O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/113
tarix04.05.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#108314
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   113
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim (1)

109 


 
Ish haqi. 
K.Marks ish haqini, klassik siyosiy iqtisod asoschilariga o’xshab, mehnat 
uchun to’lanadigan haq deb emas, balki ishchi kuchi uchun to’lanadigan haq deb 
talqin qiladi. Uning nazariyasiga muvofiq, ish haqi ishchining va uning oilasining 
hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan tovarlar miqdoriga teng bo’ladi. Ish haqi 
darajasi mehnat unumdorligiga bog’liq bo’lib, u o’z navbatida ishlab chiqarishning 
mexanizatsiyalashuvi va texnalogik jihatdan ta’minlanishi sababli ro’y beradi. Bu hol 
pirovard natijada ish haqining o’sishiga to’sqinlik qiladi, negaki texnik-iqtisodiy 
taraqqiyot ishchi kuchining doimiy ortiqchaligini keltirib chiqaradi. Ishchi kuchining 
ortiqchaligi esa, ishchilar bilan kapitalistlar o’rtasidagi munosabatda keyingisiga 
ustunlik beradi va ishchi kuchi o’z qiymatidan past bahoda sotiladi. Ish haqi ishchi 
kuchi qiymatining o’zgargan shaklidir.
Demak, K.Marks bo’yicha, ishchi mehnatini emas, ishchi kuchini sotar ekan, 
«haq to’lanmagan mehnat»ning (aniqlash va o’lchash mumkin bo’lgan) ish haqiga 
aloqasi bo’lmaydi, «haq to’lanmagan ishchi kuchi»ni esa aniqlash mumkin emas
negaki foydalilikka bir butun ishchi kuchini ayirboshlash uchun «bitim» tuziladi. 
Kapitalist ish haqini «bitim» tuzilgandan keyin emas, balki mehnat jarayoni 
tugagandan keyin to’laydi. Ishchi o’z ishchi kuchining qiymatini ish haqi shaklida 
olishdan avval kapitalistga ma’lum miqdorda mehnat, shu jumladan qo’shimcha 
mehnat ham qilishi kerak. Mehnat sarfi esa, uning nazariyasiga ko’ra, ish vaqti bilan 
o’lchanadi. Binobarin, ishchi kuchining ma’lum muddat davomida unumli mehnat 
qilishi uning qiymatiga haq to’lash sharti bo’lib qoladi. 
K.Marks fikri bo’yicha, real ish haqi «hech qachon mehnat unumdorligi 
kuchining oshishi bilan mutanosib tarzda o’smaydi» va hatto ishchilar ishongan 
kasaba uyushmalari ham, erkin raqobatga
asoslangan iqtisodiyotdagi bunday vaziyatni keskin o’zgartira olmaydilar. Buning 
ustiga, «Kapital» muallifining tushintirib berishicha, mehnat unumdorligining oshishi 
tufayli pulda ifodalangan tovar va xizmatlar qimmatining pasayishi ishchilar sotib 
oladigan tovarlar bahosining xuddi shunday pasayishini keltirib chiqaradi va real ish 
haqi natijada unchalik oshmaydi, bundan ishchilarning kambag’allik va ma’naviy 
qashshoqligi kelib chiqadi.

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə