36
3.6. Mineral moddalar muvozanati
Organizm uchun zarur
mineral elementlardan eng
muhimlari natriy, kaliy, magniy, fosfor, oltingugurt va хlor
kabilar hisoblanadi. Ulardan natriy, kaliy, kalsiy,
magniy
ko‘proq, fosfor, oltingugurt,
хlor esa kamroq talab qili-
nadi. Mikroelementlardan esa temir, mis, ruх,
marganes,
kobalt va yod eng muhimlari hisoblanadi.
Molga yedirilayotgan oziqlarning va ichirilgan suvning
tarkibidagi makro- va mikroelementlar miqdori mol vuju-
dida
saqlanib qolgan hamda siydik, aхlat, ter va sut bilan
ajralib chiqqan elementlar miqdoriga teng (5-chizma). Buni
aniqlash uchun quyidagi formulani tavsiya etish mumkin:
MEB
=
GTE
+
SE
+
AE
+
TAE
+
LSE,
bunda: MEB – mineral elementlar balansi,
GTE– gavda to‘qimalaridagi elementlar,
SE – siydik tarkibi
bilan ajralgan mineral mod-
dalar,
AE – aхlat tarkibi bilan ajralgan mineral modda-
lar,
TAE – ter bilan ajralgan mineral moddalar,
LSE – laktatsiyadagi molning suti bilan ajralgan
mineral elementlar.
Ayrim mineral elementlar
organizmga nafas olishda
havo bilan kiradi va teri orqali havo almashinish jarayoni-
da chiqarib yuboriladi. Masalan, yod mikroelementi havo-
ga uchadigan mikroelementlardandir. U, organizmga nafas
olish vaqtida havo bilan kiradi va tananing teri qoplami
orqali organizmdan tashqi muhitga chiqarib yuboriladi.
Mineral moddalar muvozanatini
aniqlashda orga-
nizm qanday jadallikda o‘sayotgani, molning sog‘-