1. Til tufayli jamiyat a’zolarining har birida hosil bo‘lgan
bilim ommalashib,
uning ko‘pchilik tomonidan rivojlantirilishiga imkon tug‘iladi. Undan tashqari til
tufayli bilim avloddan avlodga og‘zaki va yozma tarzda qoldiriladi,
natijada yangi
avlod o‘tgan av-lodning ishini yangidan boshlamasdan, uni davom ettiradi. Bu
bilan taraqqiyot ta’min-lanadi.
2. Til ilm olishda zamon va makon g‘ovini o‘rtadan ko‘taradi.
Til tufayli eng
qadimgi ma’lumotlarga ega bo‘lamiz, hatto kelgusiga oid ma’lumotlarni ham
olamiz. Koinotning hamma yeridagi ma’lumotni so‘z
bilan ifodalab, bilmaganga
bildirish mumkin.
3. Har bir o‘quvchi maktabda qanchadan qancha bilim oladi. Shu bilimlarni
olishga til tufayli muyassar bo‘ladi. Aks holda har bir o‘rgatilayotgan narsani, hech
bo‘lmaganda uning suratini o‘quvchiga ko‘rsatish kerak bo‘lar edi. Bu
albatta juda
ko‘p vaqt va joyni talab qilar edi.
4. Biz til tufayli sezgi a’zolari bilan bilib bo‘lmaydigan
narsalarni ham
o‘rganamiz. Ko‘rinishi, shakli bor narsalarning aksi ongimizga o‘rnashishi mum
-
kin, lekin shaklsiz narsalarni biz faqat so‘z shaklida o‘zlashtiramiz. Xuddi shuning
-
dek, mavjudotning ko‘rinmas ichki jihatlarini ham so‘z shaklida o‘zlashtiramiz va
til vositasi bilan o‘zgalarga tushuntiramiz.
5. Tilni o‘rganish va o‘rgatishni osonlashtiradigan yana bir jihati shundaki, u
umumlashtirish xususiyatiga e
ga. So‘z yordamida biz mavjudotni o‘rganib umu
-
miy tushunchalar hosil qilamiz va bu tushunchalar
mavjudotning umumiy xos
-
salarini o‘rganishga, hatto ularning haqiqatini idrok etishga imkoniyat tug‘diradi.
6. Til tufayli biz haq bilan nohaqni, yaxshi bi
lan yomonni bir-biridan
farqlashni
o‘rganamiz.
Dostları ilə paylaş: