Musiqa ijrochiligida ta’lim-tarbiyaning roli annotatsiya



Yüklə 33,64 Kb.
səhifə3/5
tarix23.04.2023
ölçüsü33,64 Kb.
#106739
1   2   3   4   5
Ta\'lim-tarbiya

TADQIQOT METODOLOGIYASI.
Musiqa madaniy hayotimizda keng o'rin tutgan, inson shaxsiyatini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadigan san'at turidir. Har bir insonni ma'naviy shakllanishida oilani, maktabni, jamiyatni ahamiyati katta. Chunki insonni insoniylik xususiyatlari jamiyatda tarkib topadi. Yosh avlodni kamolot sari yetaklashda tarbiyani ko'plab omillari qatori musiqa tarbiyasi alohida o'rin tutadi. Maktabda musiqa o'qitishning asosiy maqsadi o'quvchilarda musiqa madaniyatini shakllantirish ularni zamon talabiga javob bera oladigan barkamol inson qilib voyaga yetkazish. Maktabda musiqa darslarini o'qitishning asosiy vazifaiari quyidagilardan iborat:
- o'quvchilami musiqa san'atiga bo'lgan qiziqishi va mehr-muhabbatini oshirish;
- musiqiy faoliyatlar jarayonida o'quvchilarni musiqiy qobiliyatlari musiqiy o'quvi, ovozi, diqqat-e'tibori va ijodkorlik his-tuyg'ularini o'stirish;
- musiqiy asarlarni badiiy-g'oyaviy mazmuni vositasida axloqiy estetik ruhda tarbiyalash;
- musiqa darslarida o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish, mehnatga muhabbat, Vatanga muhabbat, kattalarga hurmat tuyg'ularini shakllantirish. 4
Milliy ong, milliy g'urur va tafakkur eng avvalo, milliy qadriyatlarimiz, tariximiz, xalqimizning o'ziga xos madaniy va moddiy boyliklarini o'rganish, unga mehr qo'yish, asrab-avaylash, va rivojlantirish negizida shakllanadi. Shu bois ham xalqimizning milliy qadriyatlari tizimida muhim o'rin tutuvchi xalq musiqa merosining yoshlar ta'lim-tarbiyasida tutadigan o'rni va ahamiyati beqiyosdir
Xalq donishmandligining ko'zgusi bo'lgan o'zbek xalq musiqa merosi o'zining tarbiyaviy ta'sirchanlik imkoniyatlari bilan alohida ajralib turadi. Shuning uchun ham musiqiy ta'limning bosh maqsad va vazifalariga mos ravishda umumta'lim maktablari sinflarida o'quvchilarda xalq musiqa merosiga ongli munosabat, qiziqish, havas va ishtiyoq uyg'otish, xalq kuy-qo'shiqlarini, respublikamizning turli vohalariga xos namunalar, aytimlarni o'rganish va ularning g'oyaviy-badiiy mazmunini anglash, idrok qilish, ularga tavsif bera olishga o'rgatib borish, shu asosda yuqori bosqichlarda (sinflarda) musiqaning jiddiy va murakkab turlariga ham faol ijodiy munosabatni shakllantirish bugungi kundagi musiqa ta'limi uchun dolzarb vazifalardandir. Ma'lumki, umumta'lim maktablari ta'lim tizimining eng mas'uliyatli bo'g'ini hisoblanadi. Barcha fanlarda bo'lgani kabi, ayni shu bosqichda musiqiy ta'lim va tarbiyaning ham tayanch poydevori yaratiladi. Ta'limning ilk mashg'ulotlaridan o'quvchilar musiqaning kishilar hayotidagi ahamiyati, badiiy ifoda tili, janrlari, cholg'u sozlari, xalq musiqasining turli marosim, mavsum, urf- odatlari bilan bog'liq namunalari bilan tanishib, ular haqida ilk nazariy bilim, ma'lumot, tushunchalarga ega bo'lib, amaliy ijrochilik ko'nikma va malakalarini egallab boradilar.
Biz umum-ta'lim maktablarida o'quvchilarning yetti yil davomida davlat ta'lim standarti talablari asosida egallanishi kerak bo'lgan bilimlarni o'rgansak, musiqa darslarida - xalqimizning ko'zgusi bo'lgan, boy tariximiz, an'analarimiz va urf-odatlarimizni o'zida aks ettirgan xalq musiqa ijodini o'quvchilarga o'rgatib borilishi haqida ma'lumotga ega bo'lamiz.

Yüklə 33,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə