Nazariy dars rejasi №2 O‘quv fanining nomi



Yüklə 28,04 Kb.
tarix11.12.2023
ölçüsü28,04 Kb.
#146315
2-mavzu Gap bo\'laklari konteksdagi



MAVZU:Gap bo‘laklarining konteksdagi o‘rnini aniqlash usullarini o‘rgatish
Nazariy dars rejasi № 2

O‘quv fanining nomi: Ona tili o‘qitish metodikasi
Mavzu nomi: Gap bo‘laklarining konteksdagi o‘rnini aniqlash usullarini o‘rgatish
Darsning maqsadlari:
a) ta’limiy maqsad: “Gap bo‘laklari” mavzusi bo‘yicha olingan bilimlarni mustahkamlash, o‘quvchilarga gap bo‘laklari haqida nazariy ma’lumotlar berish, o‘quvchilarda mavzu bo‘yicha bilim, malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish.
b) tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarda ma’naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalash.
v) rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilarning ilmiy dunyoqarashini, tafakkurini, og‘zaki va yozma nutq malakalarini rivojlantirish, erkin fikrlashga, muammoli vaziyatlar yechimini topishga o‘rgatish, gap bo‘laklariga nisbatan bilim, ko‘nikmalarini boyitish.
Darsdan kutilayotgan natijalar – mavzuni o‘zlashtirgandan so‘ng o‘quvchilar quyidagi bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar:
1. O‘zbek adabiy tilida gap bo‘laklari haqida tasavvurga ega bo‘ladilar.
2. Gap bo‘laklari tarkibiga ko‘ra bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarga bo‘linishini bilib oladilar.
3. Gap bo‘laklarining tilimizdagi o‘rni haqida ma’lumot oladilar.
4. Turli xil amaliy-nazariy topshiriqlar, mashqlar asosida gap bo‘laklarining qo‘llanilish holatlarini amalda ko‘radilar.
Dars tipi: noan’anaviy dars.
Ta’lim metodlari va texnologiyalari: suhbat, savol-javob, “Tushunchalar tahlili”metodi, “Zanjir” metodi, tushuntirish, ko‘rsatish, namuna, og‘zaki va yozma bayon qilish (debat), “O‘z o‘rningni top!” o‘yini, grammatik topishmoqlar.
Ta’lim shakllari: slaydlar asosida kichik guruhlarda ishlash
Ta’lim usuli: o‘yin va topshiriqlar, matn va mashqlar asosida
Baholash metodlari: rag‘batlantirish va baholash
Axborot manbalari va texnik vositalari: kompyuter, proyektor, ekran, slayd, ko‘rsatmali va tarqatma materiallar, rangli va oq qog‘ozlar, markerlar.

Dars turi: nazariy-amaliy.
Darsga ajratilgan vaqt miqdori: 45 minut.
Darsning borishi.
I. Tashkiliy qism. (5 daqiqa)
a) o‘quvchilar bilan salomlashish;
b) o‘quvchilarni darsga hozirlash;
d) o‘quvchilar davomatini aniqlash;
e) dars shiori hamda kun hikmatini e’lon qilish va uni muhokama qilish.

  • Dars shiori: Birlashgan daryo bo‘lur, tarqalgan irmoq bo‘lur.

(O‘zbek xalq maqoli)

  • Kun hikmati: Ilmsiz inson mevasiz daraxt kabidir, Ilm dunyoning lazzatidir.

Abdulla Avloniy
II. Uy vazifasini so‘rash va baholash. (10 daqiqa)
1. O‘quvchilar guruhlarga ajratiladi va ularga nom beriladi.
I guruh: “Bilimdonlar” II guruh: “Zukkolar” III guruh: “Topqirlar”

2. “Tushunchalar tahlili” metodi o‘tkaziladi. Unga ko‘ra guruh sardorlari keltirilgan tushunchalarga mos ta’riflarni jadvalga yozadilar.

3. “Zanjir” metodi o‘tkaziladi. Unga ko‘ra o‘quvchilar gaplarning ifoda maqsadiga ko‘ra turlariga ketma-ket bittadan gap tuzadilar. Zanjirning halqalarini uzib qo‘ymaslik uchun har bir o‘quvchi gap tuzishi kerak bo‘ladi. Masalan, 1-o‘quvchi: Bugun men darsdan so‘ng kutubxonaga bormoqchiman. 2-o‘quvchi: Siz qanday kitoblarni yoqtirasiz? va hokazo.

III. Yangi mavzu bayoni. (15 daqiqa)
1. O‘quvchilar mavzu bilan tanishtiriladi. Yangi mavzu slaydlar asosida tushuntiriladi.
2. Mavzu bo‘yicha nazariy ma’lumotlar beriladi, misollar keltiriladi.

Bilib oling. Gap tarkibida ma’lum so‘roqqa javob bo‘luvchi mustaqil so‘z yoki so‘zlar birikmasi gap bo‘laklari hisoblanadi.






Slaydda turli xil rasmlar o‘quvchilarga ko‘rsatiladi O‘quvchilar rasmlar asosida gaplar tuzib, gaplardan gap bo‘laklarini topadilar.



Masalan, Ona tabiatni asraylik.

O‘quvchilarning mustaqil va sinf taxtasida bajarilgan topshiriqlardan kelib chiqib barcha fikrlar umumlashtiriladi va xulosa chiqariladi.



IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. (10 daqiqa)
O‘z o‘rningni top!” o‘yini
O‘quvchilarga har xil so‘zlar tarqatiladi. O‘quvchilar so‘zlarni o‘z o‘rniga qo‘yib gaplar tuzadilar. Bu mashq o‘quvchilarning mavzu bo‘yicha o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlashga bir qadar yordam beradi. Masalan, 1. Onamga, men, yumushlarida, uy, yordamlashman. 2. Bola, odobli, manzur, elga va boshqalar.


V. O‘quvchilarni baholash. (3 daqiqa)
Darsning yakunida o‘quvchilarning va guruhlarning olgan ballari izohlanadi, darsda faol qatnashgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi va baholanadi.

VI. Uyga vazifa berish va darsni yakunlash. (2 daqiqa)
Darslikda berilgan 117-mashq uyga vazifa qilib beriladi. O‘quvchilarga mashq shartiga ko‘ra o‘quvchilarga “Men ardoqlaydigan fazilat” mavzusida matn tuzib kelishlari, undagi gaplar tarkibida kelayotgan bo‘laklarga diqqat qilishlari kerakligi aytiladi va dars yakunlanadi.

Tuzuvchi: 401-guruh talabasi Maxmudova Oygul

Yüklə 28,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə