Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and



Yüklə 47,68 Kb.
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü47,68 Kb.
#134189
  1   2
qadriyatlar-va-yoshlar-tarbiyasi



Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
Scientific Journal Impact Factor

VOLUME 1 | ISSUE 4
ISSN 2181-1784
SJIF 2021: 5.423


QADRIYATLAR VA YOSHLAR TARBIYASI




Inamov Qodir Tursunovich
NamDU “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi


Annotatsiya. Maqolada “Qadriyat” kategoriyasini mazmun mohiyati va uning ijtimoiy taraqqiyotga ta’sirini ochib berish orqali ilmiy asoslangan ta’riflar keltirilgan. Milliy qadriyatlar jamiyatni yangilashda muhim ma’naviy omilligi va ularning qudratli manbai haqida ma’lumotlar berilgan. Qadriyatlarimizni qadrlaydigan erkin va ozod hayotning qadr-qimmatini e’zozlaydigan yoshlarni tarbiyalashdagi hamkorlik ko‘rsatilgan. Qadriyatlarimizga qarshi buzg‘unchi g‘oyalarning bartaraf etishga oid tavsiyalar berilgan.
Kalit so‘zlar. Qadriyat, qadriyatlar, milliy qadriyat, millat, elat, axloqiy tushuncha, ijtimoiy guruhlar, ibratli qadriyatlar, oila, egotsentrizm, individualizm, jamoaviylik, shaxs erkinligi.
Аннотация. В статье дается научно обоснованное определение категории «Ценность», раскрывается сущность содержания и его влияние на социальное развитие. Национальные ценности - важный духовный фактор обновления общества и мощный источник информации. Это партнерство в воспитании молодых людей, которые ценят наши ценности и живут свободной жизнью. Были даны рекомендации по устранению деструктивных идей, противоречащих нашим ценностям.
Ключевые слова. Ценности, ценности, национальные ценности, нация, этническая принадлежность, моральное понимание, социальные группы, образцовые ценности, семья, эгоцентризм, индивидуализм, общность, индивидуальная свобода.
Abstract: The article provides a scientifically based definition of the category "Value" by revealing the essence of the content and its impact on social development. National values are an important spiritual factor in the renewal of society and a powerful source of information. It is a partnership in nurturing young people who value our values and live a free life. Recommendations have been made to eliminate destructive ideas against our values.
Keywords: Values, values, national values, nation, ethnicity, moral understanding, social groups, exemplary values, family, egocentrism, individualism, community, individual freedom.

KIRISH


Kelajagimizning munosib vorislari-yoshlarimizning barkamol inson qilib tarbiyalashda ajdodlar merosiga tayanish, ayniqsa milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash nihoyatda muhimdir. Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev “Milliy taraqqiyot yo‘limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko‘taramiz” deb nomlangan kitobida “Biz yoshlarimizning milliy va umumbashariy qadriyatlar ruhida tarbiyalash uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etishimiz zarur”, deb ta’kidlaydi. Zero, Milliy va umuminsoniy qadriyatlar hayot sinovidan o‘tgan, insoniyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi ijtimoiy hodisadir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR


Mazkur maqolani tahlil qilish jarayonida Sh.M. Mirziyoyevning asarlari metodologik manba bo’lib belgilandi. Tadqiqot jarayonida ilmiy bilishning mantiqiylik, tarixiylik, izchillik va obyektivlik usullaridan keng foydalanildi. Ma'naviy yuksalish yo'lidagi tahdidlar va ularni bartaraf etish yo'llarining bugungi kundagi vazifalari qadriyat tushunchasiga borib taqalishi obyektiv ochib berildi. Respublikamizning taniqli olimlaridan E. Yusupov, J. Tulenov, Z. G‘ofurov va rus faylasuflari A.G. Zdrovomislov va G. Drabnitskiy ham risolarida o‘z fikrlarini bildirganlar.

MUHOKAMA VA NATIJALAR


Jamiyat taraqqiyoti jarayonida shakllangan har qanday ijtimoiy, moddiy, ma’naviy narsa yoki hodisa o‘tmishda ijobiy ahamiyat kasb etgani uchungina emas, balki kelajak istiqboli uchun yangi imkoniyatlar yaratib berishga qodir bo‘lganligi sababli ham qadriyat deb ataladi. Boshqacha aytganda, qadriyatlar jamiyat va ma’naviy taraqqiyotning zaruriy mahsulidir.
Qadriyat inson va insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiladigan va shu tufayli ular tomonidan baholanib, qadrlanadigan tabiat va jamiyat ne’matlari majmuidir. Qadriyatlar ahloqiy qoida va me’yorlar, g‘oyalar va maqsadlardagi baholash mezoni hamda usullarini o‘zida aks ettiradi: Ular halollik, poklik, o‘zaro yordam va adolatliligi, mehr-muhabbat, mehnatsevarlik, vatanparvarlik kabi fazilatlar: burch, vijdon, or-nomus, mas’uliyat kabi ahloqiy tushunchalar shaklida namoyon bo‘ladi.1
Qadriyat-boshqa bir ta’rifda esa qadriyat bu atrof muhitdagi narsalarni, hodisalarni ularning inson va jamiyat uchun ahamiyatga qarab, ijobiy yoki salbiy deb





1. Миллий истиқлол ғояси: асосий тушунчалар, тамойилла ва атамалар (қисқа изоҳли тажрибавий луғат) –Т.: “Янги аср авлоди”, 2002. б- 177.
baholash ularni muhim yoki nomuhim, zaruriy yoki keraksiz, qadrli yoki beqadr asosiy yoki ikkinchi darajali deb belgilash natijasida vujudga keladigan tushuncha yoki nuqtai nazarlarda aks etuvchi ob’eklardir, deb belgilangan.
Fikrimizcha, qadriyat–bu tarixiy taraqqiyot jarayonida kishilar tomonidan yaratilgan, moddiy va ma’naviy boyliklar bo‘lib, u inson va insoniyat uchun ahamiyat kashf etib, ular manfaati va ehtiyojini qondirish: takomillashuvi, kelajak avlodning ijodiy o‘sishini rag‘batlantirish omilidir.
Millat uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan etnik jihat va xususiyatlar bilan bog‘liq qadriyatlar milliy qadriyatlardir. Dunyoda o‘ziga xos qadriyatlari bo‘lmagan millat yo‘q. Milliy qadriyat millatning tarixi, yashash tarzi, ma’naviyati hamda madaniyati bilan bilan uzviy bog‘liq holda namoyon bo‘ladi2.
Milliy qadriyatlar–millat uchun muhim va jiddiy ahamiyatga ega jihatlar, xususiyatlar, moddiy va ma’naviy boyliklardir.3
Xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirishda milliy urf-odatlarimiz va ularning zamirida mujassam bo‘lgan mehr-oqibat, insonni ulug‘lash, tinch va osoyishta hayot, do‘stlik va totuvlikni qadrlash, turli muammolarni birlashib hal qilish kabi ibratli qadriyatlar tobora muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Milliy qadriyatlar turmush tarzimiz, ma’naviy qiyofamiz, an’analarimiz va o‘zligimizni anglashga yordam beradi va bu borada xalqni-xalq, millatni –millat sifatida birlashtiradi. Zero, o‘z qadriyatlarini va qadrini bilgan xalq olomonga aylanmaydi; buyuk ishlarga qodir ekanini his qiladi, istiqlolni omon saqlaydi, farzandlarining kamoloti uchun qayg‘uradi va kurashadi. Aynan shuning uchun ham milliy qadriyatlar jamiyatni yangilashga xizmat qiluvchi muhim ma’naviy omil hisoblanadi.
Xullas, Millat mavjud ekan milliy qadriyatlarning ahamiyati aslo kamaymaydi. Millatlarning ma’naviyat jihatidan bir-biriga yaqinlashib borish ham milliy qadriyatlarning rivojlanish va amal qilish imkoniyatlarini kamaytirmaydi, balki kengaytiradi. Umuman olganda, milliy qadriyatlar har bir millatning mohiyatini, uning muayyan mustaqil ijtimoiy birlik ekanini belgilab beruvchi asosiy mezonlardan biridir.
Milliy qadriyatlarning qudratli manbai va azaliy urf-odatlarimizdan biri-oila va qarindoshlik munosabatlar odobidir. Kattalarni hurmat qilish, o‘zaro yordamlashish, kelajak avlod haqida g‘amxo‘rlik qilish hamisha uning asosiy qoidalari bo‘lib kelgan.
2. Тинчлик ва бағрикенглик атамалари изоҳли луғати.-Т.: 2005, Б -103-104.
3. Мустақиллик: Изоҳли илмий-оммабоп луғат.-Тошкент: 2006. Б -233.
“Barchangizga ayon, hozirgi kunda dunyo miqyosida beshafqat raqobat, qarama- qarshilik va ziddiyatlar tobora keskin tus olmoqda. Diniy ekstremizm, terrorizm, giyohvandlik, odam savdosi, noqonuniy migratsiya, “ommaviy madaniyat” kabi xavf- xatarlar kuchayib, odamzot asrlar davomida amal qilib kelgan e’tiqodlar, oilaviy qadriyatlarga putur etkazmoqda.” 1998 yil 2 fevralda Respublika xotin qizlar qo‘mitasi xuzurida “Oila” ilmiy-amaliy markazining tashkil etilishi oilaga taalluqli milliy an’analarni, umumbashariy qadriyatlar bilan uyg‘unlashtirish, oila a’zolarining huquqiy savodxonligini oshirish yo‘lida katta qadam qo‘yildi. Jamiyat taraqqiyotining hozirgi bosqichida shaxsni ijtimoylashtirish, uni har tomonlama shakllantirish, komolga etkazish, rivojlantirish eng muhim vazifa sifatida insonni tarbiyalash, unga ta’lim berish, yuksak qadratli, dunyoqarashi keng qamrovli chuqur, bilimdon hamda sog‘lom yosh avlodni tarbiyalash ayniqsa, dolzarbdir.
Inson-eng oliy qadriyat, Shu bois, millatimizga xos bo‘lgan qadriyatlardan yana biri-bolajonlik, Oilada ko‘p farzandlarni dunyoga keltirish va ularni kamolga etkazish muhim ijtimoiy ahamiyat kasb etadi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 66- moddasida “Voyaga etgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalari haqida g‘amxurlik qilishga majburdirlar”4-deyiladi. Shunisi quvonarli-ki, biror-bir xorijiy davlatning Konstitutsiyasida bu kabi modda uchramaydi.
Aytish lozimki, bizning Konstitutsiyamiz nafaqat demokratik tamoyillar, balki milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhi bilan sug‘orilgan. Oila qanchalik qudratga ega bo‘lmasin, u farzand tarbiyasida qo‘ni-qo‘shnilardan iborat bo‘lgan mahalla va tarbiya maskanlarining ko‘magisiz yuqori natijalarga erisha olishi mushkul. Milliy qadriyatlarimizning asosiy xazinaboni-oila deb oladigan bo‘lsak, bu xazinani asl san’at asari darajasiga ko‘taruvchi naqqoshlar mahalla va maktabdir. Muxtasar aytganda, maktab degan ulug‘ dargohning inson va jamiyat taraqqiyotidagi hissasi beqiyosdir. “Mahalla-ham ota, ham ona” degan hikmatli naql haqiqat, bejiz aytilmagan. Chunki, mahalla haqida gapirganda, ko‘pchilik ana shunday chuqur ma’noli so‘zlarni eslashi va tilga olishi tabiiy.
Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev ta’kidlaganidek “Bir bolaga yetti mahalla ham ota, ham ona” degan maqolning haqiqiy ma’nosini anglaydigan vaqt keldi. Anglab, shu asosida yashaydigan vaqt keldi. Har qanday millatning ma’naviy boyligi milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unlashuvidan tarkib topadi. SHu boiz milliy qadriyatlarga e’tiborni ko‘chaytirish kerak. CHunki, milliy qadriyatlarga e’tibor



4.Ўзбекистон Республикасининг Конституцияси. –Т.; «Ўзбекистон” НМИУ, 2018. Б.-22
kamayar ekan, bu o‘z navbatida umuminsoniy qadriyatlarning boyishiga salbiy ta’sir etadi.
Biz ming yillar davomida shakllangan, odamlarning hayoti ichki dunyosidagi mustahkam o‘rin olgan, unga barcha amal qiladigan, insonlarning qon-qoniga singib ketgan an’analarimizni, ota-bobolarimiz bizga qoldirgan olijanob qadriyatlarni, g‘ururimizni ko‘taradigan, xalqimizni obro‘siga obro‘ qo‘shadigan insoniy odat va fazilatlarni saqlash, asrab-avaylash va eng katta boylik sifatida yangi kelajak avlodlarga etkazish zarur. Bugun yurtimizda qadriyatlarimizni qadrlaydigan, ezgu an’analarga o‘z hayotiy mo‘ljalida muhim omil sifatida munosabatda bo‘ladigan yoshlar ko‘p. Lekin hayoti va istiqbolida milliy qadriyatlarning o‘rnini biroz to‘g‘ri tushunmaydigan yoki o‘zini undan xoli holda ko‘rib milliy madaniyatimizga e’tiborsizroq bo‘lgan yoshlarimiz borligini ham hozircha inkor etolmaymiz.

Yüklə 47,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə