Mustaqil ish Mavzu: Dunyoni estetik idrok etishda badiiy asarlarning ahamiyati



Yüklə 47,79 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü47,79 Kb.
#133317
Dunyoni estetik idrok etishda badiiy asarlarning ahamiyati


University of science and technologies


Mustaqil ish
Mavzu: Dunyoni estetik idrok etishda badiiy asarlarning ahamiyati

Guruh:___________________


Bajardi:___________________
Tekshirdi:___________________

Toshkent 2023



Dunyoni estetik idrok etishda badiiy asarlarning ahamiyati
Inson ayrim yorug‘ yoki rangli, tovushlar yoki aloqalarning o‘rganilmagan dunyosida emas, jismlar va shakllar, murakkab vaziyatlar dunyosida yashaydi. inson tomonidan idrok etiladigan narsalar uning ko‘z o‘ngida yaxlit tasvirlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
«Sezgi» va «idrok» tushunchlari o‘zaro bir-biri bilan bog‘liqdir, lekin ular o‘rtasida tub negizli farqlar ham mavjud. Qo‘shilish natijasida ayrim sezgilar yaxlit idrokka aylanadi, alohida belgilarni aks ettirishdan yaxlit jismlar yoki vaziyatlarni aks ettirishga o‘tadilar. SHuning uchun idrokning sezgidan asosiy farqi, bizga ta’sir o‘tkazuvchi barcha narsalarni anglash, ya’ni, jismni barcha xossolari bilan birgalikda yaxlit aks ettirishning predmetliligidan iborat.
Shunday qilib, idrok – bu jism va hodisalarni, ularning his-tuyg‘u organlariga bevosita ta’sir ko‘rsatishida yaxlit aks ettirish psixik jarayoni.
Idrok – bu sezgilarning oddiy yig‘indisi emas. Idrok qilish jarayonida sezgilardan tashqari, avvalgi tajriba, idrok etiladiganlarni anglash, shuningdek, xotira jarayonlari qatnashadi. SHuning ko‘p hollarda idrok insonning perseptiv tizimi deb ataladi.
Hozirda tasavvurlarni bilish jarayoniga oid turli nazariyalar mavjud. Bu nazariyalarda asosiy e’tibor his-tuyg‘u organlariga ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi daraklarning anglangan perseptiv tasvirlarga aylanishiga qaratilgan.
Psixofiziologlarning tadqiqotlariga ko‘ra, idrok tahliliy ishlarni olib borishni talab etuvchi juda murakkab jarayondir. Idrok qilish jarayoniga muntazam ravishda harakatli tarkibiy qismlar ( aniq jismlarni idrok qilishda jismlarni ushlab ko‘rish va ko‘zlar harakati; nutqni idrok qilishda mos kelgan tovushlarni kuylash va talaffuz qilish) kiritilgan bo‘ladi. SHuning uchun idrokni sub’ektning perseptiv (idrok qilinuvchi) faoliyati sifatida belgilash maqsadga muvofiqdir. Bu faoliyatning natijasi bo‘lib, real hayotimizda to‘qnashishimiz mumkin bo‘lgan jism haqidagi yaxlit tasavvur etish hisoblanadi.
Bugungi murakkab va tahlikali zamonda, milliy, mintaqaviy va global miqyosda kechayotgan jarayonlar, hamda, mamlakatitmizda olib borilayotgan ijtimoiy va iqtisodiy sohalardagi chuqur islohatlar davrida, fanlarning, shu jumladan, klassik fanlarning fundamental nazariy asoslarini bilmasdan turib jamiyat barqarorligiga erishish mumkin emas.
Insoniyatning taraqqiyoti ta’lim va ilm-fanning yuqori darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Estetik tafakkur taraqqiyotining tarixi, nazariyasi va amaliy jihatlarini shakllanish, ularni samarali va taalluqli ta’lim tizimiga oqilona tadbiq etish bugungi kunda davr talabiga aylanib bormoqda, chunki kishida estetik faoliyat paydo bo‘lishi bilan asta-sekin go‘zallik, nafosat, ulug‘vorlik, uyg‘unlik kabi ijobiy fazilatlar yuzaga keladi va estetik faoliyat davomida inson go‘zallik va nafosat qonuniyatlarini yaratadi, o‘zlashtiradi va ularga amal qila boshlaydi.
Zamonaviy G‘arb estetikasida ta’kidlanadiki: “Estetika bu insonlar uchun suv va havodek zarur bo‘lgan bizni fikrlashga undaydigan mahorat, did, saviya va fahmimizni oshiradigan fandir. Agar insonda estetik salohiyat did farosat bo‘lmasa u dunyo go‘zalliklarini ko‘ra olmaydi.
Hozirgi kunda estetika ilmi jamiyatning ma’naviy-tarbiyaviy, ijtimoiy-iqtisodiy sahalariga ham keng ta’sir ko‘rsatmoqda. Jamiyatda vujudga kelayotgan yangi talablar, g‘oyalar va estetik ehtiyojlar, innovatsiyalar, fan va texnika yutuqlari, yangi ifoda usullari, yangicha fikrlash tarzi buning yorqin ifodasidir. Jamiyatning estetik didi va estetik ehtiyojini o‘rganish-bu inson ma’naviyati, madaniyatini kamol toptirish bilan birgalikda, bozor iqtisodiyotining talab, taklif bozor muvozanati qonuniyatlarini va marketiningni rivojlantirish, raqobatbardoshlikni oshirish, uning barobarida hayot sifatini yaxshilash demakdir. Hozirda estetik bilimlar doirasi shu qadar kengayib bormoqdaki, u ijtimoiy taraqqiyotning deyarli barcha sohalarida; san’atda, sportda, tibbiyotda, badiiylik bilan bog‘liq barcha faoliyat turlarida, dizaynda, keng qo‘llanmoqda va ular estetikaning obyektini toboro kengaytirmoqda.
Bugungi kunda estetika fanining kelib chiqishi xususida bir qancha qarashlar mavjud. Bizningcha ushbu fanning kelib chiqishi insoniyatning go‘zallikka bo‘lgan estetik ehtiyojining natijasidir. Uning kelib chiqishida esa, sinergetika, (xaosdan garmoniyaning yaralishida), ratsional aql hamda intuitiv omillar (aqliy va hissiyotga asoslangan), xalqlarning an’ana va marosimlari, odatlari, ijod jarayoni va buyuk shaxslarning asarlari, arxetiplar(jamoaviy onglanmaganlik), o‘yin nazariyasi, mimemsis (taqlid) va mehnat salmoqli o‘rinni egallagan deb hisoblaymiz. Shuningdek, sekin-asta inson tomonidan orttirilgan hayotiy tajribalar, ko‘nikmalar, bilimlar orqali estetika fani shakllanib bordi va rivojlandi.
Estetika yoxud nafosatshunoslik eng qadimgi fanlardan biri. Uning tarixi ikki yarim-uch ming yillik vaqtni o‘z ichiga oladi. Biroq u o‘zining hozirgi nomini XVIII asrda olgan. «Estetika» atamasini birinchi bo‘lib buyuk olmon faylasufi Aleksandr Baumgarten (1714—1762) ilmiy muomalaga kiritgan. Bunda u boshqa bir ulug‘ olmon faylasufi G. Laebnits (1646-1716) ta’limotidan kelib chiqqan holda munosabat bildirgan edi Laebnits inson ma’naviy olamini uch sohaga – aql-idrok, iroda-ixtiyor, his-tuyg‘uga bo‘ladi va ularning har birini alohida falsafiy jihatdan o‘rganish lozimligini ta’kidlaydi. Baumgartengacha aql–idrokni o‘rganadigan fan – mantiq, iroda-ixtiyorni o‘rganuvchi fan esa – axloqshunoslik (etika)ning falsafada ko‘pdan buyon o‘z o‘rni bor edi. Biroq his-tuyg‘uni o‘rganadigan fan falsafiy maqomda o‘z nomiga ega emasdi. Baumgartenning bu boradagi hizmati shundaki, u «his qilish», «sezish», «his etiladigan» singari ma’nolarni anglatuvchi yunoncha aisthetikos – «oyestetikos» so‘zidan «estetika» (olmoncha «estetik» – «eshtetik») iborasini olib, ana shu bo‘shliqni to‘ldirdi.
Baumgarten estetikani hissiy idrok etish nazariyasi sifatida olib qaradi. Lekin, ko‘p o‘tmay, u goh «go‘zallik falsafasi», goh «san’at falsafasi» sifatida talqin etila boshlandi, chunki estetika go‘zallikni san’atni, badiiy ijodni boshqalarni o‘rganadi.
Estetik idrok - Idrok mazmunan keng qamrovli tushuncha bo`lib, mavjud barcha sohalarga dahldor sanaladi. U narsalarning o`ziga xos xususiyatlarini tafakkur orqali talqin etishda hamda turli xil munosabatlarni o`rganishda insonga ko`mak beradi. Shuningdek, idrok jarayonining to`g’ri shakllanishi aqliy taraqqiyotning asosiy omili hamdir. Bir so`z bilan aytganda, idrok narsa-hodisalarning yaxlit qiyofasini aks ettiradi, voqelikni inson sezgi a’zolarining ta’siri orqali belgilovchilik va boshqaruvchilik imkoniyatlarini namoyon qiladi. Badiiy ijodni idrok etish etish moddiy narsalarni idrok etishdan farqlanadi. Holbuki, moddiy predmet aksariyat hollarda o`zgarmas va ayni paytda kishida doimo bir xil taassurot qoldiradi. Badiiy asarni idrok etish natijasida inson voqelikka teran ko`z bilan nazar tashlashga, mavjud muammolarni nozik tuyg’ular yordamida hal etishga harakat qiladi. Shuningdek, badiiy idrok favqulodda o`zgaruvchan xususiyatga ega bo`lib, u hech qachon bir joyda to`xtab qolmaydi. Bunday holatni badiiy asarni qayta o`qish jarayonida kuzatish mumkin. Masalan, Tohir Malikning “ Shaytanat” asarini oladigan bo`lsak, undagi Asadbek obrazi kishilar tasavvurida ham ijobiy, ham salbiy qahramon sifatida gavdalanadi. Shunga ko`ra, ayrim toifa o`quvchilar Asadbekning qilmishlarini qoralasalar, boshqa bir kitobxonlar uning “marhamatini” yaxshililikka yo`yadilar.Eng ajablanarlisi shundaki, u qahramonlarni salbiy yoki ijobiylikka ajratishga hech kim to`sqinlik qilmaydi, aksincha, kitobxon ularni badiiy idrok qobiliyatlariga ko`ra farqlaydi.
Estetik idrok ham badiiy idrok singari nazariy va amaliy ahamiyatga molik tushunchadir. Negaki, estetik idrokni tadqiq etmay turib, badiiy ijod nazariyasining to`laqonli tarzda anglab yetish hamda san’atning ijtimoiy tabiatini ochib berish mumkin emas. Estetik idrok masalasi to`g’ridan-to`g’ri inson estetik tarbiyasiga dahldorligi bois inson va jamiyat, inson va davlat, inson va tabiat o`rtasidagi munosabatlar rivojida sezilarli ta’sirga ega. Chunki, estetik idrokning o`ziga xos xususiyati avallo, badiiy ijodning tabiatiga hamda san’atning ijtimoiylik mohiyatiga ta’sir ko`rsatishi bilan belgilanadi. Ikkinchidan, estetik idrok qonuniyatlarini tadqiq qilish san’at va badiiy ijod mazmuni va mohiyatini to`laqonli tarzda namoyon qilishi uchun imkoniyat yaratadi. Bir so`z bilan aytganda, estetik idrok mohiyatan insonni voqelikni badiiy obrazlar orqali o`zlashtirilishi bilan namoyon bo`la boradi.
Estetik idrokning shakllanishi jarayoni tadrijiylik asosida rivojlanib, ma’lum bir kuzatuvlardan so`ng yuzaga keladi. Holbuki, u hech bir davrda o`z-o`zidan tayyor holda shakllanib qolgan emas. Inson san’at asarini estetik idrok etishi bilan bir paytda o`zining ma’naviy ehtiyojini ham qondirib boradi. Ana shu ehtiyoj pirovardida uning turmush tashvishlarini biroz bo`lsa-da yengillashtirishga, hayotning murakkab so`qmoqlaridan matonat bilan o`tib borishiga ko`mak beradi, yangiliklar yaratishga undaydi. Zero, estetik idroki tarbiyalangan inson Navoiyning “Xamsa” sidan bunyodkorlik tuyg’ularini, Qodiriyning “O`tagan kunlar”idan vafodorlikni, Cho`lpon she’riyatidan Vatanga bo`lgan muhabbatni, Abdulla Qahhor hikoyalaridan tubanlik, pastkashlik, tilyog’lamachilikka qarshi nafrat tuyg’ularini, Chustiy she’riyatidan bahoriy kayfiyatni his etib boradi.
Estetik idrok xususiyatlari to`g’risida gapirar ekanimiz, avvalo, badiiy asarni estetik idrok etishdagi bilish jarayonlarining o`ziga xosligiga e’tiborni qaratmog’imiz lozim bo`ladi. Bu esa o`z navbatida badiiy asarni idrok etish bilan ilmiy asarni idrok etish orasidagi farqni belgilab beradi. San’at asarini idrok etishning o`ziga xosligi shundaki, san’atkor o`z ijodiy faoliyatini amalga oshirish rejasini oldindan belgilab oladi, badiiy to`qimalar yordamida “nomoddiy narsalarni “moddiylashtiradi”, ya’ni kitobxonni kutilmagan hodisalar bilan uchrashtiradi. Shunga ko`ra, san’at asarlarining vazifasi mohiyatan insonning estetik ehtiyojini qondirishga qaratilgan bo`ladi. Ana shu jihat bilan san’at asarini hissiy-aqliy idrok etish, ilmiy-nazariy asarni idrok qilishdan farq qiladi. Zero, ilmiy asarni tushunish uchun o`quvchi avvalo, mazkur sohaga doir bilimlardan xabardor bo`lmog’i lozim. Yo`qsa, bu asar uning uchun qiziqarsiz hamda tushunarsiz bo`lib qolaveradi. Badiiy asarning mohiyatining bilish yoki uning mazmunini o`zlashtirish uchun mazkur jarayonni maxsus o`rganishga ehtiyoj sezilmaydi. Negaki, insonning estetik idrok tabiatan ijodiy jarayonga yaqin bo`lib, bu holat inson kamolotining barcha pog’onalarida ishtirok qiladi.
Shuningdek, ijodkor badiiy asarni yaratar ekan, avvalo, idrok qiluvchida asar qanday taassurot qoldirishi, asar qay tariqa o`quvchida kayfiyat uyg’ota olishi haqida o`ylaydi. Asarni idrok qilish natijasida yuzaga kelgan qayg’urish, achinish, junbushga kelish, zavqlanish singari botiniy holatlar o`z navbatida shaxsiy “men”ning yuzaga kelishiga sababchi bo`ladi. Qolaversa, estetik idrok jarayonida idrok qiluvchi (tomoshabin, o`quvchi, kitobxon va hokazo ) voqelikda kechayotgan jarayonlar haqida ma’lumotga ega bo`ladi. Bularning barchasi pirovardida san’at asarini hissiy-aqliy idrok etish uchun zamin yaratadi.
Jismni yaxlit aks ettirish ta’sir etuvchi belgilarning(rang, shakl, ta’m va h.k.) yaxlit to‘plamidan, bir vaqtning o‘zida mavjud bo‘lmaganlardan asosiy etakchi belgilarni ajratib olishni talab etadi. Idrok qilishning ushbu perseptiv tasvirning shakllanish bosqichida tafakkur ham qantashishi mumkin, deb taxmin qilinadi. Lekin idrokningkeyingi bosqichi asosiy mohiyatga ega bo‘lgan guruhlarni birlashtirishni va idrok etilgan belgilar to‘plami bilan jism haqidagi avvalgi bilimlarni taqqoslashni talab etadi, ya’ni, idrok qilish jarayonida xotira ishtirok etadi. Agar taqdim etilayotgan jism haqidagi farazni taqqoslashda, u etkazilgan axborot bilan mos kelsa jismni tanib olish sodir bo‘ladi va u idrok etiladi, agarda mos kelmasa, sub’ekt uni topmagunicha, kerakli echimni izlash davom ettiriladi.
Idrok qilishda u yoki bu jismni idrok qilish istagi, uni idrok qilish zaruriyati yoki majburiyati, yaxshiroq idrok qilishga erishishga yo‘naltirilgan iroda kuchi, bunday vaziyatlarda namoyon bo‘ladigan qat’iyatlilik katta ahamiyatga egadir. Real olam jismini idrok qilishda insonning diqqati va yo‘nalganligi ham qatnashadi.
Idrok qilishga bo‘lgan munosabatimiz idrok jarayoni uchun katta ahamiyatga ega. Jism bizga qiziqarli yoki biz unga befarq bo‘lganimiz uchun, u bizda turlicha his-tuyg‘ularni uyg‘otishi mumkin. bizga qiziqarli bo‘lgan jism faol idrok etilishi, va, aksincha, bizga farqsiz bo‘lgan jismni sezmasligimiz ham mumkin.
Shunday qilib, idrok – bu ayni vaqtda bizga ta’sir ko‘rsatayotgan narsani bilishga qaratilgan o‘ta murakkab, shu bilan birga, umumiy jarayon.
Idrokning fiziologik asosi bo‘lib his-tuyg‘u organlari, nerv tolalari va markaziy asab tizimida ro‘y beradigan jarayonlar hisoblanadi. Nerv qo‘zg‘alishi seskantiruvchilardan his-tuyg‘u organlaridagi nerv tugunlarining markaziy proeksiyasidan iborat bo‘lgan po‘stloqning sensor sohalariga o‘tkaziladi. Proeksiya sohasi qaysi organ bilan bog‘langanligiga ko‘ra, ma’lum sensor axborot shakllanadi.
Sezgilar taklif etilgan yo‘nalish darajasida idrok qilish jarayonining tarkibiy qismi sifatida shakllanadi. Idrokning fiziologik mexanizmlarining o‘zi, qo‘zg‘alish bosh miya po‘stlog‘ining proeksiyali sohalardan integrativ sohalariga o‘tganida, real dunyo hodisalari obrazlari shakllanishining tugallanishi sodir bo‘ladigan keyingi bosqichlarda yaxlit obrazning shakllanishi jarayonlarida ishtirok etadi. Shuning uchun idrok jarayonini yakunlovchi bosh miya po‘stlog‘ining integrativ sohalari, ko‘pincha, perseptiv sohalar deb ataladi. Bu sohalarning vazifasi proeksiyali sohalarning vazifasidan tubdan farq qiladi. Bu farq u yoki bu soha faoliyatning izdan chiqishida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Masalan, ko‘rish proeksiyali sohasining faoliyati buzilganida markaziy ko‘zi ojizlik paydo bo‘ladi, ya’ni, periferiya – his-tuyg‘u organlarining to‘liq faoliyatida odam butunlay ko‘rish sezgilaridan mahrum bo‘ladi, u hech narsani ko‘ramaydi. Integrativ soha faoliyatining zarar ko‘rishi yoki izdan chiqishida jarayon boshqacha tus oladi. Odam alohida yorug‘ dog‘larni, qandaydir sharpalarni ko‘radi, lekin ko‘rganlarini tushunmaydi. Unga ta’sir etuvchilarni anglay olmaydi, unga yaxshi tanish jismlarni ham taniyolmay qoladi. Shunga o‘xshash manzara boshqa modalliklarning integrativ sohalari faoliyatining izdan chiqishida ham kuzatiladi. Masalan, eshitish integrativ sohalarining buzilishida odamlar inson nutqini tushunolmay qoladalar.
Idrokning fiziologik asosi, uning harakat faoliyati, emotsional kechinmalar, turli tafakkur jarayonlari bilan uzviy bog‘langanligi sababidan yanada murakkablashadi. Bundan kelib chiqadiki, his–tuyg‘u organlarida boshlangan tashqi seskantiruvchilar ta’sirida paydo bo‘lgan nerv qo‘zg‘alishlari asab markazlariga o‘tadi, bunda ular po‘stloq sohalarini qamrab oladi, boshqa nerv qo‘zg‘alishlari bilan o‘zaro ta’sirga kirishadi. O‘zaro ta’sirga kirishgan va po‘stloqning turli sohalarini qamrab olgan bunday qo‘zg‘alishlar to‘ri idrokning fiziologik asosini tashkil etadi.
Idrokning reflektorlik asosini I.P.Pavlov ochib berdi. Uning ko‘rsatishicha, idrokning assida shartli reflekslar, ya’ni, bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘ida atrof-olam hodisalari yoki jismlarining retseptorlarga ta’siri natijasida hosil bo‘ladigan vaqtinchalik nerv aloqalari yotadi. Bunda nerv aloqalari hosil qilgan qo‘zg‘alishlarni qayta ishlashda analizatorlarning po‘stloq bo‘limlari yadrolarida tahlil qilish va sintezning murakkab jarayonlari sodir bo‘lganligi sababli, nerv aloqalari seskantiruvchilar to‘plami sifatida namoyon bo‘ladi. Tahlil qilish va sintez jarayonlari idrok ob’ektining atrof-muhitdan ajratib olinishini ta’minlaydilar, va shu asosda uning barcha xossalari yaxlit obrazga birlashadi.
Idrok jarayonini ta’minlovchi vaqtinchalik nerv aloqalari ikki xil: bir analizator chegarasida va analizatorlar o‘rtasida hosil bo‘ladigan turlarga ajratilishi mumkin. Birinchi turdagilari organizmga bir modallikka ega bo‘lgan ko‘p tomonlama seskantiruvchining ta’sir etishida alohida o‘rin egallaydilar. Masalan, bunday seskantiruvchi sifatida eshitish analizatoriga ta’sir ko‘rsatuvchi alohida tovushlarning o‘ziga xos uyg‘unligidan iborat bo‘lgan kuy xizmat qilish mumkin. Bu to‘plam yagona murakkab seskantiruvchi sifatida faoliyat ko‘rsatadi. Bunda nerv aloqalari seskantiruvchining o‘ziga nisbatan javob o‘rnida emas, balki, ularning vaqtinchalik, fazoviy va shu kabi munosabatlariga nisbatan ham hosil bo‘ladi. Natijada katta yarim sharlar po‘stlog‘ida integratsiyalash yoki murakkab sintez jarayoni sodir bo‘ladi.
Ko‘p tomonlama seskantiruvchi ta’sirida hosil bo‘ladigan nerv aloqalarining ikkinchi turi – bu turli analizatorlar chegarasidagi aloqalar, ularning yuzaga kelishini I.M. Sechenov assotsiatsiyalar (ko‘rish, kinestetik, sezish va h.k.) mavjudligi bilan tushuntirgan edi. Odamda bu assotsiatsiyalar so‘zning eshitiladigan obrazi bilan birgalikda kuzatiladi, bunda idrok yaxlitlik xususiyatiga ega bo‘ladi. Masalan, agar ko‘zlaringizni bog‘lab qo‘yib, qo‘lingizga aylanasimon jism tutqazilsa, oldindan uni iste’mol qilish mumkinligi uqtirilsa, bunda siz uning o‘ziga xos hidini sezishingiz, tatib ko‘rishingiz, va hech qiynalmasdan, nima haqida gap ketayotganini tushunib olishingiz mumkin. Bundan, analizatorlar o‘rtasidagi aloqalar hisobiga jismlar yoki hodisalarning idrok qilinishi uchun maxsus moslashtirilgan analizatorlari bo‘lmagan xossalarini idrokda aks ettirishimiz mumkinligi kelib chiqadi (masalan, jismning kattaligi, sof og‘irligi va boshqalar).
Shunday qilib, idrok obrazini tuzishning murakkab jarayoni asosida seskantiruvchilarni yaqqol ko‘rish sharoitlari bilan jism xossalarining o‘zaro ta’sirini murakkab yaxlitlik sifatida hisobga olgan holda ta’minlaydigan ichki analizatorli va tashqi analizatorli aloqalar yotadi.
Harakatlar idrokida vositali harakatlar tasavvurini hosil qiluvchi qo‘shimcha belgilar muhim ahamiyat kasb etadi. Qo‘shimcha belgilardan foydalanish mexanizmi harakatning biror-bir belgilarini aniqlashda ularning intellektual qayta ishlanishi va jismning harakatlanayotgani haqida fikr bildirilishidan iborat. Xuddi shunday, harakat tasavvuri harakatsiz jismning qismlari uchun noodatiy holatni yuzaga keltirishi mumkin. Harakat haqida tasavvurlarni hosil qiluvchi «kinetik holatlar» qatoriga, jismning engashtirilgan holati, shaklining noaniqligi va boshqalar kiradi.
Harakat idrokining barcha nazariyalarini ikki guruhga ajratish mumkin. Nazariyalarning birinchi guruhi harakat idrokini oddiy, ketma-ket keladigan ko‘rish sezgilarining harakati o‘tadigan alohida nuqtalaridan hosil qiladi va harakat idroki bu oddiy ko‘rish sezgilarining qo‘shilishi natijasida yuzaga kelishini ta’kidlaydi (V. Vundt).
Ikkinchi guruh nazariyalarining ta’kidlashiga ko‘ra, harakat idroki bunday oddiy sezgilarga bog‘liq bo‘lmagan maxsus sifatga ega. Bu nazariya vakillari (M. Vertgeymer)ning aytishicha, kuy tovushlarning oddiy yig‘indisi emasligiga, ulardan farqlanuvchi yaxlitlik bo‘lgani kabi, harakat idroki ham bu idrokni tashkil etuvchi oddiy ko‘rish sezgilarining yig‘indisiga teng bo‘lmaydi.
Vertgeymer fikricha, harakat idroki harakatlanuvchi jismlarning o‘zini idrok qilishdan farq qiluvchi maxsus kechinma hisoblanadi. Agar ob’ekt turlicha (a) va (b) holatdagi idrokining ikki ketma-ketligi bo‘lsa, u holda harakat kechinmasi bu ikki sezgilardan tuzilmaydi, balki, o‘rtada turib, ularni birlashtiradi. Bunday harakat kechinmasini Vertgeymer fi – fenomeni deb ataydi.
Vaqt idroki muammosini o‘rganishning murakkabligi vaqtning moddiy dunyo hodisasi sifatida idrok etilmasligidan iborat. Uning kechishi haqida esa ma’lum belgilar bo‘yicha mulohaza yuritamiz.
«Biologik soatlar» nomi bilan tanish bo‘lgan oddiy marom hodisalari vaqt o‘tishining davomiyligi va ketma-ketligini idrok jarayonlari asosida yotadi. Ularga po‘stloq va po‘stloq osti hosilalarining neyronlarida kechadigan marom jarayonlari kiradi. Masalan, uyqu va hordiqning gallanishi. Qo‘zg‘alish va tormozlanishning gallanishi kabi nerv jarayonlarining davomiyligiga bog‘liq ravishda vaqt haqida ma’lum axborotga ega bo‘lamiz. Bundan vaqt idrokini tadqiq etishda, ikki asosiy nuqtai nazarni: vaqt davomiyligi idroki va vaqt ketma-ketligini hisobga olish zarurligi haqida xulosa chiqarish mumkin.
Vaqt bo‘lagi davomiyligini sub’ektiv baholash, uning qanday voqealar bilan to‘laligiga bog‘liq bo‘ladi. Agar voqealar ko‘p sodir bo‘lib, biz uchun qiziqarli bo‘lsa, u holda vaqt tez o‘tgan bo‘ladi. Va, aksincha, voqealar kam bo‘lib, bizga qiziqarli tuyulmagan bo‘lsa, u holda vaqt sekin o‘tgan bo‘ladi. Lekin o‘tgan voqealarni baholashga to‘g‘ri kelsa, u holda davomiylikni baholash teskari xususiyatga ega bo‘ladi. Turli-tuman voqealarga boy bo‘lgan vaqtning bahosini oshirib yuboramiz, vaqt bo‘lagi davomli bo‘lib tuyuladi. Va, aksincha, biz uchun zerikarli vaqtni munosib baholay olmaymiz, vaqt bo‘lagi ahamiyatsizdek bo‘lib tuyuladi.
Vaqt davomiyligini baholash hissiyotli kechinmalarga ham bog‘liq bo‘ladi. Agar voqealar o‘ziga nisbatan ijobiy munosabatni hosil qilsa, u holda vaqt tezda o‘tib ketadi, salbiy kechinmalarda esa, vaqt bo‘lagi cho‘zilib ketgandek idrok etiladi.
Vaqtning o‘ziga xos bo‘lgan xususiyat bu uni ortga qaytmasligidir, biz o‘tgan vaqtni qaytara olmaymiz. SHu sababli, vaqt o‘tishini voqealar qaytmaydigan ketma-ketligining ob’ektiv tartibini o‘rnatgan holda idrok etamiz.
Avval bo‘lib o‘tgan yoki endi bo‘ladigan voqelar tartibi yoki ketma-ketligini o‘rnatishdan tashqari, vaqtni jamlashdan foydalanamiz, ya’ni, ayni vaqtda qanday voqea sodir bo‘lishini bilamiz. Vaqt oralig‘ining ma’lum kattaliklaridan foydalanganimiz uchun vaqtni jamlash imkoniyati mavjuddir. Bunday oraliqlarga kun, hafta, oy, yil, asr va h.k.lar kirishi mumkin. Bunday oraliqlarning mavjudligi imkoniyati, ulardagi voqealar ma’lum almashinuvining gallanishi bilan belgilanadi, masalan, quyosh botishi va chiqishi.
Vaqt – yo‘nalishli kattalik, vektor bo‘lgani uchun faqat o‘lchov birliklari (soniya, daqiqa, soat, kun, oy, yil, asr) tizimi bilan emas, balki, hisob olib boriladigan doimiy boshlang‘ich nuqta bilan ham ta’riflanadi. Vaqtning tabiiy boshlang‘ich nuqtasi, vaqtni avvalgi o‘tmish va keyingi kelajakka ajratib turuvchi hozirgi zamondir.
Lekin hozirgi zamon ham namoyon bo‘lgan hodisalar qatorida o‘zining o‘rniga ega, ya’ni, vaqt hisobini olib borish nuqtalari mavjud. Aniq bir odam uchun bunday nuqta bo‘lib, uning dunyoga kelish sanasi, insoniyat uchun –umumiy qabul qilingan ma’lum nuqta, masalan, Muhammad Payg‘ambarning tug‘ilish sanasi hisoblanadi.
Shunday qilib, vaqt idrokida ikki, sub’ektiv va ob’ektiv-shartli nuqtai nazarni ajratish mumkin. Sub’ektiv nuqtai nazar bizning sodir bo‘layotgan voqealarni shaxsan baholashimiz, ob’ektiv-shartli esa – hodisalarning ob’ektiv oqimi va shartli boshlang‘ich nuqtalar ketma-ketligi yoki vaqt oralig‘i bilan bog‘liqdir. Agar birinchi nuqtai nazar bizning vaqtni his etishimizni aks ettirsa, ikkinchisi, vaqt yo‘nalishida harakatlanishimizga ko‘mak beradi.
Dunyoni idrok etish –bu atrof borliqni ideal obrazlarda tasavvur qilishdir. Dunyoni idrok etish to’g’ri yoki noto’g’ri bo’lishi, ya’ni borliqqa mos kelmasligi mumkin. Bu holda borliq noto’g’ri tasavvur qilinadi yoki illyuziyalar, suv ‘arilari, alvastilar, kentavrlar haqidagi tasavvurlarga o’xshash fantaziyalar paydo bo’ladi .
Dunyoni tushunish – insonning va uni qurshagan dunyoning mohiyatini aniqlash, shuningdek tabiatda yuz beruvchi voqea va jarayonlarning o’zaro aloqalarini tushunishga qaratilgan aqliy – bilish faoliyatidir.
Dunyoni sezish va qisman (elementar shakllarda) dunyoni idrok etish nafaqat insongabalki hayvonlarga ham xos bo’lsa, dunyoni esa faqat odamlarga xos xususiyatdir.
Estetik ong ijtimoiy ongning ba’zi shakllaridan orqada qolishi mumkin. Masalan, ijtimoiy hayotda siyosiy yetuklik yuksak darajaga ko’tarilgan, lekin estetik didi orqada qolgan. Estetik ongning nisbiy mustaqilligi ko’rinishlaridan biri vorislikdir. Chunki yangi estetik qarashlar, g’oyalar, nazariyalar bo’sh yerda vujudga kelmaydi. Ular jamiyatning oldingi estetik va badiiy ravnaqi natijasida jamlangan hissa va aqliy hosilalar, bilimlar zahirasining davomi sifatida amal qiladilar. Estetik ong vorisligi deganda o’tmishdagi estetik qarashlar, nazariyalar istiqboli taraqqiyotining yangi shart-sharoitlari, manfaat va maqsadlariga xizmat qiladigan boyliklarni saqlab asrashni, ularni muayyan davrga singdirib yuborishni tushunamiz. Vorislik estetik ongning barcha estetik qarashlar va nazariyalariga, estetik did va estetik his bo’g’inlariga taalluqlidir. Estetik ong ijtimoiy hayot in’ikosi bo’lib, jamiyat hayotida muhim o’rin tutadi. Jamiyat hayotiga har tomonlama ta’sir o’tkazadi. Jamiyat hayotida biror jabha, narsa, zarra yo’qki, ular estetik did, orzu va qarashlardan chetda qolgan bo’lsin. Estetik ong moddiy ishlab chiqarishning barcha sohalariga bevosita ta’sir o’tkazadi. Estetik ong ijtimoiy ongning maxsus shakli sifatida estetik faoliyat bilan uzviy bog’liq bo’lib, estetik faoliyat jarayonida shakllanadi. Estetik ong aslida estetik faoliyat shaklidir. Estetik ong badiiy ong bilan chambarchas bog’liq, ular bir-biriga yaqin tushunchalar bo’lsa-da, bir xil ma’noni anglatmaydi. Estetik ong voqyelikni butun borlig’icha idrok etib, qayta ishlash jarayonida vujudga kelsa, badiiy ong san’atni yaratish va idrok etish jarayonida namoyon bo’ladi. Badiiy asarlar tizimida ifodalangan estetik ongning aks etish ko’lami ancha keng bo’lib, u odamlarning mehnat faoliyatida, uning natijalari va moddiy-ma’naviy ma’naviyatining barcha qadriyatlarida o’z ifodasini topadi. Estetik ongning ijtimoiy ong sifatidagi ko’rinishidan yakka odam estetik ongi ko’rinishi farq qiladi. Yakka odam estetik ongi bu aniq bir ongdir. Estetik ong bilan yakka odam ongi o’z subyektlariga egalik jihatidan ham farqlanadilar. Ijtimoiy tabaqalar, qatlamlar, guruhlar, millatlar, elatlar, xalqlar estetik ong subyekti sifatida nomoyon bo’lsa, yakka odam estetik ongining subyekti bu muayyan bir shaxsdir. Yakka odam estetik ongi o’z mahsuli jihatidan farqlanadi. Jamiyatda estetik ongning mazmuni yakka odam estetik ongidan ancha keng va boy bo’lib, o’rnak bo’lishi mumkin. Chunki u mazkur shaxsga xos bo’lgan barcha ma’naviy bilimlarni o’zida mujassamlashtiradi. Lekin yakka shaxs estetik ongi ijtimoiy estetik ong tarkibida harakat qiladi. Ya’ni ijtimoiy estetik ong bilan yakka odam estetik ongi o’rtasida uzviy ichki bog’liqlik mavjud. Ularni bir-biridan faqat ilmiy-nazariy tahlil qilish orqali farqlash mumkin.
Badiiy ijodni idrok etish etish moddiy narsalarni idrok etishdan farqlanadi. Holbuki, moddiy predmet aksariyat hollarda o`zgarmas va ayni paytda kishida doimo bir xil taassurot qoldiradi. Badiiy asarni idrok etish natijasida inson voqelikka teran ko`z bilan nazar tashlashga, mavjud muammolarni nozik tuyg’ular yordamida hal etishga harakat qiladi. Shuningdek, badiiy idrok favqulodda o`zgaruvchan xususiyatga ega bo`lib, u hech qachon bir joyda to`xtab qolmaydi. Bunday holatni badiiy asarni qayta o`qish jarayonida kuzatish mumkin. Masalan, Tohir Malikning “ Shaytanat” asarini oladigan bo`lsak, undagi Asadbek obrazi kishilar tasavvurida ham ijobiy, ham salbiy qahramon sifatida gavdalanadi. Shunga ko`ra, ayrim toifa o`quvchilar Asadbekning qilmishlarini qoralasalar, boshqa bir kitobxonlar uning “marhamatini” yaxshililikka yo`yadilar.Eng ajablanarlisi shundaki, u qahramonlarni salbiy yoki ijobiylikka ajratishga hech kim to`sqinlik qilmaydi, aksincha, kitobxon ularni badiiy idrok qobiliyatlariga ko`ra farqlaydi.
Estetik idrok ham badiiy idrok singari nazariy va amaliy ahamiyatga molik tushunchadir. Negaki, estetik idrokni tadqiq etmay turib, badiiy ijod nazariyasining to`laqonli tarzda anglab yetish hamda san’atning ijtimoiy tabiatini ochib berish mumkin emas. Estetik idrok masalasi to`g’ridan-to`g’ri inson estetik tarbiyasiga dahldorligi bois inson va jamiyat, inson va davlat, inson va tabiat o`rtasidagi munosabatlar rivojida sezilarli ta’sirga ega. Chunki, estetik idrokning o`ziga xos xususiyati avallo, badiiy ijodning tabiatiga hamda san’atning ijtimoiylik mohiyatiga ta’sir ko`rsatishi bilan belgilanadi. Ikkinchidan, estetik idrok qonuniyatlarini tadqiq qilish san’at va badiiy ijod mazmuni va mohiyatini to`laqonli tarzda namoyon qilishi uchun imkoniyat yaratadi. Bir so`z bilan aytganda, estetik idrok mohiyatan insonni voqelikni badiiy obrazlar orqali o`zlashtirilishi bilan namoyon bo`la boradi.
Estetik idrokning shakllanishi jarayoni tadrijiylik asosida rivojlanib, ma’lum bir kuzatuvlardan so`ng yuzaga keladi. Holbuki, u hech bir davrda o`z-o`zidan tayyor holda shakllanib qolgan emas. Inson san’at asarini estetik idrok etishi bilan bir paytda o`zining ma’naviy ehtiyojini ham qondirib boradi. Ana shu ehtiyoj pirovardida uning turmush tashvishlarini biroz bo`lsa-da yengillashtirishga, hayotning murakkab so`qmoqlaridan matonat bilan o`tib borishiga ko`mak beradi, yangiliklar yaratishga undaydi. Zero, estetik idroki tarbiyalangan inson Navoiyning “Xamsa” sidan bunyodkorlik tuyg’ularini, Qodiriyning “O`tagan kunlar”idan vafodorlikni, Cho`lpon she’riyatidan Vatanga bo`lgan muhabbatni, Abdulla Qahhor hikoyalaridan tubanlik, pastkashlik, tilyog’lamachilikka qarshi nafrat tuyg’ularini, Chustiy she’riyatidan bahoriy kayfiyatni his etib boradi. Badiiy ong badiiy asarlar tizimida ifodalangan jamiyatning estetik ongi murakkab tizimli harakatchan, o’zaro uzviy aloqadorlikda bo’lgan bir qator qismlardan iborat bo’ladi. Estetik ongning turg’un va uyg’un qismlari estetik hislar, orzular, qarashlar va nazariyalardir. Shu bois ularga alohida to’xtalib o’tamiz. estetik histuyg’ular umuman inson ongining ajralmas qismi bo’ladi. Maktab o’quvchilarini ruhiy hayotining boshqa xususiyatlari singari his-tuyg’ularda ham voqyelik in’ikos etiladi. Bu in’ikos o’ziga xos bo’lib, unda bilish, kechinmalar, baholashlar o’zaro chirmashib ketgan bo’ladi. His-tuyg’ular asosan insonning o’z ehtiyojlarini qondirishi yoki aksi munosabati bilan bog’liq holda vujudga keladi. Estetik his-tuyg’ular aqliy va axloqiy tuyg’ular bilan bir qatorda eng oliy ijtimoiy tuyg’u turmushiga mansubdir. Bu yerda ijtimoiy iborasi estetik his-tuyg’ularning jamiyat bag’rida vujudga kelib, uning bag’rida rivojlanadi. Estetik his-tuyg’ular necha ming yillar davomida inson nafosatining tabiiy shart-sharoitlarini o’zlashtirish jarayonida shakllanadi. Estetik histuyg’ular murakkab ijtimoiy hodisa sifatida nafosat, hamohanglik, ohang shakllari, uyg’unlik kabi tushunchalar bilan birga shodlanish, hayratlanish, ajablanish, zavq-shavq, nafrat kabi tushunchalarni ham qamrab oladi. Estetik his-tuyg’ular muayyan fiziologik asoslar va shart-sharoitlarga ham ega. Ular birinchi va ikkinchi ogohlantirish sistemalarining amal qilishi bilan bog’liq bo’lib, ularni ruhiy-fiziologik jihatdan o’rganish ham muhim ahamiyatga ega. Estetik his-tuyg’ular mazmuni insonni muayyan maqsadga yo’naltirilgan faoliyatida yorqinroq namoyon bo’ladi. Nafosat, olijanoblik, kulgi his-tuyg’ulari eng murakkab va turg’un estetik his-tuyg’ulardir. Inson go’zallik, nafosat hissi vositasida voqyelikni tabiiy va erkin tarzda idrok etib, natijada alohida shodlik va lazzat tuyg’usiga ega bo’ladi. Estetik his-tuyg’ular kechinmalar bilan bog’liq holda namoyon bo’ladi, subyekt bilan obyektning jarayoni sifatida sodir bo’ladi. Subyekt va obyektning qo’shilib ketishi sub’ktning obyekt bag’rida singib ketishi kechinmali his-tuyg’uning o’ziga xos belgisidir. Estetik kechinma subyektning alohida faoliyati, xususan, xayol, tasavvur qila olish kuchi bilan belgilanadi. Estetik kechinmaning yakuni estetik lazzatlanishdir.
Yüklə 47,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə