O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya nazariyasi va amilyoti kafedrasi



Yüklə 3,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə154/167
tarix28.04.2023
ölçüsü3,8 Mb.
#107438
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   167
Rasmiy lider; 
• Norasmiy lider. 
Rasmiy lider
- liderlikka saylangan yoki tayinlangan lider bo‗lib, ushbu 
jamoaning faoliyatiga rasman javobgar hisoblanadi.
Norasmiy lider
-
rasmiy liderlik mavqeini egallamaganligiga qaramay, ko‗pchilik 
tomonidan e‘tirof etilgan, obro‗ga ega bo‗lgan liderdir. Liderlik uslublari: 
1. 
Avtoritar uslub. 
2. 
Demokratik uslub.
3. 
Liberal uslublardan iborat. 
Demak, ayni bir jamoada bir necha lider mavjud bo‗lishi mumkin. Agar 
jamoada liderlar ko‗p bo‗lsa, bu ijobiy holat. Lekin bunda liderlarning ahloqiy 
normalari bir-biriga zid kelmasligi lozim. Liderlarning turli-tumanligi jamoa 
hayotining turlicha bo‗lishini ta‘minlaydi. 


270
Liderlar o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlar jamoadagi psixologik iklimning
muhim tomonidir. Bundan tashqari jamoaning psixologik iqlimiga jamoa 
a‘zolari o‗rtasidagi shaxslararo munosabatlar ham katta ta‘sir ko‗rsatadi. Bunda 
jamoa a‘zolari o‗rtasidagi o‗zaro munosabatlarning qanchalik chuqur bo‗lishi 
muhim rol uynaydi. Bu jihatdan o‗zaro munosabatlarning 3 hil darajasini ajratib 
ko‗rsatish mumkin: 

- daraja: simpatiya yoki antipatiya asosida vujudga keluvchi o‗zaro 
munosabatlar. 

- daraja: ish yoki o‗qish yuzasidan bo‗ladigan o‗zaro munosabatlar. 

- daraja: insoniy munosabatlar yoki chuqur ishonchga asoslangan 
o‗zaro munosabatlar. 
Jamoadagi normal psixologik iqlimni belgilovchi bevosita ko‗rsatkichlar 
ham mavjud: 
• Jamoadagi erkinlik atmosferasi. 
• Muloqot turli shakllarining mavjudligi. 
• Umumiy maqsadni tushunish va unga erishishga intilish. 
• Fikr - mulohazalarni ochiqchasiga aytish imkoniyatining mavjudligi. 
• Tanqid qilish erkinligi. Nizolarning ham mavjud bo‗lishi. 
• Jamoa a‘zolari o‗rtasida vazifalarning to‗g‗ri taksimlanishi. 
• Boshliqning norasmiy lider bo‗lishi. 
• Hodimlar qo‗nimsizligining kamligi. 
Bulardan tashqari jamoaning psixologik iqlimiga bir qancha omillar ta‘sir 
ko‗rsatishi mumkin. 
Uquvchi, 
talabalar 
jamoasidagi 
ma‘naviy 
psixologik 
iqlimning 
tashkilotchisi - o‗qituvchi, guruh rahbari hisoblanadi. Har bir guruh rahbari 
jamoada normal psixologik iqlimni yaratish uchun unga ta‘sir etuvchi omillarni 
yahshi bilishi zarur. Chunki yahshi tashkil etilgan jamoada normal psixologik 
iqlim mavjud bo‗lganda guruh a‘zolarining o‗zlashtirishi, tartib -intizomni 
saqlashi ham yahshi yo‗lga qo‗yiladi. 
Guruh va jamoalardagi shaxslararo munosabatlarni o‗rganishda kuzatish, 
eksperiment va suhbat metodlaridan foydalaniladi. Shaxslararo munosabatlarni 
o‗rganish metodlaridan yana biri - sosiometriya metodidir. Bu metodning 
mohiyati shundan iboratki, inson u yoki bu ko‗rsatkich bo‗yicha guruh a‘zolarini 
tanlaydi, qilingan tanlashlar asosida kishining guruhdagi shaxslararo 
munosabatlar tizimida tutgan o‗rni haqida hulosa chiqaradi. Demak, 
sosiometriya metodi yordamida guruh a‘zolari o‗rtasidagi simpatiya yoki 
antipatiyani aniqlash mumkin, sociometriya metodini operativ tarzda o‗tkazish, 
uning natijalarini esa matematik ravishda qayta ishlash va grafik tarzda ifodalash 
mumkin. 
Sosiometriya metodini tadqiqot metodi sifatida tan olish bilan bir qatorda 
uning ba‘zi kamchiliklarini ham ko‗rsatib o‗tish zarur. Asosiy kamchilik 


271
shundan iboratki, sosiometriya metodi mavjud munosabatlar to‗zilishining 
sabablarini aniqlash imkonini bermaydi. Shuning uchun ham sosiometriyadan 
olingan ma‘lumotlar kuzatish, suhbat, psixologik - pedagogik eksperiment 
natijalari bilan to‗ldirilishi lozim. 
Sosiometriya metodidan guruh jamoa a‘zolari o‗zaro bir-birlarini yahshi 
bilgan holatlardagina bo‗ladigan va shaxsiy munosabatlardagi haqiqiy o‗rnini 
aniqlash, birlamchi guruhlar mavjudligi yoki mavjud emasligini topish, 
birlamchi guruhlarning paydo bo‗lish va tarqab ketish sabablarini aniqlash 
mumkin. 
Sosiometriya metodining mohiyati shundan iboratki, tekshiriluvchiga birga 
qilinadigan ishlar yoki guruh a‘zolarining ishlarini birgalikda bajarishga 
hohishlari to‗g‗risida savollar beriladi. Beriladigan savollar tanlash 
ko‗rsatkichlari deyiladi. Kuchli va kuchsiz ko‗rsatkichlar farqlanadi. Kuchlshari 
chukur va barqaror munosabatlarni, kuchsizlari esa yuzaki va beqaror 
munosabatlarni aniclashga imkon yaratadi. 
Kuchli va kuchsiz ko‗rsatkichlar mazmun jihatdan turlicha bo‗lishi 
mumkin, lekin ulardagi umumiy narsa natija, ya‘ni sherik tanlashdir. 
Sosiometrik tadqiqotdan olingan ma‘lumotlar asosida sosiogrammalar 
to‗ziladi. Agar guruh a‘zolari soni 20 tadan ko‗p bo‗lsa, sosiometrik matrisa 
to‗zish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Shuningdek, natijalarni grafik ravishda, 
zanjir, uchburchak yoki yulduzcha shaklida ham ifodalash mumkin. Shunday 
qilib, sosiometriya metodi ob‘ektiv va aniq ma‘lumotlar, ya‘ni shaxsning guruh 
yoki jamoadagi real holatini aks ettiruvchi ma‘lumotlar olishga imkon beradi va 
amaliy maqsadlarda foydalanishi mumkin. 
Guruh
— bu muayyan belgiga, masalan birgalikda faoliyat ko‗rsatishning 
mumkinligiga va uning harakteriga, tashkil topish xususiyatlari va shu kabilar 
asosida ajralib turadigan insoniy umumiylikdir. Guruhlarning tasniflanishi ham 
shunga muvofiq tarzda bo‗lib, kichik va katta guruhlarga bo‗linadi - o‗z 
navbatida ular ham real, shartli, formal hamda noformal, rivojlanish darajasi 
turlicha bo‗lgan, ya‘ni, rivojlangan va etarli darajada rivojlanmagan yoki kam 
rivojlangan guruhlartg. bo‗linadi. 

Yüklə 3,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə