O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buxoro davlat universiteti maktabgacha va boshlang’ich ta’lim fakulteti boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi



Yüklə 222,7 Kb.
səhifə13/15
tarix29.03.2023
ölçüsü222,7 Kb.
#103537
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi b

II bob xulosasi


Ikkinchi bobda biz boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini og‘zaki va yozma hisoblashga o‘rgatish metodikasi, ya‘ni 3 – sinfda ming ichida qo‘shish va ayirishni og‘zaki usullari, 3 – sinfda ming ichida qo‘shish va ayirishni yozma usullari, ming ichida ko‘paytirish va bo‘lishni og‘zaki va yozma usullari bayon etilgan.
2.4-faslda pedagogik amaliyot davrida o‘tkazilgan ming Ichida og‘zaki qo‘shish va ayirishga doir ―300+600, 700—200 ko‘rinishidagi hollar uchun qo‘shish va ayirish usullari‖, ―60+80, 110—70 ko‘rinishidagi hollar uchun usullar. Tenglamalar yechish‖, ―350+420 ko‘rinishidagi hollar uchun usullar Yangi material ustida ishlash‖, ming ichida yozma qo‘shish va ayirishga doir ―O‘nlikdan o‘tmasdan qo‘shish‖, ―Xonadan o‘tmasdan hisoblash‖, ―O‘tilgan materialni mustahkamlash‖ mavzulari bo‘yicha dars ishlanmalari keltirilgan. Shuningdek, og‘zaki qo‘shish va ayirish mavzusini o‘rganish natijalari, darslarga oid metodik ko‘rsatmalar keltirilgan.

UMUMIY XULOSA


Birinchi bobda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini minglik mavzusini o‘qitishda nomerlashni o‘rgatish metodikasi ya‘ni minglik mavzusini o‘qitish, ming ichida sonlarni nomerlashni o‘rganish metodikasini bayon etildi. 1.2.-faslda 1000 ichida sonlarni nomerlash metodikasi to‘liq bayon etilgan.
Ikkinchi bobda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini og‘zaki va yozma hisoblashga o‘rgatish metodikasi, ya‘ni 3 – sinfda ming ichida qo‘shish va ayirishni og‘zaki usullari, 3 – sinfda ming ichida qo‘shish va ayirishni yozma usullari, ming ichida ko‘paytirish va bo‘lishni og‘zaki va yozma usullari bayon etildi. 3-sinf o‘quvchilariga ming ichida qo‘shish va ayirishni og‘zaki va yozma usullarini bajarish algoritmi bayon etilgan. 2.3-faslda ming ichida ko‘paytirish va bo‘lishga o‘rgatish algoritmi bayon etilgan. 2.4-faslda pedagogik amaliyot davrida o‘tkazilgan ming ichida og‘zaki qo‘shish va ayirishga doir, ming ichida yozma qo‘shish va ayirishga doir dars ishlanmalari keltirilgan. Shuningdek, og‘zaki qo‘shish va ayirish mavzusini o‘rganish natijalari, darslarga oid metodik ko‘rsatmalar keltirilgan.
Xulosa qilib aytganda, 3-sinf o‘quvchilarga ming ichida og‘zaki va yozma hisoblash usullarini puxta o‘rgatish keyinchalik sonlar ichida arifmetik amallarni bajarishga tayanch bilim bo‘ladi.

Yüklə 222,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə