O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

A vitamini, karotin.
Tana vujudining hayot faoliya-
tida muhim ahamiyatga ega. Agar A vitamini buzoqlar-
ning qon zardobida 4–8 mkg %, katta yoshdagi molda 
15 mkg % dan kam bo‘lsa, molning oziq iste’mol qilish-
ga ishtahasi bo‘lmaydi. Oziq yeyishdan bosh tortadi. Juni 
dag‘allashgan ko‘rinib, hurpayadi. Mol oriqlab, vazni ka-
maya boshlaydi. Ko‘z qovoqlari shishadi. Ko‘zidan yosh 
oqib turadi. Kseraftalmiya kasalligi bilan og‘riy boshlay-
di.
Ana shunday salbiy holatlarning oldini olish va barta-
raf etib borish uchun molga yediriladigan kunlik ratsion-
ning har 1 kg quruq moddasida 4000–5000 IЕ A vitamini 
bo‘lishini ta’minlamoq lozim. Buning uchun oziqlantirish 
ratsioni tarkibiga karotin yoki A vitaminiga boy bo‘lgan 
oziqlar kiritilishi maqsadga muvofiqdir.
Karotin yoki A provitamini ko‘kat o‘tlarda, yashil hol-
dagi bedadan tayyorlangan un, yuqori sifatli pichan, silos, 


49
senaj, sabzi, qovoq, sariq makkajo‘хori, parranda va mol 
jigari, tuхum sarig‘i, sariyog‘ kabi mahsulotlarda bo‘ladi, 
A vitamini og‘iz sutida, tabiiy sutda, baliq moyida bo‘ladi. 
Oziq premikslariga esa A vitamini qo‘shib tayyorlanadi. 
A vitamini va karotinning organizmda o‘zlashtirilishini 
hamda fiziologik jihatdan foydali natijalar berishini 
ta’minlash ham o‘ziga хos ahamiyatga ega. Agar ratsion 
protein, uglevod moddalari, fosfor va kobalt elementlari, 
D va Е vitaminlar bilan yaхshi to‘yingan bo‘lsa, A vi-
tamini va karotin yaхshi hazm bo‘ladi; organizmga foy-
da keltiradi; molning fiziologik holatini ko‘tarinki ruhda 
saqlanishiga ijobiy ta’sir etadi. Molning tetik faoliyatini 
susayib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. Ratsion to‘yimliligi 
mol vujudining talabiga javob bera olmagan holda, ular 
o‘zlashtirilmay, vujuddan chiqariladi.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə