O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti



Yüklə 260,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/13
tarix15.04.2023
ölçüsü260,51 Kb.
#105580
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi SOTSIAL p

5. Xulosa. 
Bu qismida ishning muallif tomonidan ishlab chiqilgan asosiy natija 
va xulosalari keltiriladi: ularning amaliy ahamiyati, ish natijalarining joriy qilinish 
imkoniyatlari va mavzuni kelgusida tadqiq qilish istiqbollari ko’rsatiladi. 
Xulosaga qo’yiladigan asosiy talab – uning qisqa va mulohazaliligidir: unda 
ishning mazmunini butunligicha qaytarish shart emas. Xulosa quyidagi savollarga 
javob bera olishi kerak: 
a) talaba nima uchun aynan ushbu tadqiqotni amalga oshirdi? 
b) qanday ishlar amalga oshirildi? 
c) muallif qanday xulosalarga keldi? 


12 
6. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. 
Asarlar mualliflarining familiyasi 
ko’rsatilib, alvafit tartibida tuziladi.
 
Ro’yxatga muallif tomonidan ishni yozish jarayonida foydalanilgan barcha 
adabiyotlar kiritiladi (bunda ular qayerda nashr qilinganidan qat’iy nazar alohida 
nashr, to’plam, jurnal, gazeta bo’lsa ham albatta ko’rsatilishi shart). 
Ro’yxatda manbalar umumiy raqamlashtirilgan holda keltiriladi. Manbaning 
ma’lumotlari ko’rsatilayotganida muallifning familiyasi-ismi, asarning nomi, nashr 
qilingan joyi va yili, sahifalarning umumiy soni beriladi. 
Masalan: 
1.
Deyl Karnegi. O’z-o’ziga ishonch hosil qilish va omma oldida so’zlash 
san’ati. – T.: Yangi asr avlodi, 2010. – 224 bet. 
2.
Ismoilova N., Abdullayeva D. Ijtimoiy psixologiya. O’quv qo’llanma. – T.: 
O’zbekiston faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2013. – 168 bet.
3.
Karimova V. Ijtimoiy psixologiya. – T.: Fan va texnologiya, 2012. – 172 
bet. 
7. Ilovalar. 
Ular, odatda, alohida sahifalarda ko’rsatiladi. Ularning har biri o’z 
mavzusiga ega bo’ladi va o’ng tomonning yuqorisida “Ilova” degan yozuv qayd 
qilinadi. Agar ilovalar bir nechta bo’lsa, ular “1-ilova”, 2-ilova” tarzida 
rasmiylashtiriladi.
Ilovaga mustaqil ravishda tuzilgan, anketalar yordamida yig’ilgan empirik 
materiallar joylashtiriladi. 
Kurs ishiga rahbarlik pedagogik staj, tajribaga ega bo’lgan yoki ilmiy-
tadqiqotlar olib borayotgan kafedra o’qituvchilari tomonidan amalga oshiriladi.
Kurs ishi talaba tomonidan mustaqil ravishda yoziladi, bunda u ilmiy rahbar 
maslahatlaridan foydalanadi va ishining borishi yuzasidan rahbariga hisobot berib 
boradi. 
Kurs ishining rahbari: 
a) talabaga tanlangan mavzu doirasidagi masalalar va tadqiqot metodlarini 
aniqlashda, tayyorgarlik rejasini belgilash va kurs ishini shakllantirishda yordam 
beradi; 


13 
b) talabaga kurs ishi yozish jarayonida maslahatlar berib boradi, sistematik 
nazoratni amalga oshiradi, bosqichli attestasiyani o’tkazadi (semestrda ikki marta) va 
bu haqda kafedra rahbariyatiga xabar beradi; 
c) kurs ishini tekshiradi va unga taqriz beradi. 
Kurs ishining himoyasi ochiq ravishda o’tkaziladi. Muallif 10 daqiqa davomida 
ish yuzasidan ma’ruza qiladi va o’qituvchi-talabalarning savollariga javob beradi. 
Ma’ruzada muammoning o’rganilish holati, tajriba-sinov ishlarining natijalari (agar 
o’tkazilgan bo’lsa), tadqiqotning istiqboli, xulosa va takliflar aks etgan bo’lishi lozim. 
Kurs ishini himoya qilish natijalariga ko’ra talabaning reyting daftarchasiga 
tegishli ball qo’yiladi. 
Kurs ishi talabaga kelgusi tadqiqotlarida asos bo’lishi uchun qaytarib beriladi. 
Juda yaxshi ball va e’tirofga ega bo’lgan kurs ishlari boshqa talabalarga namuna 
sifatida metodik xonada saqlanadi.
Quyidagi ayrim mavzular uchun reja tuzish tartibi misol tariqasida 
keltirilmoqda.

Yüklə 260,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə