O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim


  5. Yangi keynschilikni mohiyati, uning o’ziga xosligi



Yüklə 1,05 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/113
tarix04.05.2023
ölçüsü1,05 Mb.
#108314
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   113
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim (1)

146 


5. Yangi keynschilikni mohiyati, uning o’ziga xosligi. 
 
50-yillarning ikkinchi yarmida J.M.Keyns nazariyasi asosida yangi keynschilik 
shakllandi. Uning ancha ko’zga ko’ringan vakillari amerkalik E.Xansen (1887-1975), 
P.Samuelson (1915 y. tug’ilgan), E.Domar (1914), S.Xarris (1897-1974), R.Solou 
(1924 y. tug’ilgan), ingliz R. Xarrod (1900-1978) lar hisoblanadi.
Yangi keynschilikning asosiy tadqiqot ob’ekti makroiqtisodiy miqdorlarning 
(yalpi talab, yalpi taklif, jamg’arma) o’zaro ta’siri hisoblandi. Masalaga bunday 
yondoshuv tsiklli ishsizlik, inlfyatsiya, iqtisodiy o’sish muammosini tahlil qilishga 
yordam beradi.
Yangi keynschilar (E.Domar, R.Xarrod) iqtisodiy o’sish nazariyasini ishlab 
chiqdilar. Undagi asosiy muammo – realizatsiya muammosi hisoblanadi. Bu 
nazariyaga muvofiq, iqtisodiyot dinamik muvozanat holatda bo’ladi, agar talab ishlab 
chiqarish resurslaridan to’la foydalanish imkonini bersa. Talab bog’liq bo’lgan milliy 
daromadning ko’payishi, ularning fikriga ko’ra, faqat kapital jamg’arilishi funktsiyasi 
hisoblanadi, kapitalga bo’lgan talab esa, faqat milliy daromadning o’sish sur’ati bilan 
aniqlanadi. 
Iqtisodiy o’sishning yangi keynschilik modelida iste’mol va jamg’arma 
o’rtasidagi o’zaro miqdoriy bog’liqlik, «multiplikator-akselerator» tizimi asosiy 
o’rinda turadi. Iqtisodiy o’sishning asosiy omillari investitsiya (kapital jamg’armasi
normasi) va ishlab chiqarishning kapital sig’imi (kapitalning ishlab chiqarilgan 
mahsulotga nisbati) hisoblanadi.
Yangi keynschilar industriallashtirish paytida kapital sig’imining o’sish 
moyilligini va «etuk iqtisodiyot» davrida pasayishini payqadilar. Jamg’armaning 
invesittsiyalardan ortib ketishi iqtisodiyotda korxonalar to’la quvvat bilan 
ishlamaslikka va ishsizlikka olib keladi. Investitsiyalarining jamg’armadan ortib 
ketishi baholarning o’sishini keltirib chiqardi.
Yangi keynschilar iqtisodiyotni bilvosita va bevosita tartiblash chora-
tadbirlarini ishlab chiqdilar. Bilvosita ta’sir ko’rsatish usuliga soliq siyosati, byudjet 
orqali moliyalashtirish, kredit siyosati, tezlashtirilgan amortizatsiyalar kiradi.
J.M.Keyns tomonidan taklif qilingan ssuda foizini tartiblash keng qo’llanildi. 
Foiz normasini o’zgartirish, birinchi navbatda asosiy kapitalga kapital qo’yilmasini 
rag’batlantirish uchun uzoq muddatli kreditlashga nisbatan olib boriladi. Davlat 
krediti ishlab chiqarishning tarmoq tuzilishini o’zgartirishda, eksport tarmoqlarini 
rag’batlantirishda, iqtisodiyotning qoloq bo’g’inlarini qo’llab quvvatlashda, 
infratuzilmani rivojlantirishda, texnika taraqqiyotini jadallashtirishda muhim rol 
o’ynay boshladi.
Yangi keynschilar multiplikator printsipini akselerator printsipi bilan 
to’ldirdilar. Multiplikator printsipi bo’yicha investitsiya ish bilan bandlikni ta’minlab 
daromadni oshiradi. Akselerator printsipiga ko’ra daromadlarning o’sishi konkret 
sharoitda investitsiyaning ko’payishiga olib kelishi ham mumkin. Buning ma’nosi 
shundan iboratki, daromadlarning ko’payishi yalpi talabning oshishiga olib keladi, 
yalpi talabning oshishi esa, ishlab chiqarishning kengaytirilishini taqozo etadi va 
147 


demak, yangi investitsiyalarga bo’lgan talab kelib chiqadi. Akselerator daromad 
o’sishi bilan kelgusi investitsiyalar o’simi o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalaydi. 

Yüklə 1,05 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə