O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti sug’urta nazariyasi va amaliyoti


-modda. Sug‘urtalovchining firma nomini, tashkiliy-huquqiy shaklini



Yüklə 2,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/136
tarix24.12.2023
ölçüsü2,42 Mb.
#160683
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   136
khjfthsgdffgkudxxc

14-modda. Sug‘urtalovchining firma nomini, tashkiliy-huquqiy shaklini 
yoki joylashgan manzilini o‘zgartirish 
Sug‘urtalovchining firma nomi, tashkiliy-huquqiy shakli yoki joylashgan 
manzili o‘zgargan taqdirda sug‘urtalovchi bu haqda sug‘urta qildiruvchilarni 
ommaviy axborot vositalari orqali, o‘z ijrosidagi bir yildan ortiq muddatli sug‘urta 
shartnomalari bo‘yicha esa yozma ravishda xabardor qilishi shart. 
15-modda. Sug‘urta faoliyatini litsenziyalash 
Sug‘urtalovchilar va sug‘urta brokerlarining sug‘urta faoliyati O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibda maxsus 
vakolatli davlat organi beradigan litsenziyalar asosida amalga oshiriladi. 
Litsenziya sug‘urtalovchiga yoxud hayotni sug‘urta qilish sohasida, yoxud 
umumiy sug‘urta sohasida, yoxud faqat qayta sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta 
faoliyatini amalga oshirish uchun beriladi. Hayotni sug‘urta qilish sohasida 
sug‘urta faoliyatini amalga oshirayotgan sug‘urtalovchi umumiy sug‘urta sohasida 
sug‘urta faoliyatini amalga oshirishga haqli emas, umumiy sug‘urta sohasining 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ayrim 
turlari (klasslari) bundan mustasno. Umumiy sug‘urta sohasida sug‘urta faoliyatini 
amalga oshirayotgan sug‘urtalovchi hayotni sug‘urta qilish sohasida sug‘urta 
faoliyatini amalga oshirishga haqli emas. Faqat qayta sug‘urta qilish bo‘yicha 
sug‘urta faoliyatini amalga oshirayotgan sug‘urtalovchi sug‘urta shartnomalarini 
tuzishga haqli emas. 
Litsenziyada sug‘urtalovchi amalga oshirishni nazarda tutayotgan sug‘urta 
turlari (klasslari) ko‘rsatiladi. 
16-modda. Sug‘urtalovchining 
litsenziyasi amal qilishi to‘xtatib 
turilishining o‘ziga xos xususiyatlari 
Sug‘urtalovchining litsenziyasi amal qilishining to‘xtatib turilishi uning 
yangi sug‘urta shartnomalari tuzishi taqiqlanishiga, shu jumladan amaldagi 
sug‘urta shartnomalari uzaytirilishining taqiqlanishiga sabab bo‘ladi. Bunda 


177 
sug‘urtalovchi ilgari tuzilgan sug‘urta shartnomalari bo‘yicha o‘z zimmasiga olgan 
majburiyatlarini belgilangan tartibda bajarishga majburdir. 

Yüklə 2,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə