O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim V azirligi


Bakalavrlar tayyorlash sifatini baholash



Yüklə 2,1 Mb.
səhifə28/165
tarix18.05.2023
ölçüsü2,1 Mb.
#110953
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   165
9ac1019e71f9854120b6450c7dbb5687 KONFLIKTOLOGIYA FANINING O’QUV USLUBIY MAJMUA

8 Bakalavrlar tayyorlash sifatini baholash
8.1 Oliy ta`lim muassasasi tayyorgarlik darajasi sifatini kafolatli ta`minlashga majbur, jumladan quyidagi yo’llar bilan:
- ish beruvchilar vakillarini jalb qilgan holda bitiruvchilarning tayyorgarlik darajasi sifatini ta`minlash bo’yicha strategiyani ishlab chiqish;
- ta`lim dasturlari monitoringini o’tkazish, ularni davriy taqriz qildirish;
- talabalar bilimi va amaliy ko’nikmalari darajasini, bitiruvchilar kompetentsiyalarini ob`ektiv baholash protseduralarini ishlab chiqish;
- o’qituvchilar tarkibining kompetentligini ta`minlash;
- ish beruvchilar vakillarini jalb qilgan holda faoliyat (strategiya)ni baholash va boshqa ta`lim muassasalari bilan taqqoslash uchun muvofiqlashtirilgan mezonlar bo’yicha muntazam ravishda tahlil qilishni o’tkazish.
8.2 Bakalavriat yo’nalishlari bo’yicha kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish quyidagilardan iborat:
ichki nazorat – oliy ta`lim muassasasi tomonidan amalga oshiriladi. Ichki nazorat oliy ta`limning boshqaruvchi vakolatli davlat idorasi tomonidan tasdiqlangan nazoratning reyting tizimi to’g’risidagi Nizom asosida o’tkaziladi;
yakuniy davlat nazorati davlat ta`lim standartiga muvofiq fanlar bo’yicha davlat attestatsiyasini va bitiruv ishi himoyasini o’z ichiga oladi;
davlat-jamoat nazorati oliy ta`limning boshqaruvchi vakolatli davlat idorasi, jamoat tashkilotlari va kadrlar buyurtmachilari tomonidan belgilangan tartibda o’tkaziladi;
tashqi nazorat Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tarkibidagi Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish, pedagog kadrlar va ta`lim muassasalari attestatsiyasi Boshqarmasi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Tayyorlangan kadrlar sifatini baholash kadrlar iste`molchilari tomonidan ularning mehnat faoliyati jarayonida amalga oshiriladi.
8.3 Har bir fan bo’yicha bilimlarni joriy va oraliq nazorat qilishning muayyan shakli va o’quv jarayoniga tadbiq etilishi OTM tomonidan mustaqil ishlab chiqiladi va talabalar e`tiboriga o’qishning birinchi oyi davomida etkaziladi.
8.4 Talabalarning o’zlashtirishi joriy nazorati va oraliq attestatsiyasi dasturlari ularning bo’lajak kasbiy faoliyati sharoitlariga maksimal yaqinlashtirilishi uchun sharoitlar OTM tomonidan yaratilishi kerak. Buning uchun muayyan fan o’qituvchilaridan tashqari tashqi ekspertlar sifatida ish beruvchilar, turdosh fanlardan dars beruvchilar va boshqalar bu jarayonga faol jalb qilinishi kerak.
8.5 YAkuniy davlat attestatsiyasi bakalavr bitiruv malakaviy ishi himoyasini o’z ichiga oladi.Bitruv malakaviy ishining mazmuni, hajmi va tuzilmasiga bo’lgan talablar bitiruvchilarning yakuniy davlat attestatsiyasi o’tkazish haqidagi Nizom asosida oliy ta`lim muassasalari tomonidan belgilanadi.
8.6 Oliy ta`lim muassasasi:
- ushbu standartdagi talablarga rioya qilinishi va oliy ta`lim muassasalarining davlat attestatsiyasi va akkreditatsiyasi haqidagi Nizomda nazarda tutilgan bakalavr tayyorlashning sifati;
professor-o’qituvchilar tarkibi va o’quv-yordamchi xodimlar malakaviy talablarga to’la mos kelishi;
har bir integrallashtirilgan kurs fanlarining kurs dasturida nazarda tutilgan o’quv-metodik adabiyotlar, o’quv-uslubiy majmualar, shuningdek, mustaqil ta`lim va mustaqil tayyorgarlik uchun materiallar bilan ta`minlanganligi;
o’quv jarayonining moddiy-texnikaviy ta`minlanganligi uchun to’la mas`uldir.

Yüklə 2,1 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   165




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə