Musiqa ijrochiligida ta’lim-tarbiyaning roli annotatsiya



Yüklə 33,64 Kb.
səhifə4/5
tarix23.04.2023
ölçüsü33,64 Kb.
#106739
1   2   3   4   5
Ta\'lim-tarbiya

TAHLILLAR VA NATIJALAR.
O'zbek xalqi o'z ildizlari bilan qadim-qadim zamonlarga borib taqaladigan musiqa merosi, xilma-xil musiqa janrlari hamda boy tasvir vositalari bilan bizning davrimizgacha yetib kelgan. Bundan tarixiy manbalar, boy va betakror qadimiy obidalar xabar beradi. O'zbek xalq musiqasi yillar davomida o 'rganilib kelinmoqda. Masalan, o'zbek musiqa merosini to 'plash va nota vositasida nashr etilishida V .M .Uspenskiy, Yunus Rajabiy, Ilyos Akbarov, M.Yusupovlaming mehnatlari beqiyosdir. 5
O'zbek xalq musiqasini yozib olish va qayta ishlash, ilmiy-nazariy tadqiqot o'tkazishda mutaxassis olimlar, jumladan, etnomusiqashunoslar — F.Karom atov, R.Abdullayev, S.Begmatov, O.Matyoqubovlarning olib borgan etnografik ekspeditsiya xizmatlari katta. 6
O'zbek musiqa madaniyati ikki qatlamga bo'linadi:
1. Xalq musiqasi.
2. Og'zaki an'anadagi professional musiqa.
O'zbek musiqa merosining ko'rsatib o'tilgan har ikkala qatlami asrlar davomida og'zaki an'ana tarzida, ya'ni nota yozuvlarisiz, og'zaki ijod etish, og'zaki o'rganish va ijro etish orqali yetib keldi. 7
XULOSALAR.
Bolalar folklor qo'shiqlarini dars jarayonida o'rganish o'ziga xos pedagogik va metodik yondashuvlarni ham taqazo etadiki, bu o'rinda o'qituvchi eng avvalo, o'rganilayotgan qo'shiqni tanlashga jiddiy yondashishi lozim bo'ladi. -boshlang'ich sinf o'quvchilarining psixologik-fiziologik xususiyatlariga ko'ra ko'proq o'yinga moyilligi, qo'shiqlarni sho'x, raqsbop, ma'lum o'yin harakatlari orqali ijro etilishi xususiyatlarini e'tiborga olishi muhim ahamiyat kasb etadi. -bu o'rinda yana bir muhim jihat qo'shiqlarni bolalarning vokal kuylash imkoniyatlariga (ovoz diapozoni, ovoz kuchi, qo'shiq so'zlarini tushunarliligi, tez yodda qoladigan bo'lishi) mosligi o'qituvchining doimiy e'tiborida bo'lishi lozim.
Xulosa qilib aytganda, o'zbek milliy musiqa merosi o'zbek yoshlari ijodiy tafakkurini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, endilikda yoshlar tarbiyasida milliy musiqa ilmini chuqur egallashlari, ijodiy yangiliklarini kengaytirishlari maqsadga muvofiq.
Bugungi kunda musiqa insonning shakllanishida muhim rol o'ynaydi; uning hissiyoti va ruhiyatiga faol ta'sir ko'rsatadi. Umumta'lim maktablarida musiqa darslarining asosiy vazifatlaridan biri nafosat olamiga olib kirish va ma'naviy tarbiya berish. Bunda o'qituvchi bolalarni muhim bir mus iqa asari bilan tanishtirib uni ifodali "jonli" qilib ijro etib, o'quvchilar diqqat e'tiborini jalb etadi, ularning nutqini o'stirish, fikrlash qobilyatini, dunyo qarashini kengaytiradi, emotsional his -tuyg'ularga ham faol ta'sir etadi. Musiqa darslarining mazmunida faqatgina o'zlashtirish emas, balki o'quvchilar ongini, voqelikka munosabatini rivojlantirish, estetik madaniyatini tarkib toptirish va boshqa ichki his-tuyg'ularning shaklan tuzilishi nazarda tutiladi.
Tarbiya tizimida musiqa san'ati yetakchi o'rinda turadi. Hozirgi kunda musiqa san'atni inson tarbiyasidagi roli ortib bormoqda. Yoshlarimizni ma'naviy yetuk, komil inson etib tarbiyalashda musiqa tarbiyasining roli shak-shubhasiz kattadir.



Yüklə 33,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə