O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya nazariyasi va amilyoti kafedrasi



Yüklə 3,8 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə149/167
tarix28.04.2023
ölçüsü3,8 Mb.
#107438
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   167
Tаkrorlаsh uchun sаvollаr 
4.
SHаxsgа tа‘rif bering. 
5.
SHаxs psixologiyasining аlohidа fаn sifаtidа аjrаlib chiqishigа 
zаrurаtning tug‗ilish. 
6.
SHаxs muаmmosining o‗rgаnilish bosqichlаri 
 
 
 
 
 
BIRINCHI 
YO’NALISH
• Umummetodologik yondashuv 
IKKINCHI 
YO’NALISH
• Xususiy yondashuv 
Birinchi yondashuv 
Individ va shaxs 
tushunchalarini 
farqlashga qaratilgan 
yondashuv 
Ikkinchi yondashuv 
Shaxs rivojlanishi 
omillarini 
o`rganuvchi 
yondashuv 
Uchinchi yondashuv 
Shaxs tuzilishini 
o`rganuvchi 
yondashuv 


254
XII BOB 
________________________________________________________ 
SOTSIAL PSIXOLOGIK G‟OYALAR SHAKLLANISHI TARIXI 
__________________________________________________________ 
1. 
Muomala tuzilmasi. 
 
Reja:
1)
Muomala haqida umumiy tushuncha
2)
Muomala turlari.
3)
Bexterev V.M., Myasishev V.N., Ananev B.G. asarlarida muomalaning 
psixologik muammolari.
4)
L.S.Vigotskiy 
va 
B.F.Lomovning 
mmuomalaning 
psixologik 
muammolarini ishlab chiqishga qo‗shgan hissasi. 
Muloqot psixologiya fanining eng muhim tushunchalaridan biridir. 
Ijtimoiy psixologiyada esa muloqot muhim o‗rinlardan birini egallaydi. 
Muloqot "faoliyat" tushunchasi bilan uzviy bog‗langan. Muloqot faoliyat 
turlaridan biri sifatida qaraladi. Muloqot birgalikdagi faoliyatga bo‗lgan 
ehtiyojlar tufayli tug‗iluvchi jarayondir. A.V.Petrovskiy ta‘biri bilan 
aytganda, muloqot - birgalikdagi faoliyat ehtiyojlari natijasida vujudga 
keluvchi, kishilar o‗rtasida aloqa o‗rnatish va rivojlantirishning ko‗p qirrali 
jarayonidir. Biroq muloqot faqat birgalikdagi faoliyatga ehtiyoj tufayli 
tug‗iluvchi jarayon emas, balki u shahslararo o‗zaro ta‘sir jarayoni hamdir.
Muloqotning tuzilishini kognitiv - ahborot, boshqaruvchanlik, affektiv - 
empatiya, ijtimoiy - perseptiv tomonlar tashkil etadi. Har qanday faoliyat 
ham ijtimoiy tabiatga ega va kishilar o‗rtasida turlicha taqsimlangan. Shu 
sabab faoliyatni tashkil etish uchun kishilar o‗rtasida muloqot bo‗lishi talab 
qilinadi. Aynan kattalar bilan bo‗ladigan muloqot tufayligina bola ijtimoiy-
tarihiy tajribani o‗zlashtiradi. Muloqot kishilarning har qanday o‗zaro ta‘siri 
emas, balki shunday o‗zaro ta‘sirki, bu jarayonda uning har bir qatnashchisi 
faol bo‗lib, sub‘ekt sifatida, shahs sifatida namoyon bo‗ladi. Muloqot 
insonning o‗ziga hos ehtiyojini, boshqa zaruriyatlar oziq-ovqatga, issiqlikka, 
taassurotlarga, faollikka, havfsizlikka intilish kabi ehtiyojlardan farqlanuvchi 
ehtiyojni qondirishga qaratilgan. Namoyon bo‗lgan ehtiyoj o‗zini va boshqa 
kishilarni shahs sifatida anglashga, ya‘ni boshqa kishilarga va o‗z - o‗ziga 
baho berishga qaratilishida ifodalanadi. Shuning uchun bunda ohirgi 
psixologik mahsulot - boshqa kishining va o‗zining obrazi bo‗lib, shu tufayli 
inson faoliyatini boshqaradi. Shunday qilib, muloqot kishilar o‗rtasidagi 
o‗zaro ta‘sirning muhim shakli bo‗lib hisoblanadi. Muloqot-bu kishilar 
o‗rtasidagi aloqa. Bu aloqa natijasida bir kishining boshqa bir kishiga ta‘sir 
etishi amalga oshiriladi.


255
Muloqot yordamida kishilar turli hil faoliyatni tashkil etadilar, ahborot 
almashinadilar, o‗zaro bir-birini tushunishga erishadilar. Birgalikdagi faoliyat 
muloqot bo‗lishini talab etadi. Aynan birgalikdagi faoliyatda inson boshqa 
kishilar bilan o‗zaro ta‘sirga kirishadi, ular bilan turli - tuman aloqalar 
o‗rnatadi, zarur natijaga erishish uchun birgalikda harakatlar qiladi. Bu erda 
muloqot faoliyatning tarkibiy qismi sifatida namoyon bo‗ladi. Faoliyatning 
barcha turlarida muloqot uni rejalashtirishni, amalga oshirish va nazorat 
qilishni ta‘minlaydi. Muloqot shahsning rivojlanishida katta ahamiyatga ega. 
Muloqotciz shahsning tarkib topishi, shakllanishi mumkin emas. Aynan 
muloqot jarayonida tajriba o‗zlashtiriladi, bilimlar to‗planadi, amaliy 
ko‗nikma va malakalar shakllanadi, e‘tiqod va qarashlarga erishiladi. Faqat 
muloqot jarayonidagina ma‘naviy ehtiyojlar, ahloqiy, siyosiy va estetik hislar 
tarkib topadi, harakter shakllanadi. Muloqotning maqsadi va uning qay 
darajada amalga oshirilishiga ko‗ra samaradorligi haqida fikr bildirish 
mumkin. Ya‘ni muloqot ehtiyojlaridan kelib chiqib, uning qondirilishi, 
muammo echimi bilan bog‗liq vazifalarning bajarishiga asoslanib, 
muloqotning samarali yoki samarasizligi to‗g‗risida hulosa chiqarsa bo‗ladi. 
Shahslararo munosabat muloqotga kirishuvchilarning o‗zaro bir-birlarini 
tushunishga olib kelsa, bunday o‗zaro munosabatlar samarali va foydali 
hisoblanadi. Muomalaga kirishuvchi tomonlarning o‗zaro bir-birlarini 
tushunishga olib keluvchi yo‗l yoki marom o‗z navbatida o‗sha shahslarning 
o‗zaro bir-birlarini mavqe bo‗yicha bilishni ta‘minlaydi.
Muloqotning psixologik tizimidan shu narsa ma‘lumki, uning uch 
asosiy qismi, ya‘ni muomala sub‘ektlarining o‗zaro bir-birlari bilan ahborot, 
hissiy kechinmalar va fikr almashinuvini ta‘minlovchi kommunikativ, o‗zaro 
bir-birlarining hulq-atvorlariga ta‘sirlarini belgilovchi interaktiv va bir-
birlarini to‗g‗riroq, aniqroq idrok qilish va baholashlarini ta‘minlovchi 
perseptiv tomoni mavjud. Ushbu tizimning har bir tomoni muomalaning 
zaruriy va muhim tarkiblari hisoblanib, uning uchinchi bo‗lagi shahslararo 
ta‘sir o‗tkazish uchun juda muhim muomalaga kirishuvchi shahslar bir-
birlarini yahshi tushunishlari uchun, avvalo suhbatdoshning o‗zi, hissiy 
kechinmalarini idrok qilgan holda fikran uning mavqeida tura bilishi
o‗zining uning o‗rnida his qilib, o‗zida hukm surayotgan his-tuyg‗ular 
doirasida uning holatiga kirishga intilish (identifikasiya), qolaversa, bu 
jarayonda individual va ijtimoiy ongda mavjud bo‗lgan mutlaq stereotip, 
ongda o‗rnashib qolgan tasavvurlardan foydalanishi (stereotipizasiya) ushbu 
jarayon to‗g‗ri kechishini ta‘minlab turadi. Lekin bu jarayonlar shunchalik 
tez va qisqa fursatda kechadiki, shahs ba‘zan o‗zidagi ana shunday 
qiyoslashlarni ongsiz ravishda, hayotiy tajriba orqali o‗rnashib qolgan 
shablon -qoliplar asosida amalga oshiradi, shuning uchun ayrim hollarda 
muloqot samarasiz yoki hato kechishi mumkin. Ana shunday hatoliklarga 


256
olib keluvchi jarayon ijtimoiy psixologiyada kauzal atributsiya deb atalib, 
uning mohiyatini shahsning ko‗pincha o‗z hissiy kechinmalari va 
tasavvurlarida o‗rnashib qolgan qoliplardan noto‗g‗ri foydalanish natijasi 
tashkil qiladi.
Shahsning yo‗nalganligi kishining hayotiy rejalari, uning hayotiy 
faolligi darajasi va maqsadlarini belgilaydi. Shahsning yo‗nalganligi 
harakterning yahlitligi, birligi, kuchi asosida yotadi. Shahsning yo‗nalganligi 
insonning butun hatti-harakatlarida o‗z aksini qoldiradi. Hulq - atvor 
faqatgina sabablar orqali emas, balki, munosabatlarning yahlit sistemasi 
orqali belgilansa-da, bu sistemada har qachon nimadir oldingi planga 
chiqariladi va bu, kishi harakteriga o‗ziga hoslik bag‗ishlaydi. Muloqot 
jarayonining samaradorligini ta‘minlovchi ijtimoiy psixologik omillar ichida 
shahsning muloqot maromini egallash ko‗rsatkichi muhim o‗rin tutadi. Bu 
sifat muloqot savodsizligiga zid bo‗lib, ohirgi hislat quyidagi omillarga 
bog‗liq: 1) o‗zgalar mavqeida tura olmaslik, ularning hissiy kechinmalari, 
tuyg‗ulari va munosabatlariga befarqlik: 2) 
o‗z 
his-tuyg‗ulari 
va 
munosabatlarini boshqara olmasligi, o‗z -o‗ziga ma‘suliyatning yo‗qligi, o‗z-
o‗zini tahlil qilish imkonining zaifligi; 3) suhbatda har bir inson uchun bir 
qarashda tabiiy hisoblangan nutq qobiliyatining yo‗qligi, ya‘ni fikr - 
mulohazalardagi mantiq va uzviylikning mavjud emasligi; 4) eshitish 
qobiliyatining kuchsizligi, ya‘ni birovga murojaat ma‘nosida gapirish 
qanchalik ijobiy fazilat va mas‘uliyatli faoliyat bo‗lsa, o‗zgalarni, 
suhbatdoshni tinglash ham shahsdan qator sifatlarni talab qiladiki, tinglay 
olish uquvi hamsuhbatni o‗ziga og‗dirishning muhim omilidir. Bu 
omillarning kuchiga e‘tiborsizlik, o‗zgalar mavqeida tura olmaslik-
muomalada sub‘ektiv hodisalarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari, 
muloqot tehnikasi deganda ushbu jarayonda bevosita ishtirok etayotgan yoki 
aniqroq qilib aytganda, qo‗llaniladigan nutqiy verbal yoki nutqsiz - noverbal 
vositalar nazarda tutiladi. Ma‘lumki, odamlar o‗zaro muloqotga kirishganda, 
eng samarali va tabiiy so‗zlashish vositasi bo‗lmish nutqdan foydalanadilar, 
uning ta‘sirchanligi va kuchi, tabiiyki o‗sha so‗zlovchilarning malakalariga, 
tajribasiga va hayotiy ko‗nikmalariga, til boyliklaridan qay darajada 
omilkorona foydalana olishlariga bog‗liq.
Muloqot san‘ati bilan bir qatorda eshitish uquvi va tehnikasi ham katta 
ahamiyatga ega. Zero, eshitish yoki tinglashning ham o‗ziga hos nozik 
tomonlari mavjud. Avvalo, eshitish yoki tinglash gapirish uchun mavjud yoki 
tinglash esa - tushunish uchun darkor. Bu ikki holatda tinglovchining yuz 
ifodasidan tortib, tinglovchi suhbatdoshini fikr almashish uchun tinglaganda, 
uning diqqati shu darajada tarang bo‗ladiki, natijada u to biror luqma yoki 
aniq bir fikr to‗plamaguncha uni tinglayveradi.


257
Ikkinchi holat - ahborotni tushunish uchun tinglaganda esa emocional 
kechinmalar yoki luqmalar har bir fikrga aniqlik kiritish, uning mohiyatiga 
to‗liq etib borish uchun ishlatiladi, bunda tinglovchining suhbatdoshga 
nisbatan mavqei oldingisidan ancha sust kechadi. Tinglash tehnikasining ikki 
bosqichi farqlanadi; a) qo‗llab-quvvatlash bosqichi va; b) sharhlash bosqichi. 
Birinchi bosqich asosan suhbatdoshga tashabbusni berish va uning fikrlarini 
ohirigacha bayon etishga imkoniyat berish bo‗lib, bunda bir qancha vositalar 
qo‗llaniladi. Bular - "aks sado" - har bir jumla yoki fikr ohirida uning ohirgi 
so‗zlarini qaytarib turish; ma‘qullovchi yoki e‘tiroz bildiruvchi luqmalar, 
qaytariluvchi so‗zlar bilan suhbatdosh fikrlarini hissiy ma‘qullash. M: 
"qarang-a", "qoyil", "yo‗g‗ - e" kabilar; "Chorlash va kuvvatlash" vositasi 
ham ayrim luqmalardan iborat bo‗ladi, masalan, "keyin nima bo‗ladi?", 
"yana-chi", "yashang" singarilar; "aniqlik kirituvchi savollar". M; "nima 
demoqchisiz?" yoki "aniq maqsadingiz nima ekan, o‗zi?" va hokazo. 
"Qo‗shimcha luqmalar". Bunda gapning mazmunidan kelib chiqib, ayrim 
aniqliklar kiritiladi. Masalan: "men ham eshitgandim, qani qolganini 
eshitaylik!". Bunda tinglovchi tanqidiy mulohaza ham bildirishi mumkin, 
yoki aniq fikrni ma‘qullaydi, e‘tiroz bildiradi. Bundan tashqari, u tinglash 
jarayonida suhbatdoshining fikrlarini tahlil qilishi, maslahat bildirishi, 
suhbatdosh fikrlarini o‗z so‗zlari bilan qaytarishi yoki aytganlarning 
yo‗nalishini o‗zlashtirish maqsadida boshqa predmetga ko‗chirishi yoki 
hazilga aylantirishi mumkin. Bular, suhbatning jonli, mazmunli, samarali 
bo‗lishini ta‘minlaydi. Shunday qilib, muloqot uch hil yo‗nalishda, ya‘ni: 1)
muloqot - inson faoliyatining mustaqil turi sifatida; 2) 
muloqot 
-
inson faoliyati boshqa turlarining atributi sifatida; 3) 
muloqot 
-
sub‘ektlarning o‗zaro ta‘siri sifatida tushunilishi mumkin. Muloqot 
ko‗p jihatdan muloqotning ijtimoiy-psixologik mexanizmlari samarali 
qo‗llanishiga bog‗liq. Muloqotning bu muhim usullarini egallash, demak 
muloqot madaniyatini egallash, vaziyatlarni psixologiya yordamida 
boshqarishga o‗rganishidir.
Muloqotning muhim ijtimoiy-psixologik mexanizmlari - ishontirish, 
taqlid, uqtirishdir. Ishontirish - u yoki bu mulohaza yoki hulosani mantiqiy 
asoslab berish jarayonidir. Ishontirish hamsuhbat yoki tinglovchilar ongini 
shunday o‗zgartirishni nazarda tutadiki, u mazkur nuqtai-nazarni himoya 
etish va shunga muvofiq harakat qilishga tayyorlikni vujudga keltiradi. 
Ishontirish - shahs yoki guruhga ta‘sir etish usuli bo‗lib, u shahsning ham 
aqliy, ham hissiy sohalariga dahldor. Taklid qilish psihik ta‘sirning bir turi 
sifatida asosan individ tomonidan hulq - atvor, hatti - harakat, yurish-
turishning muayyan tashqi xususiyatlarini takrorlashga qaratilgandir.
Psihoterapevt V.L.Levi tashqi va ichki taqlidni ajratib ko‗rsatadi. Ichki 
taqlidda boshqa odamning hulq - atvori va tuygulari mantiqi hissiyot bilan 


258
bilib olinadi. Boshqa odamga ichki taqlid qilinganda uning tashqi 
ko‗rinishlari hisobga olinadi, albatta, lekin ular tabiiy bo‗lib ko‗rinadi. 
Murakkab psihik xususiyatlarga taqlid darhol, butunligicha amalga oshiriladi. 
Boshqalar bilan muloqotda bo‗lganimizda ifodalashimiz mumkin bo‗lganidan 
ancha ko‗p narsani idrok etamiz va his qilamiz. Uqtirishning mohiyati 
shundaki, tinglovchining gapirayotgan gapiga to‗la va so‗zsiz ishonchi 
mavjud, gapirayotgan odamning so‗zlari tinglovchida gapirayotgan odam 
nazarda tutgan tasavvurlar, obrazlar va his-tuyg‗ularni uyg‗otadi, uyg‗otilgan 
tasavvurlarning to‗la ravshanligi va so‗zligi shunday harakatlar qilish 
zaruratini keltirib chiqaradiki, bu tasavvurlar boshqa shahs vositasida emas, 
balki tinglovchining o‗zida bevosita kuzatishi yoki bilib olishi orqali qilinadi. 
Shahslarning muloqotdagi o‗zaro ta‘sir ko‗rsatish jarayonlaridan biri sifatida 
uqtirish - ihtiyoriy va ihtiyorsiz, bevosita va bilvosita bo‗lishi mumkin. 
Har qanday fan boshqa fanlardan faqatgina mavzu bahsi yoki paydo 
bo‗lish tarixi bilangina emas, balki faktik ma‘lumotlar tuplash, u yoki bu 
goyani isbotlash uchun ishlatiladigan uslublari bilan ajralib turadi. Uslublar 
mukammalligi aslida nazariy taraqqiyotni, fan taraqqiyotini belgilovchi 
asosiy omildir.
Hozirgi zamon fanlarining taraqqiyoti shu bilan o‗ziga xoski, ularda 
metodologik muammolarga qiziqish ancha yuqoridir. Buning bir qancha 
sabablari mavjud bo‗lib, ular avvalo jamiyatda ro‗y berayotgan keskin 
o‗zgarishlarning sabablaridan biri hisoblangan fan-texnika taraqqiyoti 
maqsadlari bilan fan maqsadalarining uygunlashuvi, amaliyotning fan oldiga 
kuyayotgan talablari darajasining tobora ortib borayotganligi, tadqiqot qilish 
vositalarining murakkablashib borayotganligi va nixoyat har bir fanda ro‗y 
berayotgan o‗z tadqiqot prinsiplari va tekshirish usullarning qayta kurib 
chiqishga intilishning yakqol namoyon bo‗layotganligidir.
Ijtimoiy psixologiya to‗g‗risida gapiriladigan bo‗lsa, shuni alohida 
ta‘kidlash lozimki, avvalo jamiyatning bu fan oldiga kuyayotgan talablari 
o‗ziga xos bo‗lib, bu talablar javob berish uchun uning tekshirish uslublari u 
darajada mukammal emasligidadir. Chunki shu davrgacha ijtimoiy 
psixologiyada kuzatilgan narsa shu bo‗ldiki, bu yerda nazariy ishlar tadbiqiy 
ishlardan ancha ko‗pdir. Shuning uchun ham, G.M.Andreeva ijtimoiy 
psixologiyaning metodologik muammolariga tuxtalar ekan, uning bu 
boradagi 
intilishlari, 
vazifalari 
ko‗pligini ta‘kidlaydi. Metodologik 
muammolarga qiziqish, -deb yozadi u, - ijtimoiy psixologiyaning kuchsizligi 
emas, balki uning yetilish davriga kirganligining belgisidir.
"Metodologiya" tushunchasining ilmiy moxiyati nimada? Bu 
tushunchani turli nazariy qarashlardagi olimlar va turli tilda gaplashadiganlar 
turlicha shartlaydilar va tushunadilar. Masalan, Amerikalik psixologlar 
metodologiya deganda, tadqiqot jarayonida ishlatiladigan barcha tadqiqot 


259
uslublari va texnik jarayonlarini tushunadilar. Lekin "metodologiya" 
tushunchasi aslida uslublar yigindisidan kengrok tushunchadir. Hozirgi 
zamon yevropa mamlakatlaridagi olimlar, xususan, rus olimlari fandagi 
metodologiya 
deganda, 
ushbu 
fan 
falsafiy 
asoslari 
va 
nazariy 
qonuniyatlaridan kelib chiqadigan bilimlar bilan tekshirishning konkret 
usullari majmuasini tushunadilar. Ya‘ni, "metodologiya" tushunchasi 
"konkret metodlar" yoki texnik usullar tushunchalaridan kengrokdir.
Ijtimoiy psixologik tadqiqotlarning metodologik muammolariga 
quyidagilar kiradi. Birinchidan, empirik ma‘lumotlar muammosi, ya‘ni kay 
turdagi ma‘lumotlarni ijtimoiy psixologik ma‘lumotlar sifatida kabul qilish 
mumkin. Chunki, bixevioristlar bunday ma‘lumotlar sifatida ko‗z bilan kurib 
qayd qiladiganlar, xulq-atvor shakllarni kabul qilishsa, kognitiv psixologiya 
vaqillari faqat ongga taalluqli bo‗lgan belgilarini tushunadilar. Demak, har 
qanday tadqiqotchi ish boshlamay turib, avvalo nimani empirik birlik qilib 
olishini aniq tasavvur qilishi va uning nazariy jixatlari to‗g‗risida tasavvurga 
ega bo‗lishi kerak. Bundan tashkari, tadqiqot birligi aniqlangan takdirda, 
qanday xajmdagi birliklar tadqiqotchini kanoatlantirishi masalasi ham 
muhimdir. Masalan, ijtimoiy psixologiya bo‗yicha sof eksperimental ish 
qilinganda, ilgari sinalgan usul yordamida cheklangan mikdoridagi kishilar 
yoki guruhda tadqiqot o‗tkazish mumkin - bu eksperimental ma‘lumotlar 
deyiladi. Lekin, ba‘zan tadqiqotchi ko‗p sonli tekshiruvchilar bilan ish 
ko‗radiki, bunda turli guruhlarni o‗zaro takkoslash bilan ma‘lumotlarning 
to‗g‗ri yoki noto‗g‗riligi aniqlanadi. Bunday tadqiqotlar korrellyatsion 
tadqiqotlar deb ataladi.
Ikkinchi metodik muammo - bu u yoki bu ijtimoiy psixologik nazariya 
asosida qonuniyatlar yaratish va ilmiy taxminlar qilish muammosi. Ilmiy 
tadqiqot boshlashdan oldin tadqiqotchi ma‘lum taxminlar yuritadi, lekin shu 
taxminlarning aniq chiqishi usha muammo bo‗yicha pishik - puxta 
nazariyaning bir yo‗qligiga bevosita bog‗liq. Shuning uchun ham ko‗pincha 
fan sohasiga endigina kadam kuygan yosh olim yoki tadqiqotchi gipotezalar-
taxminlar bayon etishga qiynaladi, chunki ijtimoiy psixologiyada ayniyatlar 
ayrim, alohida tadqiqotlardan umumiy xulosa olish orqali tuzilmaydi, ya‘ni 
deduktiv usul har doim ham qo‗l kelavermaydi.
Uchinchi muammo - bu ijtimoiy psixologik muammolarning sifati 
masalasi, ya‘ni qanday ma‘lumotni sifatli, ishonarli deb atash mumkinligi 
masalasidir.
Ijtimoiy-psixologik ma‘lumotlarning ishonchliligi.
Sifat haqida gap ketganda, tadqiqotchining tadqiqot ob‘ektini qanchalik 
to‗g‗ri tanlangani hamda tuplagan ma‘lumotlarining ishonchliligini qanday 
usullar bilan tekshirganligi nazarda tutiladi.


260
Ba‘zan tadqiqotchi tekshiruvchilarni taxminan, tartibsiz tarzda tanlaydi. 
Bu narsa uning reprezentativlilik qonunini buzganligi belgisidir. Yo‗l 
qo‗yilishi mumkin bo‗lgan yana bir kamchilik - bu o‗sha o‗rganish 
ob‘ektining xajmi yoki soni xususida. Chunki amaliyotda ko‗pincha 
tekshiriluvchi qanchalik ko‗p bo‗lsa, ma‘lumot shunchalik ishonchli bo‗ladi, 
degan noto‗g‗ri fikr mavjud. Agar tadqiqotchi ish boshlashidan oldin, ayni 
maqsadlarini, vazifalarini tadqiqotning nazariy asosini yaxshi bilgan holda 
to‗g‗ri ilmiy taxminlar-gipotezalar ilgari surilgan bo‗lsa, u kichikrok guruhda 
o‗tkazgan eksperimentlarning ma‘lumotiga ham ishonishi mumkin (masalan, 
hozirgi moddaga munosabatni talabalarning bir qancha akakdemik guruhida 
o‗rganish mumkin).
Lekin tadqiqot uslubini-metodlarini to‗g‗ri tanlashda pilotaj-sinov 
tadqiqoti o‗tkazishning ahamiyati kattadir. Unda usha gipotezalarning 
qanchalik asosliligini ham, metodikaning aynan maqsadga muvofiqligini 
ham, 
tekshiriluvchilar 
ob‘ektining 
to‗g‗ri 
tanlanganligini 
ham 
ma‘lumotlarning turg‗unligi, ishonchliligini ham tekshirib olish mumkin. 
Bundan tashkari, shu bosqichda tadqiqotchi eksperiment yoki anketa 
o‗tkazish uchun qo‗lay vaziyat va vaqtni belgilash, o‗z yordamchilarining 
ishga qanchalik yarokliklarini ham sanab olish imkoniyatiga ega bo‗ladi.
Lekin asosiy tadqiqot o‗tkazilgandan sung tekshiruvchi tuplagan 
ma‘lumotlarning asosligi (validlilik), ya‘ni tanlangan uslubining aynan shu 
sifatlarini tekshirishga qaratilganligini, ularning turgunligini, ya‘ni har 
qanday sharoitda ham shu metod yordamida va shu sharoitda ayni shu xildagi 
ma‘lumot tuplashini va ma‘lumotlarning aniqligini, ya‘ni tanlangan uslub 
maqsadga iuvofikligini isbotlab berishi kerak.
Nixoyat, ma‘lumotlarning sifati tadqiqotchining o‗z ishlari bo‗yicha 
tuzgan hisobotiga ham bog‗liq. Ijtimoiy psixologik tadqiqot haqidagi hisobot 
quyidagi bo‗limlarni o‗z ichiga oladi: 
1. Kirish qismi, bu yerda tadqiqotni o‗tkazishdan kuzlangan maqsad, 
unga sabab bo‗lgan shart-sharoitlar hamda uni kimlar o‗tkazganligi yoziladi.
2. Dastur qismi, bu yerda foydanilgan adabiyotlar, tadqiqotning maqsad 
va vazifalari, ilmiy taxmin-gipotezalar beriladi.
3. Tadqiqot ob‘ekti va uslublar - empirik tadqiqot ob‘ektining 
xususiyatlari, tanlangan metodlar, sinov bosqichida to‗plangan ma‘lumotlar, 
ularning ishonchliligi qanday usullarda tekshirilganligi yoziladi.
4. Natijalar - tadqiqotning o‗z oldiga kuygan vazifalari va 
gipotezalardan keltirib chiqariladi, ularning qanchalik isbotlanganligi kichik 
jadvallar yoki grafiklarga kursatiladi.
5. Xulosa va tavsiyalar - ular tadqiqotning mantikidan chiqariladi.
6. Yakun - barcha qilingan ishlar bo‗yicha yakun yasalib, kelajak uchun 
rejalar belgilanadi.


261
7. Ilova. Bu qismda ishlatilgan uslublar, texnik vositalar bayon etilib, 
kompyuter dasturlari, statistika ma‘lumotlari, katta jadvallar va shunga 
o‗xshash tadqiqotga taalluqli xujjatlar ilova qilinadi.
Yuqorida bayon etilgan barcha metodologik ishlarga qarashli 
tadbirlarning sifati va saviyasi tadqiqotchining qanchalik ilmiy savodxon 
ekanligini belgilovchi kursatkichlar hisoblanadi va u o‗tkazgan ilmiy tadqiqot 
ishining bahosini belgilaydi.

Yüklə 3,8 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   167




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə