Shahar markazining ochiq maydonlarida landshaft elementlarini



Yüklə 1,24 Mb.
tarix07.04.2023
ölçüsü1,24 Mb.
#104616
SHAHAR MARKAZINING OCHIQ MAYDONLARIDA LANDSHAFT ELEMENTLARINI

SHAHAR MARKAZINING OCHIQ MAYDONLARIDA LANDSHAFT ELEMENTLARINI


TASHKIL ETISH



Xiyobon ko‘chatlari xiyobonning parametrlari va kun mobaynida maydondan
(fazodan) foydalanish turiga hamda harakat tavsifiga (tranzit, sayr qilish) bog‘liq
holda shakllantiriladi.
3.5-rasmda turli xil holatlar uchun xiyobonlarni rejali tashkil etish va ularni
ko‘kalamzorlashtirishga doir misollar ko‘rsatilgan. Xiyobon qanchalik keng va uzun bo‘lsa, uning chetlariga shunchalik shakli keng va tez o‘suvchi jins qo‘llaniladi. Qalin daraxtlar tez birikadi va soya beruvchi to‘siq hosil qilib, piyodani issiq yoz kuni sharoitida himoya qiladi (3.5-rasm,a).
Bir xil yoki turli xil jinsli tarkibdan ochiq ritmik uzilishli ko‘chatlarni yarim
berk turdagi landshaftni shakllantirishda foydalanish mumkin (3.5-rasm, б). Mazkur usullar daraxtlarning yaxshiroq o‘sishi uchun, hududni shamollatish uchun,



landshaftli - fazoviy kompozitsiyaning plastikligida aks etuvchi yorug‘lik va
soyalarning samarali qo‘shilishi uchun imkon yaratadi. Agar hududlar, asosan kechki payt foydalaniladigan bo‘lsa, u holda xiyobon bo‘yicha harakat tez yoki sekin bo‘lishiga (sayr qilayotganda) bog‘liq bo‘lmagan holda landshaftni ochiq
shakllantirish maqsadga muvofiqdir (3.5-rasm, в).
Mazkur holda o‘simliklarni rejali joylashtirish tavsifini me’moriy – landshaftli
kompozitsiyaning yo‘nalishiga bog‘liq holda cho‘ntaklar – kurdonerlar, chiziqlar
yoki boshqa usullarni qo‘llanib har xillashtirish mumkin.
Xiyobonlar orasiga markazlarning ochiq fazolarining salobatini ta’kidlovchi
o‘tloqlar, gulpushtalar, favvoralar, kichik me’moriy yoki badiiy shakllar
joylashtirilishi mumkin. Ammo bu yerda salobatlilik yagona maqsad bo‘lmasligi
kerakligini ta’kidlash zarur. Markaz hududlar aholisining shahar muhitida dam olishi va bo‘sh vaqtini o‘tkazishni turli xil shakllantirishga bo‘lgan o‘sib borayotgan ehtiyojlariga xizmat ko‘rsatish uchun foydalanilishi kerak.
Manzarali xiyobon va yo‘laklar piyodalar maydonlarini bog‘-park majmuasi va
sohil bo‘yi hududlari bilan bog‘lashi mumkin. 47
3.5-rasm. Landshaft tashkil etish usullari:
a – berk turdagi fazo uchun, б – yarim berk turdagi fazo uchun, в – ochiq turdagi fazo uchun:
1 – birinchi katta bo‘yli daraxtlar; 2 – ikkinchi katta bo‘yli daraxtlar; 3,4,5 – uchinchi katta bo‘yli
daraxtlar; 6,7 – bordyur va gulzorlar; 8 – gazonlar; 9 – ariq va favvoralar; 10 – yo‘l va yo‘laklar.
Gulpushtalar va maysazorlar markaziy maydonlarning landshaft dizaynining
eng ko‘p tarqalgan elementlaridan biridir. Gulpushtalar va maysazorlarning landshaft kompozitsiyalarida muntazam geometrik yoki erkin shakllardan foydalaniladi.
Odatda bitta, ikkita navli gul ekinlari ekilgan oddiy konfiguratsiyadagi yirik
parterli gulxonalar juda kuchli taassurot qoldirishi ma’lum. Biroq oddiy ijod va
dekorativ bezakning soddalashtirish bilan chegaralanmasligi kerak. Yirik maydonlardetallarining kattaligi va bezatish xarakteriga ko‘ra monoton, bir xil bo‘lmasligi

Yüklə 1,24 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə