xatodir.
3.Siyosiy-huquqiy nuktai nazardan konfliktlarni boshkarish bu, eng avvalo, katta guruxlar, odamlar ommasini boshkarishdir. Bu o’z navbatida konfliktlarning oldini olish yoki ularni tartibga solishda muayyan natijalarga erishish uchun zarur usullar, yo’llar, vositalar majmuiga o’z ta’sirini ko’rsatmay ko’ymaydi. Bu yerda omma manfaatini ifoda etuvchi tashkilotlar, ommaning o’zini anglash darajasi, ro’y berayotgan xodisalar obyektiv rivojlanishining umumiy ko’lami katta axamiyatga ega.
4.Konfliktlarni boshkarish manfaatlar nezida boshkarishdan iborat eng muxim koidadir. Konflikt ishtirokchilari manfaatini to’¦ri tushunish konfliktli vaziyatni muvaffakiyatli xal etish kaliti, mustaxkam asosga ega kelishuvning muxim shartidir.
Ijtimoiy konfliktlarni oldini olish va tartibga solish ko’prok ular namoyon bo’ladigan iktisodiy, ijtimoiy va siyosiy muxitning umumiy xolatiga boglik. Shunga ko’ra konfliktlarni tartibga solish jarayonida kator uzviy jixatlar va bu vazifani yaxshi xal etishga ta’sir etuvchi zarur ijtimoiy shart-sharoitlarni aniklash lozim.
Konfliktlarni boshkarishda axborotning roli. Konfliktlarga karshilik ko’rsatishga bo’lgan xar kanday urinish konfliktlar xali endi yuzaga kelayotgan vaktda yoki ijtimoiy muxitga tarkalishi arafasida ularni manfaatdor taraflar tomonidan zudlik bilan il¦ab olishdan boshlanadi. Shu bois aynan konfliktlarni aniklashga aloxida e’tibor karatish kerak.
Ma’lumki, muayyan konfliktning xakikiy boshlanishi bilan bu xodisaga karshi xarakat qilishdan manfaatdor bo’lgan shaxslar tomonidan bu xol aniklanguniga kadar bir muncha vakt o’tadi. Bu vakt orali kiska bo’lgandana konfliktni yensh uchun zarur makbul sharoit yuzaga keladi. Pishib yetilayotgan konflikt xali yashirin xolatda bo’lgan vaktda, o’zaro munosabatlarning muayyan ijtimoiy tizim doirasida shakllanadigan potensial konfliktli vaziyatni aniklashga erishilsa, kutilayotgan natija yaxshi bo’lishi mumkin.
Konfliktlarni o’z vaktida aniklash imkoniyati kator sharoitlar bilan izoxlanishi mumkin. Masalan, atrofda xodisalarni paykash, sezish xoxishi. Ko’pincha konfliktni, konfliktli vaziyatning anik elementlarini ko’pchilik paykab yetadi, birok, xech kim birinchilardan bo’lib bunga e’tibor karatishni istamaydi. Ba’zi xollarda , odamlar yetilgan konfliktni mumkin kadar uzok vakt aniklanmasdan turilishidan manfaatdor bo’ladilar. Paydo bo’layotgan konfliktni sezmaslikni shunchaki xoxlamaslik yoki odamlarda teshli bilim va tajribaning yo’kli bilan boglik bunday vaziyatlar juda ko’p uchraydi. Birok bundan tashkari obyektiv xarakterda kiyinchiliklar xam mavjud.
Konfliktni yuzaga keltirgan muxitga yakin turganlar konfliktni obyektiv qabul qilish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Mexnat konfliktida aynan oddiy xodimlar konfliktga olib keluvchi munosabatlarning murakkablashuvini chukur xis etadilar. Shaxs muayyan ijtimoiy iyerarxiyada kanchalik kuyi mavkeni egallasa, ijtimoiy tanglik yoki yashirin konfliktning anik sabablarini aniklashning shunchalik kulay obyektiv imkoniyatiga ega bo’ladi. Shu bilan birga , ijtimoiy piramidaning tepasida ijtimoiy borlikni qabul qilishning, demak, ijtimoiy xayot xususiy tomonlarining ijtimoiy axamiyatini to’¦ri baxolash imkoniyatlari mavjud. Bu nuktai nazarga ko’ra, muayyan ijtimoiy tuzilmada shaxsning mavkei kanchalik yukori bo’lsa, unga konfliktni o’z vaktida aniklashda katta mas’uliyat yuklanadi, u konfliktli vaziyatning xavflilini bevosita yoki bilvosita ko’rsatuvchi barcha xavfli ogoxlantirishlarga sezrlik bilan karashi kerak. Raxbarlik funksiyalarini bajaruvchi shaxslar xar kanday xavfli signallar ulargacha to’siksiz yetib kelishi uchun iloji boricha tashvishlanishlari kerak. Birok, bunda kommunikasiya va axborot tizimlarining barcha darajalarda teshli faoliyat ko’rsatishi, ijtimoiy organizmning barcha xujayralarida axborotning o’tishi bilan boglik ishlarning obyektiv xolati muxim rolni o’ynaydi. Axborot erkinli konfliktli vaziyatni egallab olish va konfliktni makbul yo’nalishga solish uchun zarur bo’lgan xar kanday usul va yo’llarni topishning xal kiluvchi shartidir.
Konflikt tahlili. Yuzaga kelayotgan konfliktni o’z vaktida aniklashdan tashkari konfliktlilik xolati xakida olingan axborotni lozim darajada qabul qilish xam axamiyatga ega. Vokelikni bunday qabul qilish ijtimoiy konfliktning siyosiy axamiyatini yetarli baxolamaslikka yoki ortik baxolashga olib keluvchi subyektivizm, soddalashtirish va buzilishlardan xoli bo’lishi kerak. Konfliktni aslida kanday bo’lsa, shunday qabul qilish o’ta muxim. Muayyan konfliktni subyektiv baxolash bilan uning obyektiv rivojlanishi xolati o’rtasida muvofiklikka erishish vazifasi muxim va murakkab bo’lib, amaliyotda uni xal etish kiyin kechadi.
Konfliktni yetarli baxolamaslik, uning tahlili yuzaki o’tkazi-lishiga va bu tahlil asosida bildirilgan takliflarning kam axamiyatlini keltirib chikaradi. Bunday tahlil nafakat konfliktlarni yenshga mos keladi, balki unga zarar yetkazishi xam mumkin. Konfliktni yetarli baxolamaslikning obyektiv va subyektiv sabablari bo’lishi mumkin. Obyektiv sabablar axborot va kommunikasiya tizimlarining axvoliga, subyektiv sabablar - aloxida shaxs tomonidan yuzaga kelayotgan vaziyatni teshli tarzda baxolay olmaslik kobiliyati yoki baxolashga xoxishning yo’kli bilan boglik.
Mavjud konfliktni xaddan ziyod baxolash xam zararlidir, chunki bunda aslida yetarli bo’lgandan ko’prok kuch-g’ayrat talab kilinadi. Muayyan konfliktni ortikcha baxolash yoki extimoli tutilayotgan konfliktli vaziyatga nisbatan ortikcha xavotirlanish aslida yo’k konfliktning aniklanishiga olib kelishi mumkin. Bu ko’pincha soxta konfliktlar yoki bunday vaziyatlarning sun’iy tulishiga olib keladiki, bunda odamlar turli bo’lmagr ziddiyatlar va nizolarda konfliktlarni mavjud deb xisoblaydilar. Bu xolat xam keraksiz xarakatlar, o’zaro ishonchsizlik, gumonsirash kabi salbiy okibatlarni keltirib chikaradi.
Yuzaga kelayotgan konfliktni okilona baxolash uchun nima talab etiladi? Buning uchun muxim kulay shartlar kuyidalardir : birinchidan, yuz berayotgan xodisalar xakida eng ko’p kamrab oluvchi va obyektiv axborotning bo’lishi; ikkinchidan, bunday axborot shiddat bilan ijtimoiy iyerarxiyaning barcha katlamlariga, uning xokimiyat tuzilmalariga, shuningdek, manfaatdor va mas’ul shaxslarga yetib borishi kerak; uchinchidan, axborotni yetkazish jarayonida uning subyektiv buzilishiga yo’l ko’ymaslik lozim, ya’ni birinchi ko’ldan axborot olish yoki manfaatdor bo’lmagan shaxslardan axborot olish katta axamiyatga ega; to’rtinchidan, yuzaga kelayotgan konfliktning obyektiv baxolanishiga unda bevosita ishtirok etuvchilarning subyektiv intilishlari extimollini xisobga olish xam yordam kiladi.
Agar konflikt xakikatda yuzaga kelsa, uni dikkat va e’tibor bilan tahlil etish muammosi yuzaga keladi. Bu xolda konfliktli jarayonning asosiy jixatlariga - konflikt predmeti, sabablari, ko’lami, ishtirokchilari, tasnifi, ziddiyatlar xarakteri, keskinlik darajasiga e’tiborni karatish maqsadga muvofikdir. Konfliktda kishilarning ishtiroki bevosita qabul qilishni ta’minlovchi ochik, ba’zida esa, yashirin ko’rinishda bo’lishi mumkin. Bu ayniksa, konfliktning xakikiy ishtirokchilari , ularning subyektlariga taallukli bo’ladiki, ular xar doim xam o’zlarining konfliktda ishtirokini oshkora bo’lishidan manfaatdor bo’lavermaydilar.
Konfliktni bartaraf qilish uchun uning sababi bo’lgan sharoitni, ya’ni konfliktni yuzaga keltirgan u yoki bu moddiy yoki ma’naviy kadriyatlar yoki xolatlarni aniklash katta axamiyatga ega. Konflikt predmeti iktisodiy, siyosiy, tashkiliy, diniy va boshka omillar va xolatlar bo’lishi mumkin. Predmet xakida muayyan bilimga ega bo’lish konfliktni barxam toptirishga yo’naltirilgan xarakatni muvofiklashtirishning muxim shartidir. Bunday bilimga ega bo’lish orkali konfliktni adolatli xal etish bo’yicha kadam ko’yish, uning ishtirokchilariga konflikt bilan boglik zararlarni koplashni tavsiya etish, nixoyat, konfliktli vaziyatni yuzaga keltirgan predmetni ekvivalentiga almashtirish xakida xulosaga kelish mumkin. Konfliktning predmeti xususiyatlarin aniklash natija bermasli xam mumkin. Bu xolda tahlil kilinayotgan konflikt moxiyatiga ko’ra predmetsiz deb tan olinadi. Bunday xulosa chikarish konfliktga karshi turganlar uchun xam muximdir.
Ro’y berayotgan konfliktning xakikiy ko’lamini aniklash muxim axamiyatga ega. Konflikt mikro-, makro- va megakonflikt bo’lishi mumkin. Konflikt ko’lami uning xakikiy chegaralarini o’rnatish, uning jamiyatda tarkalish doirasi, uning boshka ijtimoiy xodisalar bilan alokasini bellash jixatidan axamiyatga ega bo’ladi. Konflikt o’lchamlari uni bartaraf etish bo’yicha ko’llaniladigan xarakatlarning mutanosiblini aniklash, bu xarakatlarni amalga oshirish doirasini ko’rsatish nuktai nazaridan muxim. Konfliktlar sabablarini aniklash, uni yuzaga keltiruvchi ziddiyatlar tahlili, uning rivojlanish tangli va keskinlini xisobga olish xam kam axamiyatli emas.
Jamiyatning o’zida konfliktlarni tartibga solish va tugatishning turli imkoniyatlari mavjud. O’z fukarolariga moddiy ta’minotning eng yukori darajasini ta’minlagan jamiyatda moddiy ne’matlarni taksimlash bilan boglik konfliktlar iktisodi zaif mamlakatlarga karaganda juda oson bartaraf kilinadi. Totalitar rejim sharoitiga nisbatan demokratik muxitda konfliktlarni tartibga solish yenl amalga oshiriladi. Totalitar siyosiy rejimda ko’pincha ijtimoiy to’lkinlar, muammolar mavjud emasdek, xattoki jamiyat xayoti ko’pincha barkaror deb qabul kilinadi. Birok, bu kattik markazlashgan siyosiy boshkaruvning konfliktli vaziyatlarni samarali xal qilishini anglatmaydi. U ko’prok yuzaga kelayotgan konfliktlarni bo’¦adi, ijtimoiy muammolarni o’z kobida kolib ketishiga olib keladi. Ijtimoiy tanglik ortib boradi va xamma narsa ertami-kechmi totalitar xokimiyat tizimini xalokatga olib keluvchi portlash bilan tugaydi.
Ko’p xolatlar odamlar ruxiyatining xususiyatlari, milliy an’analarning o’ziga xosli, umumiy madaniyatga boglik. Bu jixatlar konfliktlarni amalga oshirish jarayoniga sezilarli ta’sir etadi, bu o’z navbatida uni bartaraf etish imkoniyati shartlarini bellaydi. Bir xolatlarda konflikt konli nizolarga, boshka xollarda aynan shu konflikt tinch yo’l bilan, parlament munozaralari shaklida rivojlanadi.
Tabiiyki, u yoki bu siyosiy rejimning tartibga solish faoliyati xozir vaktda jamiyat keng ma’kullagan kadriyat va kayfiyatlarni ifodalaydi.
Konfliktning keskinlini yumshatish yoki uni bartaraf etish uchun kulay sharoitlar mavjud bo’lsa, konflikt rivojlanishini tartibga solish muayyan usullari va yo’llari xakida fikrlash mumkin bo’ladi.

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   152   153   154   155   156   157   158   159   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə