O’zbekistonda mustaqillikdan so’ng musiqa madaniyati tarixi



Yüklə 8,8 Mb.
tarix27.04.2023
ölçüsü8,8 Mb.
#107275
O’zbekistonda mustaqillikdan so’ng musiqa madaniyati tarixi

O’zbekistonda mustaqillikdan so’ng musiqa madaniyati tarixi

Reja:


O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng mamlakatda ilm-fanga alohida e'tibor berildi. Xalq xo’jaligi va madaniy hayotning tobora ortib borayotgan talablaridan orqada qolayotgan ilmiy tadqiqot institutlari tugatildi. Turmush taqozo etgan yangi institutlar ochildi. Respublikamiz Vazirlar Mahkamasining 1995 yil 3 aprelidagi qarori bilan O’zbekiston Respublikasi FAning yangi Nizomi tasdiqlandi.
XIX asr oxirlariga kelib o‘zbek musiqiy madaniyatida o‘zgarishlar davri boshlandi. Bu albatta, Turkiston o‘lkasini Russiya tomonidan istilo qilinishi bilan bog‘liqdir. Bu borada ikki tomonlama qarash bilan o‘rganmoq zarur bo‘ladi. Chunki bahzi bir hollarda milliy musiqa madaniyatimizga salbiy ta'sirini kuzatsak, ikkinchi tomondan, o‘ziga xos rivojlanish davri bo‘lganligini ham ehtirof etish zarur bo‘ladi. Chunki nota yozuvining kirib kelishi, o‘lkamizda milliy musiqa san'atimizni ilmiy ravishda o‘rganish, folklor va etnografiya sohasidagi rivojlanishga sezilarli ta'sir etdi.
Bu borada V.A. Uspenskiy, Ye.Ye. Romanovskaya, N.N.Mironov singari musiqashunos va etnograf olimlarning mehnatlarini aytib o‘tish zurur bo‘ladi. Ilyos Akbarov, Mutal Burxonov, Yunus Rajabiy, Tolibjon Sodiqov, Muxtor Ashrafiy singari musiqamiz darg‘alari ulardan saboq oldilar. Bundan tashqari, jahon musiqiy madaniyatining durdonalari sanalmish fortopiano sozi, opera va balet, simfonik ijro, jahon klassik musiqiy sozlarining kirib kelishi musiqiy madaniyatimizning har tomonlama serqirra rivojiga salmoqli hissa qo‘shdi. Natijada, o‘zbek xalq musiqalari, qo‘shiqlari, maqomlari joy olgan 20 jilddan ortiq kitoblar dunyo yuzini ko‘rdi.
So‘nggi 130 yil ichida musiqiy madaniyatimiz murakkab, keskin ziddiyatlarga, ijobiy va salbiy ko‘rinishlarga to‘la tarixiy davrni boshidan kechirdi. Ana shu holatlarga qaramay, o‘tgan davrlar mobaynida ilm fan, san'at, jumladan, musiqiy madaniyat sohasida faxrlanishga arzigulik ishlar amalga oshirilganligini ehtirof etish zarur. Yaqqol misol sifatida musiqa ijodiyoti, ijrochiligi, musiqa ilmi, tahlimi singari sohalarni olish mumkin. Shu o‘tgan davrlarning salbiy oqibatlari sifatida hayotimizning o‘ta siyosiylashtiriluvi, milliy qadriyatlarimizni mensimaslik, uning toptalishiga yo‘l qo‘yilishi, xalqchil yo‘nalishlarga bepisandlik munosabatida bo‘lish, azaliy xalqaro madaniy aloqalar rivojlanishiga sunniy to‘siqlar qo‘yilishi kabilarni ko‘rsatish mumkin.
Hozirgi zamon o‘zbek musiqa ijodiyoti serjabha va ko‘lami keng, usluban boy va rang-barang, rivojlangan va shiddatli jarayon sifatida gavdalanadi. Zotan, musiqiy madaniyatimiz juda qadim, betakror va noyob an'analarga ega bo‘lgani holda, zamona zayli bilan yangidan-yangi yo‘nalish, shakl, janr, uslublar bilan yanada boyib bormoqda. Demakki, asrlar osha bizgacha yetib kelgan ardoqli navobaxsh merosimiz qatori bir necha avlod ijodkorlarining ko‘rkam musiqiy an'analari madaniy-ma'naviy mulkimizga aylandi. Har qanday san'at turi har xil vositalar orqali hayotiy voqyelikni aks ettirishga qodir ekan, so‘nggi yuz yillik mobaynida O‘zbekiston musiqasining rivojlanishi nechog‘lik murakkab va o‘zgaruvchan ijtimoiy sharoitlarda kechganini yaqqol tasavvur qilish mumkin.
Xususan, 20-yillardan e'tiboran kompozitorlikka xos ifoda vositalarining izchil joriy etila boshlanishi musiqiy madaniyatimizda musiqa ijodkorligining yangi tizimi barpo etilishidan dalolat berdi. Tabiiyki, tez orada o‘zbek xalq ijodiyoti, an'anaviy bastakorlik hamda havaskorlik singari o‘zaro chambarchas bog‘liq qatlamlar bilan uzviy bog‘liq ravishda milliy qadriyatlarimizga, «noan'anaviy» kompozitorlik ijodkorligi muhim tarmoq sifatida qo‘shiladi. Umumbashariy madaniy taraqqiyotga mos ravishda mazkur jabha o‘lkamizda tarixan juda qisqa muddat ichida uzil-kesil shakllanib, samarali rivoj topganini alohida ehtirof etish lozimdir.
Istiqlol yillarida musiqiy madaniyatimizni rivojlantirish sohasida Prezidentimizning qator farmonlari va qarorlari ehlon qilindi. Bular orasida «O‘zbeknavo» gastrolp- konsert birlashmasini tashkil etish to‘g‘risida (1996), «O‘zbekiston – Vatanim manim» qo‘shiqlar bayramini o‘tkazish to‘g‘risida (1996), «Respublikada musiqiy tahlimni, madaniyat va san'at o‘quv yurtlari faoliyatini yaxshilash to‘g‘risida» (1996),n «O‘zbekistonda estrada san'atini yanada rivojlantirish to‘g‘risida» (1998, 2001) singari farmon va qarorlar respublikamizda musiqiy san'atni yanada yuksaltirish borasida qo‘yilgan qadamdir.
1997 yildan buyon har ikki yilda Samarqand shahrida o‘tkazilayotgan «Sharq taronalari» xalqaro musiqa festivali xalqaro maydonda yurtimiz nufuzini yanada oshirib yubordi. Ushbu nufuzli anjumanda dunyoning 40 dan ortiq davlatlari vakillari ishtirok etmoqda. Bu festivalda o‘zbek xonanda va ijrochilarining sovrinli o‘rinlarni egallashi tahsinga sazovor bo‘lmoqda. Bundan tashqari, Toshkent shahrida 1998 yildan boshlab xalqaro simfonik musiqa festivalining o‘tkazilishi, unda jahonning ko‘zga ko‘ringan dirijyorlari va ijrochilarining qatnashishi, 1995 yildan boshlab «Ilxom XX» Xalqaro zamonaviy kamer musiqasi festivalining o‘tkazilishi ham musiqiy san'atimiz nufuzini oshirmoqda.
Mustaqillik yillarida milliy musiqa va qo‘shiqchilik san’ati rivojlandi. Respublika madaniyat ishlari vazirligi, 1992-yilda tashkil etilgan «Xalq ijodi va madaniy-ma’rifiy ishlar respublika markazi», uning viloyatlardagi bo‘limlari musiqa va qo‘shiqchilik san’atini, havaskorlik va folklor jamoalari faoliyatini rivojlantirish, unutilgan xalq ohanglarini tiklash maqsadida turli xil ko‘rik tanlovlar, festivallar tashkil etmoqdalar.
1992-yilda Toshkentda «Asrlarga tengdosh navolar» va «Boqiy ovozlar», Xorazm viloyatida folklor jamoalari, askiya, qiziqchi va masxarabozlarning, Qo‘qonda katta ashula, lapar va yalla ijrochilarining ko‘rik-tanlovlari o‘tkazildi. 1994-yil may oyida Parijda bo‘lib o‘tgan «Sharq musiqasi» festivalida Munojot Yo‘lchiyeva va Shavkat Mirzayevlar ishtirok etib, o‘zbek milliy qo‘shiqchilik san’atini jahonga namoyish etdilar.
1996-yil aprel oyida Turkiston saroyi, «Bahor» majmuasi va boshqa ijodiy konsert tashkilotlari negizida tashkil etilgan «O‘zbeknavo» gastrol-konsert birlashmasi orqali xalq orasidan iste’dodli qo‘shiqchilarni izlab topish va ko‘rik-tanlovlarga jalb etish, musiqa va qo‘shiqchilik san’ati bo‘yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirish kabi tadbirlar amalga oshirildi. Respublika Prezidentining 1996-yil 27-avgustdagi «O‘zbekiston – Vatanim manim» qo‘shiqlar bayrami to‘g‘risida»gi farmoni qo‘shiqchilik san’atini rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda yashayotgan 130 ga yaqin turli millat va elat urf-odatlari va an’analari birdek rivojlanib bormoqda. Hozirgi paytda O‘zbekistonda 120 ta milliy madaniyat markazlari faoliyat yuritmoqda. Milliy madaniy markazlar o‘z millatdoshlarining tili, madaniyati, urf-odatlari, rasm-rusumlarini tiklash, tarixiy Vatani bilan aloqani jonlantirish kabi masalalar bilan shug‘ullanib kelmoqdalar. Milliy madaniy markazlar qoshida milliy musiqa, raqs, hunar va boshqa yo‘nalishlardagi to‘garaklar tashkil etilgan.
1992-yilda turli milliy madaniy markazlarga ko‘maklashuvchi Respublika Baynalmilal markazi tuzildi. Uning faoliyatida respublikamizda istiqomat qiluvchi turli millat va elatlarni jipslashtirish asosiy o‘rin tutmoqda. Har bir millatga mansub rassomlar, yozuvchilar, shoirlar, olimlar, madaniyat va san’at arboblariga bag‘ishlangan yig‘ilishlar, ko‘rgazmalar tashkil etilmoqda. Milliy madaniy markazlar o‘z faoliyati bilan respublikada madaniyat ravnaqiga muhim hissa qo‘shmoqdalar.

E’tiboringiz uchun rahmat!


Yüklə 8,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə