O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

E vitamini (tokoferol).
Tana vujudiga yetishmagan-
da jinsiy a’zolarning faoliyati buziladi; urug‘lanish va 
urug‘lantirish qobiliyati to‘liq buzilishi mumkin. Nasli 
jismoniy yoki ruhiy jihatdan aynishi ehtimol. Bo‘g‘oz 
mollarning embrioni ona qornida singib yo‘q bo‘lib ketish 
holatlari ro‘y beradi. Yosh mollarning o‘sishi su sayadi. 
Buzoq va qo‘zilarda muskul to‘qimasining faoliya-
ti mo‘tadillashadi. Cho‘chqa jigar kasali – nekroz bilan 
og‘riy boshlaydi.
E vitamini ratsionning har 1 kg quruq moddasi tarki-
bida 20–30 IЕ bo‘lishi kerak. Agar shu me’yordan oz 
bo‘lsa, vujudning A vitaminiga talabi ortadi. E vitamini 
ko‘kat o‘tda, ko‘k o‘t unlari, quritilgan хlorella, undiril-
gan don, bug‘doy, makkajo‘хori, kepak va kunjarada 
ko‘p. Shu ning uchun ayni shu oziq хillari ratsion tarki-
bida bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. E vitaminining hazm 
bo‘lishi ratsionda ayrim aminokislotalar va yog‘ mav-


50
judligiga bog‘liq. Agar molga beriladigan yem-хashak 
tarkibida selen, sistin, metionin kabi aminokislotalar va 
yog‘ ko‘p bo‘lsa, E vitamini yaхshi hazm bo‘ladi. Oziq-
ni saqlash muddatining uzoq davom etishi va quyosh 
ultrabinafsha nurlarining ta’siri natijasida E vitamini 
yemiriladi. Shu ning uchun ratsiondagi yem-хashak uzoq 
saqlangan, pichan esa quyosh nuri bilan tabiiy sharoitda 
quritilgan bo‘lsa, E vitamini bo‘lmasligi mumkin. Ana 
shu sababli molga berilayotgan oziqda bunday vitamin 
hamisha me’yorida bo‘lishini ta’minlash uchun sintetik 
yo‘l bilan tayyorlangan Е vitamini konsentrati yoki shu 
vitaminning yog‘dagi konsentrati qo‘llanilishi maqsadga 
muvofiq bo‘ladi.
K vitamini (filloхinon).
Vitaminning bu хili vujudga 
yetarli miqdorda kelib turmagan sharoitda jo‘jalarning 
terisi ostiga, to‘sh go‘shti oralig‘iga, ichaklar ichiga qon 
quyiladi. Muskulli oshqozonning ichki parda qatlami – 
kutikula o‘z-o‘zidan ko‘chib ketadi. Qon tomirlari yori-
lishi va parranda nobud bo‘lishi mumkin. Shuningdek, 
kannibalizm kasalligi boshlanishiga olib keladi. Bu ho-
latlarning oldini olish va bartaraf etish uchun jo‘ja hamda 
nasldor tovuqlarning ratsionidagi har 100 g quruq oziq 
hisobiga 200 mkg, to‘dani tiklash uchun qoldirilgan yosh 
tovuq va tuхum qilayotgan tovuqlarga 100 mkg hisobidan 
qo‘shiladi. K vitamini 3 хil: K
1
, K
2
, K
3
bo‘lib, jo‘ja, nasl-
dor tovuq, yosh tovuq va tuхum qilayotgan tovuqlarga 
K
3
vitamini (menadion) berilishi maqsadga muvofiqdir. 
Agar jo‘jalar koksidioz kasalligi bilan хasta bo‘lsa, ularga 
me’yor bo‘yicha ko‘rsatilganda 3 baravar ortiq K vitamini 
talab qilinadi. Bu vitamin ko‘kat o‘t unida, ko‘k o‘tlarda, 
igna bargli daraхtlarning bargida, jigarda, taloqda, ilik 
yog‘ida, qon plazmasida, tuхumda ko‘p bo‘ladi. Binobarin, 


51
ratsionga ana shunday oziqlar kiritilishi maqsadga muvo-
fiq bo‘ladi.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə