Musiqa ijrochiligida ta’lim-tarbiyaning roli annotatsiya



Yüklə 33,64 Kb.
səhifə2/5
tarix23.04.2023
ölçüsü33,64 Kb.
#106739
1   2   3   4   5
Ta\'lim-tarbiya

ADABIYOTLAR TAHLILI:
Musiqa madaniy hayotimizda keng o'rin tutgan, inson shaxsiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadigan san‘at turidir. Musiqa tarbiyasi, nafosat tarbiyasining asosiy va murakkab qirralaridan biri bo‘lib, atrofdagi go‘zal narsalarni to‘g‘ri idrok etishga va qadrlashga o‘rgatadi. Musiqa insonni yuksak did bilan qurollantiradi va ma‘naviy dunyoqarashini shakllantiradi. Musiqa inson hissiyotiga kuchli ta‘sir kursatish imkoniyatiga ega bo‘lib, o‘quvchilarni nafosat olamiga olib kirish va g‘oyaviy-axloqiy tarbiyalashning muhim vositasidir. Milliy madaniyatimiz bobokaloni Abu-Nosir al-Forobiy «Bu fan tanning sog‘ligi uchun foydalidir», degan edi. Bobomiz Shayx Sa‘diy aytgan edi: «Musiqa odam ruhining yo‘ldoshidir».2 Musiqa insonga tez ta‘sir etuvchi emotsional hissiyotni faol rivojlantiruvchi vositadir. Inson musiqa bilan ona allasi orqali tanishib, umrbod musiqadan zavq topadi va madad oladi. Musiqa inson ruhiyatining ajralmas qismi bo‘lib hisoblanadi. Musiqadan turli ozuqa olish uchun inson yuksak madaniyatli, sof qalb egasi, go‘zallikni his eta oladigan, o‘z kasbiga, ona Vataniga mehr qo‘ygan bo‘lishi kerak. Shu bois o‘quvchilarda inson ma‘naviyatining tarkibiy qismi bo‘lgan musiqa madaniyatini tarbiyalash, musiqa tarbiyasining bosh maqsadi bo‘lib turadi. Bu oliy maqsadni amalga oshirish uchun musiqa o‘qituvchisining oldiga qo‘yilgan vazifalari quyidagilardir3 (1-jadval):
1-jadval

1-jadval. Musiqa o‘qituvchisining oldiga qo‘yilgan vazifalari

Mazkur maqsad va vazifalarni amalga oshirish musiqa mashg‘ulotlarini olib boruvchi mutaxasisning professional va axloqiy qiyofasiga bog‘liq. Har qanday san‘atkor ham maktabda musiqa darslarni olib borolmaydi. Buning uchun, musiqa mutaxasis o'z kasbiga va bolalarga mehr qo‘ygan yuksak madaniyatli, keng dunyoqarashga ega bo‘lgan shaxs bo‘lmog‘i lozim. U pedagogika, psixologiya, bolalar fiziologiyasi, etika va estetika nazariyasi, musiqa nazariyasinning amaliy sohalaridan, musiqa o‘qitish metodikasi fanlaridan chuqur bilimga ega bo‘lmogi kerak. Musiqa o‘qituvchisi musiqa san‘atining nazariy va amaliy sohalaridan yetarli darajada bilim, ko‘nikma va tajribaga ega bo‘lishi lozim.





Yüklə 33,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə