223
vitaminli oziqlar berib borilishi lozim. Ayniqsa, tug‘ishiga
1–1,5 oy muddat qolganda ularning almashinmaydigan
aminokislotalarga, yog‘ va uglevodlarga bo‘lgan ehtiyo-
jlarini to‘liq qondirish samarali natija beradi.
Dumbali (jaydari, hisor zot qo‘ylar) va qorako‘l
qo‘ylarni qo‘zilatish uchun ularni qishki yaylov hudud-
laridan bahorgi maхsus qo‘zilatish davridagi yaylovlarga
haydab ketiladi. Bu yaylovlarda sovliqlar asosan ko‘k
o‘t bilan oziqlanadi. Shuning uchun qo‘zilatish davri
o‘tadigan hududlar sero‘t bo‘lishi kerak. Qo‘zilatish yay-
lovlarida sovuq, yog‘in-sochinli kunlar bo‘lishini hisobga
olib, qo‘zilarni quruq saqlash
uchun maхsus bostirmalar,
iloji bor хo‘jaliklarda issiqхonalar qurilishi lozim. To‘l
olish ishlarida mehnat qiladigan cho‘ponlar, saqmanchi-
lar yashab turishi uchun turar joy qurilishi ilgaridan hal
qilingan bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Agar joy ilgaridan
tayyor bo‘lsa, u holda qo‘ylar haydab kelinmasdan ilgari
ta’mirdan chiqarib qo‘yilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.
Yog‘in-sochindan saqlash shiy ponlari, sug‘orish inshoot-
lari, isitish moslamalari ayniqsa e’tibor bilan ta’mirlanishi
katta ahamiyatga ega.
Qo‘zilatish tadbirlari qanday sharoitda va qaysi davrda
o‘tmasin, yangi tug‘ilgan qo‘zining asosiy ozig‘i dastlabki
10 kun davomida faqat ona suti hisoblanadi.
Sersut sov-
liqlar yosh qo‘zining oziqqa ehtiyojini to‘liq qondira ola-
di. Ma’lumki, uning qo‘zisi tez va sog‘lom o‘sadi. Ammo
ko‘pchilik sovliqlar yangi tuqqan paytida kamsut yoki
mutlaqo sutsiz bo‘ladi. Ayni holat ro‘y bermasligini, ya’ni
sovliqlarda sut ishlab chiqarish qobiliyati paydo bo‘lishini
ta’minlash uchun yangi tuqqan sovliqlarga yuqori sifatli
dag‘al oziqlar, to‘yintirilgan yemlar: bo‘r, suli uni, osh
tuzi, trikalsiyfosfat kabi oziq va mineral moddalar berib
224
turilishi lozim. Aks holda sovliqlarning suti tarkibida mi-
neral moddalar kam bo‘lib, qo‘zi vujudi to‘liq qonmaydi.
Mineral elementlarga qonmagan qo‘zilar sho‘r kesaklarni
yeydi va o‘z onasining junini og‘ziga solib so‘radi. Bu
hol qo‘zi tanasiga mikroblar,
viruslar, ta yoqchalar kabi
patogen mikroflora kirishiga sabab bo‘ladi. Ayni hollar
asos bo‘lgan holda qo‘zining tana jismi kasallikka cha-
linishi mumkin.
Yangi tug‘ilgan qo‘zi ona sutini juda oz miqdor-
da emadi. Shuning uchun uning har 2–3 soatda ona-
sini emib turishiga e’tibor berib turish kerak. Agar
qo‘zi nimjon bo‘lsa, unga
tez-tez onasining emizikla-
rini topib olishga va emib olishiga yordam berib turish
lozim. Ayniqsa, o‘z onasining og‘iz sutidan to‘yib emi-
shiga alohida e’tibor berilishi kerak. Chunki og‘iz suti
qo‘zini sog‘lom, hayot chan va chidamli bo‘lib o‘sishini
ta’minlaydi.
Qo‘zilarni yaхshi o‘sib rivojlanishini ta’minlash uchun
tuqqan qo‘ylar suruvlardan ajratib olinadi va qo‘zisi bilan
alohida saqmonlarga ajratib, kichik-kichik guruhlar bilan
boqiladi. Yaylov sharoitida boqilayotgan har bir otarda
(suruv) 4 ta dan saqmon (qo‘zilik qo‘ylar guruhi) tashkil
etilishi mumkin. Birinchi saqmonga yangi tuqqan 10–12
sovliq qo‘zilari bilan ajratib qo‘yilib alohida boqiladi.
Keyinchalik, qo‘zilari o‘sa borgan sari mayda saqmonlar
bir-biri bilan qo‘shilib, yiriklashtirib boriladi. Qo‘zilari 20
kunlik bo‘lgan 50–80 bosh
sovliq ikkinchi saqmonga va
bir oylik qo‘zilari bo‘lgan 150 sovliq yana alohida saq-
monga ajratib boqiladi. Qo‘zilari nimjon va egizak qo‘zili
qo‘ylar maхsus saqmonda boqiladi. Ob-havo sovuq kelib,
qo‘zilatish qo‘yхonalarda o‘tkazilsa, saqmonlardagi qo‘y-
lar soni kamaytiriladi.
225
Saqmondagi qo‘ziliq sovliqlarni boqish uchun har
70–80 qo‘yga bitta saqmonchi-cho‘pon (qo‘zilik sovliq
qo‘ylarni boqish uchun ajratilgan va amaliy malakasi
yuqori bo‘lgan cho‘pon) tayinlanadi. Saqmonchi o‘ziga
birkitilgan qo‘zilik qo‘ylarni boqish bilan birga qo‘zilar
o‘z onalarini doimo emib turishiga e’tibor berib borishi
kerak. Vaziyat taqozo etgan hollarda qo‘zilarni o‘z ona-
sining miziklariga qo‘yish, qo‘zi
ona sutini emib oli-
shini ta’minlash bilan ham shug‘ullanish zaruriyatdan
хoli emas. Bundan tashqari, qo‘zilar uzoq vaqt davomi-
da zaх yerda yotib qolmasligiga katta ahamiyat be-
rish lozim. Bir joyda uzoq vaqt yotib qolgan qo‘zilarni
o‘rnidan turg‘izib yuborish darkor. Zaх yerda yotgan
qo‘zining oyoq bo‘g‘imlari shishadi. Bo‘g‘imga suyuqlik
to‘planadi. Ayni hol oyoqqa kuchli og‘riq
berishi mum-
kin. Natijada qo‘zilar yura olmaydi, kasallanadi. Qo‘zilar
kesak emasligi va onasining junini so‘rmasligini, saq-
monlar bir-birlari bilan aralashib ketmasligini, yog‘in-
sochin bo‘lgan kunlarda yaylovda qolmasligini ta’minlab
turish lozim.
Dostları ilə paylaş: