O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti


O’quv-uslubiy kengash raisi: __________ dots. A.Samadov



Yüklə 260,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/13
tarix15.04.2023
ölçüsü260,51 Kb.
#105580
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Samarqand davlat universiteti psixologiya kafedrasi SOTSIAL p

 
O’quv-uslubiy kengash raisi: __________ dots. A.Samadov
Kelishildi: 
O’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i___________prof.A.Xalxo’jayev 



KIRISH 
 
Bugungi kunda sotsial psixologiya barcha fan sohalariga, barcha tashkilotlarga 
kirib borgan, chunki guruhlar masalasi, uning tashkilotdagi o’rni muhim hisoblanadi. 
Har bir tashkilot, korxona, o’quv maskanlarida katta guruhlar, kichik guruhlar, diffuz 
guruhlar, norasmiy guruhlar mavjud, ularning ziddiyatlarga bormasligi uchun ham 
mazkur kursni o’qitish muhim hisoblanadi. 
Talabalarning olam, jamiyat va insonni o’rganishi psixologik bilimlarga 
zaruratning 
mavjudligi; ularning dunyoqarashini boyitish va rivojlantirishda 
psixologik qonuniyatlarni o’rganish ehtiyojining mavjudligi; inson psixologiyasining 
umumiy psixologik qonuniyatlarini, shaxs va voqelik, shaxs va jamiyat, shaxs va 
predmetlar olami orasidagi munosabat, voqelikni anglashi, olamning psixologik 
tahlili, psixologik hodisalarning kechishi, psixologiyaning tarixiy va nazariy rolini 
jamiyatda 
olib 
borilayotgan 
ishlar orqali amalga oshirishga qaratilanligini 
xarakterlaydi. 
“Sotsial psixologiya” fanining mazkur uslubiy ko’rsatmasi “Ta’lim 
to’g’risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” hamda davlat ta’lim 
standartlari bo’yicha bakalavr darajasidagi malakali amaliyotchi psixolog 
mutaxassislar tayyorlash talablaridan kelib chiqib tuzilgan.
O’quv jarayonining uzluksiz jarayonlaridan biri – bu talabalarda mustaqil 
ishlash va nazariy bilimlarni puxta egallashga qaratilgan kurs ishini bajarish 
hisoblanadi. 
Kurs 
ishini 
bajarish 
jarayonida 
talabalar 
olgan 
bilimlarini 
mustahkamlash bilan bir qatorda sotsial psixologiya fanining asosiy kategoriyalari, 
jamiyat a’zolari o’rtasidagi munosabatlarning ijtimoiy psixologik qonuniyatlari 
haqida; sotsial psixologiyaning fanlar tizimida tuzilishi, ularning rivojlanish 
istiqbollari haqida; sotsial psixologik tadqiqotlarni tashkil etish, o’tkazish metodlari 
va uning
 
vositalaridan foydalana olish; psixologiya nazariyasi va metodologiyasiga 
aloqador tizimlar, kategoriyalar, mexanizmlar, qonuniyatlar, asosiy holatlar; 
insonlarning ish qobiliyatini oshirish va funksional holatni optimallashtirishni bilishi 
va ulardan foydalana olishi; turli xil hayotiy vaziyatlarda shaxsni o’rganishda sotsial 
psixologiyaning har xil usullarini qo’llash
 
ko’nikmasiga ega bo’lish, umumpsixologik 



ixtisoslik yo’nalishidagi fanlar bo’yicha bilimlarini kengaytiradilar, ixtisoslik 
bo’yicha adabiyotlarni chuqur o’rganadilar va o’zlarida ilmiy-tadqiqot ishlarini 
mustaqil bajarish qobiliyatlarini rivojlantiradilar. 
Ushbu uslubiy ko’rsatma “Sotsial psixologiya” fani bo’yicha yangi namunaviy 
o’quv dasturi va o’quv rejasi asosida tuzilgan bo’lib, unda psixologiya ta’lim 
yo’nalishida ta’lim olayotgan talabalarning kurs ishini bajarishi davomida amal 
qilishi lozim bo’lgan umumiy tartib-qoidalar, me’yorlar, tegishli ko’rsatma va 
maslahatlar berilgan. Uslubiy ko’rsatmani ishlab chiqishda mualliflar talabalarning 
nazariy bilimlarini amaliy jihatdan mustahkamlash, mustaqil fikrlash qobiliyatini 
shakllantirish va rivojlantirishni asosiy maqsad qilib qo’ygan.




Yüklə 260,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə