Musiqa ijrochiligida ta’lim-tarbiyaning roli annotatsiya



Yüklə 33,64 Kb.
səhifə1/5
tarix23.04.2023
ölçüsü33,64 Kb.
#106739
  1   2   3   4   5
Ta\'lim-tarbiya


MUSIQA IJROCHILIGIDA TA’LIM-TARBIYANING ROLI
Annotatsiya: Ushbu maqolada musiqa ijrochiligida ta’lim-tarbiyaning ahamiyati va mazmun mohiyati haqida fikr-mulohazalar bildirilgan. Shuningdek, yaratilayotgan san’at asarlarining yaratilish tarixi, bugungi kundagi mazmun-mohiyati, dolzarbliligi va yoshlar ma’naviyatiga ta’siri xususida izchil izlanishlar tahlili bayon etilgan. Sohada amalga oshirilayotgan islohotlar mavzuni to‘laqonli darajada ochib berish uchun asos qilib olingan. Kalit so‘zlar: musiqa ijrochiligi, qo‘shiq, ta’lim-tarbiya, xonanda, repertuar, san’at mahsuli, folklor, milliy musiqa
РОЛЬ ОБРАЗОВАНИЯ В МУЗЫКАЛЬНОМ ИСПОЛНЕНИИ
Аннотация: В данной статье высказываются мнения о важности и содержании образования в музыкальном исполнительстве. Также представлен анализ последовательных исследований истории создания произведений искусства, их содержания на сегодняшний день, актуальности, влияния на духовность молодежи. За основу для наиболее полного раскрытия темы взяты проводимые в сфере реформы. Ключевые слова: музыкальное исполнение, песня, образование, певец, репертуар, художественное произведение, фольклор, национальная музыка.
THE ROLE OF EDUCATION IN MUSIC PERFORMANCE
Abstract: In this article, opinions are expressed about the importance and content of education in music performance. Also, the analysis of consistent research on the history of the creation of the works of art, their content today, their relevance, and their impact on the spirituality of young people is presented. The reforms implemented in the field are taken as a basis for revealing the topic to the fullest extent. Key words: music performance, song, education, singer, repertoire, art product, folklore, national music
KIRISH.
O'zbek xalqining musiqa madaniyati juda uzoq tarixga ega. Taraqqiyot davomida xalq bastakorlik yo'llari, an'anaviy kasbiy musiqa, xalq mumtoz musiqasi, shuningdek, folklor - havaskorlik musiqiy merosi kabi shakli va uslubi bilan bir-biriga chambarchas bog'liq bo'lgan ijrochilik ko'rinishlari bir-birini to ldirib keldi. Ana shu musiqiy merosimiz bugungi kunda ham ma'naviyatimiz ham madaniyatimizning bir jabhasi sifatida namoyon bo'lmoqda.
Keyingi to'rt-besh yil ichida bilan milliy-ma'naviy qadriyatlarimizga, urf-odatlarimizga, unutilayozgan qadrli an'analarimizga bo'lgan e'tibor va ularni yangidan isloh etish jarayoni ustivor yo'nalish kasb etdi. Davlat miqyosida urf-odatlarimiz, milliy qadriyatlarimiz, ma'naviy boyligimizga bo'lgan hurmat va e'tibor ko'tarildi. Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq, ajdodlarimizdan qolgan ma'naviy boyliklarni, xususan, musiqiy madaniyatni asrab avaylash, tiklash borasida, qolaversa, zamon bilan hamohang qadam tashlash borasida ko'pgina ishlar qilindi. Bu borada o'tgan ajdodlarimiz bizlarga meros qilib qoldirib ketgan ulkan ma'naviy boyligimiz asosiy omil bo'lib xizmat qilib kelmoqda.
Mustaqilligimizning poydevorini mustahkamlashda O'zbekistonning buyuk davlatga aylanishida ta'lim-tarbiya ishlarini to'g'ri yo'lga quyish dolzarb vazifalardan biri bo'lib kelmoqda. Davlatimiz mustaqillikka erishgach, o'zbek xalqi o'z madaniyati va san'atini har tomonlama rivojlantirish, uni yangi mazmun bilan boyitish imkoniyatiga ega bo'ldi.
Yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus muhim ahamiyat kasb etadi. Ma'lumki, davlat rahbari ijtimoiy, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo'lga qo'yish bo'yicha 5 ta muhimtashabbusni ilgari surgan edi.1 Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san'atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste'dodini yuzaga chiqarishga xizmat qiladi, bu esa san'atga bo'lgan e'tiborni yanada yaqqol misoli bo'la oladi. O'zbek mumtoz musiqasining yetakchi janri hisoblangan maqom san'ati ham uzoq tarixga ega bo'lib, bugungi kunda ularni yosh avlodga o'rgatishdek ma'suliyatli vazifani bajarishda ustoz hofizlar, musiqa o'qituvchilari bilan birgalikda, bolalar musiqa va san'at maktablari o'qituvchilari ham alohida o'rin egallaydi.

Yüklə 33,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə