O‘zbеkiston rеspublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi b. M. Tojiboyеv



Yüklə 3,55 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/123
tarix25.05.2023
ölçüsü3,55 Mb.
#112894
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   123
zoxvkBrCa63XVfERiZUlbERgE5WDPWqjw9t46Mox

Arginin.
Jo‘ja va uning pati tez o‘sishini ta’minlaydi; 
tirik jonzodning urug‘lanish va urchish qobiliyatini 
oshiradi; uglevod almashinish jarayonida ishtirok etadi; 
modda almashinish jarayonida ishtirok etadigan kreatin 
va kreatinin aminokislotalarini hosil qiladi; qalqonsimon 
bezning faoliyatiga ijobiy ta’siri bor. Arginin parranda-
ning buyragida va 5 kunlik embrion organizmida arginaza 
fermenti holatiga uchraydi.
Glisin.
Jo‘ja tanasi va pati jadal o‘sishini ta’minlaydi, 
ichki muhitda to‘plangan azotning siydik bilan chiqib ke-
tishini tezlashtiradi va bu bilan aminokislotalarning zahar-
lash qobiliyatini bartaraf etadi.
Valin.
Jigarga keltirilgan glukozaning glikogenga 
aylanish jarayonida va oqsil sintez bo‘lishida ishtirok 
etadi. Parranda faqat tabiiy valinni hazm qila oladi. Agar 
ratsionda valin yetishmasa, mol oziq yeyishdan bosh 
tortadi, tez oriqlaydi va vaznini yo‘qotadi.
Yuqorida qayd qilib o‘tilgan fikrlar shuni ko‘rsatadiki, 
har qanday oziqning to‘yimliligini belgilab beradigan oziq 
modda protein hisoblanadi. Proteinning hazm bo‘lish da-
rajasi molning turi, fiziologik holati sog‘lomligi, mijozi, 
mahsuldorligiga qarab har хil bo‘lishi mumkin. Uning 
tana jismida o‘zlashtirilgan qismi hazm bo‘lgan protein 
hisoblanadi. Buni aniqlash uchun me’daga ratsion bilan 
kirgan protein miqdoridan najas bilan tana vujudidan 
chiqarilgan azot miqdori ayiriladi, farqi hazm bo‘lgan 
protein miqdorini bildiradi. Ratsiondagi protein necha 
foiz hazm bo‘lishini ilgaridan bilish qiyin. Shuning uchun 
ham ratsion to‘yimliligini hazm bo‘ladigan protein miqdo-
ri bo‘yicha aniqlash to‘g‘ri kelmaydi. Ratsion to‘yimliligi 
undagi хom protein miqdori bilan aniqlanishi kerak. 
Xom 


28
protein
deb, ratsion tarkibidagi jami azot saqlovchi mod-
dalarning umumiy miqdoriga aytiladi.

Yüklə 3,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   123




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə