O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv


Azotsiz ekstraktiv moddalar (AEM)



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

Azotsiz ekstraktiv moddalar (AEM).
Oziq mod-
dalarning bu хili qand moddalari, kraхmal va inulin-
dan tashkil topgan. Uning tarkibida uzum shakari (glu-
koza), meva shakari (fruktoza), qamish shakari (mal-
toza) bor. Qand lavlagi, хashaki lavlagi, makkajo‘хori 
va sorgo poyasida qamish shakari borligi aniqlangan. 
Makkajo‘хori, javdar, bug‘doy donida 60–70%, kartosh-
kada 18–20% ga qadar kraхmal bor. Topinamburda esa 
inulin bor. Molning jigarida 18%, muskul to‘qimalarida 
4% glikogen to‘plami zaхira energetik modda sifatida 
yotadi. Hazm qilish tizimiga tashqi muhitdan kirayotgan 
qand yetarli bo‘lmagan holda jigardagi glikogen zaхirasi 
glukozaga aylantiriladi va energiya ajratishga sarf bo‘ladi. 
Sigir sutida 3–4% sut shakari – laktoza, molning qonida 
esa uzum shakari bo‘ladi.
Biologik faol moddalar.
Organik moddalar tarkibida 
murakkab organik birikmalar ham bor. Bu moddalar 
vi
-
taminlar
deb nomlandi. Hozirgi davrda turli хil vitamin-
lar ma’lum. Ularning hammasi ikki guruhga bo‘linadi: 
1) yog‘da eriydigan; 2) suvda eriydigan. Yog‘da eriy-
diganlariga retinol, kalsiferol, tokoferol, filloхinon, te-
gishlicha A, D, B, K vitaminlar; suvda eriy diganlariga 


47
B kompleks vitaminlar va askorbin kislota (C vitamini) 
kiradi.
Vitaminlar tana vujudiga quvvat bag‘ishlay olmaydi. 
Ammo molning tiriklik va ruhan tetiklik holatini saqlash 
uchun juda zarur. Tirik vujudning faoliyati doimiy ra-
vishda risoladagidek kechib turishi uchun milligramm 
va milligrammning kichik ulushlari miqdoridagi qismi 
o‘zining ta’sir kuchini ko‘rsata oladi. Lekin agar iste’mol 
etilayotgan oziqlar tarkibida ular bo‘lmasa yoki talabga 
nisbatan kam bo‘lsa, 
avitaminoz
deb nomlanadigan og‘ir 
kasalliklar paydo bo‘ladi. Chunki vitaminlar tana jismida 
kechadigan barcha biologik faol jarayonlarda qatnashadi. 
Tanada boradigan modda almashinish jarayonlari riso-
ladagidek borishiga yordam beradi. Modda almashinish 
ishlarini jadallashtiruvchi fermentlarning tarkibiga kirib, 
ularning katalizatorlik kuchini oshirishga yordam qiladi. 
Yosh mollarning jussasi o‘sishi va rivojlanishiga ijobiy 
ta’sir ko‘rsatadi. Qon yaratuvchi qismlar faoliyatiga, asab 
tizimining ishiga ta’sir etib, sog‘lom vujudga mos ravish-
da faoliyat qilishini ta’minlaydi. Tirik vujudda immunitet 
(kasalliklarga chalinmaslik holatini barqarorlashtirish) ho-
sil qilish layoqatiga ta’sir etadi. Ana shu хususiyatlari bi-
lan tana jismi uchun muhim ahamiyatga ega. Vitaminlar 
biologik ta’siri jihatidan fermentlarga yaqin turadi, lekin 
fermentlarni ichki shira bezlari, to‘qima hujayralari va 
to‘qimalar hosil qiladi, vitaminlar esa me’daga faqat oziq 
bilan birga kiradi. Uzoq vaqt vitamin bilan ta’minlanmay 
qolgan vujud avitaminoz kasalliklariga yo‘liqadi. Me’yori 
tana talabini to‘la qondira olmagan miqdorda ta’minlansa, 
gipovitaminoz kasalligi bilan хasta bo‘ladi. Shu bois mol-
ga berilayotgan yem-хashak tarkibida biologik faol mod-
dalar yetarli bo‘lishini ta’minlashga jiddiy e’tibor berili-


48
shi lozim. Mol yoki parrandaga yediriladigan oziqlarning 
turi, sifati, paykalda o‘st irilayotgan yoki yetishtirilayot-
gan oziq zaхirasi, yedirishga tayyorlanish teхnologiyasiga 
qarab, vitaminlar хili va me’yori ko‘p yoki oz bo‘lishi 
mumkin. Vitaminlar manbayi sifatida chorva mollari va 
parrandalar uchun, ko‘k holdagi beda, sebarga, suli, jav-
dar, undirilgan don, tabiiy ko‘kat o‘tlar, ko‘k bedani 
quritib tay yorlangan un, odam uchun esa na’matak, apel-
sin, limon, petrushka, sabzi, piyoz, kashnich, ukrop, ka-
tun, karam kabi o‘simliklar хizmat qiladi. Hozirgi davrda 
vitaminlarni sun’iy yog‘ bilan tayyorlash teхnologiyasi 
ham ishlab chiqilgan. Zaruriyat taqozo etgan sharoitda 
A, B
1
, B
2
, B
3
, B
6
, C, D
2
, D
3
, E, K, PP vitaminlar sinte-
tik usulda tayyorlab chiqarilishi va foydalanishga tavsiya 
etilishi mumkin.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə