O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya nazariyasi va amilyoti kafedrasi



Yüklə 3,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə146/167
tarix28.04.2023
ölçüsü3,8 Mb.
#107438
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   167
Falsafiy-adabiy davr
. Bu davr antik davrdan boshlanib, XIX asrning 
boshlarigacha davom etdi. Bu davrda shaxs psixologiyasiga tegishli 
ma‘lmotlar asosan faylasuf va yozuvchilar asarlarida o‘z aksini topgan va 
ularda shaxsning axloqiy va ijtimoiy tabiati mhokama etilgan. Falsafiy-
adabiy davrdagi shaxsning ta‘rifi juda keng qamrovli bo‗lib, o‗z ichiga 
shaxsning biologiyasini, psixologiyasini, xulq-atvorini, madaniyatini va hatto 
mol-mulkini ham qamrab olgan.
Frantsuz faylasufi Eten de Kondilyak o‘zining ― Sezgilar haqidagi 
traktat‖ida shaxsni turli sezgi parchalaridan yig`ishga harakat qilgan. F.M. 
Dostoevskiy har bir kishi uchun xos bo‘lgan ―yashirin odam‖ haqida yozadi. 


250
Uning fikricha, mazkur ―yashirin odam‖ tashqariga chiqishga urinib ko‘radi, 
shuningdek har bir kishining ―niqobi‖ ham mavjud bo‘lib uning haqiqiy 
qiyofasini yashirib turadi. 
Klinik davr.
XIX asrning birinchi o‘n yilligida shaxs psixologiyasi 
muammosi bilan ko‘proq shifokor-psixiatrlar shug`ullanishgan. Ular 
birinchilardan bo‘lib klinik sharoitlarda bemor shaxsini tizimli kuzatish olib 
borishga muvaffaq bo‘lishgan, inson shaxsining tabiati to‘g`risida 
umumilmiy xulosalar chiqarishgan. Klinik davrda alohida fenomen sifatida 
shaxs haqidagi tasavvurlar qisqartirib yuborilgan. Psixiatrlarning diqqat 
markazida bemor kishilarda kuzatilgan shaxs xususiyatlari turgan.
Keyinchalik aniqlanishicha, sog`lom kishilarda kuchsiz ifodalangan 
xususiyatlar bemorlarda juda kuchli (gipertrofiya) holatida namoyon bo‘ladi.
Shifokor-psixiatrlarning 
shaxsga 
bergan 
ta`rifi 
bilan 
normal, 
patologiyaga ega va aktsentuatsiyaga ega kishilarni ham tavsiflash mumkin. 
Bunday ta`riflar psixoterapevtik vazifalarni echish uchun to‘g`ri bo‘lishi 
mumkin, biroq normal shaxsning mohiyatini anglash uchun torlik qiladi.

Yüklə 3,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə