Erkin mavzudagi insho Mavzu: O‘zbekistonda turizm sohasining o‘rni Fakultet: Agrobiznes va Logistika Guruh: 20-106 Talaba: Adxamjonov Xayrullo



Yüklə 29,73 Kb.
səhifə1/4
tarix19.05.2023
ölçüsü29,73 Kb.
#111552
  1   2   3   4
Adkhamoff insho



Erkin mavzudagi insho

Mavzu: O‘zbekistonda turizm sohasining o‘rni
Fakultet: Agrobiznes va Logistika
Guruh: 20-106
Talaba: Adxamjonov Xayrullo
O‘zbekistonda turizm sohasining o‘rni.
Reja:

  1. Kirish. O‘zbekistonda turizm sohasining rivojlanish tarixi va berilayotgan e’tibor va imkoniyatlar.

  2. Asosiy qism.

  1. Turizm sohasining ta’limda tutgan o‘rni.

  2. O‘zbekistonning turistik mamlakatlar orasidagi o‘rni va yutuqlari.

  1. Xulosa. Yurtimizda turizm sohasining kelajakdagi rivoji uchun qilinayotgan sayi harakatlar.


«Turizm sodda qilib aytganda, dunyoni
tushunish, dunyoni anglash, shu bilan birga
dunyo sahniga chiqish demakdir. Biz ana shu
muhim sohani rivojlantirishimiz, uning keng
imkoniyatlaridan foydalanishimiz kerak...»1
I.A.Karimov


  1. Kirish. O‘zbekistonda turizm sohasining rivojlanish tarixi va

berilayotgan e’tibor va imkoniyatlar.
Turizim sohasi dunyo bo‘yicha eng serdaromad sohalardan biri hisoblanib, kam xarjligi bilan ham o‘zga sohalardan tubdan farq qiladi va turizim sohasi rivojlangan mamlakatning shuhrati oshishida bu sohaning hissasi be’qiyosdir. Shu jumladan O‘zbekistonda ham iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari qatorida turizm sohasining Markazlashgan Ma’muriy Boshqaruv tizimi 1971–1991- yillar davriga to‘g‘ri keldi. Bu davrning boshlarida juda ham ko‘p muammolar yuzaga keldi, shular jumlasidan: qurilmay qolgan turistik-rekratsion maqsadidagi obyektlar sonining ko‘payishi, mavjudlarida esa mijozlarga ko‘rsatilgan xizmatlarning sifati bo‘yicha ko‘plab e’tirozlar paydo bo‘lganligidir. Ijtimoiy so‘rovlarga ko‘ra mehmonxonalar, turbazalar va dam olish maskanlari tomonidan taklif qilinadigan xizmatlarning deyarli 50 foizi fuqarolarning noroziligini keltirib chiqargan. Mustaqillikka erishgach, 1991-yildan keyin O‘zbekistonning turistik xizmatlar bozori shakllana boshladi va turistik xizmatlarni amalga oshiruvchi turistik firma va agentliklar vujudga kela boshladi. Natijada, tarmoqda yangi boshqaruv tizimini shakllantirish, turistik biznesni yuritishga yordamlashadigan qo‘shimcha biznes turlarini yaratish, sohaga xizmat qiladigan bank, audit va maslahat xizmatlarini tashkil etish, viloyatlarda turizm tarmog‘ining mintaqaviy bo‘linmalarini tuzish, xalqaro miqyosda turizm mahsulotini reklama qilish, xususiylashtirilgan turistik korxonalarni litsenziyalashtirish kabi masalalarga talab ortdi va alohida e’tibor berildi. O‘zbekiston respublikasi geografik joylashuvi nuqta’iy nazaridan nihoyatda ajoyib joylashgan. Ajoyibligi shundaki yurtimizda bir vaqtning o‘zida to‘rt fasilni uchratishning imkoniyati borligidir. Bularga misol tariqasida, Toshkent viloyatida joylashgan Chimyon chang‘i kuro‘rtini aytishimiz mumkin istalgan fasilda borsangiz ham sizni qalin qorlarga burkangan go‘zal manzara qarshi oladi yoki Jizzax viloyati Zomin tumanidagi yam yashillikka burkangan betakror tabiatni olaylik, bejizga Zomin dam olish maskanini Shvetsariyaga tenglashtirishmaydi chunki Zomin dam olish maskanini ko‘rgan chog‘ingizda beihtiyor Shvetsariyaning so‘lim manzaralari ko‘z oldingizda gavdalanadi. Agar Farg‘ona vodiysiga to‘xtaladigan bo‘lsak, Farg‘ona vodiysi bu O‘zbekistonning yuragi sanaladi. Bu yer iqtisodiyot va turizm sohasi bo‘yicha qator yutuqlarga erishib kelmoqda, tabiati xususida to‘xtalsak, yurtimizning boshqa qisimlaridan tubdan ajralib turadi va hamisha nafosati odamni lol qoldiradi, bejizga halqimiz orasida “Farg‘ona vodiysi jannatning soyasidan bir o‘lka” degan gap urchib ketmagan. Surxondaryo viloyatining milliy kashtachilik va so‘zanachiligini ham nazardan chetda qoldirmaymiz, Surxon o‘lkasining jozibadorligining yana bir sababi bu milliy baxshichilik san’atidir. Surxondaryoni baxshichiliksiz tassavur etib bo‘lmaydi. Qashqadaryo xususida esa barchaga ma’lum va mashhur ko‘pkari deb nomlangan milliy ot o‘yini boshqalardan ajratib turadi, so‘lim tabiati va tog‘ bag‘rida joylashgan mojaz choyxonalari va dam olish maskanlari odamni o‘ziga jalb etadi. Xorazmning qal’alarini esa alohida e’tirof etib o‘tishimiz joiz, Xorazm milliy bosh kiyimi sanalmish cho‘girma esa butun dunyoga dovrug‘ini taratgan va milliy kuy-qo‘yshiqlari jozibadorligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Shu o‘rinda Samarqand viloyatiga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, Samarqand viloyati o‘z tariximizni anglashga va avlod, ajdodlarimizni tanishga yordam beruvchi shahar hisoblanadi. Birinchi prezidentimiz shunday deganlar “Kimda kim tadbirkorlikni o‘rganmoqchi bo‘lsa Farg‘onaga borsin agarda tarixni anglamoqchi bo‘lsa Samarqandga borsin” degan gaplari bejiz emas, O‘zbekistonning muzeyi Samarqand viloyati desak mubolag‘a bo‘lmaydi, chunki Samarqand viloyatining o‘zida qanchadan qancha madaniy meroslarimiz o‘rin egallagan. Yurtimizning har bir viloyati diqqatga sazovor, odamni o‘ziga jalb etuvchi, boshqalardan ajralib turuvchi madaniy merosi yoki so‘lim va betakror tabiatiga egadir. Misol tariqasida bir nechtasini aytishimiz mumkin, buyuk bobomiz sohib quron Amir Temur o‘z rafiqasi uchun qurdirgan Bibixonim madrasasi yoki Go‘ri Amir maqbarasi va Registon maydonida qad rostlab turgan Sherdor, Tillakori va Ulug‘bek madrasalarini aytsak maqsadga muvofiq bo‘ladi. Shunga o‘xshash ziyoratgohlardan yana yuzlab sanab o‘tishimiz mumkin. Samarqand viloyati mana shunday madaniy meroslarimiz va qadamjolarimizni o‘z bag‘riga olgan maskan hisoblanadi. Har yili millionlab insonlar mana shu ajdodlarimiz bizga meros qilib qoldirgan tarixiy qadamjolarimizni ko‘rish va tariximizni o‘rganish maqsadida dunyoning turli burchaklaridan tashrif buyuradilar. Alloh bergan mana shunday in’omlardan foydalangan holda yurtimizda turizm sohasini rivojlantirishni oldimizga maqsad qilib qo‘ydik va birinchi prezidentimiz I.A. Karimov sayi harakatlari tufayli 1992-yilda Respublikada «O‘zbekturizm» Milliy Kompaniyasi tashkil etildi va turizm sohasida bu kompaniya barcha tashkiliy, boshqaruv hamda muvofiqlashtirish funksiyalarini amalga oshira boshladi. 1993-yilda «O‘zbekturizm» Milliy Kompaniyasi Butunjahon turizm tashkilotiga a’zo bo‘lib kirdi. 1994-yilda BMT ning YUNESKO tashkiloti hamda O‘zbekiston hukumatining tashabbusi bilan Samarqand shahrida Buyuk Ipak yo‘lidagi shaharlarda xalqaro turizmni rivojlantirish bo‘yicha Samarqand Deklaratsiyasi qabul qilindi va natijada Buyuk Ipak yo‘lidagi shaharlar va turistik manzillar ro‘yxatga olindi, Imom al-Buxoriy, Bahouddin Naqshband, Abduholiq G‘ijduvoniy, Ahmad al-Farg‘oniy, Imom al-Motrudiy, Mahdumi A’zam, Hakim at-Termiziy, Hazrati Imom, Shayx Shamsiddin Kulol, Burxoniddin Marg‘iloniy, Buxorodagi Chor Bakr va boshqa buyuk allomalarimizning maqbaralari ta’mirlandi va ziyoratgoh majmualarga aylantirildi. 1998-yildan boshlab, Toshkent shahrida muntazam ravishda Xalqaro turistik ko‘rgazma tashkil etila boshlandi, mehmonxonalardagi xalqaro talablarga javob beruvchi o‘rinlar soni 4,8 barobarga ko‘paytirildi 2 shu o‘rinda aytish joizki 2000-yildan boshlab yurtimizda turizm sohasi jadallik bilan o‘sishni boshladi ammo 2001-yilning oxiriga kelib Afg‘onistondagi tolibonlar o‘rtasidagi ziddiyatlar yurtimizga keluvchi turistlar oqimiga sezilarli ta’sir ko‘rsatdi bu holat qariyb ikki yil davom etdi va yana asta sekinlik bilan turistlar oqimi ko‘paya boshladi.


  1. Yüklə 29,73 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə