O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi n. N. Zaripov



Yüklə 5,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/94
tarix08.06.2023
ölçüsü5,59 Mb.
#116037
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   94
Kompyuter grafikasi o\'quv qo\'llanma

Web-sayt statistikasi
— saytlar egalariga saytda tashrifchilar soni, qaysi bo`limlar 
eng ko`p mashhur bo`lgan va boshqa narsalarni bilish imkonini beradi.
Web-sayt tuzilmasi
— web bog`lamasi sahifalari orasidagi aloqalar to`plami.
Web-sahifa
— Internet manzili (URL) bilan bir xil ma’noda belgilanuvchi mantiqiy 
birlik. U web-saytning tarkibiy qismidir. Web saytlar esa o`z navbatida sahifalardan 
iborat deyish mumkin. Fizik nuqtai nazardan u HTML fayldir.
Web-hujjat
— odatda maxsus HTML (Hypertext Markup Language) tilidagi hujjat. 
Web-hujjat Umumjahon tarmog`i asosini tashkil qiladi. Ular gipermatndan iborat 
bo`lib, foydalanuvchiga ajratib ko`rsatilgan so`z yoki jumlaga qaratib,
ma’lumotlarni o`qish. hujjatning boshqa qismiga yoki ayni hujjat bilan giperhavola 
yordamida bog`langan boshqa web-hujjatga o`tish imkonini beradi. Web-hujjat, 
shuningdek, matn, tasvir. tovush, videolarni mujassamlovchi gipermuhit 
ma’lumotni ham o`z ichiga olishi mumkin.
Video ma`ruza
— interfaol bo`lmagan video material ko`rinishida taqdim etilgan 
o`quv materiali ko`rinishi.
Gipermedia
— turli ma’lumotlarni kompyuterda ifodalash. Bunda ajratilgan 
tushunchalar, obyektlar va bo`limlar orasidagi ma’noli bog`lanishlar avtomatik 
tarzda quvvatlanadi. Barcha turdagi axborotlami ifodalash texnologiyasi. Ifoda 
o`zaro assotsiativ bog`langan, nisbatan katta bo`lmagan bloklar shaklida bo`ladi. 
Gipermedia gipermatnga o`xshash. ammo, bogianadigan bloklar sifatida matn 
parchalari emas, balki ixtiyoriy formatdagi ma’lumotlar, grafik tasvirlar
videokliplar, tovush fayllari va shu kabilar bo`lishi mumkin.
Giperhavola
— bir elektron axborot obyektidan boshqasiga havola (masalan, 
matndan eslatmaga yoki adabiyotlar ro`yxatiga, bitta entsiklopedik maqoladan 
boshqasiga).
Gipermatn
— hujjatlar o`rtasidagi aloqa (giperhavola) yordamida ma’lumotni 
taqdim etish usuli. Unda o`quv materiali elektron shaklda interfaol matn sifatida 
giperhavolalar bilan bog`lanadi.
Dasturiy kod
— bu kompyuter dasturi bo`lib, belgilangan dasturlash tilida tegishli 
pedagogik va texnologik ssenariy asosidagi algoritm bo`yicha yoziladi. Dyuym 


185 
(niderlandcha duim — katta barmoq) - yevropaning metrli bo`lmagan o`lchov 
tizimlarida ishlatiladigan o`lchov birligi. Tarixdan esa dyuym — katta erkak 
kishining katta barmog`i enini bildiradi. Bugungi kunda kompyuter grafikasidagi 
o`lchov birligi hisoblanib, 1 dyuym 2,54 santimetrga teng.

Yüklə 5,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə