O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya nazariyasi va amilyoti kafedrasi



Yüklə 3,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/167
tarix28.04.2023
ölçüsü3,8 Mb.
#107438
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   167
Guruhlar bir necha 
asos bo„yicha tasniflanishi mumkin
. Bular: 
1. Uzaro munosabatlarning yaqinligi va chuqurligiga qarab kichik va 
katta guruhlar farqlanadi. 
2. To‗zilish tamoyili va usuli bo‗yicha - shartli, real, rasmiy va norasmiy 
guruhlar mavjud. 
3. Shaxsning guruh normalariga bo‗lgan munosabatiga ko‗ra 
referent guruhlar farqlanadi. 
Bu guruhlar bilan tanishib chiqamiz. 
Katta guruhlar
. Bu umumiy fazo va makonda mavjud bo‗lgan ko‗p sonli 
kishilar uyushmasidir. Bunday katta guruhlarga korhonaning mehnat jamoasini, 
maktab pedagogik jamoasini misol qilish mumkin. Biroq, bu jamoadagi kishilar, 
masalan, ko‗pchilik o‗qituvchilar bir-birlari bilan bevosita o‗zaro aloqalarda 
bo‗lmasligi ham mumkin, lekin shu bilan bir vaqtda ularning barchasi ayni bir 
rahbarga bo‗ysunadi, bitta kasaba uyushmasi a‘zosi hisoblanadi hamda maktab 
ichki hayotining barcha qoidalariga amal qiladi. 
Kichik guruh
- nisbatan barqaror, tarkibi jihatidan a‘zosi unchalik ko‗p 
bo‗lmagan, umumiy maqsad bilan bog‗langan kyshilarning birlashmasi. Bunda 
kichik guruh a‘zolari o‗rtasida bevosita aloqalar o‗rnatiladi va amalga oshiriladi. 
Bu guruhda umumiy maqsad mavjud bo‗lib, uning a‘zolari bu maqsadga 
erishish yo‗lida o‗zlarining barcha kuchlarini safarbar etadilar. Kichik guruhga 
kiruvchi kishilar bir-birlarini shaxsan biladilar va guruh oldida turgan vazifalarni 


267
hal qilish uchun bir-birlari bilan muloqotda bo‗ladilar. Kichik guruh a‘zolari soni 
2 tadan kam, 40 tadan ko‗p bo‗lmasliklari lozim. 
Oila, ishlab chiqarish brisadasi, samolyot yoki kosmik kema ekipaji
o‗quvchilar sinfi kichik guruh sifatida qaralishi mumkin. Ba‘zi kichik, guruh 
ichida birlamchi guruhlar mavjud bo‗lishi mumkin. Bunday guruh unchalik 
katta bulmay, uning a‘zolari 2-7 kishini tashkil etadi. Uning a‘zolari kichik 
guruhning a‘zolari bo‗lish bilan birga, mustaqil uyushma bo‗lishi mumkin. 

Yüklə 3,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə